Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar - файл n1.doc

Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar
скачать (990 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.doc990kb.20.11.2012 08:34скачать

n1.doc

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ravshan” (dostondan parcha)

1. Xalq dostonlarida qahramonning harakati tezlashgan holatlar necha bo'g'inli barmoq vaznida kuylanadi?

A) yetti hijoli vaznda B) to'qqiz bo'g'inli vaznda C) sakkiz bo'g'inli vaznda D) besh hijoli vaznda

2. Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamadi?

A) manmanligi sababli Avazxon o'zini Hasanxondan ortiq hisoblardi B) Ravshanni u qadar o'ktam va ko'rkam yigit deb bilmasdi C) Gulanor boshqa yigitni sevardi E) Ravshanning Zulxumorni sevishini bilardi

3. Uzukni ko'rgan Zulxumor nima uchun Ravshanni huzuriga kiritib, qabul qildi?

A) uzukning qimmatbaho ekanligini sezdi B) uzukning sehrliligini ko'rgach, qo'rqdi

C) uzukdagi yozuvda o'z qismatini ko'rdi D) Ravshanni tushida ko'rib, sevib qolgandi

4. Aka-uka kallarga xos bo'lgan xarakter belgilarini ko'rsating.

A) vatanparvarlik, o'z shohiga sadoqat B) sevgiga sadoqat, vafodorlik C) mardlik, haqiqatgo'ylik, o'z ishiga mohirlik D) o'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik

5. «Shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami parini bandiga olgan bandi bor, olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor, har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor…» Ushbu tilsimli ashyo uchraydigan dostonni ko‘rsating.

A) «Kuntug‘mish» dostoni B) «Ravshan» dostoni C) «Malika ayyor» dostoni D) «Alpomish»dostoni

6. Qaysi javobda «Ravshan» dostonining epizodik obrazlari ko‘rsatilgan?

1) Kampir ena; 2) Oqqiz; 3) aka-uka kallar; 4) Gulqiz; 5) Maston onasi; 6) 500 nafar mirboz

A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 2, 5

7. «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonda «sher haybatli, yo‘lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli yigitlar» deb ta’riflangan qahramonlar nomini belgilang.

A) Aynoq kal, Jaynoq kal, Ersak kal, Tersak kal B) Ravshan, Hasanxon C) Avazxon, Hasanxon D) Alpomish, Qorajon
Ravshan” dostoni haqida

1. “Ravshan” dostonidagi epizotik obrazlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Zulxumor, Ravshan, Unsun B) shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar C) Oqqiz, Maston ona D) Sohibjamol, Zulxumor, Ravshan

2. Obraz qanday xususiyatlar majmuidan iborat bo’ladi?

A) timsol va tushuncha majmuidan iborat bo’ladi B) tor ma’noli tushunchalar majmuidan iborat bo’ladi C) obrazda hayot manzarasi mavjud bo’ladi D) A, B

3. So’z san’atkorlari hayotni nimalar vositasida tasvirlaydi?

A) epizotik timsollar yordamida tasvirlaydi B) badiiy timsollar vositasida C) orzu armonlar orqali tasvirlaydi D) manzaralar tasviri orqali
Badiiy obraz haqida

1. Badiiy obraz haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri?

A) badiiy adabiyotdagi insonning alohida shakli B) obraz ayni paytda umumlashma xususiyatga aloqador bo’ladi C) hissiy ta’sir kuchiga ega bo’lgan surat D) barcha javoblar to’g’ri

2. Adabiyotning tasvir mavzusi haqida qaysi qatorda to’g’ri izoh berilgan?

A) obraz B) badiiy so’z C) inson D) narsa va hodisalar tasviri

3. Obrazlarning o’ziga xos bo’linishi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) bosh obraz B) epizotik obraz C) to’g’ri javob berilmagan D) A, B

4. Adabiyotshunoslik ilmida markaziy tushuncha nima?

A) inson B) obraz C) narsa va hodisa D) tasvir
Atoyi

1. Atoyi g'azallarining asosiy mavzusi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

A) pand-nasihat B) tabiat go'zalliklari tasviri C) dinni targ'ib qilish D) inson go'zalligi va ilohiy muhabbat tasviri

2. «Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum, kishi bilmas onikim qoldi qanda» bayti orqali anglashiladigan ma'noni toping.

A) og'iz torligi va labning qizilligi B) la'lni topish orzusi C) kishilarning la'lning qayerdaligini bilmasliklari D) ko'ngilda boylikka zarracha ishtiyoq yo'qligi

3. G'azallarda ishi zulmkorlik, sitamgarlik sifatida ta'riflanadigan obraz qaysi?

A) oshiq B) ma'shuqa C) raqib D) gul
She’riy san’atlar- g’azal ko’rki

1. Adabiyotshunoslikda juda bo’rttirish yoki o’ta kuchaytirib tasvirlash…

A) mubolag’a B) tajnis C) tarse’ D) talmeh
Abdulla Qodiriy

1. Anvarning: «...zero, zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo’lishi tajribalar bilan sobitdir», - so’zlari kimga nima maqsadda aytilgan?

A) Xudoyorxonga Sultonalini ozod qilishini so’rab B) Ra’noga sabr qilish zarurligini tushuntirish uchun C) Abdurahmon domlaga tanbeh berish maqsadida D) Sultonaliga qochish to’g’risida maslahat so’rab

2. Anvarni o’z ixtiyori bilan xon huzuriga borishdan qaytarolmagan Qobilboy nima uchun ukasining xayrlashuviga javob bermay chiqib ketadi?

A) maslahatlashmoq uchun do’stlarining oldiga ketgandi B) o’z jonini qutqazish uchun tez ketib qoladi C) nima qilishini bilmay gangib qolgan edi D) do’stlari bilan ahdlashganday ukasini qutqarish haqida o’ylagandi

3. Xon tomonidan Anvar o’limga buyurilgan lavhada kimning xatti-harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?

A) Muhammad Niyoz B) Sultonali C) Jallod D) Xudaychi

4. Qobilboy va uning ikki do’sti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bo’lishdi?

A) jazo maydonida yasovullar oz edi B) yasovullar ham Anvarning qatlini xohlashmas edi C) tahorat olish bahonasida Anvar ular bilan qochishga muvaffaq bo’ldi D) xalq ularga yordam berdi

5. A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida yozilishicha, «Raqibni bu qadar jaso

ratda ko‘rgan Xudoyorxonning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va bir oz so‘z topolmagandek tamshanib turdi». Keyin Anvarga qarata nima dedi?

A) Tuzumni unutding! B) Chiqar buni, jallod!!! C) Sen bizg‘a xiyonat qilding, it uvli! D) Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
Hamid Olimjon

1. «Holbuki tun» she'rining ilk satrlaridagi qaysi so'z muayyan kayfiyat va musiqiy ohangni yuzaga keltirishga xizmat qilmoq-da?

A) shag'irlaydi B) vodiy C) vahm D) qorong'u

2. Soyga tushdim, ko'kka chiqdi oy» misrasida qaysi she'riy san'at qo’llangan?

A) ishtiqoq B) tajnis C) mubolag'a D)’tazod

3. «Holbuki tun» she'rida qanday holat tasvirlangan?

A) tunda butun borliqning uxlashi B) tunda ham to'xtamaydigan hayot C) shoirning yarim kechada ijod qilishi D) kechaning oydinligi, go'zalligi

4. «G'azalning ikkinchi baytidagi «gulg'uncha’ so'zining ma'nosi nima?

A) qosh B) ko'z C) ko’z D) lab

5. Qaysi javobda «Bo‘lsam» radifli g‘azal muallifi berilgan?

A) Navoiy B) H.Olimjon C) Erkin Vohidov D) Bobur
Zulfiya

1. «Sen qaydasan, yuragim» she'rining lirik qahramoni kim?

A) ayriliq iztiroblarida o'rtanayotgan ayol B) hayot zarbalariga dosh berolmagan ojiz inson C) farzandini yo'qotgan mushtipar ona D) yorining visoliga yetisholmagan oshiq

2. “Nahot, shuncha ma'sum, shuncha pok, Sevishmoqda alam bor shuncha” («Ne balo

ga etding mubtalo») misralarida «shuncha» so'zining takrori orqali nima ta'kidlanadi?

A) sevgining pokiza tuyg'u ekanligi B) muhabbatning oxiri alam bilan yakunlanishi C) sevgining nima ekanligini tushunmaslik D) ayriliqning og'irlig’ va g'amning cheksiz

ligi

3. «Sensiz» she'rida shoira o'lim tufayli ayrilishdan ko'ra bo’hqa og'ir qismatni afzal bilishi qaysi misrada ifodalangan?

A) Birovning azasida yiglayman qon-qon B) Tirik ekan, nega tashlab ketmading?

C) Har necha qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg'uga D’ Mushkul bo'layotgan shodlik yaratmoq

4. Shoira Zulfiyaning fikricha, she’rlar qachon poeziyaga aylanadi?

A) matbuotda e’lon qilinganda B) shaklan va mazmunan go‘zallashganda C) she’rlar ustida qunt va chidam bilan ishlaganda D) minglarcha kishilar o‘z qalbi va dili bilan his etganda
Lirika haqida

1. Lirik turdagi asarlar ham voqiylikning in’ikosi sifatida yaratilgan bo’lsada ular boshqa turdagi asarlardan qaysi xususiyati bilan ajralib turadi?

A) hayot manzaralari batafsil tasvirlanmaydi B) voqealar tasvirlanmaydi C) tuyg’ular rang-barang bo’ladi D) A, B

4-DARS. SO’Z-HIKMAT, SO’Z- QUROL. (222-278-betlar)

Reja:

1. Turdi Farog’iy.

2. Millatni birlikka chorlagan shoir.

3. Abdulla Qahhor.

4. Maxmur.

5. Maxmur hajviyoti haqida.

6. Jahon otin Uvaysiy.

7. Mirtemir.

8. Rasul Hamzatov.

Turdi Farog’iy

1. «Tor ko'ngullik beklar» g'azalida qaysi fikr ilgari suriladi?

A) beklarni o'zaro ahillikka undash B) o’zbek xalqini turli urug'larga ajratishdan voz kechish C) milliy birlik, o'zaro totuvlik D) qo'shni davlatlar bilan tinchlikda yashash.

2. Turdi muxammasida shoirning yaxshi zamonlar deb eslayotgan kunlarini qanday izohlash mumkin?

A) ma'naviy kamolot, iymon-e'tiqodga doir B) qo'zg'olonchilar bilan birga bo’lgan paytlari C) yuz urug'ida yuqori nufuzga erishgan damlari D) qo'zg'olon bostirilgach, Xo'janddagi hayoti to'g'risida.
Millatni birlikka chorlagan shoir

1. “Tor ko’ngullik beklar man-man demang… ” deb boshlanuvchi g’azal muallifi qaysi qastorda to’g’ri berilgan?

A) Maxmur B) A.Navoiy C) Farog’iy D) H.Olimjon

2. Turdi Farog’iyning “Tor ko’ngillik beklar man-man demang… ” deb boshlanuvchi g’azali qaysi janrda yozilgan?

A) tuyuq, qit’a B) g’azal C) muhammas D) fard

3. Turdining qaysi she’ri birinchi she’r sifatida alohida e’tiborga molik hisoblanadi?

A) “Yod mandin kim berur yaxshi zamonlar ko’rdimam” B) “Bir sarvi azim ayla joyi musulmondir bu mulk” C) “Tor ko’ngillik beklar man-man demang” D) “Boshima bir ko’hi g’am”

4. Turdining quyida keltirilgan g’azallaridan qaysi biri hasbi xol tarzida yaratilgan?

A) “Tor ko’ngillik beklar man-man demang” B) “Turdiman” C) “Yod mandin kim berur yaxshi zamonlar ko’rdimam” D) “Bir sarvi azim ayla joyi musulmondir bu mulk”

5. “ … Keltirar amvojga bahri talotim Turdiman” deya faxrlangan shoir qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Turdi B) H.Olimjon C) Maxmur D) A.Novoiy

6. Turdi Farog’iy nima sababdan o’zini “Baxti qaro” deb ataydi?

A) asarlari elga manzur bo’lgani uchun B) asarlaridagi diniy qarashlari xalq tafakkurini o’zgartirishga xizmat qilganidan C) millatni birlikka chaqiruvchi qarashlarini xalq qo’llab quvvatlamaganidan D) A, B

7. Quyida keltirilgan adiblardan qaysi birining tirikchiligi igna tishigida\n o’tayotgan ip kabi qiyin kechgan?

A) Fitrat B) Turdi C) O.Matjon D) Cho’lpon

8. Turdining quyida keltirilgan g’azallaridan qaysi birida “Bir paytlar yaxshi azmonlar ko’rganini takidlaydi?”

A) “Turdiman” B) “Yod mandin…” C) “Tor ko’ngillik beklar…” D) A,B javoblar
Abdulla Qahhor

1. Ellikboshining og'ilga kirib qilgan harakatlaridan maqsad nima edi?

A) tasalli berish B) yordam ko'rsatish C) o’g'rini aniqlash D) tamagirlik

2. Amin Qobil boboga «Yo'qolmasdan ilgari bormidi?», «Qanaqa ho'kiz edi?», «Yaxshi ho'kiz birov yetaklasa keta beradimi?» kabi savollarni nima uchun beradi?

A) pristavga xabar yetkazish maqsadida B) Qobil boboning rost gapirayotganini aniqlash uchun C) ellikboshi bergan ma'lumotlarni tekshirish maqsadida D) Qobil boboning ustidan kulish uchun

3. Inson qadri, shaxs erkinligi barcha narsadan ustun ekanligi «Dahshat» hikoyasidagi qaysi jumlada aks etgan?

A) hozir kim go'ristonga borib, Asqarponsotning qabriga pichoq sanchib keladi? B) bitta qo'yni nazarlari ilmaydi C) Unsin nokas odam ekan, bitta qo'yni deb... Koshki arziydigan narsa bolsa! D) tag'in nima qilasan Ganjiravonda...

4. «Dahshat» hikoyasida qanday fikr ilgari surilgan?

A) erning o'z xotiniga zulm qilishi dahshatli illat ekanligi B) ayolning eriga isyon qilishi fojiaga olib kelishi C) inson erki, shaxs hurligini ulug'lash D) insonning o'zi qodir boimagan ishga qo'l urmasligi

5. A.Qahhorning «Dahshat» nomli hikoyasi qahramoni Unsinga bir odamchalik yordam bergan jumla qaysi qatorda berilgan?

A) ganjiravonga jo‘nash umidi B) «O‘likning joni yo‘q» C) «Bismillohir rahmonir rohim» kalimasi D) erining «javob beraman» degani

6. A.Qahhorning qaysi asarida holat va kechinmalar uchun «sovuq ter chimoq», «bir qarich cho‘kkanday bo‘lmoq», «tizzasi qaltiramoq», «tildan qolmoq», «yerga qapishib ketmoq», «lafzdan qaytmaslik», «yuragiga rahna solmoq», «dami ichiga tushmoq», «ko‘z oldiga kelmoq», «ko‘zlari javdiramoq», «ko‘pi ketib ozi qolmoq», «o‘zini yerga tashlamoq», «yerning qariga yubormoq» kabi xalqona ibora va ifodalar o‘ta mahorat bilan qo‘llangan?

A) «O‘tmishdan ertaklar»da B) «Dahshat»da C) «Sinchalak»da D) «Og‘riq tishlar»da

7. Ola ho‘kiz mojarosi qaysi asarda badiiy aks etgan?

A) «O‘tmishdan ertaklar»da B) «Shum bola»da C) «O‘g‘ri»da D) «Susambil»da
Maxmur

1. «Hapalak» she'rining deyarli barcha baytlarida qo'llangan she'riy san'atni belgilang.

A) tazod B) mubolag'a C) ishtiqoq D) takrir

2. «Hapalak» g'azalida shoir kimga murojaat qiladi?

A) allohga B) qishloq oqsoqoliga C) hukmdorga D) xalqning o'ziga

3. Suv topilmaganda tahorat uchun qum, guvalak kabilardan foydalanish islom shariatida nima deyiladi va bu tasvir she'rda nima uchun keltirilgan?

A) tayammum - ilojsizlik ifodasi B) g'usl - pokdomonlikni ko'rsatish uchun C) sunnat - pok e'tiqod nishonasi D) farz - taqvodorlikni ko'rsatish maqsadida.

4. Hakim Turobiyning qaysi illatlari she'rda aks etgan?

A) mohir tabib bo'lishiga qaramay yolg'onchiligi B) rahmsizligi, yo'lto'sar qaroqchiligi C) xon saroyida jallod vazifasini bajarishi D) tuvak va sumaklar bilan savdo qilishi


Maxmur hajviyoti haqida

1. “So’zda sehr bor, she’rda esa hikmat bor” she’ri qaysi asardan olingan?

A) “Hapalak” she’ridan B) “Yana she’rimga” she’ridan C) “Karvon qo’ng’irog’i” she’ridan D) muqaddas hadislarning birida

2. Maxmurning “Hapalak” she’ri qaysi janrda yozilgan?

A) g’azal B) masnaviy C) fard D) tuyuq

3. Maxmurning “Hapalak” she’rida “tilla puli” qanday ma’noda qo’llangan?

A) tanga pul B) laqab ma’nosida C) soliq ma’nosida D) to’g’ri jovob yo’q

Jahon otin Uvaysiy

1. Uvaysiy g'azalidagi «Vujudim dardga to'ldi, emdi darmonimni sog'indim» misrasidan anglashiladigan ma'noni belgilang.

A) dard - kasallik, darmon - dori B) dard -musofirlik, darmon - vatanga qaytish C) dard - zulm, darmon - qasos D) dard - sog'inch, darmon - diydor

2. Shoiraning kecha-yu kunduz o'g'iining nomini takrorlab, uni o'ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan?

A) Uyimning ziynati, ko'z ravshani... B) Tilimning zikri-yu ko'nglimning fikri...

C) Qorong'u bo'ldi olam ko'zima... D) Vujudim dardga to'ldi...

3. Uvaysiy g'azallaridan tashqari yana qaysi she'riy janrda shuhrat qozongan?

A) ruboiy B) muxammas C) tuyuq D) chiston
Mirtemir

1. «Onaginam» she'rida qaysi tuyg'u izhori berilgan?

A) ona oldidagi burchni ado etolmagan farzand armoni B) onasini ko'rgani borolmayotgan o'g'il sog'inchi C) el xizmatida bo'lib, onadan xabar ololmayotgan o'g'il o'tinchi D) umrida onasini ko'rmagan farzand iztiroblari

2. «Onaginam» she'ridagi lirik qahramon onasiga qilolmagan xizmatni elga qay yo'l bilan baxshida etmoqchi boladi?

A) dushmanlarga qarshi kurashi B) ijodi C) tinimsiz mehnati D) muhabbati

3. «Burmalik kuylak ham nimcha-yu g'ijim, Sirg'alar sandiqqa tushdi. Bardosh bu...» satrlari orqali anglatilgan ma'noni to­ping.

A) Toshbuning ayol sifatidagi achchiq iztiroblari B) urush sharoitida bezak, kiyimlar ko'ziga yomon ko'ringanligi C) Toshbuning mavjud sharoitdan noroziligi D) qiyinchilik yillari ularni sotib yubormoqchi bo'lganligi.
Rasul Hamzatov

1. «Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tog'ida, Toglar orasida yotibman bejo» misralaridagi «tog'lar» so'zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda?

A) shoirning vatani Dog'istonga B) mavhum bir makon C) ilohiy maskan D) yer sayyorasi

2. «Ona tilim» she'ri qaysi o'zbek shoirining shu mavzudagi she'riga mazmunan va ruhan yaqin?

A) Cho'lpon B) Shavkat Rahmon C) Muhammad Ali D) Rauf Parfi

3. «Shu ham erkakmi?» she'rida quyidagi ta'kidlarning qaysi biri uchramaydi?

A) subutsizlikni qoralash B) vatan sotqinlariga nafrat C) nodonlikni qoralash D) uzoq safarga chiqish majburiyligi

5-DARS. HAQIQATDIR MENING YULDUZIM! (280-366-betlar)

Reja:

1. Alisher Navoiy.

2. Tashbeh, tanosib, irsoli masal haqida.

3. Cho’lpon.

4. Ko’chim haqida.

5. Usmon Nosir.

6. Usmon Nosir she’rlari haqida.

7. Badiiy adabiyotning turlari.

Alisher Navoiy

1. A.Navoiy Yaratganning qaysi amrini birlamchi bilib, «Barchasi bir yon-u, bu bir yon» deb hukmdorga uqtiradi?

A) Ilm olishni B) Xalq g'amini yeyishni C) Obodonchilik qilishni D) Ibodat qilishni

2. «Zulm o'zunga fisqdur, ey hushyor, Gum qil ani, bo'lsa sanga hush yor» baytida qo'llanilgan she'riy san'atni toping.

A) mubolag'a B) tazod C) tashxis D) tajnis

3. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlarini ko'rsating.

A) Muhokamat ul-lug'atayn», «Sab'atu abhur» B) Xazoyin ul-maoniy», «Xamsat ul-mutahayyirin» C) «Tarixi muluki ajam», «Xamsat ul-mutahayyirin» D) «Majolis un-nafois», «Me'zon ul-avzon»

4. Navoiy shoh G'oziy orqali kimning timsolini yaratgan?

A) Amir Temur B) Temuriy hukmdorlar C) Orzusidagi hukmdor D) Husayn Boyqaro

5. Kampir nima uchun o'z da'vosidan kechib, uzr so'radi?

A) Shoh adolatiga iqror bo'lib B) Qo'rqqanligi uchun C) Yanglishganini bilib D) Shohni jazolash mumkin emasligini tushungach

6. Qozining talabiga ko'ra kampir keltirgan ikki guvoh ko'rsatil-gan javobni belgilang.

A) Ikki qo'shnisi B) Tasodifiy guvohlar C) Shohning qahri va mehri D) Shohning adolati va insofi

7. Jobir dengizda kemalar ko'ringanidan qanday xabar topardi?

A) Diydabonlar orqali B) O'zi kuzatib yotardi C) Nogoh ko'rib qolardi D) Kemadagi josuslar orqali

8. «Mehr» so'zi qizning ismini bildirish bilan birga yana qanday ma'noni anglatardi?

A) yulduz B) oy C) shamol D) quyosh

9. Mas'uliyatli damda shaxsiy ishtiyoqi tufayli asirga tushgan obrazni ko'rsating.

A) Navdar B) Nu'mon C) Suhayl D) Diydabon

10. «Mehr va Suhayl» hikoyasida qahramonlar ruhiy holati va tashqi tasvirini berishda asosan qaysi rangdan foydalanilgan?

A) oq rang B) qora rang C) sariq rang D) qizil rang
Tashbeh, tanosib, irsoli masal haqida

1. Unda narsa, belgi va harakat boshqasiga o’xshatish orqali tasvirlanadi?

A) o’xshamish B) vosita C) tashbeh D) tanasub
Cho’lpon

1. «Go'zal» she'rida lirik qahramon nima uchun o'zini «yo'qsul» deb ataydi?

A) Go'zal uni tashlab uzoqqa ketib qolgani uchun B) Yorining visoliga yetolmaganidan

C) Go'zalning husni va fazilatlari oldida o'zini qusurli bilganidan D) U istagan go'zalning bu dunyoda yo'qligini bilgandan so'ng.

2. Cho’lpon qanday yurtni buzilgan o'lka deb ataydi?

A) Odamlari o'z o'tmishi va tilini yo'qotgan yurtni B) Amaldorlari manfaatparast bo'lgan mamlakatni C) Mustamlaka asoratiga tushib qolgan va shunga ko'nikkan o'lkani D) Yoshlari boshqa mamlakatga ketishga majbur bo'lgan davlatni

3. «Nega sening qalin tovushing «ket» demaydi ularga» satridagi «qalin» so'zi qaysi ma'noni bildiradi?

A) qat'iyatli, isyonkor B) hayiqqan, qo'rquvli C) ehtiyotkor, baland D) kelishuvchan, andishali
Ko’chim haqida

1. Adabiyotshunoslik nazariyasi ilmidagi ko’chimning turlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) majoz B) istiora C) ramz D) barchasi

2. “Binafsha” she’rida qaysi adib binafsha sen uchun ko’kragim erk yeri deya tarif uchradi?

A) G’afur G’ulom B) U.Nosir C) Asqat Muxtor D) Cho’lpon

Usmon Nosir

1. Usmon Nosir qaysi tuyg'uni «selday keluvchi», qalbni «jalloddek tiluvchi» deb ta'riflagan?

A) nafrat B) ilhom C umidsizlik D) quvonch

2. «Tilim charchar, ajab, gohi Seni tarjima qilmoqdan» satrlarida ifodalangan yurakni tarjima qilishning ma'nosini toping.

A) Badiiy ijod B) Tarjima bilan shug'ullanish C) Ilmiy asarlar yozish D) Ko'nglini birovga yozish

3. «Yana she'rimga» she'rining birinchi bandi qaysi shoirning satrlarini yodga tushiradi?

A) Navoiy dostonidan parchani B) Zulfiyaning «Oydinda» she'rini C) Cho’lponning «Go'zal» she'rini D) Atoyi g'azalini

4. Quyidagi misralardan qaysi birida “Nasimaga deganim” she'ridagi lirik qahramon xarakterini to'laroq ochadi?

A) Oldimda kutadir imtihon... B) Baxtliman, janglarga yarasam... C) Silligim bezarar, hech gapmas...D) O'ylanib ko'zingga qarasam...
Badiiy adabiyotning turlari

1. Badiiy asarlar necha turga bo’linadi?

A) 1 B) 2 C 6 D) 3

2. Bir yoki bir necha odamning hayoti, tag’diri ularning boshqa odamlar bilan munosabati haqida hikoya qiluvchi asrlar…

A) dramatik asarlar B) lirik asarlar C) epik asarlar D) fantastik asarlar

8-SINF

1-DARS. KIRISH. XALQ OG’ZAKI IJODI. “KUNTUG’MISH DOSTONI”. (3-48-betlar)

Reja:

1. O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi.

2. Kirish.

3. “Kuntug’mish” dostoni.

4. “Kuntug’mish” dostonining bayoni.

5. Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi

1. O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qaysi band bilan boshlanadi?

A) Serquyosh hur o’lkam senda tole mo’l… B) Oltin bu vodiylar, jon O’zbekiston C) Serquyosh, hur o’lkam senga baxt najot D) Serquyosh hur o’lkam elga baxt najot

2. O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasining nechanchi bandida erkin va yosh avlodlarning o’zbek xalqiga zo’r qanot bo’lajagi ta’kidlanadi?

A) birinchi bandida B) to’rtinchi bandida C) uchinchi bandida D) naqoratida
Kirish

1. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida qancha xalq dostonlari mavjud bo’lgan?

A) ikki yuzdan ortiq B) ikki yuzi ellikga yaqin C) bir yuzi ellikdan ortiq D) ikki yuzga yaqin

2. “Oltovlon va yettinchi” nomli afsona kimning qaysi asarida keltirilgan?

A) Ch.Aytmatov “Qiyomat” B) Yu.X.Hojib “Qutadg’u bilig” C) Navoiy “Sab’ai Sayyor” D) Navoiy “Farhod va Shirin”
Kuntug’mish” dostoni

1. “Alpomish” dostonining 1000 yilligi jahon miqyosida keng nishonlangan sanani aniqlang.

A) 2000- yil B) 1999- yil C) 2001- yil D) 1998- yil

2. “Kuntug’mish” dostonida Xolbeka bilan Kuntug’mish bir birlarini qanday ko’rib qoladilar?

A) ov paytida B) tushlarida C) nard o’yinida D) ziyofatda

3. “Kuntug’mish” dostonidagi Kuntug’mishning yurti to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.

A) Zangar B) Chanbil C) No’g’ay D) Qalmoq

4. “Kuntug’mish” dostonida Qilichxon laqabli shaxs uchraydi. U aslida kim edi?

A) Zangar podshosi B) Azbarxo’ja C) Nugay podshosi D) Xolmo’min yasovulboshi

5. 1) Ergash Jumanbulbul o’g’li; 2) Fozil Yo’ldosh o’g’li; 3) Bekmurod Jo’raboy o’g’li; 4) No’rmon Abduvoy o’g’li; 5) Egamberdi Ollomurod o’g’li; 6) Xodi Zaripov; 7) Po’lkan Shoir; 8) Qodir Baxshi. Yuqorida keltirilgan baxshilardan qaysilarida “Kuntug’mish” dostonining yozib olingan variantlari mavjud?

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 6 C) 1, 3, 4, 7 D) 1, 3, 4, 5

6. “Bizlarga farzand bersa, o’g’il bo’lsa qo’l-qanot bo’lsin, qiz bo’lsa do’st bo’lsin” degan fikrlar qaysi dostonda keltirilgan?

A) “Kuntug’mish” B) “Alpomish” C) “Malika ayyor” D) “Ravshan”

7. “Har kim meni olaman desa, oldiga nard o’yinini qo’yaman, o’ynayman, utsa tegaman, utdirsa so’yaman” deb shart qo’ygan malika kim va u qaysi doston qahramoni?

A) “Kuntug’mish” Xolbeka B) “Ravshan” Zulxumor C) “Malika ayyor” Gulqiz D) “Alpomish” Barchin

8. «Kuntug‘mish» dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda ko‘radilar?

A) Xolmo‘min yasovulboshinikida B) Buvraxon podshonikida C) Olim sayyodning uyida D) Kampirning uyida

9. Qadimgi urf-odatlarga ko‘ra, kimning boshiga saroydan uchirilgan qush uch marta qo‘nsa, o‘sha odamni oq kigizga chiqarib, saroy ayonlari chir tevaragidan ko‘tarib, taxtga o‘tqazish va jarchilarning; - zamon kimning zamoni, qalandarxonning zamoni, - deb ko‘chalarda jar solish marosimi qaysi dostonda berilgan?

A) «Alibek va Bolibek»da B) «Malika ayyor»da C) «Kuntug‘mishda D) «Sanobar»da

10. «Haqiqat izlagan senga osildi,

Assalomu alaykum, dorning og‘ochi», – degan nola kimga tegishli?

A) Barchin B) Kuntug‘mish C) Xolbeka D) Alpomish

11. «Kuntug‘mish» dostonida Kuntug‘mishni halokatdan saqlab qolgan timsol kim?

A) Qilichxon laqabli podsho B) Xolmo‘min yasovulboshi C) Qosim qabilaboshi D) Qatag‘anlik Olim sayyod

12. «Kuntug‘mush» dostonining qaysi xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari mavjud?

A) Egamberdi Ollomurod o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li B) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom shoir, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, C) Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bo‘ron shoir D) Saidmurod Panoh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Umir baxshi shoir, Berdi baxshi

13. «Kuntug‘mish» dostonidagi Kuntug‘mish va Xolbeka taqdirini qaysi timsollarsiz tasavvur etish qiyin?

A) Xolmo‘min, Qilichxon, Azbarxo‘ja B) Mullavachcha, Zamonqul, Qosim C) Xolmo‘min, Toxir vazir, Zamonqul D) Shoir vazir, Avliyoyi Qoraxon, Mullavachcha
Kuntug’mish” dostonining bayoni

1. Sovchilarga “Har kim meni olaman deb kelsa oldiga naru o’yinini qo’yaman o’ynayman yo’tsa tegaman, yo’ttirsa so’yaman” deya shart qo’ygan malika obrazi qaysi dostonda uchraydi?

A) “Kuntug’mish” B) “Alpomish” C) “Ravshan” D) “Rustamxon”

2. Qaysi dostonda chiltonlar va mardon g’oyiblar obrazi mavjud?

A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Malika ayyor” D) “Kuntug’mish”

3. Qaysi dostonda ota o’z farzandiga safar oldida “Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo’r yarar kuningga” degan hikmatomuz maslahat beradi.

A) “Ravshan” B) “Kuntug’mish” C) “Malika ayyor” D) “Alpomish”

4. “Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mishni sotqin Azbarxo’ja ziyofatda mast qilib, kigizga o’rab, ikki o’g’li bilan birga sahroga qoldirib, Xolbekani asir qilib Zangor yurtiga olib ketadi. Shunda kim Kuntug’mishning joniga oro kiradi?

A) Qosim B) Zamonqul C) Mullavachcha D) Xolmo’min

5. Nomus bilan orim ketdi,

Qatorimda norim ketdi,

Shu karvonda yorim ketdi,

Do’st karvonim – dushman bo’ldi. Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?

A) “Alpomish” B) “Suxayl va Guldursin” C) “Kuntug’mish” D) “Malika ayyor”

6. Qaysi dostonda bo’rining “gurk” deb nomlanish holati uchraydi?

A) “Kuntug’mish” B) “Malika ayyor” C) “Alpomish” D) “Ravshan”

7. “U vaqtda podsholarga rasm shu edi: davlatqush degan qushini uchirar edi, kimning boshiga qo’nsa, podsho qilar edi”. Parcha qaysi dostondan olingan?

A) “Ravshan” B) “Kuntug’mish” C) “Alpomish” D) “Malika ayyor”

8. “Kuntug’mish” dostonida Mohiboy va Gurkiboy Zangor shahriga kelishganida Xolmo’min yasovulboshi ularni o’z uyiga xizmatkor qilib olib ketadi. Aslida Xolmo’minga ular kim bo’ladi?

A) amakisi B) hech kimi bo’lmaydi C) tog’asi D) otasi

9. “Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish Mohiboy va Gurkiboyning o’z o’g’li ekanligini qanday bilib qoladi?

A) Mohiboyning jallodlarga aytgan so’zlaridan so’ng B) Xolmo’minning gaplaridan so’ng C) Xolbekaning jallodlarga aytgan so’zlaridan so’ng D) Gurkiboyning otasiga aytgan so’zlaridan so’ng

10. “Kuntug’mish” dostonida Azbarxo’ja bir kosa suv va bir non evaziga Kuntug’mishga qanday shart qo’yadi?

A) Ajdarhoni o’ldirish B) unga qul bo’lish C) farzandlaridan birini berish D) yorini berish

11. Kuntug’mishning daryoga cho’kkan bolasini kim qutqarib qolgan edi?

A) cho’pon ota B) Olim C) Mo’lton D) Kuntug’mishning o‘zi

12. Kuntug’mishning o’g’illariga kim ism qo’ygan?

A) Gurkiboyga baliqchi, Mohiboyga cho’ponlar B) Mohiboyga baliqchi, Gurkiboyga cho’ponlar C) Kuntug’mishning o’zi D) Xolbekaning maslahati bilan Buvraxon

13. “Kuntug’mish” dostonida Mohiboy bilan Gurkiboy balog’atga yetganlaridan so‘ng ilk bor qayerda uchrashadi?

A) bozorda B) daryoning bo’yida C) tog’da D) ziyofatda

14.”Qilichdan seskanmas botirning tani” “Kamlikning kamoli bordir, Manmanning zavoli bordir” “O’zingni er bilsang, birovni she’r bil” kabi ibratli so’zlar qaysi dostonda uchraydi?

A) “Alpomish” B) “Malika ayyor” C) “Ravshan” D) “Kuntug’mish”

15. Dastlab, Kuntug’mish bilan do’stlashib, so’ng o’z manfaati deb unga xiyonat qilgan qahramonning ismi berilgan qatorni toping?

A) Zamonqul B) Xolmo’min C) Azbarxo’ja D) Mullavachcha

16. Xolbeka Kuntug’mish bilan tanishish uchun, sandiqqa nimalarni solib, daryoga oqizib yuboradi?

A) soch, surat, uzuk B) tilla, uzuk, surat C) uzuk, soch, tilla D) soch, surat, tilla

17. Kuntug’mish o’z oilasini topganidan so’ng, taxtni kimga topshiradi?

A) Mohiboyga B) Azbarxo’jaga C) Gurkiboyga D) Xolmo’minga

18. Qaysi dostondagi bosh qahramonning hayoti qahramonlik bilan kechadi?

A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Malika ayyor” D) “Kuntug’mish”

19. “Kuntug’mish” dostoni “Suxayl va Guldursun”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlardan nimasi bilan farq qiladi?

A) fantaziya ko’lami bilan B) ko’z ko’rib, quloq eshitmagan voqealar bilan C) aql bovar qilmaydigan qahramonlar bilan D) barcha javoblar to’g’ri

20. “Kuntug’mish” dostonida Beklik mustahkam bo’lishi uchun to’rt narsaga ega bo’lishi kerak! Quyida keltirilgan fikrlarning qaysilari o’sha fikrlarga to’g’ri keladi?

1) kuchli lashkar; 2) unumdor yerlar va keng yaylovzor; 3) ko’p boylik; 4) badavlat xalq; 5) dono vazir; 6) adolatli siyosat.

A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 3, 4, 5

21. Ushbu ta’rif qaysi dostonga berilgan? “U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalg’itadigan o’rinlar uchramaydi, aksincha har bir voqea, har bir epizod dostonni to’ldiradi”.

A) “Malikai ayyor” B) “Kuntug’mish” C) “Ravshan” D) “Alpomish”
Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari

1. Xalq dostonlarining ko’pchiligiga xos xususiyat – …

A) aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasvirining mavjudligi B) ham nasr, ham nazm usulida yozilishi C) ularda ishq muhabbat mavzusining ustunligi D) ularda sehrli tilsimlardan ko’p uchrashi

2. Folklorshunoslarning ma’lumotlariga ko‘ra nechanchi asrda yirik dostonchilik maktablari paydo bo‘lgan?

A) XV – XVI asrlarda B) XI – XII asrlarda C) XX asr boshlarida D) XVI – XIX asrlarda

2-DARS. O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN. (51-105-betlar)

Reja:

1. Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniy.

2. “Qutadg’u bilig”.

3. Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha.

4. Xorazmiy.

5. “Muhabbatnoma”.

6. Nazariy ma’lumot. Noma.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации