Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar - файл n1.doc

Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar
скачать (990 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.doc990kb.20.11.2012 08:34скачать

n1.doc

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14



Namozov Asliddin Turobovich



















INTENSIV KURS
Darslik va test to‘plami bilan muvofiq ishlash

REJASI:

1. Adabiyot darsi haftada bir marta o‘tiladi. Abiturientlar darslikni shu asosda belgilangan dars mobaynida o‘qib tugatishadi.

2. Abiturientlar har bir darsni darslik asosida o‘qib, mustaqil yoki o‘qituvchi nazoratida og‘zaki savol-javob qilib olishgandan so‘ng test savollarini birgalikda ishlashadi.

3. Keyingi darsda abiturientlar o‘tilgan darsning har bir mavzusiga ijodiy yondashib DTM testlarida tushishi mumkin deb hisoblangan, test to‘plamida keltirilmagan 10 tadan 15 tagacha yangi, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan savollarni tuzib kelishadi.

4. Abiturientlarning tuzib kelishgan yangi test savollari o‘qituvchi nazoratida xulosalanadi va test to‘plamiga ilova qilinadi.

5. Darslik o‘qib tugatilgandan so‘ng yakuniy nazorat kompyuterda test to‘plamining elektron versiyasi orqali o‘tkaziladi. Bunda abiturientlar bazadagi barcha o‘rganilgan savollardan tanlangan 36 talik variant asosida imtihon topshirishadi.


Qo`llanma o`rta maktab o`quvchisi, akademik litsey talabasi, adabiyot o`qituvchisi va oliy o`quv yurtiga kirish uchun mustaqil tayyorlanuvchilar uchun mo`ljallangan.


Tuzuvchi: Namozov Asliddin Turobovich

Mas’ul muharrir: Nurmatov Javlonbek Nabievich

Tex. Muharrir: Obidov Azamat Erkinjonovich


5-SINF

1-DARS. ADABIYOT – SO’Z SAN’ATI. (3-347-betlar)

Reja:

1. Hikmat durdonalari.

2. Rivoyat va ertaklar olamida.

3. Bolalikning beg’ubor olami.

4. Mumtoz adabiyot bo’stoni.

5. Vatanni sevmoq iymondandir.
Hikmat durdonalari

1. Arabcha “so’z” degan ma’noni bildiruvchi xalq og’zaki ijodiga hos janr qaysi qatorda berilgan?

A) rivoyat B) maqol C) ertak D) hikoyat

2. Adabiy turlar berilgan qatorni aniqlang.

A) roman, hikoya, qissa B) adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi C) she’riyat, nasr, dramaturgiya, maxsus tur D) maqol, matal, topishmoq

3. Folklor atamasi birinchi marta qachon va kim tamonidan qo’llangan?

A) 1846- yilda V. Toms B) 1892- yilda V. Rodlov C) 1842- yilda V. Toms D) 1920- yilda S. Malov

4. Hadislarbarcha shartlariga ko’ra tekshirilib qanday turlarga bo’linadi.

A) sahih va g’ayri sahih B) hadis matni va sanadi C) hadis musnadi va sanadi D) B va C

5. Imom al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” kitobida nechta ishonchli hadis jamlangan?

A) 7275 ta B) 7375 ta C) 7397 ta D) 600000 ta

6. Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning taklifiga javoban “Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman” deb javob qaytargan olim kim?

A) Firdavsiy B) Ezop C) Imom al-Buxoriy D) Beruniy

7. Musnad nima?

A) Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro’yxati B) hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlar C) Payg’ambarimiz so’zlarining qachon qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati D) to’g’ri javob yo’q

8. Milloddan avvalgi VI asrda yashagan Lidiya shohi Kerz saroyida xizmat qilgan, Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko’tarilgan, Delfa shahrida tog’ qoyasida otib yuborib o’ldirilgan jahon adabiyotining buyuk darg’asi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Herodot B) Aristotel C) Ezop D) Lafonten

9. Masal janrining rus adabiyotida rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shgan masalchilarni aniqlang.

A) Babriy, I. Krilov B) I. Krilov C) Lessing, Gellert D) Lafonten, Fedr
Rivoyat va ertaklar olamida

1. Herodotning “Tarix” kitobida keltirilgan “To’maris” haqidagi afsonada eng muhim gap iborat?

A) To’marisning eronliklarga qarshi kurashi B) Ayol kishining jasorat ko’rsatib, dushmanga qarshi kurashi C) To’marisning o’g’li Sparangizni Kir qo’shinlaridan yengilib, o’zini o’ldirishi D) To’maris jangda o’lgan Kirning boshini kestirib, qon bilan to’ldirilgan meshga solishini buyurishi

2. Mirkarim Osim “Shiroq” afsonasini qaysi manbaga asoslanib yaratgan?

A) Herodotning “Tarix” kitobiga B) Polienning “Harbiy hiylalar” kitobiga C) Aristotelning “Poetika” asariga D) hech qanday manbaga asoslanmagan

3. Sof mifologik afsonalar qatorini aniqlang.

A) “Qayumars”, “Odami Od”, “Hazrati Xizr” B) “Devqal’a”, “Kalta minor” C) “Ilonbuzgan”, “Anbar ona” D) A va C

4. Ota va o’g’illarning safar oldidan suhbati qaysi asarda tasvirlangan?

A) “Shiroq” afsonasida B) “To’maris” afsonasida C) “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida D) “Uch og’a-ini botirlar” ertagida

5. Maktab darsliklari uchun ibratli ertaklar yaratgan jadid adabiyoti vakillarini aniqlang.

A) X. To’xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev B) M. Behbudiy, A. Fitrat, Avloniy C) Siddiqiy-Ajziy, Hamza, S. Jo’ra, H. Olimjon D) B va C

6. Hamid Olimjon qalamiga mansub she’riy dramalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Janub kechasida”, “O’rik gullaganda” B) “Zaynab va Omon”, “Ofeliyaning o’limi” C) “Muqanna”, “Jinoyat” D) H.Olimjon drama yozmagan

7. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida zindonda yotgan Oygulni zindondan ozod etgan obrazni aniqlang.

A) Baliqchi chol B) Qul Tarlon C) Jambil xoni D) Oygulni zindondan ozod etgan shaxsning ismi qayd etilmagan

8. “O’n besh yilning daftari”, “Zamon torlari”, “Shu’la” kabi she’riy to’plamlarning muallifi kim?

A) M.Shayxzoda B) H.Olimjon C) Shukrullo D) Oybek

9. Shukrulloning birinchi she’ri qanday nomlangan?

A) “Baxt qonuni” B) “Birinchi daftar” C) “Qalb qo’shiqlari” D) to’g’ri javob yo’q

10. Shukrulloning nasriy asarlari berilgan javobni aniqlang.

A) “Hayot ilhomlari”, “Inson va yaxshilik” B) “Javohirlar sandig’i”, “Kafansiz ko’milganlar” C) “Tirik ruhlar”, “Otash va gul” D) B va C

11. Birinchi o’zbek yuristi Ubaydulla Xo’jayev hayoti haqida hikoya qiladigan asar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Kafansiz ko’milganlar” Shukrullo B) “O’g’rini qaroqchi o’rdi” M.Shayxzoda C) “Tirik ruhlar” Shukrullo D) “Tillatopar” Oybek

12. “Daniyaning Odens shahrida tug’ilgan Kopengagen universitetida o’qigan Gyugo, Balzak, Dyumo, Dikkens, Geyne kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo’lgan”. Ushbu tarjimai hol qaysi ijodkorga tegishli?

A) A.S.Ekzyuperi B) N.Dumbadze C) H.K.Andersen D) Ezop
Bolalikning beg’ubor olami

1. Abdulla Qodiriy yana qanday romanlar yozish uchun ijodiy tayyorgarlik ko’rgan?

A) “Qasosqorning oltin boshi”, “Fikr aylagil” B) “Xalq dushmani”, “Turg’un chavondoz” C) “Amir Umarxonning kanizi”, “Namoz o’g’ri” D) “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”

2. A.Qodiriyning “Uloqda” hikoyasida uloq chopish paytida halok bo’lgan obrazni aniqlang.

A) Turg’un B) Mahkam C) To’g’onboy D) Esonboy

3. 1926- yilda chop etilgan “Tuyg’ular” nomli sheriy to’plam qaysi ijodkor qalamiga mansub?

A) Oybek B) Shukrullo C) H.Olimjon D) M.Shayxzoda

4. “Chol kasal odamga o’xshab, sekin-sekin pastga tushdi. Usiq qoshlari tagida qisilib yotgan ko’zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi…” Mazkur jumla qaysi asardan olingan?

A) Oybek “Navoiy” romani B) Oybek “Fanorchi ota” hikoyasi C) H.K.Andersen “Bulbul” ertagi D) A.Qodiriy “Uloqda” hikoyasi

5. Pushkinning “Yevgeniy Onegin”, Lermontovning “Maskarad”, arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonlarini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?

A) Cho’lpon B) Oybek C) G’afur G’ulom D) Shukrullo

6. “– Nimalarning xayolini surardim. Shu to’rtta yetimning ertasini o’ylayman-da. Zamonni ko’rib turibsan, tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko’ziday non anqoga shapig‘”. Mazkur jumla qaysi asardan olingan?

A) G’afur G’ulom “Shum bola” qissasi B) Oybek “Bolalik” qissasi C) G’afur G’ulom “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi D) A.Qodiriy “Uloqda” hikoyasi

7. Mashhur yozuvchi O.Genrining “Darddoshlarim” nomli asari bilan o’zbek adabiyotidagi qaysi asar o’rtasida muayyan o’xshashlik, umumiylik mavjud?

A) G’afur G’ulom “Shum bola” qissasi B) Oybek “Bolalik” qissasi C) G’afur G’ulom “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi D) A.Qodiriy “Uloqda” hikoyasi

8. “Eng dahshatli sukunat – shoir jim yurishi” Ushbu misra muallifini aniqlang.

A) Cho’lpon B) Shukrullo C) G’afur G’ulom D) Xurshid Davron

9. Vaznga solingan, biroq qofiyasi bo’lmagan she’r…

A) sarbast B) turoq C) nasriy she’r D) oq she’r

10. Nasriy she’rning asosiy belgisi nimadan iborat?

A) ma’lum vazinga va izchil qofiyaga ega emasligi B) ramziy tasvir uslubining kuchliligi C) ritorik qaytariqlarning ko’pligi, pauzalarning ko’pligi D) A, B, C

11. O’.Hoshimov qalamiga mansub qissalar qatorini belgilang.

A) “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi” B) “Qatag’on”, “To’ylar muborak” C) “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” D) A va C

12. “… dostondek o’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz…” S. Ahmadning ushbu fikrlari O’tkir Hoshimovning qaysi asari haqida?

A) “Yo’qotganlarim va topganlarim” B) “Ikki eshik orasi” C) “Dunyoning ishlari” D) “Kelinlar qo’zg’oloni”

13. “Oydin kechalar”, “Oy tutilgan kecha”, “Afrosiyob go’zali” kabi bir qator kitoblar muallifini aniqlang.

A) Maqsud Qoriyev B) Mirtemir C) O’tkir Hoshimov D) O’lmas Umarbekov

14. Maqsud Qoriyevning Toshkent zilzilasi haqida so’z yurituvchi asari qaysi?

A) “Oy tutilgan kecha” B) “Qaytar dunyo” C) “Qaldirg’ochlar bahorda keladi” D) “Oydin kechalar”

15. Antuan de Sent – Ekzyuperining qaysi asari 1931- yilda “Femina” mukofotiga munosib ko’rilgan?

A) “Janub chopari” B) “Tungi parvoz” C) “Kichkina shahzoda” D) “Harbiy uchuvchi”
Mumtoz adabiyot bo’stoni

1. Yaxshidur avvalg’isi xud begumon,

Lek ikkinchisi ham ermas yomon. Mazkur bayt A.Navoiyning qaysi asaridan olingan?

A) “Farhod va Shirin” B) “Hayrat ul-abror” C) “Lison ut-tayr” D) “Muhokamat ul-lug’atayn”

2. “Sher bilan Durroj” hikoyati A.Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida keltirilgan?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) Saddi Iskandariy

3. Vaslingg’a yetishmadim, jihat bu erdi:

Yo’l balchiq edi, kecha qorong’u erdi.

Ohim tutuni birla ko’zimning yoshidin

Hajringda but un ko’ngulda qayg’u erdi. (Bobur) Ushbu ruboiyning to’g’ri tartibini belgilang.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 1, 3, 4 C) 4, 2, 3, 1 D) 4, 3, 2, 1

4. Do’rmancha, O’ltarma, Roshidan, Zohidon, Qudash kabi joy nomlari kimning qaysi asarda uchraydi?

A) Zavqiy “Sayohatnoma” B) Muqimiy “Tanobchilar” C) Muqimiy “Sayohatnoma” D) Muqimiy “Devon”da

5. Birov ilmdon-u bo’lsa tadbirkor,

Nogoh toyib ketsa oyog’i yakbor.

Kichik bir xatoga gapirma qo’pol,

Ulug’lar demishlar: “Yaxshilikni ol!” She’r muallifi qaysi javobda ko’rsatilgan?

A) A.Navoiy B) H.Sheroziy C) S.Sheroziy D) Muqimiy

6. S.Yesenin, A.Blok, Gyote, L.Ukrainka, R.Hamzatov kabi jahon adabiyoti vakillarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) O’.Umarbekov C) Erkin Vohidov D) U.Nosir

7. Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r qanday ataladi?

A) g’azal B) qasida C) ta’rix D) noma

8. Alisher Navoiyning qaysi asarlarida majoziy shakldagi ibratli hikoyatlar mavjud?

A) “Hauratul - abror” va “Majolis un-nafois”da B) “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”da C) “Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat”da D) “Hayrat ul-abror” va “Lison ut-tayr”da
Vatanni sevmoq iymondandir

1. 1914-1915- yillarda Hamza yaratgan “milliy romanlar”ni aniqlang.

A) “Yangi saodat”, “O’ch” B) “Boy ila xizmatchi”, “Farg’ona fojiasi” C) “Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari”, “Ilm hidoyati” D) “Yangi saodat”, “Uchrashuv”

2. Buyuk italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asarini juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan o’zbek shoirini aniqlang.

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov C) M.Shayxzoda D) U.Nosir

3. O’.Umarbekovning A.Qahhor tamonidan yuksak baholangan asarini aniqlang.

A) “Hayot abadiy” B) “Urush farzandi” C) “Sevgim, sevgilim” D) “Odam bo’lish qiyin”

4. “Bu dunyoga kelganlarning, albatta, ketmog’i bor. Kimdir bir kun oldin, kimdir bir kun keyin… Ketadi-yu, qaytmaydi. Mangu dunyo abadiy uni o’z quchog’iga oladi”. Qaysi asar mazkur jumlalar bilan boshlangan?

A) O’.Umarbekov “Hayot abadiy” B) N.Dumbadze “Hellados” C) O’.Umarbekov “Qizimga maktublar” D) M.Qoriyev “Qaldirg’ochlar bahorda keladi”

5. Ch.Aytmatovning “Qiyomat” romanidan joy olgan “Oltovlon va yettinchi” taqdiri to’g’risidagi adabiy mavzu yana qaysi asarda ochib berilgan?

A) N.Dumbadze “Hellados” B) N.Dumbadze “Abadiyat qonuni” C) O’lmas Umarbekov “Qizimga maktublar” D) A.Sent – Ekzyuperi “Kichkina shahzoda”

6-SINF

1-DARS. BOLA – UCHQUR XAYOL EGASl. (4-94-betlar)

Reja:

1. Ma'naviyat xazinasi.

2. Xudoyberdi To’xtaboyev.

3. G'afur G'ulom.

4. Azim Suyun.

5. Jonatan Svift.
Ma’naviyat xazinasi

1. Quyidagi javoblardan qaysi biri ma’naviyat xazinasiga muqoyasa etilgan?

A) adabiyot B) nutq C) D) ona tili D) A, B

2. Qaysi adib adabiyot haqida “Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o’tin yorishga sarflamaslik kerak” degan ibratomuz fikrni aytgan edi?

A) Chingiz Aytmatov B) Abdulla Oripov C) Abdulla Qahhor D) Oybek
Xudoyberdi To’xtaboyev

1. Qaysi adib tarjimai holida “Ruhi pok bo’lgan, tarbiyaga quloq soladigan, bolalar dunyosida ishlasam qanday bo’lar ekan”, - deb o’ylay boshladim va qaror ham qabul qildim, bolalar, o’smirlar dunyosiga paqqos o’tib ketdim, deb ta’kidlaydi?

A) G’afur G’ulom B) Xudoyberdi To’xtaboyev C) Chingiz Aytmatov D) Jonatan Svift

2. Qaysi qatorda Xudoyberdi To’xtaboyevning bolalarga bag’ishlangan qissasi berilgan?

A) “Omonboy va Davronboy sarguzashti” B) “Jannati odamlar” C) “Qasoskorning oltin boshi” D) A va C

3. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon sehrli qalpoqcha haqida kimdan eshitadi?

A) Anorboy tog’adan B) onasidan C) o’qituvchisidan D) buvisidan

4. Xudoyberdi To’xtaboyevning qaysi asari ko’pgina jahon tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan va buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodari tahsiniga sazovar bo’lgan?

A) “Sariq devni minib” B) “Shirin qovunlar mamlakatida” C) “Qasoskorning oltin boshi” D) “Sariq devning o’limi”

5. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon qalpoqchaning sehriga to’liq amin bo’lgach, uning sehrli kuchini dastlab nima maqsadda ishlatadi?

A) o’qituvchilarning konspektlarini ko’chirishda B) qishlog’idagi folbinning yolg’onchiligini fosh qilishda C) agranom bo’lish uchun ishlatadi D) o’rtoqlarini qo’rqitish uchun ishlatadi

6. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridagi “bolangni jin urgan”, “otaginam sizga dev hamla qilgan”, – deb odamlarni aldagan va dorixonada sotiladigan oddiy dorilarni “Xudoi taolo ato qilgan noyob dorilar” – deb pullagan persanajni aniqlang.

A) Mirobiddinxo’ja B) Soraxon C) Anorboy tog’a D) Hayitvoy

7. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon qaysi cho’lning o’zlashtirilayotgan paytiga duch kelib qoladi?

A) Qarshi cho’li B) Mirzacho’l C) Jizzax cho’li D) Qizilqum cho’li

8. “Sariq devni minib” asarida Hoshimjonning qishlogidagi bo’lar-bo’lmasga ham baqiradigan savodsiz agranom kim edi?

A) Polvon tog’a B) O’rmon aka C) Anorboy tog’a D) Shokirjon

9. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridagi qaysi qahramoni jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo’lsa-da, aslida sofdil, ko’ngli beg’araz inson sifatida tasvirlanadi?

A) Hoshimjon B) Shokirjon C) Hayitvoy D) Mirobiddinxo’ja

10. “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon kimning yordami bilan agranom bo’ladi?

A) Akbar Nosirovich B) O’rmon aka C) Polvon tog’a D) Rahimjon

11. Qalami o’tkir jurnalist, jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi 300 dan ortiq feleton yozgan, bola va o’smir ruhidagi go’zallikni himoyalashga e’tibor beruvchi adib…

A) Jonatan Svift B) A.Qahhor C) Xudoyberdi To’xtaboyev D) O’.Hoshimov

12. “Sariq devni minib” asarining ikkinchi bobi qanday nomlanadi?

A) Shaytonning yelkasiga igna sanchdim. B) Hashoratni kaltaklashga buyurdim. C) Baxtim kulib boqqan edi. D) Barbod bo’lgan o’ylarim.

13. O’sha kuni ikkovimiz uning “Villis”iga o’tirib, dala aylandik, “Sariq devni minib” asaridagi Hoshimjonning hamrohi qaysi qatordab to’g’ri berilgan?

A) Polvon tog’a B) Hayitvoy C) Akbar aka Nosirov D) Xursanali Sharafiddinovich
G’afur G’ulom

1. “Shum bola” qisasidagi Sariboyni laqqillatish sujetida shum bola yolg’onlarini qaysi yolg’oni bilan boshlaydi?

A) Bo’riboyvachchaning terakdan yiqilib o’lishi bilan B) Dandon sopli pichoqning sinishi bilan C) Qo’rg’onning yonishi bilan D) Otning o’lishi bilan

2. Quyidagi badiiy tasvir vositalari G’afur G’ulomning qaysi asarida uchraydi?

“To’ti patlarining rang-barangligi Oysha chevarning qutisidagi ipaklarday tovlanar edi”; “It quvlagan tulkiday Omon menga ergashdi”; “Orqamdan o’lik quvlab kelayotgandek orqamga qayrilib boqar edim”; “Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog’iday qaltirab to’ribdi”. A) “Mening o’g’rigina bolam” B) “Yodg’or” C) “Netay” D) “Shum bola”

3. “Shum bola” qisasidagi “Sariboyni laqqillatish sujetida” Sariboy shum bolaning qaysi yolg’onini eshitib xushidan ketib yiqiladi?

A) o’rtancha qizining dunyoga arziydigan o’g’ilcha tuqqani haqidagi yolg’onni eshitib B) qo’rg’onga o’t ketganini eshitib C) Bo’riboyvachchaning o’lganini eshitib D) omborining yonganini eshitib

4. 1936- yilda yaratilib, 60- yillarda mukammal holga kelgan, ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan asar va muallifini aniqlang.

A) Said Ahmad “Ufq” B) A. Qahhor “Sarob” C) G’. G’ulom “Shum bola” D) X. To’xtaboyev “Sariq devni minib”

5. “Shum bola” qissasida Qorajon kimni bo’lis deb ataydi?

A) Sariboyni B) Eshonni C) Omonni D) Badal aravakashni

6. Tong azonda turib, o’tov egalari, er-xotin bilan xayrlashib, … Qorajon qayerga otlanadi?

A) Qovunchiga B) Sayramga C) Sariog’ochga D) Yusuf kontorning yoniga

7. Shum bolaning yoshi ko’rsatilgan javobni aniqlang.

A) 16 da B) 14 da C) 12 da D) 13 da
Azim Suyun

1. Azim Suyunning birinchi she’riy to’plami berilgan javobni aniqlang.

A) “Olis tonglar” B) “Xayolat” C) “Mening osmonim” D) “Ey do’st”

2. Qaysi qatorda Azim Suyunning dostonlari to’g’ri berilgan?

A) “Zamin taqdiri”, “O’zbek yurti”, “O’zbekiston” B) “O’zlik”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha” C) “Zamin taqdiri”, “O’zbekiston”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha” D) “Sarbadorlar”, “O’zbekiston”, “Ey do’st”

3. Qaysi qatorda Azim Suyunning dramatik dostoni berilgan?

A) “Sarbadorlar” B) “O’zbekiston” C) “Olis tonglar” D) “Sharq hikmati”

4. Shoirning dastlabki she’riy to’plami 1978- yilda “Mening osmonim” nomi bilan chop etilgan. Ushbu so’zlar kimga qarata aytilgan?

A) Azim Suyun B) Mirtemir C) Erkin Vohidov D) O.Hojiyeva

5. “Darada” nomli she’r muallifi qaysi qatorda berilgan?

A) Muqimiy B) Shavkat Rahmon C) Azim Suyun D) Zulfiya

6. “Hazrati inson” bo’lishi nihoyatda qiyin ekanligi falsafiy tarzda bayon etilgan she’r va muallifi kim?

A) Azim Suyun “Oq va qora” B) Abdulla Oripov “Ona sayyora” C) Azim Suyun “Bahodirsiz kelar Arg’umoq” D) Erkin Vohidov “Nido”

7. “Sarbadorlar”, “Zamin taqdiri”, “O’zbekiston”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha” dostonlari muallifi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.

A) Ch.Aytmatov B) Said Ahmad C) O’tkir Hoshimov D) Azim Suyun

8. Azim Suyunning “Darada” she’rining ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni aniqlang.

A) ruhiyat B) manzara C) hayol og’ushi D) tong shamoli

9. Muayyan bir o’lchov (vazn) asosidagi ritmga, musiqiy jarangga ega bo’lgan, hissiy jihatdan to’yintirilgan nutq…

A) lerik chekibish B) she’riy nutq C) manologik nutq D) retim

10. “Zamin taqdiri”, “Sarbadorlar”, “Sharq hikmati” kitoblari muallifini aniqlang.

A) Muhammad Ali B) To’ra Sulaymon C) Azim Suyun D) Muhammad Yusuf

11. “Shom tushishi bilan bobomning toshdan qurilgan yakka-yu yagona, duddan qorayib ketgan uyiga suhbattalab keksa-yu yosh yig’iladi… U Ahmad Yassaviy “Hikmat”ini o’qiganida butun olam unitiladi”. Ushbu jumlalar qaysi adib tarjimai holida uchraydi?

A) To’ra Sulaymon B) Muhammad Yusuf C) Azim Suyun D) Zohir A’lam

12. Azim Suyun dostonlari sanalgan qatorni toping.

A) “Zamin taqdiri”, “O’zbekiston” B) “Zarb”, “O’zbekyurt” C) “Saylanma”, “Qaro ko’zing sening” D) “Javzo”, “Ziyo yo’li”

13. “Sarbadorlar” dramatik dostonining muallifini aniqlang.

A) O’lmas Umarbekov B) O’tkir Hoshimov C) Xayrulla Sultonov D) Azim Suyun

14. Azim Suyunning dastlabki she’riy to’plami qanday ataladi?

A) “Olis tonglar” B) “Xayolat” C) “Mening osmonim” D) “Ziyo yo’li”
Jonatan Svift

1. Jonatan Svift qaysi asari orqali Angliya davlatining tartib qoidalari, urf odatlari ustidan kuladi?

A) “Kitoblar jangi” B) “Bochka cho’pchagi” C) “Gulliverning sayohatlari” D) “Movutfurush xatlari”

2. “Gulliverning sayohatlari” asarida Gulliver qaysi mamlakatda tanti, olijanob, ma’rifatparvar odamlarga duch keladi?

A) Brobdingnegda B) Blefuskuda C) Leputada D) Liliputiyada

3. “Gulliverning sayohatlari” asarining nechanchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati – Leputadagi sayohatlariga bag’ishlangan?

A) to’rtinchi B) ikkinchi C) birinchi D) uchinchi

4. “Gulliverning sayohatlari” asarida ekipaj tarkibida Gulliver ham bo’lgan, “Ohu” kemasi qayerdan Ost Indiya tamon yo’lga chiqadi?

A) Bristoldan B) Old-Juridan C) Uoppindan D) Fegter-Leyndan

5. Buyuk ingliz adibi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” romani necha qismdan iborat va uning birinchi qismi qanday nomlanadi?

A) 4 qism “Liliputiyaga sayohat” B) 2 qism “Brobdingnegga sayohat” C) 3 qism “Liliputiyaga sayohat” D) 5 qism “Gulliverning olimlar mamlakati”

6. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” romaning asosiy mazmuni nima?

A) Asar shunchaki kulgudan iborat B) Mitti odamlar ham inson ekanligi C) Muallif bu asar orqali Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi D) Muallif bu asar orqali mamlakatning olimlari va diniy ulamolarining ustidan kuladi, haqoratlaydi

7. Pint so’zining ma’nosi nima?

A) ting okeanining g’arbiy qismi B) 2 litr suyuqlikni o’ziga singdiruvchi asbob C) yarim litr teng ingliz suyuqlik o’lchov birligi D) ulkan xarsang toshlarni maydalashga mo’ljallangan ingliz randasi

8. Tuxumni qanday sindirish haqidagi kelishmovchiliklar kimning asarida bayon etilgan?

A) Odil Yoqubov “Muzqaymoq” B) Odil Yoqubov “Er boshiga ish tushsa” C) Zohir A’lam “Afandining qirq bir pashshasi” D) Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari

9. Jonatan Sviftning hajviy (asarlari) kitoblari nomini aniqlang.

A) “Gulliverning sayohatlari”, “Kitoblar jangi” B) “Bochka cho’pchagi”, “Movutfurush xatlari”, “Kitoblar jangi” C) “Kitoblar jangi”, “Tutqun” D) A va B

10. J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari” romaninig 3 qismida Gulliver qaysi mamlakatga borib qoladi?

A) Liliputiyaga B) Leputaga C) Brobdingnegga D) Yexular yurtiga

11. “Men Nottingempshirda tug’ilganman, u yerda otamning uncha katta bo’lmagan mulki bor edi…” Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

A) “Liliputiyaga sayohat” B) “Gulliverning sayohatlari” C) “Sayohatnoma” D) “Kitoblar jangi”

12. Gulliver ustozi Mister Betsning yordamida kapitan Eybergem Pennell qo’mondonlik qilayotgan kemaga ishga kiradi. Ushbu kemaning nomini aniqlang.

A) “Burgut” B) “Qaldirg’och” C) “Lochin” D) “Ohu”

13. Gulliver qanday kema bilan Janubiy dengizga jo’naydi?

A) “Burgut” B) “Qaldirg’och” C) “Lochin” D) “Ohu”

14. “Biz Bristoldan 1699- yil 14-mayda yo’lga chiqdik…” ushbu so’zlar qaysi asardan olingan?

A) “Shum bola” B) “Qasoskorning oltin boshi” C) “Liliputiyaga sayohat” D) “Gulliverning sayohatlari”

15. Bo’yi bir yarim fut keladigan minbar kimning asarida uchraydi?

A) Alisher Navoiy B) Atoyi C) Said Ahmad D) Jonatan Svift

16. Jahon adabiyotining namoyondalaridan qaysi birining asar qahramoni ustozi Betsning yordamida Eybregem Pennell qo’mondonlik qilayotgan “Qaldirg’och” kemasiga xururg bo’lib ishlagan?

A) Jyul Vern B) Jonatan Svift C) Jek London D) Janni Rodari

17. “Kitoblar jangi”, “Bochka cho’pchagi”, “Movutfurush xatlari” kabi hajviy kitoblar muallifi kim?

A) Danel Defo B) Jonatan Svift C) Jek London D) Janni Rodari

2-DARS: KECHAGI KUN – SABOQ. (95-177-betlar)

Reja:

1. Muqimiy.

2. Abdulla Qahhor.

3. Chingiz Aytmatov.

4. Odil Yoqubov.

5. Erkin Vohidov.

6. O'tkir Hoshimov.

7. Said Ahmad.
Muqimiy

1. Qachondan boshlab Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o’rganish boshlandi?

A) XX sarning boshlarida B) XX asrning 30- yillarida C) XIX asr oxiri XX asr boshlarida D) XX asrning 50- yillarida

2. “Muqimiy bayozi” deb nomlangan to’plam qaysi adibimiz tamonidan tuzilgan?

A) O.Yoqubov B) Oybek C) G’afur G’ulom D) A.Qahhor

3. Qaysi shoir Qo’qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Mahayyir, G’arbiy, Nasimiy, Mavlaviy va bosha shoirlardan tashlik topgan adabiy guruhga boshchilik qilgan?

A) Muqimiy B) Zavqiy C) Furqat D) Mavlaviy

4. Muqimiyning bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi necha misrani tashkil etadi?

A) 9 ming B) 13 ming C) 469 D) 10 ming

5. Muqimiyning qaysi asari amaldorlar zulmiga yo’liqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi?

A) “Sayohatnoma” B) “Tanobchilar” C) “Saylov” D) “Dar shikoyat Laxtin”

6. Muqimiy qaysi asarida Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasini o’tkir, ta’sirchan misralarda fosh qiladi?

A) “Saylov” B) “Moskobchiboy” C) “Tanobchilar” D) “To’yi Iqonbachcha”

7. “Hujrai tang va torlikda bekaslik va g’arblik chirog’ini yoqib” muhtojlikda umr o’tkazgan shoir yoki yozuvchi kim?

A) Boborahim Mashrab B) Muqimiy C) Mujrim Obid D) A.Navoiy

8. Muqimiyning bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi qancha?

A) 100 ming misra B) 300 ming misra C) 10 ming misra D) 5 bob 300 misra

9. Xizr payg’ambar nomi Muqimiyning qaysi she’riga keltiriladi?

A) “Tanobchilar” B) “Aroba” C) “Darbadar” D) she’riy maktubda

10. Muqimiyning “Tanobchilar” she’rida “kunda pix” so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping.

A) pixini yorgan o’g’ri B) mashhur kishilarga nisbatan ishlatiladigan so’z D) to’nkaday qo’pol
Abdulla Qahhor

1. Qaysi shoir birinchi jahon urushi davridagi qiyinchiliklarni eslab: – deya yozadi?

A) Hamid Olimjon B) A. Qahhor C) G’afur G’ulom D) Oybek

2. Qahhorning ilk qissasi qaysi qatorda berilgan?

A) “Qishloq hukm ostida” B) “Zilzila” C) “Muhabbat” D) “Sinchalak”

3. Quyidagilarning qaysi biri qissa janriga mansub emas?

A) “Zilzila” B) “Muhabbat” C) “Ayajonlarim” D) “Sinchalak”

4. Qaysi adibimiz dastlabki asarlari ostiga “Norin Shilpiq”, “Sarimsoq” singari taxalluslar qo’llagan?

A) Qahhor B) Cho’lpon C) Abdulla Qodiriy D) G’.G’ulom

5. Qahhorning qaysi asarida qishloq xo’jaligini kolxozlashtirish mavzusi yoritilgan?

A) “Sinchalak” B) “Qishloq hukm ostida” C) “Og’riq tushlar” D) “Qo’shchinor chiroqlari”

6. “Bemor” hikoyasiga epigraf qilib olingan maqol keltirilgan qatorni toping?

A) Yo’g’on cho’zilguncha, ingichka uziladi B) Osmon yiroq, yer qattiq C) Otning o’limi, itning bayrami D) Olganga o’nta ham kam, berganga bitta ham ko’p

7. Qahhorning “Bemor” hikoyasida doktorxona deganda Sotiboldining ko’z oldiga nima kelar edi?

A) Izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so’mlik B) Salqin, tinch bog’da, daraxtlar ichiga ko’milgan baland va chiroyli imorat C) Xo’jayinining ombori D) Shahardagi katta oq imorat

8. Qaysi asar qahramoni “bemorning ko’ngliga armon bo’lmasin” deb to’qigan savatchalariniulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko’tarib “chilyosin” qildiradi?

A) “Bemor” B) “Og’riq tushlar” C) “Tobutdan tovush” D) “Shohi so’zana”

9. Men bir qora kunda tug’ildim, Tug’ildim-u, shu on bo’g’ildim, – so’zlari qaysi adibga tegishli?

A) Hamid Olimjon B) Aziz Nesin C) Qahhor D) Muqimiy

10. “Qo’shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, “Muhabbat”, “Zilzila” asarlarining muallifi kim?

A) A.Qahhor B) Said Ahmad C) O.Yoqubov D) Zohir Alam

11. A.Qahhorning tugallanmagan asari qaysi?

A) “Ayajonlarim” B) “Zilzila” C) “Sinchalak” D) “Qishloq hukm ostida”

12. Butun jamiyat bemor – xasta, najotga zor, tuzalishga muhtojligi nazarda tutilgan hikoya qanday nomlanadi?

A) A.Qahhor “Bemor” B) O’.Hoshimov “Urushning so’nggi qurboni” C) O.Yoqubov “Diyonat” D) P.Qodirov “Najot”

13. Umumxalq tili va adabiy tilga tayanadigan, boshqa jihatdan esa ularning har ikkisidan farqlanib turadigan alohida san’at hodisasi nima?

A) baxshi nutqi B) badiiy til C) lirika D) o’xshatishga asoslangan sanat turi

14. Adabiy til deganda umumxalq tilining…

A) leksik shaklini tushinamiz B) grammatik shaklini tushinamiz C) imlo va talaffuzini tushinamiz D) barcha javoblar to’g’ri
Chingiz Aytmatov

1. Chingiz Aytmatovning 1957- yilda e’lon qilib, adabiyot ixlosmandlarining jiddiy e’tiboriga sazovr bo’lgan asarini belgilang?

A) “Jamila” B) “Sarviqomat dilbarim” C) “Yuzma-yuz” D) “Momo yer”

2. Chingiz Aytmatovning adabiyot olamida jiddiy yangilik bo’lgan va sho’ro davlatining ayanchli tarixi yaxlid holda ochib berilgan asarini belgilang?

A) “Dengiz yoqalab chopayotgan olapar” B) “Momo yer” C) “Somon yo’li” D) B va C

3. Chingiz Aytmatovning 1970- yilda yozilgan va achchiq insoniy taqdirlar talqiniga bag’ishlangan asarni belgilang?

A) “Jamila” B) “Alvido-ey Gulsari” C) “Oq kema” D) “Asrga tatigulik kun”

4. Ch.Aytmatovning qaysi asarida sho’ro davlatining ayanchli tarixi yaxlit holda ochib berilgan?

A) “Somon yo’li” B) “Alvido, ey Gulsari” C) “Qiyomat” D) “Dengiz yoqalab chopayotgan olapar”

5. Guram Jo’zadze, Sandro qaysi asar qahramonlari sanaladi?

A) “Qiyomat” B) “Oq kema” C) “Asrga tatigulik kun” D) “Sariq devni minib”

6. “Sarviqomat dilbarim”, “Momo yer”, “Samon yo’li” qissalari muallifi kim?

A) O’.Hoshimov B) Ch.Aytmatov C) G’afur G’ulom D) T.Murod

7. Ch.Aytmatovning “Qiyomat” romanini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Jamol Kamol B) Erkin Vohidov C) Ibrohim G’afurov D) Borot Boyqobilov

8. Ch.Aytmatovning qaysi qissasida sho’ro davlatining ayanchli tarixi yaxlit holda ochib berilgan?

A) “Jamila” B) “Dengiz bo’ylab chopayotgan olapar” C) “Somon yo’li” D) “Alvido, ey Gulsari”
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации