Ahmedov H.F., Yunusova SH.M. Ona tili Fonetika va Leksikologiya - файл n1.docx

Ahmedov H.F., Yunusova SH.M. Ona tili Fonetika va Leksikologiya
скачать (48.7 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.docx49kb.06.11.2012 18:07скачать

n1.docx

F o n e t i k a
Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlarini organuvchi bo’limidir. Tovush – nutqning fonetik jihatidan bo’linmaydigan eng kichik birligi. Harf – nutq tovushlarining yozuvdagi shartli belgisi. Alifbo – harflarning qat’iy bir tartibda joylashgan yig’indisi.



A

B

D

E

F

G

H

I

J

K

L

M

N

O

P

Q

R

S

A

Б

B

Г

Д

E

Ё

Ж

З

И

й

K

Л

M

H

O

П




P

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18



T

U

V

X

Y

Z

O’

G’

Sh

Ch

ng



















С

Т

У

Ф

X

Ц

Ч

Ш

Ъ

Ь

Э

Ю

Я

У

К

Ғ

Ҳ

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35


Nutq tovushlarini hosil qilishda nutq a’zolari- tovush paychalari, lablar, til (faol) va o’pka, kekirdak, tishlar, og’iz bo’shlig’I, bo’g’iz ishtirok etadi.

Ovoz va shovqinning ishtirok etishiga ko’ra tovushlar 2 ga bo’linadi:

1. Unli tovushlar.

2. Undosh tovushlar


Unli tovushlar
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida uchramay o’tadi. Faqat ovoz (un) dan hosil bo’ladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida oltita unli tovush bor: I, e, a, o, u, y. tilning gorizantal harakatiga ko’ra :

1. old qator unlilar: i, e, a

2. orqa qator unlilar: o, u, o’

Og’iz ocholishiga ko’ra unlilar 3 ga bo’linadi

1. yuqori (tor) unlilar: i, u

2. o’rta (keng) unlilar: e, o’

3. quyi (keng) unlilar: a, o

Lablarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi:

1. lablangan unlilar: e, o’, o

2. lablanmagan unlilar: i, e, a

Undosh tovushlar
Bunda tovush og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi. Shovqin va ovoz (un) dan hosil bo’ladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush va 23 ta harf bor: b, d, f, g, h, j,(dj) k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g’, sh, ch

Undosh tovushlar quyidagicha o’rganiladi:

1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra.

2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra.

3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra.
Tovushlarning hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar:
1. Portlovchi: b, d, g, k, p, q, t, g’

2. Sirg’aluvchi: f, h, j, s, v, x, y, z, g’, sh

Qorishiq: dj, ch. (portlovchi) Titroq: r (sirg’aluvchi) Burun tovushlari: m, n, ng. (portlovchi)

Yon tovushi: l (sirg’aluvchi)
Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undosh tovushlar uchga bo’linadi:
1. Lab undoshlari:

a) lab - lab undoshlari: b, p, m

b) lab - tish undoshlari: v, f

2. Til undoshlari:

a) til oldi undoshlari: t, n, d, r, l, s, sh, j, ch,z

b) til o’rta undoshi: y

c) til orqa undoshlari: k, g, ng

d) chuqur til orqa undoshlari: q, g’, x

3. Bo’g’iz undoshi: h
Tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra undoshlar yana ikkiga bo’linadi:
1. Jarangli undoshlar: shovqin va ovozdan hosil bo’ladi: b, v, z, d, j, dj, g, g’, y, m, n, r, l, ng

2. Jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, sh, ch, q, k, h, x

Jarangsiz juftiga ega 8 ta jarangli undosh tovush mavjud: b (p), d (t), z (s), g (k), v (f), g’ (x), j (sh), dj (ch)

j (sirg’aluvchi, jarangsiz jufti sh) – asosan chetdan kelgan so’zlarda uchraydi: jurnal, jirafa, ajdar, gijda…

dj (portlovchi, jarangsiz jufti ch) – asosan sof o’zbekcha so’zlarda uchraydi: jiyda, jamol, jo’ra, jar…
unlini undoshdan ajratish uchun: jur’at, sur’at

(tutuq belgisi) unlini cho’zish uchun: ma’no, a’lo

So’zni so’zdan farqlash uchun: qal’a – qala, da’vo – davo, ta’na – tana, sa’va – sava
Sonor (ovozdor) tovushlar 5 ta: m, n, ng, l, r (ular jarangli va jarangsiz jufti yo’q)



Hosil bo’lish o’rniga ko’ra



Hosil bo’lish usuliga ko’ra




Ovoz

va shovqinning

ishtirokiga

ko’ra


Port-

Lov-chi-

lar

Sir-

g’a-

luv-chilar

Tit-roq

yon

Qori-shiq

Bu-run




Lab undoshlari

Lab-lab

B

P













M

Jarangli

jarangsiz

Lab-tish




V

F













Jarangli

jarangsiz

Til undoshlari

Til oldi

D

T

Z,J

S,Sh

R

L

J(dj)

Сп(ц)

N

Jarangli

jarangsiz

Til o’rta




Y













Jarangli

Sayoz til orqa

G

K













NG

Jarangli

jarangsiz

Chuqur til orqa


Q

G’

X













Jarangli

jarangsiz

Bo’g’iz undoshi

H
















jarangsiz


Urg’u
So’z bo’g’inlaridan birining boshqalalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishi urg’u deyiladi. Urg’u qabul qilgan bo’g’in urg’uli bo’g’in deyiladi. O’zbek tilida urg’u asosan ohirgi bo’g’inga tushadi.

Olma (ot), olma (fe’l); yangi kitob, yangi uzilgan non. U ho’zir keladi. U davrada hozi’r bo’ldi. Bizga tanish yigitch’a. Hech kim shu yigi’tcha ishlamadi.


Urg’u 2 xil bo’ladi:
1. so’z urg’usi – odatda oxirgi bo’g’inga tushadi: kitob, gulzor…

2. Mantiqiy urg’u – gapda asosan kesimdan oldin kelgan so’zga tushadi: Biz maktabga ertaga boramiz.
Urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydigan hollar:
1. Olmoshlarda: b’archa, h’amma, k’imdir…

2. Ravishlarda: d’oim, h’ozir, a’slo, ham’isha…

3. Modal so’zlarda: alba’tta, afsu’ski…

4. Ba’zi yordamchi so’zlarda: ha’tto, ga’rchi, a’mmo, le’kin…

5. Yuklamarda: -ku, -u, -yu, -da, -mi, -chi: me’nmi, si’z-chi…

6. O’xshatish ma’mosida: -cha, -day, -dek. Qu’shcha, o’yday, gu’ldek…

7. Kesimlik qo’shimchalari: -dir, -man, -san, -miz, -siz. Kitobdir, kelaman, boras an, aytamiz, bilasiz…

8. Bo’lishsizlik qo’shimchalari: -ma. Bo’rma, ke’tma, a’ytma…

9. Chetdan kelgan so’zlarda har xil: te’xnika, do’ctor…
Bo’g’in
Bir zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi. Bo’g’in 2 xil bo’ladi: ochiq, yopiq. Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in : bo-la, o-i-la; undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi: daf-tar.

1. Bo’g’in adabiyotda hijo deyiladi.

2. Bir unli tovush 1 – satrda qoldirilmaydi. A- kasi emas aka-si.

3. Bir unli tovush 2- satrga ko’chirilmaydi. Mutola-a emas mutolaa

4. Bir tovushni bildiradigan “ng”, “shch” birikmalari alohida harflarga ajratilmaydi.

Opa-ngiz, ona-ngiz, me-shchan, pome-shchik, tong-ni, ko’-ngil, si-ngil, ya-ngi, mang-lay. “ng” tovushidan keyin unli kelsa “ng” o’zidan keyingi unli bilan bo’g’in hosil qiladi: ko’-ngil, de-ngiz; “ng” tovushidan keyin undosh kelsa “ng” oldingi bo’g’inda qoladi: mang-lay, teng-la-ma. Chetdan kelgan so’zlarda “n” va “g” tovushlari alohida bo’g’inga ajratib yoziladi: kon-gress, shtan-ga, an-gliz, gan-grena..

5. Tarkibida (tutuq) belgisi bo’lgan so’zlar 1-satrda qoladi: Raz’-ezd, ma’-no, jur’-at.

6. Qisqartma otlar, raqam bilan berilgan qo’shma sonlar ajratilmaydi. BMT, ToshDU, 1200, 2000, 15
Izoh:
1. f, j undoshlari faqat o’zlashma so’zlarda uchraydi.

2. g, z, l, v, ng undosh tovushlari sof o’zbekcha so’zlarda so’z boshida deyarli uchramaydi; g undoshi sof o’zbekcha so’zlarda so’z ohirida uchramaydi.

3. a unlisi so’z ohrida qo’shaloq qo’llanishi mumkin: mutolaa, mudofaa.

4. Deyarli barcha undoshlar so’z o’rtasida qo’shaloq qo’llanadi: shox-shabba, avval, modda, izza, million…

5. Ayrim undoshlar so’z oxirida qo’shaloq kela oladi: kongress, gramm, metal, Hamidullo

6. Unli va undoshlar so’z boshida qo’shaloq qo’llanmaydi.

7. a, I unli tovushlari ot, fe’l, sifat, ravish yasovchi qo’shimchalar vazifasida kela oladi: sharshara, jizza, guldira, to’la, o’ta, qishloqi, boyi, tinchi, changi…

8. So’z tarkibida kelgan a, I, u unlilari ayrim hollarda so’zga qo’shomcha qo’shilishi natijasida tushib qolishi mumkin: ko’gil + i = ko’ngli, burun + I = burni; (fonetik yozuv asosida)

9. n undoshi she’riyatda qaratqich va tushum kelishiklarining qisqargan shakli bo’lib kelishi mumkin: Yer kurrasin boshin tang’idik.
Orfografiya (imlo)
Orfografiyada yozma nutq, ya’ni to’g’ri yozish qonun qoidalari o’rganiladi. Orfografiya quyidagi yozuv qoidalariga asoslanadi:

1. Fonetik yozuv- o’zak va qo’shimchalarni eshitganimiz asosida yozish. Bunda o’zakka qo’shimcha qo’shilganda yo o’zak, yo qo’shimcha, yo har ikkala qismida o’zgarish sodir bo’ladi, ya’ni tovush tushishi, tovush almashishi, tovush ortishi mumkin.

a) tovush tushishi: shahar, bag’ir, qorin, ko’ngil, egin, burun, yarim, o’g’il, o’rin kabi so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi ro’y beradi: shahri, bag’ri, qorni, ko’ngli, egni, burni, yarmi, o’g’li; past, sust, ulug’, sariq kabi so’zlarga -ay (so’z yasovchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi sodir bo’ladi: pasay, susay, ulg’ay, sarg’ay; men, sen kabi olmoshlarga -ni, ning (kelishik qo’shimchasi), -niki (qarashlilik qo’shimchasi) kabi qo’shimchalar qo’shilganda bir -n tovushi tushib qoladi: meni, seniki; ikki, olti, yeti sonlariga -ov, -ala, ovlon (jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zak oxiridagi unli tovush tushib qoladi: oltov, yettovlon.

b) tovush almashishi: fe’ldan ot yasalganda o’zakdagi “a” tovushi “o” tovushiga almahishi mumkin: sana – sanoq, tara – taroq, yama – yamoq; otdan fe’l yasalganda esa o’zakdagi “o” – “a” tovushiga almashishi mumkin: son – sana, yosh – yasha, ong – angla; qarmoq, qishloq, baliq, chelak, tilak kabi oxiri “q”, “k” bilan tugagn so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zak oxiridagi jarangsiz jarangliga aylanadi: qishlog’I, tilagi;

sovi-sovuq, qayna-qaynoq, yumsha-yumshoq, tarqa-tarqoq, yaltira-yaltiroq, guldira-gulduros kabi fe’llardan sifat yasalganda ham tovush almashadi. “q”, “k” bilan tugagan so’zlarga –ga (jo’nalish kelishigi qo’shimchasi )qo’shilganda, ya’ni turlanganda tovush almashishi mumkin: baliqqa, terakka, chelakka, qishloqqa…

d) tovush ortishi: ko’rsatish olmoshlariga –ga, -da, -dan, (jo’nalish kelishigi, o’rin – payt kelishigi, chiqish kelishigi) qo’shilganda bir “n”tovushgi ortadi: u+ga =unga, bu+da=bunda, shu+dan=shundan; -iq qo’shimchasi bilan sifat yasalganda tovush ikkilanishi mumkin: issiq, sassiq, achchiq…

tovush o’zgarishining asosiy turlari: tovush almashishi va tushishi hisoblanadi.
2.Morfologik yozuv. Bu quyidagiga ko’ra o’zagi va qo’shimchalar aynan yoziladi: ketdi, aytibdi, ishga, go’shtga, to’rtga, tuzsiz, otday, zarar…
3.Shakliy yozuv. Bu qoidaga ko’ra boshqa tillardan kirgan so’zlar o’sha tilda qanday yozilsa shunday yoziladi: stol, zoologiya, congress, fikr…
4.Tarixiy – an’anaviy yozuv bo’yicha so’z va qo’shimchalar tarixan , an’anaviy tarzda qanday yozib kelingan bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi: borur, kelur, bergil…
5.Differensatsiyalash yoki farqlash yozuvi. Bu so’zlarni urg’u yoki boshqa fanetik vositalar yordamida yozishdir: olma – olma, she’r – sher, davo – da’vo…

1995-yil 24-avgustda qabul qilingan “o’zbek alifbosining yangi imlo qoidalari ”da ayrim o’zgarishlar mavjud:

1) juuft so’zlar orasida yuklamalar bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarda yuklama so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi: do’st – u dushman, kecha –yu kunduz.

2) yil, oy, sanani ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yiladi:1994 –yil 25-iyul, 1994-yil 13-aprel…

3) kirilchadagi ”Ц” harfi so’z boshida va so’z oxirida “s” harfi bilan beriladi: sirk, shprist; so’z o’rtasida unlidan keyin “ts” yoziladi:litsey, konstitutsiya…

Leksikalogiya – tildagi jamiki so’zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan shug’ulanuvchi bo’lim. Lug’atlar ko’zlangan maqsadga ko’ra dastlab ikki turga bo’linadi:

1. Qomusiy (ensiklopedik) lug’atlar

2. Tilshunoslik (lingvistik) lug’atlar

Qomusiy lug’atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa – hodisalar, tarixiy voqea – jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm – fandagi kashfiyotlar, davlatlar, sharlar haqida ma’lumot beriladi. Masalan: “o’zbek ensiklopidiyasi” (14 jildlik,1971-1980).

Tilshunoslik lug’atlarida so’z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar, xalq maqollari va boshqa tilshunoslikka oid mavzular beriladi. Masalan: “o’zbek tilining imlo lug’ati” (1976-yil, 65000 ta so’z), “o’zbek tilining izohli lug’ati” (4 jild, 60000 ta so’z). imlo lug’atida har qanday so’zning to’g’ri yozilishi qayd etiladi.

Izohli lug’atlarda muayyan so’zlarning izohi beriladi. Ko’p ma’noli so’zlarning barcha ma’nolari izohli lug’atda beriladi. Lug’atlarda fe’lga oid so’zlar harakat nomi (-moq) shaklida beriladi. Ikki tilli lingvistik lug’atlar ko’p. qo’shma so’zlar va o’zbek tilining izohli etnagrafik lug’ati hali yaratilmagan.

Uslubiyat (Stilistika)- tildagi so’zlarning nutqda ishlatilish imkoniyatlari o’rganiladi. Uslublar asosan ikki hil so’zlashuv va kitobiy (badiiy, ilmiy, rasmiy, ommabop).

So’zlashuv uslubi – jonli muloqot uslubi. (aylanay, metro, o’yinchi) so’zlar erkin qo’llaniladi. Sheva unsurlari, inversiya, qo’shma gap qo’llaniladi.

Badiiy uslub – badiiy asar uslubi, aralash uslubi: sheva, inversiya, qo’shma gap, dialok, monolok yetakchilik qiladi: “qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib…”

Rasmiy uslub – e’lon, tilxat, ariza, ma’lumotnoma kabilar shu uslubda yoziladi, so’zlar, jumla va iboralar bir qolipda bo’ladi;darak, buyruq gaplar yetakchilik qiladi; his hayajon gaplar ishlatilmaydi.

Ilmiy uslub – ilmiy adabiyot, darsliklar uslubi; alohida atamalar, shartli belgilar, qo’shma gaplar ko’p qo’llaniladi. Masalan: hozirgi vaqtda dunyo siyosiy haritasida 229 mamlakat mavjud bo’lib, ularning 169 tasi mustaqil davlatdir.

Ommaviy uslub – nutq, maqollarlar uslubi; ijtimoiy –siyosiy so’zlar ishlatiladi. Tashviqot – targ’ibot ishlari olib borishda shu uslubdan foydalaniladi: darak, his –hayajon va so’roq gaplar ko’proq ishlatiladi. Barcha uslublarda ishlatiladigan so’zlar uslubiy betaraf so’zlar deyiladi.

Dialektologiya – sheva va lahjalar o’rganiladi. Lahja – bir –biriga yaqin shevalar yig’indisi bo’lib, o’zbek tili tarkibida uch lahja mavjud:

a) qarluq lahjasi – asosan shahar shevalarini o’z ichiga oladi: Farg’ona, Toshkent shevalari. Adabiy til asosan shu lahjaga asoslanadi.

b)qipchoq lahjasi – asosan qishloq shevalarini o’z ishiga oladi: Sirdaryo, Qashqadaryo shevalari. Qipchoq lahjasida “g”undoshi “v” undoshi kabi: tog’ – tov, sog’ – sov; so’zboshida “y” o’rnida ko’pincha “j” qo’llaniladi: yo’l - jo’l, yaxshi – jaxshi.

d) o’g’iz lahjasi – Xorazim shevalarini o’z ichiga oladi. O’g’iz lahjasida qaratqich kelishigi qo’shimchasi – ing, jo’nalish kelishigi - a shaklida qo’llaniladi: uyima galing, Xazarasping ati.

Etimologiya – so’zlarning kelib chiqishi, paydo bo’lishi o’rganiladi. Masalan: “supur” so’zi “suv ur”; “teskari” so’zi “terskari”; “seskanmoq” so’zi “sezganmoq”; “sakson”so’zi “sakkiz o’n” so’zidan kelib chiqqan.

Frazeologiya – iboralar (turg’un birikma) o’rganiladi. Ma’nosi odatda bir so’zga teng keladigan so’zlar yig’indisi ibora deyiladi. Iborada so’zlar o’z ma’no mustaqilligini yo’qotgan holda kelib, asosan ko’chma ma’noga asoslanadi, hissiy-ta’siriy bo’yoq mavjud bo’ladi. Masalan: ko’ziga cho’p solmoq (aldamoq), ilonning yog’ini yalagan (ayyor), xamirdan qil sug’urganday (oson).

Leksikalogiya
Leksikalogiyada so’zlar va ularning lug’aviy ma’nosi o’rganiladi. Tilimizdagi so’zlar mustaqil ma’no va Grammatik ma’nolarga ega bo’ladi. So’zdan nima anglatilishi, bu uning lug’aviy ma’nosi deb yuritiladi. So’zning ma’lum bir Grammatik shaklda bo’lishi, gramatik vazifani bajarishi so’zning gramatik ma’nosi hisoblanadi. Faqat mustaqil so’z turkumiga oid so’zlargina lug’aviy (leksik) ma’noga ega bo’ladi. So’zning lug’aviy ma’nosi leksikalogiyada, Grammatik ma’nosi esa grammatikada o’rganiladi.



Misollar

So’zning ma’nolari

Lug’aviy ma’nosi

Grammatik ma’nosi

Daftarim bor

O’quv quroli

Ot, I shaxs birlikda, bosh kelishikda, ega

Oq paxtalar ochildi

Belgi, rang

Sifat, aniqlovchi

Sayrga bordik

harakat

Fe’l, I shaxs ko’plikda, yaqin otgan zamon fe’li, kesim


Leksikalogiyada so’zlarni asosan shakl va ma’no munosabatiga ko’ra o’rganiladi. Bular: sinonim (ma’nodosh so’zlar), antonym (zid ma’noli so’zlar), omonim (shakldosh so’zlar), paronim va alohida bir ma’noli (monosematik) so’zlar, ko’p ma’noli (polisematik) so’zlar.

Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar) – shakli har xil, ma’nosi bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlar. Sinonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi barcha so’z turkumlarida sinonimlik mavjud. Sinonimik qatordagi asosiy so’z dominanta deyiladi. U uslubiy betaraf bo’ladi: masalan: yuz, chehra, jamol, bashara, turq. Yuz – dominanta, asosiy so’z, u uslubiy betaraf.

Chehra, jamol – ijobiy bo’yoqdor so’zlar.

Bashara, turq – salbiy bo’oqdor so’zlar.

Leksik (lug’aviy) sinonimlar – so’zlar sinonimligi. Lug’aviy sinonimlar o’z ichiga ikkiga bo’linadi:

1) to’iq sinonimlar – o’zlashgan so’zlar sinonimligi: tilshunoslik - lingvistika, doston - poema, amr - farmon - buyruq, bahor - ko’klam, kosmos - fazo…

2) ma’noviy sinonimlar – so’zlar bir - biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi: nam-ho’l-shalabbo, taqillatdi-dukillatdi-gursillatdi…

Frazeologik sinonimlar – iboralar sinonimligi: qo’lni yuvib qo’ltiqqa urish-hafsalasi pir bo’lish; kayfi uchib ketdi-yuragi yorilayozdi, og’zi qulog’ida-boshi osmonda-hursand…

Grammatik sinonimlar – Grammatik vositalar sinonimligi: kelgani (-ga, -dan, uchun) hursand ; yangiliklar (-ni, -dan, haqida) gapiring; mehmonlar (-ning, -dan) ulug’i; kel (-yapti, -ayotir, -moqda)…

Sinonim so’zlar agar ko’p ma’noli bo’lsa bir necha sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin: o’rin - joy, o’rin - mansab; bitirda - tugatdi, bitirdi - yo’q qildi…

Bir o’zakdan yasalgan so’zlar ham o’zaro sinonim bo’lishi mumkin; chopqir - chopag’on, baodob - odobli..

Tub so’z yasama so’z bilan sinonim bo’la oladi: his - sezgi; savol - so’roq…

Antonimlar (zid ma’noli so’zlar) – qarama – qarshi so’zlar. Antonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi. Son, olmosh, yordamchi so’zlarda antonimlik munosabati yo’q.

Leksik antonimlar – so’lar antonimligi: yaxshi - yomon, katta -kichik, kun -tun…

Frazeologik antonimlar – iboralar antonimligi: labi labiga tegmaydi – og’ziga cho’p slogan, yerga ursa ko’kka sapchiydi – qo’y og’zidan cho’p olmagan…

Affiks antonimlar – qo’shimchalar antonimligi: ba-be, -li, -siz…

Anotimlikni yuzaga keltiruvchi uch asosiy belgi:

a) shakliy jihatdan har xillik;

b) ma’noviy jihatdan har xillik;

c) ma’nodagi o’zaro zidlik;

Muayyan so’z sinonimik qatordagi har bir so’z bilan alohida – alohida antonimlik hosil qila oladi: xunuk-chiroyli, go’zal, zebo…

Bir so’z agar u ko’p ma’noli bo’lsa, har bir ma’nosi bilan alohida antonimlik hosil qilishi mumkin: qattiq – yumshoq, qattiq – saxiy… Antonimlar adabiyotda tazod atamasi bilan yuritiladi.

Omonim so’zlar (shakldosh so’zlar) – shakli bir xil, ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar. Adabiyotda tajnis atamasi bilan yritiladi.

Leksik omonimlar – so’zlar omonimligi: kul, kuy, tosh, tuz, qovoq, soch, oq, un, toy, asar, quymoq, erish, chang, bahr…

Frazeologik omonimlar – iboralar omonimligi: boshga ko’tarmoq (hurmat qilmoq, to’palon qilmoq); ko’z yummoq (vafot etmoq, e’tiborsizlik qilmoq); dam bermoq (hordiq, havo yubormoq, damini berib tashlab ketmoq)…

Affiks omonimlar – qo’shimchalar omonimligi: -m (egalik qo’shimchasi, so’z yasovchi qo’shimcha); -ni (ot, sifat yasovchi qo’shimcha, shakl yasovchi qo’shimcha); -q (ot va sifat yasovchi qo’shimcha)…

Tasviriy ifodalr omonimligi - ilm maskani – maktab, oliygoh; qora oltin – ko’mir, neft; aql gimnastikasi – shaxmat, matematika; asr vabosi – SPID, giyohvandlik, sevgi…

Omonimlar bir yoki bir necha so’z turkumi doirasida yuzaga kelishi mumkin:

a) bir turkum doirasida: son, rasm, qovoq, bog’, suz, tuy (ot va fe’l);

b) ikki turkum doirasida: tut, sol, ol, tur, soch, qur, qo’r, terma;

c) uch turkum doirasida: tom, hur, tik, oshiq.

Omonimlik bir so’z turkumi doirasida bo’lsa, Grammatik shakllar qo’shilsa ham, omonmlik saqlanadi: tortdim (sudradim); tortdim (o’lchadim); siri (davlat siri); siri (idish siri).

Omonimlik bir necha so’z turkumi doirasida bo’lsa, Grammatik shakllar qo’shilsa omonimlik yo’qoladi;

o’t, ot kabi so’zlarda qo’shimcha yo’qolgach, omonimlik qisman yo’qoladi; ya’ni o’t so’zi maysa, olov, tan a’zosi ma’nosida saqlanadi, lekin fe’l ma’nosi yo’qoladi. Omonim va ko’p ma’noli so’zlar kontekstda (gap, matnda) odatda bitta ma’noni ifodalaydi: Tut daraxtini ekdim.

Paronimlar – aytilishi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar: asr-asir, bormoq-barmoq, chopon-cho’pon, nufuz-nufus, adl-adil, dovon-devon, oriq-ariq… paronimlar bir yoki bir necha so’z turkumi doirasida hosil bo’ladi. Orfoepiya qoidasiga rioya qilmaslik natijasida paronimlar yuzaga kelishi mumkin.

Bir ma’noli so’zlar – tilimizda faqat bir ma’noni ifodalaydigan so’zlar: pazanda, cho’pon, sa’va, chumchuq, zirak, tul, TO’TI…

Ko’p ma’noli so’zlar – tilimizda bir necha ma’noni ifodalab, o’z (bosh), ko’chma ma’nolarda ham ishlatiladigan so’zlar. Bosh ma’no – so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi. Ko’chma ma’no - so’zning nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglatgan ma’nosi. Ko’p ma’noli so’zlarda ma’no ko’chishi quyidagi yo’llar bilan amalga oshadi:

a) metafora – o’xshashlik asosida ma’no ko’chishi: derazaning ko’zi, o’choqning og’zi, piyolaning labi, hayotning zangi, xazon bo’lmoq, yengil kuy, gapni cho’zdi, ishni tindirdi, sovuq xabar…

b) metonimya – aloqadorlik asosida ma’no ko’chishi: fuzuliyni o’qimoq, zal oyoqqa turdi, Qo’yliq yig’ladi, sergeli jim, Kusto hayratda…

c) sinekdoxa – butunni qism, qismni butun orqali ifodalash: qo’liga uzuk taqdi, tuz totmadi, oqsoqollar kengashdi, tirnoqqa zor, yong’oq ekdi…

d) vazifadoshlik – shakli o’zgarib, vazifasi saqlanib qolgan so’zlar: o’q (kamon o’qi); o’q (miltiq o’qi)…

e) kinoya – kesatish. Odatda qo’shtirnoqqa olib yoziladi: otasi o’g’lini “chiroyli” so’zlar bilan urushdi; qiz bolani “mensimay” tashlab ketti va ohir oqibatda “afsus” qildi.

Tasviriy ifoda – narsa-buyumning nomini aniq aytmay, uni tasvirlab aytish. Odatda ot so’z turkumi doirasida qo’llaniladi: mo’y qalam sohiblari (rassomlar), dala malikasi (makkajo’xori), oq oltin (paxta), qanotli do’stlar (qushlar)…

Eskirib qolgan so’zlar – o’z ichida ikkiga bo’linadi:

a) tarixiy so’zlar – kundalik hayotimizda ishlatilmay, faqat nomi saqlanib qolgan so’zlar: paranji, omoch, mingboshi…

b) arxaik so’zlar – kundalik hayotimizda mavjud narsalarning eskirib qolgan nomi: ulus (xalq), bitik (asar), dudoq (lab)…
Atama – ilm-fan, texnika, san’at, kasb-hunarga oid so’zlar. Atamalar ilmiy uslubda qo’llaniladi: inqilob, podshoh, feudal, proletar (tarix); ega, kesim, sifat (ona tili)…

O’zbek tili lug’atining boyish manbalari – asosn, ikki manbaga asoslanadi:

a) ichki imkoniyatlar – so’z yasash va shevadan so’z olish: ishchi, limonzor, dugona…

b) tashqi imkoniyatlar – boshqa tildan so’z olish: ruchka, stol, stul, parta (rus); futbol, boks (ingliz); tomat, limon, marmelad (ispan); vergul, palto (fransuz); manti, lagmon, shiypon (xitoy); kitob, maktab, ma’no, davlat (arab); anor, barg, qog’oz, baxt (fors-tojik)…

tilning lug’aviy birliklari – so’z, qo’shma so’z, ibora (frazeologik birlik) – bulardan tilimizda doim tayyor material sifatida foydalanamiz.



Ma’nodosh so’zlar (Sinonimlar)

Paronimlar

Qiyin so’zlar

1.Avval, ilgari, oldin, burun, qadim.

2. Ayyor, mug’ombir, hiylagar, dog’uli.

3. Bahs, tortishuv, munozara, mubohasa.

4. Beva, tul, esir.

5. Begona, yot, birov.

6. Belgi, nishon, alomat

7. Bemalol, baxuzur, bazur.

8. Berk, bekik, yopiq.

9. Boshqa, bo’lak, o’zga.

10. Buyuriq, amr, farmon.

11. Dushman, yov, g’anim.

12. Iflos, isqirt, ivirsiq, isliqi.

13. Ixtiyor, izm, mayl.

14. Ko’krak, ko’ks, bag’ir, siyna, to’sh

15. Lavozim, mansab, amal, o’rin.

16. Maslahat, kengash, mashvarat.

17. Maqsad, niyat, muddao.

18. Mujimoq, kemirmoq, g’ajimoq.

19. Munosabat, aloqa, robita.

20. Nomusli, iboli, hayoli.

21. Nur, shu’la, yog’du, ziyo.

22. Obro’, e’tibor, nufuz.

23. Odam, kishi, inson, bashar.

24. Ovoz, tovush, un, sado, sas.

25. Ozod, erkin, hur, sarbast.

26. Peshona, manglay.

27. Sabr, toqat, chidam, to’zim

28. Tayyor, muhayyo, shay, taxt.

29. Vatan, yurt, o’lka.

30. Yagona, yolg’iz, tanho.

31. Yelka, kift, o’miz.

32. Zavq, maroq, shavq.

33.Chora, iloj, tadbir.

Abad-obod (doimiy-farovon)

Abzal-afzal (yugun-yaxshi)

Adib-adip (yozuvchi-to’n cheti)

Adil-adl (to’g’ri-adolatli)

Ahil-ahl (inoq-kishilar)

Asil-asl (toz-asosiy)

Azm-azim (jazm-ulkan)

Banda-bandi (odam-asir)

Bazo’r-bazur (zo’rg’a-bemalol)

Bob-bop (asar bo’limi-mos)

Borlik-borliq (bor bo’lish-koinot)

Bot-bod (tez-kasallik)

Burj-burch (yulduzlar turkumi -vazifa)

Daha-daho (shahar qismi-dohiy)

Dara-darra (tog’ bag’ri-marta)

Darz-dars (yoriq-o’qitish usuli)

Davo-da’vo (shifo-talap)

Ganj-ganch (boylik-ganchkorlik)

Jayron-jiyron (ohu-otning turi)

Jodi-jodu (asbob-sehr)

Kechinma-kechirma (ichki tuyg’u-boshidan kechirganlari)

Kuyindi-kuyundi (achindi-kuygan narsa)

Laxcha-lahja (cho’g’-dialekt)

Mashoq-mashshoq (o’rilmay qolgan bug’doy-cholg’uchi)

Matal-ma’tal (maqol-muntazir)

Mavze-mavzu (mahalla-tema)

Nasha-nash’a (o’simlik-zavq)

Nufus-nufuz (aholi-obro’)

Oqim-oqin (oqish-baxshi)

Palak-falak (so’zini-osmon)

Qayd-qayt (yozib olmoq-qusish)

Qurt-qurut (hashorat-sut mahsuloti)

Quyildi-quyuldi (quyish-quyuqlashmoq)

Shox-shoh (daraxt shohi-podshoh)

Talat-tal’at (talatmoq-chehra)

Tambur-tanbur (vagon qismi-cholg’u asbobi)

Tana-ta’na (badan-minnat)

Taqib-ta’qib (taqmoq-zimdan kuzatish)

Tarif-ta’rif (soliq-ifoda)

Tunamoq-to’namoq (uxlamoq-talamoq)

Urish-urush (urmoq-jang)

Uxlamoq-uflamoq (uxlash-uf tortish)

Vaqf-voqif (vasiyat qilingan yer-xabardor)

Xat-xad (maktub-chegara)

Xiyla-hiyla (ozgina-nayrang)

Hol-xol (hol-ahvol-yuzdagi hol)

Xush-hush (yaxshi-es)

Yolqin-yorqin (alanga-porloq)

Yoriq-yorug’ (yorilgan-ravshan)

Armug’on-sovg’a

Baqamti-yuzma-yuz

Bot-tez

Bexirad-beaql

Dushvor-qiyin

Dom-tuzoq

Firqa-guruh

G’ani-boy

Ganj-boylik

Gulnor-anor guli

Ibtido-boshlanish

Intiho-tugallanish

Ko’lanka-soya

Lojuvard-tiniq ko’k

Ma’rifat-bilmoq

Manglay-peshona

Mas’ud-baxtli

Muzofot-hudud

Munis-hamdam, sirdosh

Mufassal-to’liq

Muqoyasa-qiyoslash

Mumsik-ziqna

Muxtasar-qisqa

Muzmar-yashirin

Namimat-chaqimchi

Nashida-qo’shiq

Nasim-shabada

Nekqadam-xushqadam

Nor-tuya

Paykar-haykal, jussa

Qur-marta

Ranj-mashshaqat, mehnat

Sobit-doimiy

Tahayyul-hayolga keltirish

Tazkira-qayd etish

Totiq-jazo bermoq

Ujmoh-behisht-jannat

Uzlat-yakka holda yashash

Zij-taqvim, jadval

Zinda-tirik

Ziq-oz

Affiksal omonimiya
-a: 1) fe’l yasovchi:sana, ata, tuna

2) ot yasovchi: qaxqaxa, sharshara

3) sifat yasovchi: ko’tara(savdo)

4) ravish yasovchi: shartta, taqqa

5) fe’lda modal shakl yasovchi: bura

6) fe’lda ravishdosh shakl yasovchi: yoza-yoza

7) jo’nalish kelishigining qisqargan shakli: boshima, yonima

8) so’roq yuklamasi: Sen-a?

9) bog’lovchi: A qizlar-chi?
-ay: 1) fe’l yasovchi: kuchay, kengay

2) buyrug’ – istak mayli shakli: yozay, boray
-ga 1) jo’nalish keligi: litseyga, uyga

2) fe’l modal shakl yasovchi: chayqa, suvga
-gi (ki, g’i) 1) ot yasovchi: supurgi,kulgi

2) sifat yasovchi: bahorgi, burungi

3) fe’lda shakl yasovchi: o’qigim, yozgim, sevilgim (keladi)
-gina: 1) otning kichraytirish erkalash shakli: bolagina, qizginam

2) ayiruv chegaralov yuklamasi: faqatgina, sengina
-gich: 1) ot yasovchi: o’tkazgich, ko’rsatgich

2) sifat yasovchi: bilgich, yulg’ich
-gin (g’in,qin): 1) ot yasovchi: yong’in, toshqin

2) sifat yasovchi: ozg’in, jo’shqin

3) Buyruq – istak mayli: yozgin, boqqin
-da: 1) o’rin-payt kelishigi: maktabda, uyda

2) ta’kid yuklamasi: bola – da
-dir: 1) kesimlik qo’shimchasi: Ilm - boylikdir

2) gumon yuklamasi: kimdir, qandaydir

3) orttirma nisbat shakli: yozdir, to’ldir
-don: 1) ot yasovchi: guldon, tuzdon

2) sifat yasovchi: bilimdon, gapdon
-dosh: 1) ot yasovchi: sinfdosh, maktabdosh, kursdosh

2) sifat yasovchi: qofiyadosh, o’zakdosh
-i: 1) egalik qo’shimchasi: kitobi, daftari

2) sifat yasovchi: iroqi, kashmiri

3) fe’l yasovchi: ranji, tinchi
-iy: 1) sifat yasovchisi: shakily, tanquidiy

2) atoqli ot yasovchi: mavoiy, Muqumiy
-ik: 1) ot yasovchi: ko’rik

2) sifat yasovchi: bekik, o’lik (geologik)

3) fe’l yasovchi: ko’zik, kechik, birlik
-ildoq: 1) ot yasovchi: shaqildoq, hiqildoq

2) sifat yasovchi: likildoq, porsildoq

-im: 1) egalik qo’shimchasi: kitobim, shahrim

2) ot yasovchi: bilim, kiyim

3) sivat va ravish yasovchi: ayrim, qisim
-in: 1) o’zlik nisbati shakli: yuvin, artin

2) majhul nisbat shakli: tozalandi

3) ot yasovchi: ekin, yig’in

4) sifat yasovchi: to’lin, to’kin

5) ravish yasovchi: qishin - yozin

6) ma’no kuchaytirish uchun xizmat qiluvchi qo’shimcha: borayin, sendayin
-ir: 1) fe’l yasovchi: gapir, tupir

2) orttirma nisbat shakl qo’shimchasi: ichir, o’chir, qochir
-ish: 1) harakat nomi shakli qo’shimchasi: kulish, ekish

2) birgalik nisbat shakli qo’shimchasi: yozishdi, borishdi

3) ozaytirma sifat shakli qo’shimchasi: ko’kish, oqish

4) ot yasovchi: yig’ilish

5) o’zlik nisbat shakli qo’shimchasi: kerishmoq

6) fe’lda modal shakl qo’shimchasi: to’lishdi, oqarishdi
-iq: 1) ot yasovchi: chiziq, soliq

2) sifat yasovchi: siniq, to’liq

3) fe’l yasovchi: yo’liq, to’liq

4) o’zlik nisbati shakli qo’shimchasi: toliqmoq, siniqmoq, qoniqmoq
-y: 1) ravishdosh shakli: o’qiy boshlandi, ishlayman

2) buyruq – istak mayli shakli: o’qiy, ishlay

3) fe’l yasovchi: qaray, olay
-k: 1) ot yasovchi: tilak, bezak

2) shaxs – son qo’shimchasi: yozdik, o’qidik

3) sifat yasovchi: chirik
-kan: 1) o’tgan zamon sifatdoshi shakli: ekkan, tikkan

2) ekan to’liqsiz fe’lining qisqargan shakli: borarkan, yozarkan
-ki: 1) ergashtiruvchi bog’lovchi: Ayol borki, olam munavvar

2) ta’kid kuchaytirish ma’nolarini bildiruvchi belgi: nahotki, afsuski, xayriyatki

3) ot yasovchi: tepki, turtki

4) sifat yasovchi: qishki, kechki
-kor: 1) ot yasovchi: paxtakor, shifokor

2) sifat yasovchi: maftunkor
-la: 1) fe’l yasovchi: ishla, gulla

2) fe’lda modal shakl yasovchi: savala, quvala, bukla

3) balan ko’makchisining qisqatgan shakli: sen – la
-lab: 1) ravish yasovchi: yaxshilab, saharlab

2) chama son shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha: yuzlab, minglab
-lar: 1) ko’plik qo’shimchasi: kitoblar, do’mlar

2) hurmat shakli: opamlar, onamlar

3) egalik va tuslovchi qo’shimcha tarkibiga kiruvchi qism
-lik: 1) ot yasovchi: zargarlik, darslik

2) sifat yasovchi: haftalik (daromad), kiyimlik (mato)

3) shakl yasovchi: bormoqlik, ayta olmaslik
-liq: 1) ot yasovchi: toshloq, o’tloq
2) sifat yasovchi: yopig’liq, osig’liq

3) otlarda shakl yasovchi qo’shimcha: toychoq, qizaloq
-m: 1) egalik qo’shimchasi: otam, onam

2) shaxs – son qo’shimchasi: o’qidim

3) ot yasovchi: to’plam, chidam
-ma: 1) bo’lishsizlik qo’shimchasi: borma

2) ot yasovchi: qo’llanma, bostirma

3) sifat yasovchi: qaynatma, yozma

4) takroriy ravishlarni hosil qilishda xizmat qiluvchi component: qo’lma – qo’l, so’zma – so’z
-mas: 1) sifatdosh shakli: bormas, yozmas

2) sifat yasovchi: qo’rqmas, yaramas

3) emas to’liqsiz fe’lining qisqargan shakli: borganmas
-miz: 1) egalik qo’shimchasi: opamiz, uyimiz

2) shaxs – son qo’shimchasi: o’qiymiz, boramiz
-mish: 1) o’tgan zamon sifatdoshining tarixiy shakli: maftun etmish

2) emish to’liqsiz fe’lining qisqargan shakli: maftun etganmish

3) kam unum ot yasovchi: o’tmish, qilmish
-moq: 1) harakat nomi shakli: bormoq, yozmoq

2) ot yasovchi: topishmoq, chaqmoq
-n: 1) o’zlik va majhul nisbat shakli: tarandi, so’zlandi

2) qaratqich va tushum kelishiklarining qisqargan shakli: yer kurrasin boshin tang’idik

Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации