Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar - файл n1.doc

Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar
скачать (990 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.doc990kb.20.11.2012 08:34скачать

n1.doc

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Saddi Iskandariy” dostoni

1. “Saddi Iskandariy” mazmunan qanday doston hisoblanadi?

A) ishqiy sarguzasht doston B) qahramonlik doston C) falsafiy doston D) ishqiy doston

2. Zulqarnayn so‘zi qanday ma’no anglatadi?

A) boshida muguzi (shoxi) bor B) adolat va diyonat rahnamosi C) kun chiqish va kun botish rahnamosi D) A, C

3. Navoiy “Xamsa” sidagi hajm jihatidan eng katta doston qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Sab’ai sayyor” C) “Saddi Iskandariy” D) “Farhod va Shirin”

4. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar devorining qurilish sababini aniqlang.

A) qirvonliklarni yajuj-majujlardan himoya qilish B) bosib olgan o‘lkalarga chegara bo‘lib xizmat qilishi uchun C) sel kelganda mamlakatni himoya qilish uchun D) barchasi to‘g‘ri

5. “Saddi Iskandariy” dostonida mag‘ribzamin deb qayer nazarda tutilgan?

A) butun dunyo B) sharq mamlakatlari C) g‘arb mamlakatlari D) Iskandar bosib olgan yerlar

6. Eshitdiki, Iskandari nomdor,

Chu bo‘ldi jahon ahlig‘a komgor, Ushbu jumladagi komgor so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) xo‘rlik B) yuksak C) saroy D) baxtli

7. “Saddi Iskandariy”dostonida yajuj- majujlar kimlar edi?

A) hunarmandlar B) vahshiylar C) odamxo‘rlar D) devlar


3-DARS. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (davomi). (106-156-betlar)

Reja:

1. Zahiriddin Muhammad Bobur.

2. “Boburnoma”.

3. Nazariy ma’lumot. Memuar asar.

4. Boborahim Mashrab.

5. Mashrab she’riyatidan.

6. Qissai Mashrab.

7. Nazariy ma’lumot. Tasavvuf va tasavvuf atamalari.

8. Muhammad Rizo Ogahiy.

9. Nazariy ma’lumot. Tashxis.
Zahiriddin Muhammad Bobur

1. Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdin qon ravon qildi,

Nechun holim yamon qildi, men andin bir so‘rorim bor. Ushbu baytda qaysi she’riy san’atdan mohirona foydalanilgan?

A) tajnis B) tanosub C) tarse’ san’ati D) hasbi hol

2. Visolinkim tilarmen nozini xush tortqil, Bobur

Ki, olam bog‘ida topmoq guli bexor mushkuldur. Baytda qo‘llanga bexor so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) beor B) hidini topmoq C) tikonsiz D) husn

3. Sendek menga bir yori jafokor topilmas,

Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Bobur yuqoridagi baytda qanday she’riy san’atlardan foydalangan?

A) tanosub, tazod B) tajnis, tarse’ C) tashbeh, hasbi hol D) tazod, tarse’

4. Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,

Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.

Kobulda iqomat qildi Bobur dersiz,

Andoq demangizki, muqim ermasmen. Ushbu ruboiydagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qanday ma’no ifodalagan?

A) erkin, tanga, yashab qolmoq, turg‘un B) loqayd, tirik, ochko‘z C) loqayd, faqir, xasis D) to‘g‘ri javob berilmagan
Boburnoma”

1. Bobur “Boburnoma” asarida Andijon tasvirini keltirayotganda musiqa ilmida mashhur bo‘lgan kishi nomini keltirib o‘tadi. Ushbu zot nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Yusuf Xoja B) Xoja Ismoil Xartang C) Imom al-Buxoriy D) Ulug‘bek

2. “Yana pushtai Ko‘hakning domanasida g‘arb sori bog‘e solibtur Bog‘i Maydonga mansub. Bu bog‘ning o‘rtasida bir oliy imorat qilibtur …derlar. Du oshyona, sutunlari tamom toshdin”. “Boburnoma”dan olingan yuqoridagi parchada qaysi imorat haqida gap bormoqda?

A) Laqlaqa B) Chiniyxona C) Chilsutun D) Ko‘hak

3. “Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vale’ ikki meva Samarqanddin mashhurdir” “Boburnoma”dan olingan yuqoridagi parchada qaysi mevalar haqida gap bormoqda?

A) sebi Samarqand, sohibi Samarqand B) noshvoti va uzum C) qovun va uzum D) olma va anor

4. Bobur “Boburnoma”da qayerga to‘qqiz ariqdan suv kirishini va bittasini ham chiqib ketmasligini aytib o‘tadi?

A) Farg‘ona B) Andijon C) Samarqand D) Xiva

5. Bobur “Boburnoma”da qayerning yetti shaharchasi borligini ta’kidlaydi?

A) Farg‘ona B) Andijon C) Samarqand D) Xiva

6. Rubi maskun so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) yer yuzining 4 tarafi B) yaxshi asar C) katta yo‘l D) A, B
Nazariy ma’lumot. Memuar asar

1. Memuar asarlarning qanday turlari ko’proq uchraydi?

A) ilmiy va badiiy B) tarixiy va ilmiy C) publitsistik va tarixiy D) badiiy va tarixiy

2. Qanday asarlar memuar asar hisoblanadi?

A) muallifning o‘zi qatnashgan, bevosita yoki ko‘zi bilan ko‘rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar B) muallifning o‘zi qatnashmagan, bevosita guvohi bo‘lmagan noreal voqealar haqida hikoya qilingan asar C) o‘zganing estaliklari asosida dunyoga kelgan asar D) bunday asarlar malum tarixiy sharoitdagina yaratiladi

3. O‘zbek adabiyotidagi memuar asarlarning nodir namunasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Oybek “Bolalik”, G‘.G‘ulom “Shumbola” B) A.Qahhor “O‘tmishdan ertaklar”, Jonatan Svift “Guliverning sayohatlari” C) Oybek “Bolalik”, A.Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” D) barchasi

4. Memuar asarlar badiiy to‘qimalarning yo‘qligiga ko‘ra qanday asarlarga yaqin turadi?

A) falsafiy B) didaktik C) ilmiy D) tarixiy

5. O‘zbek adabiyotida memuar asarlarning qanday turlari uchraydi?

A) tarixiy memuar B) badiiy memuar C) fantastik –sarguzasht memuar D) A, B

6. Memuar asarlarda qanday xususiyat asosiy o‘rinda turadi?

A) hikoyachining o‘zi B) hikoyachining nuqtai nazari C) hikoyachining ma’naviy saviyasi D) A, B
Boborahim Mashrab

1. Mashrab hayotiga oid so‘ngi ma’lumotlar bizgacha qaysi asar orqali yetib kelgan?

A) Bog‘istoniyning “Tazkirai qalandaron” asari orqali B) Jaloliddin Yusupovning “Mehribonim qaydasan” asari orqali C) Mashrabning “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlari orqali D) Dilshodi Barnoning “Tarixi muhojiron” asari orqali

2. Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asari qanday tusdagi asarlar sirasiga kiradi?

A) badiiy-ahloqiy asar B) diniy-falsafiy asar C) diniy va ilmiy asar D) A va B

3. Arz so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ti berilgan?

A) lochin B) ishonarli C) yer shari D) qiynamoq

4. Boborahim Mashrab hayoti haqida malumot beruvchi asar hisoblangan “Qissai Mashrab”da keltirilishicha, u bolaligidanoq qanday tabiatga ega bo‘lgan?

A) majnun tabiat B) so‘fiy surat C) odamovi D) barchasi

5. Boborahim Mashrab o‘spirinligida qayerda go‘riston bo‘lsa o‘sha joyni ziyorat qilib odamlarning suyaklarini ko‘rib qanday so‘zlarni aytib yig‘lab yurar edi?

A) Ey odamzod, boradigan joying shu bo‘ldimi B) Ey odamzod, oxir o‘lib boshingga tushadigan ish bu C) Ey odamzod, safaringni yakunimi bu D) to‘g‘ri javob keltirilmagan

6. Boborahim Mashrabdagi g‘amginlik “Xamsa” dostoning qaysi qahramonlari g‘amginligiga o‘xshab ketadi?

A) Iskandar B) Qays C) Abu Salom D) A, B

7. Boborahim Mashrabning nisbatan mukammal she’riy to‘plamini nashr etilishida qaysi adabiyot jonkuyarining xizmati beqiyos hisoblanadi?

A) Said Ahmad B) Jaloliddin Yusupov C) Oybek D) G‘.G‘ulom

8. Boborahim Mashrabning 1990- yilda nashr etilgan “Mehribonim qaydasan” nomli she’riy to‘plamida qaysi janrdagi she’rlar jamlangan?

1. gazal 2. tuyuq 3. mustazod 4. qit’a 5. marabba 6. qasida 7. muxammas 8. muashshar

A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,3,5,6,7 C) 1,3,5,7 D) 1,3,5,8

9. Yaratganni xohishi – irodasini, hikmatini, jamolini, qudratini bilishga anglashga yo‘naltirilgan ilm nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) so‘fiylik ilmi B) tasavvuf ilmi C) qodiriylik ilmi D) barchasi

10. Boborahim Mashrab insonga uning moddiy mavqeyidan kelib chiqib emas, balki qaysi fazilatidan kelib chiqib yondashadi?

A) falsafiy B) ma’naviy C) ro‘hiy D) so‘fiy

11. Qaysi ijodkor ko‘ngildagi ishq olovi qanday bo‘lsa shundayligicha she’rga ag‘daradi?

A) Ofoqxo‘ja B) Boborahim Mashrab C) Mansuri Xalloj D) Yassaviy

12. Qaysi muallif ishqi ilohiyni ramziy shariat doirasidan uzoqlashmagan holda aks ettiradi?

A) Yassaviy B) Boborahim Mashrab C) Mansuri Xalloj D) Ofoqxo‘ja

13. Lomakonlik faqat kimga xos….

A) Boborahim Mashrab B) Xudoga C) payg‘ambarga D) barchasi

14. Fashu dastor so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) qamishzor B) dunyo C) salla va pechi D) yo‘q

Mashrab she’riyatidan

1. Mashrab asarlarida qo‘llanilgan nayiston so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) dunyo B) salla C) yo‘q D) qamishzor

2. Taqi so‘zi Mashrab g‘azallarida qanday ma’no kasb etadi?

A) ozod B) yashirin C) tag‘in D) rad etilgan
Qissai Mashrab

1. …Shoh Mashrab iydgohga keldilar. Ushbu jumladagi iydgoh so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) qiynalish B) saylgoh C) qabriston D) so‘fiylik uyi

2. “Qissai Mashrab”da Mashrabdan Xo‘ja Hofiz Sheroziy gazallaridan o‘qishini so‘ragan zot qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Ofoq Xo‘ja B) Mulla Bozor C) Mulla Boqi D) Mulla Oxund

3. “Qissai Mashrab”da aytilishicha Mashrab Ofoqxo‘ja xonadonida necha yil o‘tin, suv tashiydi va qancha vaqt ostonada yotadi?

A) 1yil o‘tin tashiydi, 3 yil suv tashiydi, 3 yil ostonada yotadi B) 3 yil o‘tin tashiydi, 3 yil suv tashiydi, 3 yil ostonada yotadi C) 3 yil o‘tin tashiydi, 3 yil suv tashiydi, 1 yil ostonada yotadi D) 3 yil o‘tin tashiydi, 1 yil suv tashiydi, 3 yil ostonada yotadi

Nazariy ma’lumotlar. Tasavvuf va tasavvuf atamalari

1. Tasavvuf ta’limotining maqsadi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) komil insonni tarbiyalash B) so‘fiylikni targ‘ib etish C) ruhiyatni poklash D) barchasi

2. Barcha musilmonlar uchun xos bo‘lib, majburiy va islomiy hukmlar, yo‘riqlar majmuasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) tariqat B) shariat C) toat D) ilm

3. Tariqat yo‘liga kirgan kishi tasavvufda qanday ataladi?

A) so‘fiy B) solik C) murid D) barchasi

4. Tasavvuf adabiyotida markaziy tushuncha bu…

A) yor B) ishq C) din D) boda

5. Ishq ko‘pincha qanday istiloh orqali ifodalanadi?

A) may B) sharob C) mast D) may va sharob

6. Tasavvufda tariqat yo‘liga kirgan kishi qanday nomlar bilan atalgan?

1) so‘fiy; 2) pir; 3) oshiq; 4) solik; 5) murid; 6) orif; 7) murshid; 8) devona; 9) darvesh; 10) mushfiq; 11) valiy; 12) majnun

A) 1, 3, 8, 10 B) 1, 7, 11 C) 1, 4, 5, 9 D) 1, 4, 6, 8

7. Dunyo – so‘fiylar nazdida qanday tasvirlangan?

A) nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqe’lik B) saylgoh, ommaviy bayramlar maydoni C) Charxi kajraftor D) Razolat va Zalolat maydoni

8. Tasavvufda “tarso” atamasi qaysi din vakillariga nisbatan ishlatilgan?

A) buddiizm B) nasroniy C) islom D) otashparastlik

9. Quyidagi istilohlardan qaysi biri tasavvufda o‘zini Olloh ishqiga yetishmoqqa baxshida etgan inson ma’nosida qo‘llangan?

1) soqiy; 2) yor; 3) tarso; 4) so‘fiy

A) 1, 2 B) 1, 3, 4 C) faqat 3 D) 1, 2, 3, 4
Muhammad Rizo Ogahiy

1. Ogahiyning 1844- yilda Xiva xonligini tarixini shu yilgacha bo‘lgan voqealarini o‘z ichiga olgan asari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) “Firdavs ul- iqbol” B) “Riyoz ud- davla” C) “Shohidi iqbol” D) “Ta’viz ul-oshiqin”

2. Qaysi ijodkor arab alifbosidagi nun va sod harflaridan foydalanib yor go‘zalligini o‘ziga xos tasvirini yaratdi?

A) Ogahiy B) Navoiy C) Jomiy D) Lutfiy

3. Qanday vositalar Ogahiyni ijodga izlanishga undadi?

A) kuchli iroda B) hayotni sevish C) ijodga bo‘lgan qiziqish D) A, B

4. Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devonida qancha janrdagi lirik meros jamlangan?

A) o‘ndan ortiq B) yigirmadan ortiq C) o‘ttizdan ortiq D) barchasi

5. Ogahiyning ijodida suvni suzuk deb sifatlash adabiyotdagi qanday hodisa sanaladi?

A) yangilik B) doimiylik C) qadimiylik D)A, B

6. Ogahiyning devonida qanday mavzuga doir she’rlar jamlangan?

A) ijtimoiy-siyosiy B) axloqiy C) didaktik D) barchasi

7. Ogahiyning “Qasidai nasihat” asari qanday mazmunda yozilgan?

A) davlat va siyosatga munosabat shaklida B) siyosiy va didaktik mazmunda C) Muhammad Rahimxoni Soniy madhiyasiga bag‘ishlab yozilgan D) A va B

8. Ogahiyning “Dahr uyi bunyodkim suv uzradir mahkam emas” deb boshlanuvchi asari qanday mazmunga ega?

A) tasavvufiy B) falsafiy C) didaktik D) A, B

9. Ogahiyning qaysi asari adabiyotimiz tarixida didaktik lirikaning yorqin namunasi hisoblanadi?

A) “Qasidai nasihat” B) “Riyoz ud- davla” C) “Shohidi iqbol” D) “Ta’viz ul-oshiqin”

10. Asru so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) motam B) yurak C) benihoya D) g‘amli

11. Vuquf so‘ziga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan?

A) miskinlar B) g‘amli C) xabardor D) balalik

12. Faqat Ogahiy qalamiga mansub asarlar berilgan javobni toping.

1) “Sabot ul-ojizin”; 2) “Riyoz ud-davla”; 3) “Ta’viz ul-oshiqin”; 4) “Kimyoi saodat”; 5) “Shoh va gado”; 6) “Zubdat ul-tavorix”

A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 3 D) 3, 5, 6

13. Ogahiy qalami ostida o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar keltirilgan javobni aniqlang.

A) “Haft paykar”, “Guliston”, “Shoh va gado”, “Yusuf va Zulayxo” B) “Gulistoni davlat”, “Yusuf va Zulayxo”, “Shohidi iqbol”, “Kimyo” C) “Haft paykar”, “Yusuf va Zulayxo”, “Bahoriston”, “Shoh va gado” D) “Firdavs ul-iqbol”, “Riyoz ud-davla”, “Sabot ul-ojizin”, “Ravzat us-safo”

14. Ogahiy “Ustuna” radifli g‘azalining birinchi baytida qaysi badiiy san’atdan ustalik bilan foydalangan?

A) tazod B) kitobat C) talmeh D) ta’did

15. Ogahiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Shoh va gado” asarining muallifini aniqlang.

A) Badriddin Xiloliy B) Badriddin Chochiy C) Maleho Samarqandiy D) Davlatshoh Samarqandiy
Nazariy ma’lumot. Tashxis

1. O‘zagi arabcha shaxs bo‘lgan mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llaniladigan badiiy tasvir vositalaridan biri qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) tashxis B) tazod C) talmeh D) tarse’

2. Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli

Ango bo‘ldi magarim doya navro‘z. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) tazod B) talmeh C) tarse’D) tashxis

3. Baytlarda tashxis san’ati uchun qanday xususiyat ahamiyatli hisoblanadi?

A) insonning o‘zidagi holat B) xislat va fazilat C) ruhiyat D) A, B

4.Tashxis so‘zining old qo‘shimchasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) is B) ta C) xis D) tash

4-DARS. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (davomi). YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI. (157-208-betlar)

Reja:

1. Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat.

2. Nazariy ma’lumot. G’azal va Musamman.

3. Yangi o‘zbek adabiyoti. Abdulla Qodiriy.

4. “O‘tkan kunlar”.

5. “O‘tkan kunlar” romani to‘g‘risida

6. Nazariy ma’lumot. Badiiy asarda milliy ruh ifodasi.

7. Abdulhamid Suloymon o‘g‘li Cho‘lpon.

8. Abdulhamid Suloymon o‘g‘li Cho‘lpon she’rlari to‘g‘risida.

9. Nazariy ma’lumot. Ijtimoiy intim lirika.
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat

1. Furqat ijodiy merosida to‘rt ilmiy asar uchraydi. Ushbu asarlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) “To‘y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Nuh manzar”, “Haftiyak” B) “Nuh manzar”, “Chor darvish”, “Hammomi xayol”, “Haftiyak” C) “To‘y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Aza tavsifi”, “Ilmi ash’orning qoidai avzoni” D) “Ilmi ash’orning qoidai avzoni”, “Chor darvesh”, “To‘y tavsifi”, “Chor darvish”

2. Furqatning “Aza tavsifi” deb atalgan asari qanday xarakterga ega?

A) etnografik B) didaktik C) ilmiy D) falsafiy

3. Furqat ijodiga mansub “Sabog‘a xitob” she’ri qanday ruhda yozilgan?

A) vatan sog‘inchi B) yoshlarga xitob C) do‘stlar sog‘inchi D) A, C

4. Quyidagi adabiy turlardan qaysilari Furqatning ijodida ustuvor ahamiyat kasb etadi?

1) tarjima; 2) pand-nasihat; 3) publitsistik, nasriylik; 4) noma; 5) madhiya; 6) ilmiylik; 7) lirika; 8) tarixnavislik; 9) tasavvufiylik

A) 1, 4, 6, 9 B) 1, 2, 5, 8 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 6, 7

5. Furqatning qalamiga mansub aruz vaznining qoidalari haqidagi asar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) “Ilmi ash’orning qoidai avzoni” B) “Gap tarifida” C) “Nuh manzar” D) A va C

6. Furqat tarjimalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) “Aza tavsifi”, “Haftiyak”, “Chor kitob” B) “Chor darvish”, “To‘y tavsifi”, “Haftiyak” C) “Hammomi xayol”, “Chor darvish”, “Nuh manzar” D) “Chor darvish”, “Chor kitob”, “Haftiyak”

7. “Hammomi xayol” risolasining muallifini aniqlang.

A) Zavqiy B) Furqat C) Ogahiy D) Muqimiy

8. Furqat “Chor darvish” “Nuh manzar” asarlarini qaysi tildan o‘zbek tiliga o‘girgan?

A) arab B) fors C) urdu D) yunon

9. Furqatning ijodiy merosi qaysi turdagi asarlarni o‘z ichiga oladi?

1.lirika 2. publisistika 3. nasriy asarlar 4. tarjimalar 5. didaktik asrlar 6. tanqidiy asrlar 7. ilmiy asarlar

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 4, 5, 6, 7, 8

10. Furqatning ijodiy merosini qanchasini ilmiy asarlar tashkil etadi?

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

11. Furqatning dunyoqarashini shakllanishini aniqlashda qaysi asar ahamiyatli hisoblanadi?

A) “Nuh manzar” B) “Chor darvish” C) “Furqatnoma” D) “Hammomi xayol”

12. Furqatning lirikasida qanday ohanglar salmoqli o‘rin tutadi?

A) orzu, niyat B) g‘urbat, hasrat C) dard, hasrat D) faollik, yangilik

13. Savsan so‘zining lug‘aviy ma’nosi aniqlang.

A) yoqa B) gulsapsar C) qo’g‘agul D) B, C
Nazariy ma’lumot. G‘azal va musamman

1. Turkiy tildagi ilk g‘azallar kimlarning ijodida uchraydi?

A) Navoiy, Rabg‘uziy B) Muso Xorazmiy, Rabg‘uziy C) Xorazmiy, Rabg‘uziy D) A, B

2. Ishqiy kechinmalar ifodasi sifatida vujudga kelgan asarlar…

A) musamman B) g‘azal C) qasida D) munojot

3. Ilmiy adabiyotda g‘azallarning hajmi qancha baytni tashkil qiladi?

A) 3 baytdan 19 baytgacha B) 4 baytdan 14 baytgacha C) 5 baytdan 14 baytgacha D) 3 baytdan 16 baytgacha

4. Qaysi qatorda musammanning qofiyalanishi to‘g‘ri berilgan?

A) a,a,a,a,a, b,a,a B) a,a,a,a,a,a,a,a, C) b,b,b,b,a,a,a,a D) b,b,b,b,b,b,b,b

Abdulla Qodiriy

1. Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotida qaysi janr xusuyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi?

A) hikoyachilik B) romanchilik C) hajviyachilik D) qissanavislik

2. Abdulla Qodiriyning ilk bor NKVD tomonidan qamoqqa olinishiga qaysi maqola sabab bo‘lgan?

A) “Matbuot kuni” B) “Yig‘indi gaplar” C) “1918- yil yodgori” D) “Yangi masjid va maktab”

3. Abdulla Qodiriyning nasriy asarlarini aniqlang.

A) “Baxtsiz kuyov”, “Obid ketmon”, “Toshpo‘lat tajang nima deydir?” B) “Kalvak mahzumning xotira daftari”, “Juvoboz”, “Obid ketmon” C) “Uloqda”, “Obid ketmon”, “Kalvak mahzumning xotira daftaridan” D) “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” ,“Toshpo‘lat tajang nima deydir?”

4. Abdulla Qodiriyning qutlug‘ nomi va asarlari qochondan boshlab xalqqa qaytarila boshlandi?

A) 1950- yil B) 1953- yil C) 1991- yil D) 1958- yil
O‘tkan kunlar”

1. Abdulla Qodiriy qaysi asarida millat tarixining “eng kirlik, qora kunlari”ni tasvirlaydi?

A) “O‘tkan kunlar” B) “Mehrobdan chayon” C) “Uloqda”, “Obid ketmon” D) Kalvak mahzumning xotira daftari”

2. “1264- hijriy dalb oyining o‘n yettinchi qish kunlarining biri, quyosh botgan, tevarakdan shon azoni eshitiladir” Ushbu jumla qaysi asardan olingan?

A) “Kecha va kunduz” B) “Navoiy” C) “Mehrobdan chayon” D) “O‘tkan kunlar”

3. “O‘tkan kunlar” romanidagi yasama xatlarni uyishtirgan salbiy qahramonlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Sodiq B) Xomid C) Xushro‘ybibi D) Janat opa

4. Shundan keyin so‘radi xansiragan xayajonlangan bir tovush bilan so‘radi “Siz o‘shami” Ushbu jumla qaysi asarda keltirilgan?

A) “O‘tkan kunlar”B) “Navoiy” C) “Ulug‘ yo‘l” D) “Kecha va kunduz”

5. “O‘tkan kunlar” romani qahramoni Otabek qaynotasi Mirzakarim quttidor bilan qayerda tanishadi?

A) Akrom hojining uyida B) Mirzakarim quttidorning uyida C) Ziyo shoirning uyida D) A, B

6. “O‘tkan kunlar” romanida g‘am -hasratda ko‘yib, qismati Otabekdan ham og‘irroq bo‘lgan g‘arib insonni aniqlang.

A) Hasanali B) Usta olim C) Kumush D) Oybadoq

7. “O‘tkan kunlar” romanida Ozbekoyim kimni andi deb baholaydi?

A) Kumushbibini B) Zaynabni C) Oftoboyimni D) Hasanali
O‘tkan kunlar” romani to‘g‘risida

1. Buguni mustahkan, ertasi poydor bo‘lishini istagan har bir xalq nimani yaxshi bilmog‘i shart?

A) kelajakni B) o‘tmishni C) adabiyotni D) A, B

2. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining keng ommalashuviga qanday xususiyati sabab bo‘lgan?

A) millatning yuksak va tuban jihatlarini aks ettirishi B) asarda tarix aks etgani C) millarning yuksak tasvilanmagani D) A, B

3. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani personajlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Sultonali, Ra’no, Zokir, Otabek B) O‘zbekoyim, Yusufbek hoji, Mirzakarim Quttidor, C) Oftoboyim, Zaynab, Sultonali, Otabek D) Soliq mahdum, Anvar, Safar
Nazariy ma’lumot. Badiiy asarda milliy ruh ifodasi

1. Yer yuzida odamlar nimalarga bo‘linib yashashadi?

A) irqlarga B) tabaqalarga C) millatlarga D) A, B

2. Har bir millat qanday xususiyati bilan boshqa millatlardan ajralib turadi?

A) o‘ziga xos tartibga amal qilgani uchun B) o‘ziga xos tartibga amal qilmagani uchun C) o‘ziga xos tartibga ruhiyatga amal qilgani uchun D) A, B

3. Qaysi qatorda tashqi belgi bo‘lmagan ichki holatning ma’nosi to‘g‘ri berilgan?

A) o‘ziga xoslik B) milliylik C) jangavorlik D) qo‘pollik

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon

1. “Qalandar”, “Mirza qalandar”, “Q”, “Andijonlik” taxalluslarida ijod qilgan shoir nomini aniqlang.

A) A.Qodiriy B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza

2. Adabiyotni “…chang va tuproqlar to‘lgan ko‘zlarimizni artib, ayhonnos buloq suvi”ga o‘xshatgan shoir nomi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Fitrat B) A.Qodiriy C) Cho‘lpon D) to‘g‘ri javob berilmagan

3. “Millatchi” so‘zi turkiy tillarda qanday kishilarga nisbatan ishlatiladi?

A) O‘z millatini sevgan, butun harakatini uning yuksalishiga qaratgan kishilarga nisbatan. B) Boshqa millat vaklillarini yomon ko‘radigan kishilar. C) Boshqa millat vaklillarini sevgan va jonidan kechishga tayyor kishilar. D) O‘z millatini, boshqa millatlardan ustun qo‘yadigan kishilarga.

4. Muhabbatning keng saroyida yo‘lini yo‘qotgan oshiq holati Cho‘lponning qaysi she’rida ifodalangan?

A) “Ko‘ngil” B) “Buzilgan o‘lkaga” C) “Go‘zal” D) “Qalandar ishqi”

5. 1927- yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan II quriltoyda respublika rahbarlaridan biri A.Ikromov tomonidan ijodi “g‘oyaviy tuturuqsiz” deya qoralangan shoirni aniqlang.

A) Cho‘lpon B) U.Nosir C) Fitrat D) barcha javoblar to‘g‘ri

6. Gogolning “Tergovchi”, J.Frankning “Feruza”, Andreevning “Osilgan yetti kishining hikoyasi” asarlarini o‘zbekchalashtirgan shoirni aniqlang.

A) U.Nosir B) Fitrat C) to‘g‘ri javob yo‘q D) Cho‘lpon
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon she’rlari to‘g‘risida

1. Cho‘lpon bir qancha janrda ijod qilgan bo‘lsa ham u tabiatiga ko‘ra…

A) chin inson edi B) shoir edi C) yozuvchi edi D) A, B

2. Cho‘lponning she’rlarida shoirning qaysi jihatlari yaqqol bo‘rtib turadi?

1. yoniq yurak 2. olovli shaxsiyat 3. obrazlarni shiriflash 4. tarix 5. isyonkor tabiat

A) 1,2,5 B 1,2,3,4,5 C) 1,2,3 D) 2,3,4,5

3. O‘zbek adabiyotida hech bir ijodkor Cho‘lpondek … vaziyatda ijod qilmagan. Ushbu jumladagi nuqtalar o‘rniga mos so‘zni aniqlang.

A) og‘ir B) qayg‘uli C) qaltis D) ijtimoiy

4. “Sen-da odam, sen-da insonsen” deya ko‘ngilni inson darajasiga ko‘targan shoirni aniqlang?

A) Cho‘lpon B) Oybek C) U.Nosir D) Hamza
Nazariy ma’lumot. Ijtimoiy va intim lirika

1. Cho‘lponning qaysi bir she’rida intim lirika yetakchilik qiladi?

A) “Qalandar ishqi” B) “Yong‘in” C) “Buzilgan o‘lkaga” D) A, C

2. Ijod tajribasidan ma’lumki lirik asarlar qanday turlarga bo‘linadi?

A) intim B) ijtimoiy C) A, B D) ramziy

3. Qanday ihtiyoj intim yo‘nalishdagi she’rlarning boshqalar tomonidan ham sevib o‘qilishiga sabab bo‘ladi?

A) o‘zgalarning holatini tuyush B) boshqalarning sezimlarini his etish C) boshqalarning ko‘ngil kechinmalarini his etish D) A, B

4. Nima uchun sof yoki intim lirikada tuyg‘ular shaxsiy bo‘lsada u insonga yuqadi?

A) tuyg‘ular go‘zal bo‘lgani uchun B) tuyg‘ular go‘zal va tasirchan bo‘lgani uchun C) she’r shaxsiy dardni ifodalagni uchun D) A, B

5. Cho‘lponning ijtimoiy lirikaga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan she’rini aniqlang.

A) “Qalandar ishqi” B) “Yong‘in” C) “Buzilgan o‘lkaga” D) B va C

6. Quyidagi qaysi ta’rif intim lirikaga xos?

1) lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “eng ichki” degan ma’noni anglatadi; 2) grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “eng ichki” demakdir; 3) shoirning bevosita unga tegishli sezim, tuyg‘u holatini tasvirlaydi; 4) turli ijtimoiy illatlar oqibatida tug‘yonga kelgan sezim ifodasi.

A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4

7. “Yig‘lar yuragimda vatanim” deya nola chekkan ijodkorni aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Oybek D) Hamza


5-DARS. YANGI O‘BEK ADABIYOTI (davomi). (208-258- betlar.)

Reja:

    1. “Kecha va kunduz”.

    2. “Kecha va kunduz” romani to‘g‘risida

    3. Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek.

    4. “Qutlug‘ qon”.

    5. “Qutlug‘ qon” romani to‘g‘risida.

    6. Nazariy ma’lumot. Roman janri haqida.


Kecha va kunduz ”

1.Cho‘lponning “Kecha va kunduz ” romani qachon to‘liq nashr etildi?

A) 1934- yil B) 1936- yil C) 1937- yil D) 1938- yil

2. “Kecha va kunduz ” romanidagi Razzoq so’fi faqat kimning so‘zlarinigina haqiqat deb biladi?

A) Qurbonbibining B) Zebining C) Eshonning D) Akbaralining

3. Qaysi asarda o‘z soddaligi husni, odobi, noyob istidodi tufayli o‘quvchilar mehrini qozongan xaqiqiy o‘zbek qizi timsoli aks etgan?

A) “O‘tkan kunlar”da Kumush B) “Mehrobdan chayonda”da Ra’no C) “Qutlug‘ qon”da Gulnor D) “Kecha va kunduz ”da Zebi

4. “U uydan goh yosh kelinning quvnoq va bolalarcha kulishi, goh qari kuyovning xursand qiyqirishlari, goh bo‘lsa, yangi qayliqning yo‘lga sarbli dutori bilan shirin va shiralik ovozi, goh bo‘lsa yangi keltirilgan gromafonda Netayxonning qichiq yallalari eshitiladi”. Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan?

A) A.Qodiriy “Mehrobdan chayon” B) A.Qodiriy “O‘tkan kunlar” C) Cho‘lpon “Kecha va kunduz” D) Oybek “Qutlug‘ qon”

5. Jamiyat oldida gapirishni sevmaydigan, o‘zining imomlik vazifasiga ham juda rasmiy ravishda qaraydigan; uyidan jom’ga kelib, jom’dan uyiga qaytguncha salom-alikdan boshqaga og‘iz ochmaydigan, onda sonda yangi kelinchakdek muloyim va yumshoq yo‘talib qo‘yadigan ingichka ovozli… Ushbu ta’rif “Kecha va kunduz” romanining qaysi qahramoniga xos xususiyat?

A) Eshon bobo B) Noib To‘ra C) Razzoq So’fi D) Imom Domla

6. “U, kishini berishga o‘rgatish qiyin! U kishi shuncha badavlat bo‘la turib eshikdan gadoy kirsa qo‘liga qaraydi: “Nazri yo‘qmikan?” – deb”. “Kecha va kunduz” romanida Razzoq So’fi tamonidan aytilgan bu so‘z kimga tegishli?

A) Eshon bobo B) Noib To‘ra C) Razzoq So‘fi D) Imom Domla

7. Qaysi roman qahramoni og‘zida to‘la osh bilan “Netayxon aylanay yodimga tushdi- e…” deb xirgoyi qiladi?

A) “O‘tkan kunlar” B) “Qutlug‘ qon” C) “Kecha va kunduz” D) “Mehrobdan chayon”

8. Qaysi asar qahramoni quyidagicha kiyingan edi-Ustida qora barqut, paranji, qora chimmat oyog‘ida qora amirkon mahsi-kavush?

A) Zunnun B) Zebi C) Hamrobibi D) Akbaralining birinchi xotini

9. Cho‘lponning hurkak ohu singari go‘zal va ilojsiz qahramonini aniqlang.

A) Zebi B) Zunnun C) Hamrobibi D) Poshshaxon

10. Foniy dunyo be- esh kundir, be- esh kundir, ho – ov,

So‘filik ahdi – in sindur, ahdin sindur, ho – ov. “Kecha va kunduz” romanida yuqoridagi qo‘shiq kimning tilidan aytilgan edi?

A) Zebi B) Razzoq so‘fi C) Eshon bobo D) Fazilatxon

Kecha va kunduz” romani to‘g‘risida

1. “Kecha va kunduz” romanida umri to‘rt devor orasida o‘tayotgan, na tirikchilikdan, na erkdan yalchigan qahramonni aniqlang.

A) Zebi B) Qurvonbibi C) Zunnun D) Fazilatxon

2. “Kecha va kunduz” romaning qaysi qahramoni tom ma’noda o‘zini “muhit erki” ga bergan edi?

A) Zebi B) Qurvonbibi C) Zunnun D) Fazilatxon
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek

1. Oybekning so‘zga mehr qo‘yishida kimning hissasi katta bo‘lgan?

A) onasining B) otasining C) ustozining D) Qodiriyning

2. Xayol daryosi keng edi menda o‘qtin -o‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bitta yarimta she’r yozib ham qo‘yardim. Ushbu fikr muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Cho‘lpon B) Abdulla Qodiriy C) Oybek D) A.Qahhor

3. Oybek oriq novcha yigit bo‘lib, qo‘ng‘ir sochlari do‘ppisidan toshib turardi. Ushbu fikrlar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) G‘.G‘ulom B) Zulfiya C) Said Ahmad D) Zarifa Saidnosirova

4. “Qutlug‘ qon” romanida Yo‘lchi tog‘asi Mirzakarimboynikidan ketganidan so‘ng singlisi Unsinni qancha paytdan so‘ng qayta ko‘rashga musharrav bo‘ladi?

A) 2 oy so‘ng B) 3 oy so‘ng C) 1 oy so‘ng D) 5 oy so‘ng
Qutlug‘ qon”

1. “Qutlug‘ qon” romaniga Oybekning Petrov timsolini kiritish sababini aniqlang.

A) qo‘zg‘olon va uning boshlanishini ochib berish uchun B) asar muhokamasi chog‘ida adibni asar ichiga inqilobchi kuchlar va rus proletariat vakillarini kiritmaganlikda ayblaganlari uchun C) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishda rus bosqinchilari tomonidan ezilganini ko‘rsatish uchun D) barcha javoblar to‘g‘ri

2. Oybekning “Qutlug‘ qon” romanini yozishdan asosiy maqsadini aniqlang.

A) qo‘zg‘olon va uning sabablarini ko‘rsatish B) bu davr kishilari ruhiyatini, ularning ko‘nglidagi ezgulik va yomonlikka munosabatini ko‘rsatish C) yangilanib borayotgan davr va unda yashashi lozim bo‘lgan odamlar tabiati o‘rtasidagi muvofiqlik kabi jihatlarni aks ettirmoqchi edi D) B, C

3. Qaysi adib o‘zining asarida tasvirlangan voqealar guvohi bo‘lgan?

A) Odil Yoqubov B) Oybek C) H.Olimjon D) P.Qodirov

4. “Qutlug‘ qon”asari markazida nima turadi?

A) Qo‘zg‘olon B) Bosh qahramon – Yo‘lchining hayoti C) Yo‘lchi, Gulnor, Shokir ota, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha kabilarning taqdiri D) to‘g‘ri javob berilmagan

5. “Qutlug‘ qon” romanning bosh qahramoni Yo‘lchi obraziga xos sifatlarni aniqlang.

A) mard, oqko‘nglik B) halol va oliyjanob C) A va B D) faqat A javob to‘g‘ri

6. “Oybek butun yoz ichi bog‘dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk ijod egasi edi. Shuning uchun ham u o‘ta tahlikali va fojiali kunlarda, g‘urbat yutib kechirilgan hayotida “Qutlug‘ qon”day go‘zal va o‘lmas bir asar yaratdi”. Oybek haqidagi ushbu xotira kimga tegishli?

A) Zarifa Saidnosirovaga B) Zulfiyaga C) A.Qahhorga D) O.Yoqubovga

7. 1939- yilda Oybekning “Qutlug‘ qon” romani yozuvchilar uyushmasida muhokama qilindi. Muhokama chog‘ida ayrim kishilar Oybekni qanday ayblashdilar?

A) asarga inqilobchi kuchlarni kiritmaganlikda B) xalq dushmani sifatida C) rus proletariat kishilarini asarga kiritmaganlikda D) A va C

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14


Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации