Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar - файл n1.doc

Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar
скачать (990 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.doc990kb.20.11.2012 08:34скачать

n1.doc

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Odil Yoqubov

1. Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari qanday nomlangan?

A) “Chin muhabbat” B) “Bahor sog’inchlari” C) “Tong nafasi” D) “Tengdoshlar”

2. Uning asarlari buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ulug’beklar hayoti, ularning ulug’vor ishlari haqida hikoya qilsa, gohi zamonaviy mavzularni qalamga olib, odamalr o’rtasidagi mehr-oqibatni ulug’laydi. Ushbu so’zlar kimga nisbatan aytilgan?

A) P.Qodirov B) O.Yoqubov C) Ch.Aytmatov D) Xurshid Davron

3. “Yurak yonmog’i kerak”, “Olma gullaganda”, “Izlayman” qissalarining muallifi kim?

A) O.Yoqubov B) P.Qodirov C) Ch.Aytmatov D) O’.Hoshimov

4. Odil Yoqubov qaysi asarida o’z otasi misolida qatog’on davrlarining dahshatlari aks etgan bolalik xotiralari qalamga olinadi?

A) “Qanot juft bo’ladi” B) “Muqaddas” C) “Adolat manzili” D) “Muzqaymoq”

5. Odil Yoqubovning 1951- yilda nashr etilgan dastlabki yirik asari qanday nomlangan edi?

A) “Chin muhabbat” B) “Aytsam tilim kuyar, aytmasam dilim kuyadi” C) “Tengdoshlar” D) “Izlayman”
Erkin Vohidov

1. “Tong lavhasi”, “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi” she’rlarining muallifi kim?

A) Abdulla Oripov B) Saida Zununova C) Zulfiya D) E.Vohidov

2. Nemis shoiri Gyotening “Faust” asarini o’zbek tiliga qaysi shoirimiz tarjima qilgan?

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov C) S.Ahmad D) Xurshid Davron

3. “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani” kabi qator dostonlar muallifini aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) Azim Suyun D) Shavkat Rahmon

4. 44- yil

Sentabr tongi otdi.

Meni cheksiz quvonch bilan baxt uyg’otdi.

Ko’k jildimda alifbe va bir burda non,

Birinchi bor qadam qo’ydim maktab tamon. Ushbu parcha E.Vohidovning qaysi she’ridan olingan?

A) “Nido” B) “Lerika” C) “Yoshlik devoni” D) “Quyosh maskani”

5. Erkin Vohidov dostonlari sanalgan qatorni toping.

A) “Nido”, “Lirika”, “Iztirob” B) “Orzu chashmasi”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni” C) “Ishq savdosi”, “Umr daryosi”, “Nido” D) barcha javoblar to’g’ri

6. E.Vohidovning ilk to’plami qanday nomlangan?

A) “Tong nafasi” B) “tirik sayyoralar” C) “Hozirgi yoshlar” D) “Mening yulduzim”


O’tkir Hoshimov

1. A.Qahhorning nazariga tushgan allomalardan “Sof samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladigan asar” yozgani uchun maqtov olgan yozuvchini aniqlang.

A) G’afur G’ulom B) O’.Hoshimov C) S.Ahmad D) Ch.Aytmatov

2. “Tushda kechgan umrlar”, “Dunyoning ishlari”, “Qatag’on” kabi asarlar muallifini aniqlang.

A) O’.Hoshimov B) O’.Umarbekov C) Xudoyberdi To’xtaboyev D) O.Yoqubov

3. Umri xola, Shoikrom, Xadicha qaysi asar qahramonlari sanaladi?

A) “Urushning so’nggi qurboni” B) “Ikki eshik orasi” C) “Tushda kechgan umrlar” D) “Nur borki, soya bor”

4. “Muhabbat”, “Tushda kechgan umrlar”, “Inson sadoqati”, “Inson sadoqati” kabi asarlar muallifi kim?

A) Erkin Vohidov B) O’.Hoshimov C) T.Murod D) Ch.Aytmatov

5. O’Hoshimov dramalari berilgan qatorni toping.

A) “To’ylar muborak”, “Qatog’on” B) “Inson sadoqati”, “Muhabbat” D) “Shamollar esaveradi”, “Urushning so’nggi qurboni”

6. Umri xola Shoikromning yonboshiga, shaparak ko’rpachaga o’tirdi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so’z qanday ma’no anglatadi?

A) eski B) yangi C) qovilmagan D) mato turini
Said Ahmad

1. “Ishqiboz” nomli hajviy hikoyasi o’n olti yoshlarida “Mushtum” jurnalida chop etilgan ushbu parcha qaysi adibga tegishli?

A) Muqimiy B) G’afur G’ulom C) S.Ahmad D) Turdi

2. Said Ahmadning “Qaplon” hikoyasi qahramonlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

A) Tillayev, Qurbonboy, kabobchi B) Qoplonboy, Toshov, Saida C) Tillayev, Tursunboy, Toshov D) Toshov, Tursunboy, Umri xola

3. Said Ahmadning Qoplon hikoyasi qanday asarlar sirasiga kiradi?

A) dramatik asar B) satirik asar C) yumor, qisman falsafiy D) adabiy asar

4. Toshkent shahrining “Samarqand darboza” mahallasida tavallud topgan adibni aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) S.Ahmad C) O.Sharafiddinov D) O.Yoqubov

5. S.Ahmad peysalari berilgan qatorni toping.

A) “Kelinlar qo’zg’aloni”, “Kuyov” B) “Bir o’pichning bahosi”, “Xandon pista” C) “Muhabbat”, “Kuyov” D) barcha javoblar to’g’ri

6. “Qadrdon dalalar”, “Hukm” qissalari muallifini aniqlang.

A) T.Murod B) X.Do’stmuhammad C) S.Ahmad D) O.Yoqubov

3-DARS: SO'ZDA HIKMAT BOR. (178-272-betlar)

Reja:

1. Alisher Navoiy.

2. Xalq qo'shiqlari.

3. Rabg'uziy.

4. Gulxaniy.

5. Zohir A'lam.

6. Abay.

Alisher Navoiy

1. A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni necha bobdan iborat?

A) 50 bob B) 52 bob C) 63 bob D) 62 bob

2. Nazmki ma’ni anga marg’ub emas,

Ahli maoniy qoshida xo’p emas. Ushbu parcha Navoiyning qaysi asaridan olingan?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Layli va Majnun” D) “Saddi Iskandariy”

3. A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonining So’z ta’rifida bobida to’rt sadaf deb nimalar aytilgan?

A) suv, yurak, non tuproq B) suv, havo, o’t, tuproq C) borliq, nur, zulmat, tuproq D) tuproq, vatan, suv, non

4. Taronai ruboiyning qofiyalanishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

A) a-a-a-a B) b-a-b-a C) a-a-b-a D) a-a-a-b

5. Arab tilida to’rtlik ma’nosini anglatuvchi so’z aruz vaznidagi to’rt misradan iborat lirik she’r qanday nomlanadi?

A) qit’a B) ruboiy C) bayt D) misra

6. Chun g’araz so’zdin erur ma’ni anga,

Noqil o’lsa xoh xotun, xoh er. A.Navoiyning ushbu she’ri qaysi janrda bitilganligini aniqlang.

A) qit’a B) ruboiy C) fard D) masnaviy

7. Kamol et kasbkim, olam uyidin

Sanga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq. Navoiyning ushbu she’ri qaysi janrda yozilgan va unda qo’llangan “olam uyi” so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan qator qaysi?

A) ruboiy, dunyo B) fard, olloh huzurida C) qit’a, dunyo D) qasida, qabr

8. Qaysi asar qahramonining Axriman devni yengishi va Yasuman kampir kirdikorlari voqealari asarda aks ettiriladi?

A) “Farhod va Shirin” B) “Shohnoma” C) “Sabbai Sayyor” D) “Gul va Navro’z”

9. 63 bobdan iborat bo’lib, kishilardagi yaxshi, ibratli fazilatlar ayrim yomon illatlar haqida hikoya qiluvchi dostonni aniqlang.

A) “Maxzan ul-asror” B) “gul va Navro’z” C) “Mahbub ul-qulub” D) “Hayrat ul-abror”

10. “Hayrat ul-abror” dostonning XIV-XV boblari nima haqida?

A) Husayn Boyqaro va shohlar B) So’z ta’rifi C) Qanoat haqida D) Muruvvat va ehson to’g’risida
Rabg’uziy

1. “Qisasi Rabg’uziyda” kimlar Muso payg’ambarning safdoshlari deyiladi?

A) Horun, Jasha, Kellub B) Nusrat, Xodim, Horun C) Jasha, Kellub, Nusrat D) barchasi to’g’ri

2. Arab tilda yaratilgan “Qisas ul-anbiyo” asarining muallifini aniqlang.

A) Rabg’uziy B) Abu Is’hoq Nishopuriy C) Vahhob binni Munabbih al-Yamaniy D) Ya’qub Sufyon

3. “Qisasi Rabg’uziy”da Nuh kemasining nechta temir halqasi borligi aytiladi?

A) 125 ta B) 124 ta C) 123 ta D) 122

4. “Silsilat uz-zahob” asari muallifi kim?

A) Hofiz Sheroziy B) Xusrov Dehlaviy C) Gulxaniy D) Jomiy
Gulxaniy

1. Gulxaniyning bizgacha qancha g’azali yetib kelgan?

A) 15 ta B) 30 ta C) 12 ta D) 10 ta

2. Qaysi asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyatdan iborat asar berilgan qatorni aniqlang.

A) “Zarbulmasal” B) “Silsilat uz-zahab” C) “Yapaloqqush hikoyasi” D) A va B
Zohir A’lam

1. “To’siq”, “O’lchamlar” kabi qissalarini o’zbek tiliga o’girgan adib kim?

A) T.Murod B) Sh.Xolmirzayev C) Zohir A’lam D) Nazar Eshonqul

2. Zohir A’lamning ilk hikoya kitobi qanday nomlangan?

A) “Ota o’gitlari” B) “Baxtli bilet” C) “Kiyik ko’zlari” D) “BAM manzaralari”
Abay

1. “Abay” taxallusi bilan ijod qilgan buyuk qozoq shoirining asl ismi kim?

A) Muhammad B) Umar C) Chingiz D) Ibrohim

2. Qozoq milliy og’zaki ijodi kuylab kelingan o’lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan shoir kim?

A) Nizomiy B) Abay C) Fuzuliy D) to’g’ri javob yo’q

3. Abay kuy bastalagan qancha o’lan hozirgacha oqinlar tamonidan sevib ijro etilmoqda?

A) 15 ta B) 18 ta C) 17 ta D) 20 ta

4. Abay qalamiga mansub she’rlar berilgan qatorni toping.

A) “O’lan”, “Ko’klam”, “Nido” B) “Ilm o’rgan”, “Tun” C) “Shurlik qozog’im”, “Ko’klam” D) A va B

5. Abayning “O’lan” va “Ko’klam” she’rlarini qaysi shoir o’zbek tiliga tarjima qilgan?

A) G’afur G’ulom B) H.Olimjon C) Mirtemir D) Rauf Parfi

6. Olamga bezak bergan qodir mavlon,

Yer – ona, quyosh – ota, nuri jahon

Onaday emizdirar ko’ksidan yer,

Otaday mehr to’kar yorug’ osmon. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Rauf Parfi B) Uyg’un C) Abay D) Mirtemir


4-DARS: TUYG'ULARNING KAMALAK RANGI. (273-347-betlar)

Reja:

1. Zulfiya.

2. Tog'ay Murod.

3. Pirimqul Qodirov.

4. Maqsud Shayxzoda.
Zulfiya

1. Xalqaro “Nilufar” Javoharlal Neru nomidagi mukofotlari sohibasi bo’lgan o’zbek shoirasini aniqlang.

A) Oydin Hojiyeva B) Zulfiya Isroilova C) Halima Xudoyberdiyeva D) Saida Zunnunova

2. Zulfiya Hamid Olimjonning qaysi dostonlari asosida pyesa va opera lebrettolar yaratgan?

A) “Zaynab va Omon” B) “Oygul va Baxtiyor” C) “Semurg’” D) A va C

3. Zulfiya qalamiga mansub poemalar berilgan qatorni aniqlang.

A) “Quyoshli qalam”, “Mushoira”, “Xotira siniqlari” B) “Qizlar qo’shig’i”, “O’ylar” C) “Shalola”, “Mushoira” D) “Xotira siniqlari”, “O’ylar”

4. Zulfiyaning Hamod Olijon xotirasiga bag’ishlab yozgan she’rlari berilgan qatorni aniqlang.

A) “Oydinda”, “Tun” B) “Tong qo’shig’i” C) “Bahor keldi seni so’roqlab”, “Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh” D) “Shalola”

5. Ritorik so’roq gaplar asosan qaysi turdagi she’rlarda ko’p uchraydi?

A) lirik she’rlarda B) satirik she’rlarda C) yumor she’rlarda D) barcha javoblar to’g’ri
Tog’ay Murod

1. “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim?

A) M.M.Do’st B) T.Murod C) X.Sultonov D) E.A’zam

2. E.A’zam asarlari sanalgan qatorni toping.

A) “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” B) Otoyining tug’ilgan yili, “Javob” C) “Yozning yolg’iz yodgori”, “Ko’ngil ozodadur” D) “Kiyik ko’zlari”, “Muqaddima”

3. Sergey Zaliginning “Komissiya” romanini o’zbek tiliga kimtarjima qilgan?

A) Erkin Vohidov B) Z.A’lam C) E.A’zam D) T.Murod

4. “Sehrlangan shahzoda” povesti muallifini aniqlang.

A) Leonid Sobolev B) Sergey Zoligin C) J.Svift D) N.Dumbadze

5. Laylak qishlog’imning eng katta boyi – Muhsinboy obrazi qaysi asarda uchraydi?

A) Said Ahmad “Kuyov” B) M.M.Do’st “Galatepaga qaytish” C) E.A’zam “Javob” D) Z.A’lam “Afandining qirq bir pashshasi”

6. Choch shaharlari haqida Xorazm shohligi bilan bog’liq tarixiy jo’g’rofiya dalillar, suv tanqisligini bartaraf etish uchun dono ajdodlarimiz oylab topgan suv saqlash inshooti hisoblanmish “Sardaba” kabi ma’muriy qurilmalar xususida ma’lumotlar qaysi qissada uchraydi?

A) S.Ayniy “Qullar” B) Z.A’lam “Afandining qirq bir pashshasi” C) E.A’zamov “Javob” D) X.Sultonov “Kongil ozodadir”

7. Qoplonbek va Oymomo qysi asar qahramonlari sanaladi?

A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Otamdan qolgan dalalar” C) “Ot kishnagan oqshom” D) “Oydinda yurgan odamlar”

8. 1985- yilda yaratilgan “qo’shiq” qissasining muallifini aniqlang.

A) Sh.Xolmirzayev B) X.Sultonov C) T.Murod D) X.Do’stmuhammad

9. T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qachon yozib tugatilgan?

A) 1994 B) 1992 C) 1995 D) 1993

10. T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani asosida ishlangan badiiy film rejissori kim?

A) Shuhrat Abbosov B) Melis Abzalov C) M.Rajabov D) A.Shahobiddinov

11. Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga,

Saratonda yaproq bo’lgin dehqonlarga,

Suyangani tayoq bo’lgin cho’ponlarga,

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun? Misralar muallifini aniqlang.

A) Muhammad Yusuf B) Azim Suyun C) Iqbol Mirzo D) Muhammad Ali

12. “Xalq nimasi bilan xalq? O’zining urf-odatlari bilan xalq! Ko’p urf-odatlarimizni birovlar … birovlar o’ziniki qilib oldi! Biz qo’limizni burnimizga tiqib qoldik. Shunday ketaversak, hademay… o’zimizni-da boy berib qo’yamiz! ” Ushbu jumlalar qaysi asarda uchraydi?

A) Cho’lpon “Kecha va kunduz” B) T.Murod “Yulduzlar mangu yonadi” C) A.Qodiriy “O’tkan kunlar” D) O.Yoqubov “Er boshiga ish tushsa”

13. T.Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi qachon yozilgan?

A) 1984- yil B) 1972- yil C) 1976- yil D) 1993- yil
Pirimqul Qodirov

1. P.Qodirov qissalari sanalgan qatorni toping.

A) “Erk”, “Najot” B) “Qadrim”, “Meros” C) “Qora ko’zlar”, “Yayra institutga kirmoqchi” D) A va B

2. P.Qodirov romanlari to’g’ri sanalgan qatorni toping.

A) “Erk”, “Uch ildiz” B) “Qora ko’zlar”, “Olmos kamar” C) “yulduzli tunlar”, “Najot” D) barcha javoblar to’gri

3. P.Qodirovning qaysi romanlari paxtakorlar hayoti qalamga olinadi?

A) “Meros” B) “Qadrim” C) “Uch ildiz” D) “Qora ko’zlar”

4. P.Qodirovning “Uch ildiz” romanida qanday soha kishilarining hayoti aks ettiriladi?

A) paxtakorlar B) ziyolilar C) neftchilar D) chorvodorlar

5. P.Qodirovning qaysi romanida neft konlari izlovchilarning hayoti tasvirlangan?

A) “Meros” B) “Uch ildiz” C) “Qadrim” D) “Qadrim”

6. Quyidagi adiblardan qaysi biri tarixiy romani uchun sho’ro davrida tarixga to’g’ri yondashuvni bilmaslikda, zolim podsholarni ukug’lashda, o’tmishni ideallashtirishda ayblangan?

A) Oybek “Navoiy” B) M.Shayxzoda “ulug’bek” C) O.Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” D) P.Qodirov “Yulduzli tunlar”
Maqsud Shayxzoda

1. Maqsud Shayxzodaning 30- yillarda chop etilgan she’riy to’plamlari berilgan qatorni aniqlang.

A) “O’n she’r”, “Undoshlarim”, “Uchunchi kitob”, “Jumhuriyat” B) “Kurash nechun”, “Jang va qo’shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko’ngil deydi-ku…” C) “Kurash nechun”, “Jang va qo’shiq”, “Uchunchi kitob”, “Jumhuriyat” D) “Chorak asr devoni”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Olqishlarim”

2. «Ma’rifatdan, hayotga muhabbatdan kam bo‘lmagan darajadagi ehtiyoj sanalmog‘i darkor». Ushbu fikr kimga tegishli va unda nima nazarda tutilgan?

A) Maqsud Shayxzoda, she’riyat B) Cho’lpon, ishq-muhabbat C) Erkin Azamov, ota-onaga hurmat D) Azim Suyun, yigit kishining ilm-hunar o‘rganishi

3. “Kapitan Gastello” she’riy to’plamining muallifini aniqlang.

A) Zohir A’lam B) Maqsud Shayxzoda C) Azim Suyun D) Erkin Azamov

4. G’ayrat: – Men to’xtamay jadal yurdim, der,

Mehnat: – Ekkanimni barvaqt terdim, der.

Bilim: – Mushkullarni tez yemirdim, der,

Uch do’stning kuchidan o’lka bahra yer. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Zohir A’lam B) Erkin Azamov C) Azim Suyun D) Maqsud Shayxzoda

7-SINF

1-DARS. KO’ZIM QAROG’IDASAN VATAN! (3-74-betlar)

Reja:

1. Badiiy so’z qudrati.

2. Hamza Hakimzoda Niyoziy.

3. Muhammad Ali.

4. Umar Sayfiddin.

5. Shavkat Rahmon.

6. Tabiat lirikasi.

Badiiy so’z qudrati

1. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima?

A) kitob B) so'z C) ohang D) muallif

2. San'atning asosiy turlari ko'rsatilgan qatorni belgilang.

A) musiqa, tasviriy san'at, kino, badiiy adabiyot, teatr B) badiiy adabiyot, drama, komediya, fojia, lirika C) haykaltaroshlik, ilm-fan, kino, musiqa, satira D) musiqa, lof, kino, raqs, qo'shiqchilik, askiya.

3. “Tushuntirish” va «tasvirlash» so'zlariga berilgan to'g'ri izohni belgilang.

A) tushuntirish fanga ham, adabiyotga ham xos B) tasvirlash fanga ham, adabiyotga ham xos C) fan tasvirlaydi, adabiyot tushuntiradi D) fan «nima bo'lganini» tushuntiradi, adabiyot «qanday bo'lganini» tasvirlaydi

4. «Adabiyot-hayotning in'ikosi». Ushbu fikrni mantiqan to'g'ri davom ettirgan jumlani belgilang.

A) shuning uchun ham unda hamma narsa boricha aks etadi B) unda hayotdagi voqealar aynan ko'rsatib beriladi C) ammo uning suratga tushirilgan ayni nusxasi emas D) faqat unda hayotdagi ijobiy hodisalar tasvirlanadi
Hamza Hakimzoda Niyoziy

1. «Yig'la, Turkiston» she'ridagi «ruhsiz tanlar» iborasi kimlarga nisbatan qo'llangan?

A) tarixda o'tgan erksevar ajdodlar ruhiga B) ozodlik va hurlik yo'lida shahid ketgan qahramonlarga C) o’zligini, ajdodlarini unutgan, istiqbol uchun qayg'urmaydigan ma'rifatsiz xalqqa D) Umrini keraksiz mashg'ulotlar bilan o'tkazib, ilm qadriga yetmaydigan yoshlarga

2. Hamza qaysi she'rida boshqa xalqlarning taraqqiy etganiga havas qiladi va o'z illatining ko'zi ochilmasligidan iztirobga tushadi?

A) «Yig'la, Turkiston B) «Yaxshi holin yo'qotgan oqibatsiz Turkiston» C) «Dardiga darmon istamas» D) «O'zbek xotin-qizlariga»

3. Hamzaning «Dardiga darmon istamas» she'rida qanday dard haqida so'z yuritmoqda?

A) o’sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqimli kasallik B) ichkilikbozlik va qimor

C) mustamlakachilik va istilo D) ma'rifatsizlik, jaholat

4. «O’zbek xotin-qizlariga» she'ri qaysi janrda yozilgan?

A) to'rtlik B) g'azal C) murabba' D) muxammas

5. «Yig'la, Turkiston» she'rida qanday fikr ifodalangan?

A) ma'rifatsizlik tufayli qoloqlikda qolgan el ahvoliga achinish B) manfaatparast boylarni qoralash C) mutaasib dindorlarni qoralash D) rus imperatorlarini tanqid qilish
Muhammad Ali

1. «Gumbazdagi nur» dostonidagi bosh fikr nimadan iborat?

A) O’n ikki me’mor fidoyiligini ko’rsatish B) Maqbara oldidagi bola xayolidan o’tgan voqealar bayoni C) Amir Temurning yaratuvchilik faoliyatini aks ettirish

D) A , B javoblar to’g’ri

2. Dostondagi: «Asli ular mavzu men uchun, Asli ular – dildagi matlab misralarida kimlar nazarda tutilyapti?

A) Amir Temur va Muhammad Sultonni B) Gumbazdagi nurga mehr bilan qaraydigan avlodni C) O’z o’quvchilarini D) O’n ikki me’morni

3. Muhammad Ali ijodida qaysi mavzu yetakchilik qiladi?

A) tarix mavzusi B) vatan mavzusi C) muhabbat mavzusi D) A va C javoblar to’g’ri.

4. Doston so’ngidagi «Oldinda xayollar… ortda maqbara» misralarini qanday izohlash mumkin?

A) inson xayol bilan yurganda qabrlarni ko’rmaydi B) faqat oldinga qarab intilish kerak, o’tmish unutiladi C) xayol – kelajak avlod, maqbara – unutilgan o’tmish D) xayol kelajak ramzi, maqbara esa o’tmish

5. “Men izlab topishni yaxshi ko’rardim.” Bu so’zlar muallifini aniqlang.

A) Muhammd Yusuf B) Muhammad Ali C) G’afur G’ulom D) Amir Umarxon

6. Quyidagi adiblardan qaysi biri birinchi she’rini uchinchi sinfda o’qiyotganida yozadi?

A) Ozod Sharafiddinov B) Muhammad Ali C) Z.M.Bobur D) B va C

7. “Bitta tushunchadir uy ila Vatan!” Quyidagi so’zlar muallifini aniqlang.

A) Muhammd Yusuf B) Muhammad Yoqub C) Amir Umarxon D) Muhammad Ali

8. Muhmmad Alining ijodi qaysi tuyg’uni kuylashga bag’ishlangan?

A) muhabbatni B) tabiatni C) vatan ruhiga yo’g’rilgan D) tarixni

9. Muhammad Ali kimning tilidan “vatanni sevishga topingiz bardosh, “Sevaman!” deb sotib yurmang gap”, - deya xitob qiladi.

A) Amir Temur B) Spitamin C) Robert Byorns D) vatanning tilidan

10. Kimning she’rida Samarqand ertakdan ham qadimligi tasvirlangan?

A) Muhammad Ali B) Muhammad Yusuf C) Bobur D) A.Navoiy

11. Muhammad Alining birinchi yirik asari qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) “Ulug’ saltanat” B) “Sarbadorlar” C) “Gumbazdagi nur” D) “Abadiy sog’inchlar”

12. Muhammad Alining quyidagi kitoblaridan qaysi biri xalqimizga o’zligini anglashda muhim bir ilmiy-ma’rifiy vosita bo’ldi?

A) “O’z-o’zingni anglab yet” B) “Gumbazdagi nur” C) “Oshiq bo’lmay haq diydorini ko’rsa bo’lmas” D) “Abadiy sog’inchlar”

13. “Vayron bo’lgan xotira – o’lim!” deb qaysi adib yozadi?

A) Muhammad Yusuf B) G’.Gulom C) Muhammadali Ahmedov D) Bobur

14. Muhammad Ali nima sababdan “Vayron bo’lgan xotira – o’lim!” – deb yozadi?

A) Xotirasiz kelajak yo’q ekanligini yana bir bor isbotlaydi. B) Vatanga bo’lgan muhabbati tufayli C) Milliy xotiraning yo’qolishidan cho’chiydi. D) Tarixning qorong’u sahifalariga nur bag’ishlagisi keladi.

15. Muhammad Alining tarjima asarlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Ramayana” B) “Nil va Rim” C) “Pantachapra” D) “Maxabharat”

16. Muhammad Ali hayoti va ijodi haqida keltirilgan quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri noto’g’ri keltirilgan?

1. “Spitamen”, “Mashrab”, “Boqiy dunyo” she’riy romanlar muallifi; 2. Nasrdagi birinchi yirik asari – “Sarbadorlar”; 3. Amir Temur mavzusini badiiy tadqiq etgan 2005- yil “Ulug’ saltanat” romani chop etilgan; 4. “Abadiy sog’inchlar” nomli roman-eposini yaratdi. 5. “Abadiy sog’inchlar” nomli roman-xronikasini yaratadi.

A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 2, 4

17. Aylanadi Sirda po’rtana,

Gumburlaydi Farhod darasi –

Yuqoridagi misra kimning qalamiga mansub?

A) Muhammad Ali B) Alisher Navoiy C) Muhammad Sulton D) Sh. Orif

18. “Qarangiz, O! Fotih, jahongir!

Bir mahallar dunyo edi tor

Kichik qabr unga keng endi…” Yuqoridagi misralar orqali Muhammad Ali kimni xotirlamoqda?

A) A.Temurni B) Boburni C) Ulug’bekni D) Beknazarning o’g’li

19. “Bevafo dunyo!” deb yozgan adibni aniqlang?

A) Ali Hamdam B) Muhammad Ali C) Muhammad Yusuf D) B va C

Umar Sayfiddin

1. «Naqarot» hikoyasida bosh qahramon ruhiyatidagi qaysi tuyg'ular to'qnashuvi kuzatiladi?

A) majburiyat va ko'ngilxushl’k B) vatansevarlik va muhabbat C) qahramonlik va qo'rqoqlik D) diyonat va kufr

2. Yosh zobitning Babinaga ilk bora kelgandagi ruhiy holati aks etgan jumlani belgilang.

A) Esim ham ketdi, g'amim ham ketdi B) Chiroq yo'q. Sassiq’ yog'li bir qu’um bosgan tunuka qandil sariq va so'nik nur t’ratadi C) Lekin bu na bir shikoyat, na bir oh bo'ladi! Tot’i, toza bir xotira... D) Ha, maydondagi qiz bilan ishni gullatib yubordik.

3. Fazilatli bo'lmoq insonning qo'lida emas’ Lekin istasa, nomusli bo'la oladi.’Bu fikrlar kimga tegishli edi?

A) yosh zobitga B) harbiy maktabdagi ustozga C) bulg'or qizi Radaga D) zobitning otasiga.

4. Rada kuylagan qo'shiq naqo’atining haqiqiy ma'nosi nima’edi?

A) Bulg'or yurti ’izniki va bizniki boiajak B) Seni juda sevaman. Bolqonlardan, Shipkadan oshib keldim yoningga C) Bizniki bo'lajak, Istanbul bizniki bo'lajak D) ’eni sevaman yosh zobit, lekin sen-la ketolmayman.
Shavkat Rahmon

1. «Turkiylar» she'ridagi «Turkda bosh qolmadi... qolmadi dovlar» satrlarining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri izohlangan?

A) barcha turkiylar boshidan judo qilindi, o'ldirildilar B) o'z ona tilida so'zlaydigan’ o'ylaydigan’turklar qolmadi C) yurt boshchilarining barchasi qatl qilindi D) xalqqa bosh bo'ladigan v’ yurtni o'ylaydigan’ar qolmadi.

2. «Bormi er yigitlar, bormi er qizlar» ifodasidagi «er qizlar» birikmasi haqidagi qaysi fikr to'g'ri?

A) ’o’ga tik qaray oladigan, millat uchun kurashadigan B) turmushga chiqqan, oilali C) yosh, balog'atga yetg’n D) yoshi o'tib qolga’ ayollar

3. «Tungi manzara» she'rida «...’ora zindon naqadar chuqur» ifodasidagi «qora zindon” nimani anglatadi?

A) lirik qahramon tashlangan choh B) asir askar qamalgan joy C) lirik qahramonning tushkun, g'amgin hol’ti D) tunda adashgan yo'lovchi iz’iroblari

4. «Tong ochar ko'zlarim...’ she'rida qays’ obrazga salbiy munosabat kuzatiladi?

A) o’rgimchak B) xonqizi C) qurbaqa D) chigirtka.
Tabiat lirikasi

1. Lirik turga mansub asarlarda qaysi xususiyat asosiy o’rin tutadi?

A) shaxsning ichki tuyg’ulari B) ruhiy kechinmalar C) ichki sezimlar D) barchasi

2. Badiiy asarlarda tabiat nechog’lik keng tasvir etilmasin doimo u qanday daraja kasb etadi?

A) vosita B) sabab C) ko’tarinki ro’h D) o’quvchi diqqatini tortuvchi vosita

2-DARS. O’YLARIMNING CHEKSIZ OSMONI. (75-132-betlar)

Reja:

1. Shukur Xolmirzayev.

2. O’zbeklar.

3. Rauf Farfi.

4. Omon Matjon.

5. Omon Matjon she’rlari haqida.

6. Umar Xayyom.
Shukur Xolmirzayev

1. Sh.Xolmirzayevning dastlabki kitoblari qachon yozilgan?

A) o’quvchilik vaqtida B) talabalik yillarida C) harbiy hizmatda D) mehnat foliyati davomida

2. Sh.Xolmirzayevning dastlabki qissasi qanday nomlanadi?

A) “Qush tili” B) “So’nggi bekat” B) “Tuproq ko’chalar” D) “Oq otli”
O’zbeklar

1. Ergashning hali tanimagan cho'pon xonadoniga birdan ko'nikganligi sababi nimada edi?

A) Ergashning bolalikdan chorvadorlik muhitida yashaganligi B) shamollab qolga nida dorilikka ituzum berganliklari C) uni o'rtoqlari bilan mehmonga chaqirishgani D) surxondaryoda qolgan ota-onasiga o'xshaganliklari

2. Hikoyachi Ergashning: «Lekin buni tan olmas edik. Qanday ablah ekanmiz!» tarzidagi iqroriga sabab nima?

A) Botir cho'ponning qo'zisini o'g'irlaganlari B) odamlarning faqirona hayotini ko'rib,

ko'rmaganga olganlari C) shundoq ham kambag'al oilaning nasibasiga sherik bo'lgan

lari D) cho'ponga bor haqiqatni aytmaganlari

3. Hali bola Abduqodirning «Yo'q, Eshimboyning ordeni bor Lekin qo'yi kam...» so'zlarida uning qanday tuyg'ulari ifodalangan?

A) hamqishlog'i Eshimboyni yomon ko'rishi B) bolaning Eshimboydan faxrlanishi

C) shunday odamlarning qishloqda borligidan quvonishi D) jamiyatdagi adolatsiz

likdan noroziligi

4. Paxtadan qaytayotgan Ergash avtobusda nima uchun yig'ladi?

A) mehmondo'st oilaga xiyonat qilganlariga B) mashaqqatli og'ir kunlar ortda qolganiga C) qadrdon bo'lib qolgan qishloqdan ketgisi kelmayotganiga D) xalq orasida shunday bag'ri keng, olijanob insonlar borligidan quvonib


Rauf Farfi

1. «Ishq so'zidan kuydi bulbul maskani, Til bilan kuylanmas on» Vatanim» misralari orqali qaysi tuyg'u ifodalangan?

A) vatan ishqini yoniq yurak bilan kuylash istagi B) vatan bog'larida bulbul tilidan oshiqona so'z aytish xohishi C) vatan haqida so’zsiz she’r aytish D) til bilan she'r aytgandan ko'ra, yurakdan qo'shiq aytish tilagi

2.. «Tong otmoqda» she'rida tong o'z ma'nosidan tashqari yana qanday ramziy tushunchani ifodalaydi?

A) yorqin kelajak B) ozod hayot C) erkin turmush D) barcha javoblar to'g'ri

3. Rauf Parfining qaysi she'rida tabiat hodisasi so'zlar shakldoshligi va tovushlar takrori vositasida go'zal ifoda etilgan?

A) «Ona Turkiston» B) «Tong otmoqda» C) «Cho'lpon» D) «Yomg'ir yog'ar»
Omon Matjon

1. «Ko'rdim: Shukur Burhon...» she'rida daho shaxsga kimlar qarama-qarshi qo'yiladi?

A) xalq B) san'atni tushunmaydigan tomoshabin C) faqat shaxsiy manfaat dardi bilan yashaydigan olomon D) teatrga kirmaydigan odamlar

2. “Olomon” so'ziga matnda ma'nodosh bo'lib kelayotgan so'z va iboralarni toping.

A) parvosiz harakat B) tirsaklar, qorinlar, ko'krak, yelkalar C) fuqarodan battar fuqaro D) A, B javoblar to'g'ri.

3. Omon Matjonning qaysi she'ri ma'naviy va tabiiy ekologiya mavzusida?

A) “Qaysi yili ko'klamda...” B) “Qaysi yili ko’klamda” C) “Ochiq derazalar” D) “Seni yaxshi ko'ra man”

4. “Qaysi yil ko'klamda...” she'ridagi markaziy obraz va uning ramziy ma'nosi berilgan javobni belgilang.

A) Jayhun - ekologik falokat ramzi B) Oq bulut - go'zallik C) Xorazm - ko'hna Turon zamini D) Turnalar - ma'naviyat va ezgulik timsoli

5. “Karvon qo‘ng‘irog‘i” nomli asar yozgan ijodkorlar qaysi javobda berilgan?

A) Usmon Azimov, Mirtemir B) Omon Matjon, Barot Boyqobilov C) Omon Matjon, Mirkarim Osim D) Mirmuhsin, Omon Matjon

Omon Matjon she’rlari haqida

1. O’zbek sahnasi yulduzlaridan Shukur Burhonov foliyatiga doir faktlar keltirilgan asar muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) O.Matjon B) R.Farfi C) Mirtemir D) Xayyom

2. O.Matjonning qaysi she’rida yomonlarning adovati tufayli ayriliqqa duch kelgan oshiq holati o’ta mayin ifodalangan?

A) “Eng so’nggi xazina” B) “Qo’shiq” C) “Ko’rdim: Shukur Burhon” D) “Ochiq derazalar”
Umar Xayyom

1. Qaysi tushunchaning ramziy-tasavvufiy ma'nosi noto'g'ri berilgan?

A) may - ilohiy ishq B) qadah - may quyiladigan idish C) soqiy - rahnamo, ma'naviy ustoz D) mayxona - so’fiylar yig'iladigan joy

2. G'am chekib umrni zoye qilmaslik zarurligi Umar Xayyomning qaysi ruboiysida bayon etilgan?

A) “G'am behuda chekmagil...” B) “Loyimni o'zing qorgan esang...” C) “Ey charx, dilimni bo'yla...” D) «Xayyom, gunohga bo'yla...»

3. Umar Xayyom she'rlarini o'zbek tiliga birinchi marta ruboiyning o'z vaznida tarjima qilgan shoir kim?

A) Shoislom Shomuhamedov B) Erkin Vohidov C) Jamol Kamol D) Abdulla Oripov

4. «Ul yorki, dilim...» ruboiysida qaysi fikr o'z ifodasini topgan?

A) olamdan shikoyat, norozilik B) oshiqning doimo sadoqatli borishi lozimligi C) ma'shuqaning oshiqni ko'p zor etganligi D) insonning savob-u gunohlari oldida hayronliklari

5. Sharqda devon yozish uchun quyidagi qaysi qoida va tartiblarga rioya qilingan?

1. G‘azallar alifbo tartibida joylashtiriladi. 2. Alifboni belgilashda misraning boshidagi harf hisobga olinadi. 3. Alifboni belgilashda misra oxiridagi harf hisobga olinadi. 4. Barcha harflarga tugaydigan g‘azallar bo‘lishi shart. 5. Debocha bo‘lishi shart. 6. Har bir devonda 10 dan ortiq janrlar qo‘llanishi shart.

A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4

6. Umar Xayyom ruboiylarini birinchi marta «hazaj» bahrining «axrab va axram» tarmoqlariga o‘girgan tarjimon qaysi javobda berilgan?

A) Erkin Vohidov B) Shoislom Shomuhamedov C) Jamol Kamol D) Abdurauf Fitrat

7. Ko‘ngil shishasida mehring mayidir,

Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne? Baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) tarse’ B) ishtiqoq C) tazod D) mubolag‘a

3-DARS. MUQADDAS TUYG’UNING JILVASI. (134-220-betlar)

Reja:

1. “Ravshan” (dostondan parcha).

2. “Ravshan” dostoni haqida.

3. Badiiy obraz haqida.

4. Atoyi.

5. She’riy san’atlar– g’azal ko’rki.

6. Abdulla Qodiriy.

7. Hamid Olimjon.

8. Zulfiya.

9. Lirika haqida.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации