Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar - файл n1.doc

Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar
скачать (990 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.doc990kb.20.11.2012 08:34скачать

n1.doc

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Yusuf Xos Hojib Bolosog’uniy

1. “Qutadg’u bilig” dostonining hajmi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) 4 ming 609 bayt B) 5 ming 409 bayt C) 6 ming 204 bayt D) 6 ming 409 bayt

2. 1823- yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee bu buyuk asar haqida ma’lumot chop etib, uni ilm ahliga tanishtiradi. Bu qaysi asar edi?

A) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari B) Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari C) Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari D) Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari

3. 1439- yili Hirotda uyg’ur yozuvi bilan ko’chirilgan asarni toping.

A) Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari B) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari C) Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq” asari D) Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari

4. Buyuk o’zbek olimi Abdurauf Fitrat 1924- yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo’lyozmani olishga muyassar bo’ladi. Bu qaysi asar qo’lyozmasi edi?

A) A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari B) Haydar Xorazmiyning “Gul va navro’z” dostoni C) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni D) Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni

5. Qaysi qatordagi dostonlar mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilgan?

A) “Qutadg’u bilig”, “Shohnoma” B) “Qutadg’u bilig”, “Saddi Iskandariy” C) “Ziynat ul-umaro”, “Shohnomayi turkiy” D) “Adab ul-muluk”

6. “Qutadg’u bilig”ni chinliklar qanday nomlashgan?

A) “Aminul mamlakat” B) “Ziynat ul-umaro” C) “Shohnomayi turkiy” D) “Adab ul-muluk”

7. Eronliklar “Qutadg’u bilig”ni qanday nomlashgan?

A) “Shohnomayi turkiy” B) “Pandnomayi muluk” C) “Ziynat ul-umaro” D) “Amin ul-mamlakat”

8. Qaysi qatorda “Qutadg’u bilig” dostonining turli xalqlarda nomlanish muqobili to’g’ri berilgan?

A) Chinliklar “Ziynat ul-umaro” B) Sharq elining ulug’lari “Qutadg’u bilig” C) Eronliklar “Pandnomayi muluk” D) Mochinliklar “Amin ul-mamlakat”

9. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan qaysi vaznda bitilgan?

A) Hazaji musammani mahzuf B) Mutaqoribi musammani mahzuf C) Ramali musaddasi solim D) Rajazi musaddasi solim

10. Bizgacha yetib kelgan ilk turkiy doston…

A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Gul va navro’z” C) “Qutadg’u bilig” D) “Yusuf va Zulayho”

11. Qaysi adib “Qutadg’u bilig” dostonini “Baxtliklanish bilimi” deb atagan?

A) Abdurauf Fitrat B) Mirkarim Osim C) Abdulla Avloniy D) Izzat Sulton

12. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida adolat ramzi kim edi?

A) Oyto’ldi B) O’zg’urmish C) Kuntug’di D) O’gdulmish

13. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida baxt ramzi bo’lgan qahramonni aniqlang.

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) dostonda bunday ramz mavjud emas D) O’zg’urmish
Qutadg’u bilig”

1. «Qutadg‘u bilig» dostonining muqaddimasi qanday yo‘l bilan bitilgan?

A) faqat she’riy B) she’riy hamda nasriy C) savol-javob, munozara shaklida D) faqat nasriy

2. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan aruzning qaysi vaznida bitilgan?

A) hazaji musaddasi mahzuf B) mutaqoribi musammani mahzuf C) mutaqorib musammani maqzuf D) ramali musammani mahzuf

3. Kim “Qutadg’u bilig” asarining Namangan nusxasi ham borligi haqida ma’lumot beradi?

A) Jaubert Alidee B) Eshon Lolaresh C) A.Fitrat D) Valizoda

4. “Qutadg’u-bilig” dostonining qaysi nusxasi arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko’chirilgan?

A) Qohira B) Vena C) Namangan D) bunday nusxa yo’q.

5. Hozirgacha bizga etib kelgan ilk turkiy doston bu…

A) “Devoni lug’atit turk” B) “Hibbatul-haqoyiq” C) “Qutadg’u bilig” D) “Devoni hikmat”.

6. Eronliklar “Qutadg’u bilig” asarini nima deb atashgan?

A) “Shohnoma Turkiy” B) “Podshohlar pandnomasi” C) “Mamlakat omonliklari” D) “Amirlar ziynati”

7. “Qutadg’u bilig” dostoni qaysi vaznda yozilgan?

A) Mutaqoribi musammani mahzuf yoki maqsur B) Mutaqoribiu musaddasi solim C) Mutaqoribi musaddasi maqsur D) Mutaqoribi musammani solim

8. “Qutadg’u bilig” dostoni necha bobdan iborat?

A) 74 bob B) 73 bob C) 72 bob D) 71 bob

9. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish, mustahkamlash, turli xon va beklar o’rtasida birlikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrning o’tkinchiligini, ma’naviyat, yashash qoidalari bilan bog’liq g’oyalar badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari surilgan asarni belgilang?

A) “Qutadg’u bilig” B) “Shohnoma” C) “Boburnoma” D) “Qobusnoma”

10. “Qutadg’u bilig”da “Beklikka loyiq bek qanday bo’lishini aytadi” qismi asarning nechanchi qismi bo’lib kelgan?

A) 30-bobi B) 31-bobi C) 32-bobi D) 33-bobi

11. “Qutadg’u bilig” dostonida “Agar arslon itlarga bosh bo’lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo’lib qolishi mumkin” degan fikrni kim aytgan?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

12. Kim “Qutadg’u bilig” dostonnini she’riy yo’l bilan ommabop qilib o’zbekchalashtirgan?

A) Boqijon To’xliyev B) Laziz Qayumov C) Qayum Karimov D) Rahmon

13. Nasriy didaktik asar berilgan qatorni toping.

A) “Kalila va Dimna” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Guliston” D) “Zarbulmasal”

14. Nasriy-she’riy didaktik asar berilgan qatorni toping.

A) “Qutadg’u bilig” B) “Guliston” C) “Gulshan ul-asror” D) “Maxzanul asror”

15. “Qutadg’u bilig” dostonining hajmi qancha?

A) 6 ming 409 bayt B) 5 ming 733 bayt C) 6 ming 863 bayt D) 6 ming 221 bayt

16. Kimlar “Qutadg’u bilig” dostonini “Amin ul Mamlakat” (“Mamlakat omonliklari”) deb ataganlar?

A) Eronliklar B) Mochinliklar C) Turonliklar D) Hindlar
Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha

1. “Sharqqa she’riyatni o’rgatib bo’lmaydi:” Sharq she’riyatiga yuqori baho berib aytilgan ushbu jumla kimga tegishli?

A) Sakkokiy B) Abdulla Oripov C) Erkin Vohidov D) Fitrat

2. Qaysi qatorda nasriy didaktik asarlar berilgan?

A) “Kalila va Dimna”, “Guliston”, “Hayrat ul-abror” B) “Mahbub ul-qulub”, “Ming bir kecha”, “Qobusnoma” C) “Pantachatra”, “Qobusnoma”, “Miftoh ul-adl” D) “Guliston”, “Zarbulmasal”, “Gulshan ul-asror”

3. Sa’diy Sheroziyning “Guliston”i ta’sirida dunyoga kelgan asarlarni aniqlang..

A) “Mahbub ul-qulub”, “Gulshan ul-asror” B) “Gulzor”, “Miftoh ul-adl” C) “Maxzan ul-asror”, “Zarbulmasal” D) “Gulshan ul-asror”, “Gulzor”

4. Nasriy-she’riy (usulda yozilgan) didaktik asar berilgan qatorni toping.

A) Sa’diy Sheroziy “Guliston” B) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” C) Gulxaniy “Zarbulmasal” D) barcha javoblar to’g’ri

5. Faqat she’riy-didaktik asarlar berilgan qatorni toping.

A) “Qobusnoma”, “Guliston” B) “Qutadg’u bilig”, “Gulshan ul-asror” C) “Mahbub ul-qulub”, “Guliston” D) “Hayrat ul-abror”, “Zarbulmasal”

6. Lirik merosimizning qaysi dostonida “ma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar, orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtai nazarini tiniqlashtiradi, uning aynan qanday g’oyani ilgari surayotganligini aniq bilib turasiz…”, kabi fikrlar ilgari surilgan?

A) “Qutadg’u bilig” B) “Devoni hikmat” C) “Devoni lug’atit turk” D) “Hibat-ul haqoyiq”

7. “Didaktik” so’zining ma’nosini aniqlang.

A) ibratli B) xalq olqishi C) o’tmish siri D) meros siri

Xorazmiy

1. Zamonaviy o’zbek adabiyotida didaktik ruhdagi nasriy yo’lda yozilgan “Javohirlar sandig’i” kimning qalamiga mansub?

A) Mirmuhsin B) Xayriddin Sultonov C) Shukrullo D) Xurshid Muhammad Do’st

2. Oltin O’rda xoni Jonibekxonning Sirdaryo muzofatidagi hukmdorlaridan biri Muhammad Xo’jabek iltimosi bilan yozilgan asarni toping.

A) “Muhabbatnoma” B) “Miftoh ul-adl” C) “Zarbulmasal” D) “Hibat ul-haqoyiq”

3. Xorazmiyning tojik tilidagi to’plamlari el orasida qaysi nom bilan mashhur bo’lgan?

A) “Shakartek til” B) “Xushro’y til” C) “Mohi til” D) “Ravshan til”

4. Xorazmiy «Muhabbatnoma» ning nechanchi nomasida «tong nasimi»ga murojaatning go‘zal holatini bera olgan?

A) 2-nomada B) 8-nomada C) 10-nomada D) 4-nomada

5. XIV asr o‘zbek adabiyotida Xorazmiy qaysi janrlarning dastlabki namunalarini yaratdi?

A) noma, g‘azal, tuyuq B) noma, ruboiy, tuyuq C) g‘azal, tuyuq, qit’a D) g‘azal, qit’a, fard

6. «Muhabbatnoma»ning qaysi qismida Xorazmiy asar o‘n bir nomadan tarkib topganini aytadi?

A) qit’ada B) «Xotimat ul-kitob»da C) munojotda D) masnaviyda
Muhabbatnoma”

1. Tun oqshomkim, ko’rundi bayram oyi … – davlat xumoyi. Nuqtalar o’rniga qaysi hukmdor ismi qo’yilishini aniqlang.

A) Jonibekxon B) Muhammad Xojabek C) Shayboniyxon D) Shoh Muzaffar

2. Kitobat boshladim anjoma yetgay … Misru Shoma yetgay. Gap qaysi asar haqida ketmoqda?

A) “Muhabbatnoma” B) “Shayboniynoma” C) “Shohnoma” D) “Zarbulmasal”

3. Qiloyin ikki bobin porsiy ham, – kim atlas to’n yarashur bo’lsa mu’lam. Bayt qaysi asardan olingan?

A) “Miftoh ul-adl” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Muhabbatnoma” D) “Gulzor”

4. Niyozim bu turur sendin, nigoro,

Unutma bandani bahri Xudoro. Ushbu bayt janrini aniqlang.

A) fard B) qit’a C) masnaviy D) to’g’ri javob berilmagan

5. 1432- yili Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi mansur degan xattot uyg’ur yozuvida ko’chirgan asar qaysi asar edi?

A) “Qutadg’u bilig” B) “Shohnoma” C) “Muhabbatnoma” D) “Hibat ul-haqoyiq”

6. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si qaysi janrlardagi she’rlardan tashkil topgan?

A) g’azal, masnaviy, soqiynoma B) ruboiy, qit’a, fard C) ruboiy, masnaviy, g’azal D) g’azal, masnaviy, fard

7. Xorazmiy “Muabbatnoma”sining qaysi boblari forsiy tilda yozilgan?

A) birinchi va beshinchi boblari B) ikkinchi va to’qqizinchi boblari C) to’rtinchi va sakkizinchi bobolari D) uchinchi va o’ninchi boblari

8. Navoiy “Xamsa”sidan o’rin olgan “Farhod va Shirin” dostoni 17-bobi boshlanmasi bevosita qaysi asar boshlanmasi ta’sirida bitilgan?

A) “Muhabbatnoma” B) “Xusrav va Shirin” (Jomiy) C) “Shohnoma” D) “Qutadg’u bilig”

9. “Muhabbatnoma”ning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko’chirilgan nusxasi necha baytdan iborat?

A) 456 bayt B) 493 bayt C) 483 bayt D) 473 bayt

10. “Bo’yi birla sochini teng yaratdi” birikmasini turkiy she’riyatga kim qo’shgan?

A) Mahmud Qoshg’ariy B) Lutfiy C) Yusuf Xos Hojib D) Xorazmiy

11. “Muhabbatnoma” asarining necha nusxasi bizgacha yetib kelgan?

A) yetti nusxasi B) uch nusxasi C) to’rt nusxasi D) ikki nusxasi

12. “Muhabbatnoma”ning bizgacha qaysi alifbolarda ko’chirilgan nusxalari yetib kelgan?

A) uyg’ur va arab B) turk va arab C) arab va fors D) uyg’ur va arab alifbosidagi turkiy alifbo

13. “Muhabbatnoma”da uchraydigan janrlarni belgilang.

A) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, qit’a, fard B) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, murabba C) noma, g’azal, soqiynoma, murabba, masnaviy, tuyuq D) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, tuyuq, qit’a, fard

14. “Muhabbatnoma”da qancha noma keltirilgan?

A) o’n besh noma B) o’n uch noma C) o’n ikki noma D) o’n bir noma

15. “Noma” janri asosida yaratilgan asarlarni belgilang.

A) “Dahnoma”, “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Humoyunnoma” B) “Dahnoma”, “Taashshuqnoma”, “Latofatnoma” C) “Humoyunnoma”, “Muhabbatnoma”, “Dahnoma” D) “Dahnoma”, “Humoyunnoma”, “Muhabbatnoma”, “Taashshuqnoma”
Nazariy ma’lumot. Noma

1. Xorazmiyning nomanavislik an’anasini davom ettirib “Latofatnoma” asarini yozgan adibni aniqlang.

A) Yusuf Amiriy B) Said Ahmad C) Xo’jandiy D) Sayyid Qosimiy

2. “Taashshuqnoma” asari kimning qalamiga mansub?

A) Yusuf Amiriy B) Xo’jandiy C) Said Ahmad D) Sayyid Qosimiy

3. Qaysi qatorda masnaviy shaklida yaratilishi shart va mumkin bo‘lgan janrlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1. doston 2. she‘riy noma 3. qasida 4. hikmat

A) 1 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 2,3

4. Qaysi qatorda Sharq mumtoz adabiyotida maktub, xat tarzida yozilgan badiiy asar ma’nosini ifodalovchi istiloh to‘g‘ri berilgan?

A) munshaot B) noma C) qasida D) bag‘ishlov

5. Mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan «shisha», «ko‘za», «ayog‘», «kosa» kabi timsollar zamirida qanday tushuncha yashiringan?

A) mehr va muhabbat B) qalb va yurak C) ko‘z va yuz D) oshiq va raqib

3-DARS. O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN (davomi). XX ASR O’ZBEK ADABIYOTIDAN. (105-146-betlar)

Reja:

1. Lutfiy.

2. G’azallar.

3. Tuyuqlar.

4. Nazariy ma’lumot. Tuyuq.

5. Alisher Navoiy.

6. Nodira.

7. Firoqnoma.

8. Nazariy ma’lumot. Musamman va muashshar.

9. Abdurauf Fitrat.
Lutfiy

1. Zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni “malik ul-kalom”, ya’ni “so’z podshosi” deb e’zozlagan. Gap qaysi adib haqida bormoqda?

A) A.Navoiy B) Lutfiy C) Jomiy D) Nizomiy

2. “Mavlona Lutfiy o’z zamonasining malik ul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo’q erdi va turkcha devoni mashhurdir”. Lutfiyga ushbu ta’rif kim tamonidan berilgan?

A) Jomiy B) Alisher Navoiy C) Bobur D) Sakkokiy

3. “…To’qson to’qqiz yoshida olamdan o’tdi. Qabri Dehikanordadur, o’z maskani erdi”. Lutfiy to’g’risidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan?

A) Navoiy “Xazoyin ul-moniy” B) Xondamir “Makorim ul-axloq” C) Bobur “Boburnoma” D) Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat”

4. Lutfiy «Devoni» qanday janrlarda yozilgan she‘rlardan tashkil topgan?

A) g‘azal, ruboiy, tuyuq, qit‘a, fard B) g‘azal, ruboiy, qasida, mustazod C) 10 dan ortiq janrlardagi she‘rlardan D) qit‘a, g‘azal, ruboiy, muashshar

5. O‘zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo‘li bilan yaratilib, bizgacha to‘liq holda saqlanib qolgan asarni belgilang.

A) «Devonu lug‘otut turk» B) «Qutadg‘u bilig» C) «Ogohnoma» D) «Muhabbatnoma»

6. Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g‘azaliga qaysi shoir nazira bitgan?

A) Husayniy B) Navoiy C) Mashrab D) Bobur

7. Lutfiyni o’z zamonasining ahli adabi va ahli fizolasi nima deb e’zozlagan?

A) “malik ush-shuoro” B) “nuran - mahdum” C) “fozil ul-fuzolo” D) “malik ul-kalom”

8. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma…” g’azali qofiyasi to’g’ri ketma-ketlikda berilgan qatorni toping.

A) sevarim – jigarim – saharim – guzarim – xabarim – nazarim – siymbarim – basarim B) sevarim – saharim – nazarim – jigarim – guzarim – xabarim – nazarim – basarim – siymbarim C) sevarim – jigarim – saharim – guzarim – xabarim – basarim – nazarim – siymbarim D) sevarim – siymbarim – basarim – guzarim – jigarim – xabarim – saharim – nazarim

9. O’zbek xalq og’zaki ijodi namunasi Lutfiyning qaysi g’azalida aks etgan?

A) “Ne bo’lursan” B) “Ayoqingg’a tushar…” C) “Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” D) “Hoh inon, hoh inonma…”

10. Lutfiy “Ayoqingg’a tushar har lahza gisu” matla’ g’azalida boshdan oyoq qaysi badiiy san’atdan mahorat bilan foydalanilgan?

A) irsoli masal B) kalome – jome’ C) tajnis D) tarse’

11. Kimning lirik qahramoni o’z ma’shuqasidan “Pariga, yangi gul-bargga kim bo’lasan” deb so’roqlaydi?

A) Atoyi B) Xorazmiy C) Lutfiy D) Nodira
G’azallar

1. Ya’qub bikin ko’p yig’idin qolmadi sensiz

Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Lutfiy qalamiga mansub ushbu baytda qanday badiiy san’at qo’llangan?

A) tashxis B) talme’ C) istiora D) talmeh

2. Mumtoz she’riyatda ko’p uchraydigan “siym” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A) oltin B) qimmatbaho tosh C) kumush D) jannatda uchraydigan nur sochib turuvchi yashil tusli tosh

3. Lutfiyning o’zbek xalq maqollari asosida yozilgan g’azalini anilang.

A) Xoh inon, xoh inonma B) Xaq ul kunkim, jamoling bor etibdur C) Bu ko’nguldur, bu ko’ngul D) Ayoqingg’a tushar har lahza gisu

4. Lutfiyning boshdan oxirigacha irsoli masal san’atidan foydalanib yozgan g’azalini ko’rsating.

A) Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur B) Ayoqingg’a tushar har lahza gisu C) Ne bo’lursan D) Bu ko’nguldur,bu ko’ngul

5. Raftor ila bir yo’li muningdek dog’i o’xshash,

Ey sarvi sihi, kabki dariyg’a ne bo’lursan? Ushbu baytda qo’llangan “kabki dariy” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A) tog’ kakligi B) tongdagi shabnam C) yetti olam sohibi D) suv parisi

6. Lutfiyning “Bu ko’nguldur, bu ko’ngul” g’azali qaysi mavzuda?

A) Ollohning ishqi B) vatan sog’inchi C) an’anaviy ishq D) farzand va ona munosabati
Tuyuqlar

1. … bir shari shuki, shu ikki yoki undan ortiq ma’noning biri aniq yuzaga chiqib turadi-yu, asl maqsad ana o’sha yashirinibroq yotgan ma’no bo’ladi. Ushbu ta’rif qaysi badiiy san’at haqida berilgan?

A) iyhom B) muashshax C) ta’rix D) muammo

2. Sof turkiy tildagi badiiy san’atni belgilang.

A) qit’a B) tuyuq C) fard D) ruboiy

3. “Parcha”, “bo’lak” degan ma’noni anglatgan badiiy san’at turini aniqlang.

A) qit’a B) tuyuq C) fard D) musammat
Nazariy ma’lumot. Tuyuq

1. Faqat turkiy she’riyatgagina xos bo’lgan janrni aniqlang.

A) qit’a B) lug’z C) tuyuq D) ta’rix

2. Tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan xususiyat noto’g’ri berilgan qatorni toping.

A) tuyuq albatta to’rt misradan iborat bo’lishi kerak B) tuyuq albatta ramali musammani mahzuf vaznida yozilishi shart C) tuyuq misralari a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur D) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, albatta, tajnisli bo’lishi lozim

3. Tuyuq janri uchun keyinchalik yuzaga kelgan xususiyat (shart) qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) tuyuq misralari , xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi B) tuyuq, albatta, to’rt misradan iborat bo’lishi kerak C) tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf vaznida yozilgan bo’lishi shart D) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, albatta, tajnisli bo’lishi darkor

4. Tuyuq qaysi vaznda yozilishini aniqlang.

A) ramali musaddasi mahzuf B) hazaji musammani mahzuf C) ramali murabbai solim D) hazaji musaddasi mahzuf

5. Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosi qoidasiga aylangan. Quyida keltirilgan fikrlarning qaysilari tuyuqning 4 ta qoidalariga misol bo’la oladi?

1) tuyuq – to’rt misradan iborat bo’ladi; 2) tuyuq – sochma she’r tarzida bo’lishi kerak; 3) a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi; 4) tuyuq – ramali musaddasi mahfuz vaznida yozilishi kerak; 5) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, omonim (tajnisli) bo’lishi kerak; 6) tuyuq – masnaviy tarzida yozilishi kerak; 7) tuyuq – besh misradan oshmasligi kerak.

A) 1, 3, 4, 7 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6,
Alisher Navoiy

1. Qaysi yillarda Navoiy Samarqand shahridagi madrasalarda ta’lim oladi?

A) 1467-1469- yillar B) 1469-1472- yillar C) 1466-1469- yillar D) 1472-1474- yillar

2. “Muqarrabi shohiy” unvoniga sazovor bo’lgan adibni aniqlang.

A) Muhammad Solih B) Firdavsiy C) Bobur D) Navoiy

3. Qaysi adibning haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g’azalidan olingan “Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig’, Yor o’lung, bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish,” – degan misralari yozib qo’yilgan?

A) Ahmad Yassaviy B) A.Navoiy C) Bobur D) Jaloliddin Rumiy

4. Navoiyning har bir baytida kamida bir tazod (zidlanish) san’ati qo’llangan g’azalni toping.

A) “Kelmadi” B) “Qilg’il” C) “Bo’ldum sanga” D) “Deyin…”

5. Mumtoz she’riyatimizda uchraydigan “begona bayt” tushunchasini izohlang.

A) biror shoir g’azaliga nazira bog’laganda uning aynan ko’chitirib olingan birinchi bayti B) maqta’dan olingan bayt C) lirik chekinish ya’ni she’r mavzusidan bir oz chetlashilgan bayt D) g’azalning oxirgi bayti

6. “Bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa – maqtaydi, kimni yomon ko’rsa, undan alamini oladi, g’azal umumyo’nalishiga u qadar bog’lanmaydiganroq gapi bo’lsa ham, shu yerda aytib qoladi”. Ushbu jumla kimga tegishli va gap qanday bayt haqida ketmoqda?

A) Abdulla Oripov, g’azal maqta’si haqida B) Shavkat Rahmon, “begona bayt” C) Erkin Vohidov, g’azal maqta’si haqida D) Abdulla Oripov, maqta’dan oldingi bayt

7. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarining muallifini aniqlang.

A) Bobur B) Lutfiy C) Jomiy D) Navoiy

8. “Muqarribi shohiy” unvonini olgan ijodkorni aniqlang.

A) Husayn Bayqoro B) Lutfiy C) Navoiy D) Bobur

9. Davlatimiz poytaxtidagi “O’zbekiston milliy bog’i”da barpo etilgan Alisher Navoiy haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g’azalidan olingan misra bitilgan. Ushbu misralarni belgilang.

A) Oz-oz o’rganib, dono bo’lur,

Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

B) Orazin yopqach ko’zimdin sochilur har lahza yosh,

O’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lgach quyosh.

C) Haq yo’lida kim sanga bir harf o’qitmish ranj ila,

Aylamoq bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.

D) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig’,

Yor o’lung bir-biringizgaki erur yorlig’ ish, –

10. Qofiyasidagi sakkizta so’zdan 6 tasi o’zbekcha, 2 tasi tojikcha bo’lgan Navoiyning g’azalini belgilang.

A) “Kelmadi” B) “Qaro ko’zim…” C) “Orazin yopqach ko’zimdin” D) “Deyin”

11. Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azalining har bir baytida bittadan bo’lsa ham qaysi badiiy san’at qo’llangan va bu badiiy san’at g’azalida asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan?

A) tajnis B) talmeh C) tarse’ D) tazod

12. Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azalidagi yo’l so’zi nimaga nisbatan qo’llanilgan?

A) tasavvufga B) allohga C) yor yo’liga D) A va B

13. Navoiy Muhammad Payg’ambar so’zlari bilan o’z fikrini mustahkamlab, “umm ul-xabois” (“yaramasliklar onasi”) deb nimani ta’riflaydi?

A) ichkilikbozlik B) chog’irni C) dunyo D) shayton

14. Mumtoz she’riyatimizning asosiy tasvir manbai bu …

A) ko’ngil B) ishq C) yor vasli D) boda (may)

15. Qaysi adib ijodida navro’z “Arusi dahr” ya’ni “dunyo kelinchagi” deb ta’riflangan?

A) Xorazmiy B) Bobur C) Lutfiy D) Navoiy

16. Mumtoz adabiyotimizda go’zallik ramzi hisoblangan payg’ambarni aniqlang.

A) Yaqub B) Nuh C) Muhammad D) Yusuf
Nodira

1. Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,

Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni. Bayt muallifi qaysi javobda berilgan?

A) Gulbadanbegim B) Komron Mirzo C) Uvaysiy D) Nodira

2. Kim Nodiraning asarlariga ayrim she’rlarini nazira (o’xshatma) tarzida yozgan?

A) Muqimiy B) Komil Xorazmiy C) Mahtumquli D) Furqat

3. Nodira ota-onasining kelib chiqishi, nasl-nasabi qaysi buyuk kishiga borib taqaladi?

A) Amir Temur B) Bobur C) Bahouddin Naqshbandiy D) Yusuf Xos Hojib

4. Nodiraning nisbatan to’la deb hisoblangan turkiy devonida nechta g’azal bor?

A) 289 ta B) 200 dan ortiq C) 189 ta D) 175 ta

5. Nodira o’zining forsiy asarlariga qanday taxallus tanlagan?

A) Mohlaroyim B) Komila C) Maknuna D) Nodira

6. XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lutfiyning qaysi g’azaliga o’xshatma yozgan?

A) “Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” B) “Xoh inon, xoh inonma…” C) “Ne bo’lursan” D) “Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur”

7. “Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”. Ushbu misralarning muallifi bu yerda nimani nazarga tutayapti?

A) Muhabbat oliy tuyg’u B) “Ishqsiz eshak – dardsiz kesak” C) Inson – faqat muhabbat bilan yashashi kerak D) Muhabbat bilan umr – egizak

8. Lutfiyning “Bu ko’nguldur, bu ko’ngul” g’azaliga kim o’xshatma yozgan?

A) Mashrab B) Navoiy C) Furqat D) Nodira

9. “Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”. Deya ta’kidlagan adibni aniqlang.

A) A.Navoiy B) Xorazmiy C) Lutfiy D) Nodira

10. Kim zamonaviy o’zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asar yaratdi?

A) Mirmuhsin B) Shukrullo C) O’lmas O’marbekov D) Tohir Malik

11. “Musammat”ning lug’aviy jihatdan ma’nosi berilgan qatorni toping.

A) so’zdan so’zni ajratmoq B) tuymoq C) ipga terilgan marvarid D) bir-biriga munosib

12. O’zbek mumtoz adabiyotida to’qqiz misradan iborat she’riy san’at nima deb ataladi?

A) Mustasne’ B) Murabba’ C) Muxammas D) Muashshar

13. Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga auni kamol… Ushbu misrada qanday badiiy san’at qo’llangan?

A) ta’rix B) tanosib C) tajnis D) tazod
Firoqnoma”

1. Nodiraning “Firoqnoma” muashsharining oxirgi – o’ninchi bandi nima bilan boshlanadi?

A) An’anaviy hayotdan yozg’urishbilan B) An’anaviy oshiqqa murojaat bilan C) An’anaviy ollohga murojaat bilan D) An’anaviy mug’anniyga murojaat bilan

2. Nodira “Firoqnoma” asariga qanday taxallus tanlagan?

A) Komila B) Mohlaroyim C) Maknuna D) Nodira

3. Tasavvufiy adabiyotda nima ishqning komil bo’lganligiga ishora hisoblanadi?

A) o’zlikni anglash B) oliy zodga talpinish C) uzlatga chekinish D) ohu-nola chekish

4. Nodiraning “Firoqnoma” asari hozirgi o’zbek adabiyotida kimning qaysi she’ri o’rtasida bog’liqlik bor?

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov “Ayol” C) Abdulla Oripov “Alisherning onasi” D) To’ra Suloymon “Iltijo”

5. Nodiraning qaysi g’azalida bir yo’la ham Amir Umarxon, hamYaratganga ishora borligini sezish qiyin emas?

A) “Firoqnoma” B) “Eshit” C) “Fig’onkim…” D) “Na gul sayr et”
Nazariy ma’lumot. Musamman va muashshar

1. She’riy shakllar ko’p hollarda nimalarga bog’liq bo’ladi?

A) bandlarning necha misradan iboratligiga B) qofiya tizimiga C) bandlarning mazmuniga bo’gliq bo’ladi D) A, B

2. Qit’a ham baytlardan tashkil topadi. Lekin uning g’azaldan farqi nimada?

A) parcha, bo’lak ma’nosini anglatishida B) g’azaldan yulib olinganga o’xshashida C) ma’tlaning yo’qligida D) barchasi

3. «Bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa – maqtaydi, kimni yomon ko‘rsa, undan alamini oladi, g‘azal umumyo‘nalishiga u qadar bog‘lanmaydiganroq gapi bo‘lsa ham, shu yerda aytib qoladi» Mumtoz she’riyatdagi «begona bayt» haqida aytilgan yuqoridagi fikr kimga tegishli?

A) Erkin Vohidov B) Alisher Navoiy C) Abdulla Oripov D) Bobur

4. Mumtoz adabiyotda «begona bayt» tushunchasi nimani anglatadi?

A) tazmin san’ati qo‘llangan bayt B) oshiqona g‘azalning maqta’si C) raddul-matla’ san’ati qo‘llangan bayt D) maqta’dan oldingi bayt
Abdurauf Fitrat

1. Abdurauf Fitratning otasi qanday kasb bilan sho’g’illangan?

A) bazzoz B) sarrof C) savdogar D) bo’zchi

2. Fitratning dastlabki e’lon qilingan yirik kitobi va u qayerda chop etilgan?

A) “Sayha”, Buxoro B) “Munozara”, Samarqand C) “Munozara”, Istanbul D) “Sayha”, Istanbul

3. Fitratning “Munozara” asarining to’liq nomi keltirilgan qatorni ko’rsating.

A) “Bayonoti sayyohi hind” B) “Na’ra” C) “Mavludi sharif” D) “Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg’on munozarasi”

4. Fitrat o’z safdoshlari, ma’rifatparvarlari bilan qayerlarda yangi usul – jadid maktablari ochadi, bolalarga zamonaviy ta’lim berishni joriy qiladi?

A) Buxoro va Samarqand B) Turkiya va Qrimda C) Qrim va Karkida D) Shahrisabz va Karkida

5. Fitrat dramalari to’g’ri berilgan qatorni toping.

A) “Chin sevish”, “Shaytonning tangriga isyoni”, “O’guzxon” B) “Bedil”, “Chin sevish”, “Sayha” C) “Yurt qayg’usi”, “Begijon”, “Mavludi Sharif” D) “Muxtasar islom tarixi”, “Oila”, “Arslon”

6. “Bedil” ilmiy – ommabop ocherkining muallifini aniqlang?

A) Niyoziy B) Avloniy C) Behbudiy D) Fitrat

7. Vatanimizdagi Fitratshunos olimlar berilgan qatorni toping.

A) H.Boltaboyev, B.Qosimov B) I.G’aniyev, B.Ergashev C) Hamidulla Ne’matov, B.Qosimov D) A va B

8. 1920- yil oxirlarida Fitrat o’zining sadoqatli do’sti kimning taklifi bilan Buxoroga qaytgan?

A) Fayzulla Xo’jayev B) Ismoil Gasprinskiy C) Sadriddin Ayniy D) Mahmudxo’ja Behbudiy

9. Fitrat murojaat qilgan “Mirrix – Mars” yulduzi qaysi xalq urush xudosi hisoblanadi?

A) Xitoy B) Turkiya C) Rim D) Yunon

10. Fitratning “Mirrix yulduziga” nomli she’ridagi “Mirrix – Mars” yulduzi Hamal oyining homiysi hisoblanadi. Bu oyning unsuri – xos belgisi nima?

A) Quyosh B) Olov C) Nur D) Ko’klam

11. G’.G’ulomning “Yigitlarga” she’ri Fitratning qaysi she’ri asosida yozilgan?

A) “Go’zalim,bevafo Gulistonim” B) “Sayha” C) “Mirrix yulduziga” D) “O’git”

12. Fitratning “Go’zalim, bevafo Gulistonim” she’ri kimning ishqiy mavzudagi asarlariga hamohang yaratilgani ma’lum?

A) Usmon Nosir B) Cho’lpon C) Hamid Olimjon D) G’.G’ulom

4-DARS. XX ASR O’ZBEK ADABIYOTIDAN (davomi). (146-217-betlar)

Reja:

1. Abdurauf Fitrat (davomi).

2. Hamza Hakimzoda Niyoziy.

3. “Zaharli hayot yohud Ishq qurbonlari”.

4. G’afur G’ulom.

5. Nazariy ma’lumot. Qofiya.

6. Maqsud Shayxzoda.

7. “Mirzo Ulug’bek”.

8. “Mirzo Ulug’bek” tragediyasi haqida.
Abdurauf Fitrat

1. Qanday xayrli yordam bilan besh nafar iste‘dodli yoshlar, jumladan Fitrat Turkiyada tahsil olishga muvaffaq bo‘ldi?

A) «Tarbiyati atfol» xayriya jamiyati yordamida B) Buxoro amiri yordamida C) «Yosh buxoroliklar»

partiyasi yordamida D) Davlatmand oilalar yordamida

2. Fitratning qaysi she’ri quyidagi misralar bilan tugaydi? “Bormi senda qorin — qursoq yo‘lida Elin, yurtin, borin — yo‘g‘in sotqonlar?”

A) «Mirrix yulduziga» B) «O‘git» C) «Go‘zalim, bevafo gulistonim» D) «Yana yondim»

3. Fitrat adolatsiz jamiyat qurbonlarini «yo‘qsul» timsolida badiiy talqin etadi. Bu obraz qo‘llangan she‘rlarni belgilang.

1) «Mirrix yulduziga» ; 2) «Yana yondim» ; 3) «O‘git»; 4) «Go‘zalim»; 5) «Yurt qayg‘usi»

A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 3, 4 D) 5

4. Fitrat «Mirrix yulduziga» she‘rida nima uchun aynan shu yulduzga murojaat qiladi?

A) jang-u jadal timsoli B) shoirlar homiysi C) yaxshilik timsoli D) najot timsoli
Hamza Hakimzoda Niyoziy

1. Hamza qaysi jurnallarda maharrir bo’lib ishladi?

A) “Kengash” B) “Hurruyat” C) “Oyna” D) “Qizil bayroq”

2. Hamzaning “Mukamal asarlar to’plami” necha jilddan iborat?

A) 6 jild B) 5 jild C) 4 jild D) 2jild

3. Hamza tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uning necha jildlik asarlari chop etidi?

A) 4 jildlik B) 3 jildlik C) 5 jildlik D) 6 jildlik

4. Ayol ozodligi masalalarini yuqori badiiy pardada kuylay olgan ijodkor qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) G’afur G’ulom B) S.Ahmad C) Hamza D) T.Suloymon

5. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy she’riy” majmuasi necha turkumdan iborat?

A) 5 turkumdan B) 6 turkumdan C) 8 turkumdan D) 9 turkumdan
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации