Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar - файл n1.doc

Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar
скачать (990 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.doc990kb.20.11.2012 08:34скачать

n1.doc

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Qutlug‘ qon” romani to‘g‘risida

1. Adabiy qahramonlarnning hayoti davomida bir qadar o‘sishi adabiyotshunoslikda qanday ataladi?

A) personoj B) dinamika C) tashxis D) pafos

2. “Qutlug‘ qon” romani qahramoni Yo‘lchi kimdan mehr- muruvvat kutgan edi?

A) tog‘asidan B) Tantiboyvachchadan C) Shokir otadan D) Petrovdan

3. “Qutlug‘ qon” romani markazida kimlarning taqdiri markaziy o‘rinda turadi?

A) Yo‘lchi, Gulnor B) Shokir ota, Mirzakarimboy C) Yormat, Tantiboyvachcha D) barchasi

4. Yo‘lchining quyidagi so‘zlari kimga qaratilgan edi. “Bundan ko‘ra go‘ng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq”

A) rus mirshabboshisiga B) tog‘asiga C) amakisiga D) Tantiboyvachchaga

5. “Qutlug‘ qon” qanday romanlar sirasiga kiradi?

A) aftobiografik B) siyosiy C) detiktiv D) tarixiy

6. “Oybek shu qadar qizg‘in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnakash xalq ongining munavvarlashishini tasvirlagan, badiiy jihatidan yuksak asar “Qutlug‘ qon”ni yozib bitirdi ” ushbu ta’rif muallifini ko‘rsating.

A) Zarifaxonim B) Homil Yoqubov C) Halima Xudoyberdiyeva D) O.Yoqubov

7. “Qutlug‘ qon” romani asosini qanday voqealar tashkil etgan?

A) Oybekning hayot yo‘li B) qatag‘on davri voqealari C) 1916- yilda toshkentda bo‘lib o‘tgan xalq qo‘zg‘oloni D) Andijon qo‘zg‘aloni

8. “Qutlug‘ qon” romani qahramoni Yo‘lchi qanday yigit edi?

A) mard, halol B) oqko‘ngil va oliyjanob C) adolatparvar D) A, B

9. “Qutlug‘ qon” romanining 1936- yilda yozuvchilar uyishmasidagi muhokamasidan so‘ng asarga qaysi timsolni kiritdi?

A) Tantiboyvachcha B) Mirzakarimboy C) Petrov D) Yormat
Nazariy ma’lumot. Roman janri haqida

1. Ko‘pincha biror milliy adabiyotning darajasi nima bilan belgilanadi?

A) o‘sha milliy adabiyotda romanchilikning lirikaning rivojlanganligi bilan B) o‘sha adabiyotda ijod etgan adiblar faoliyati bilan C) lirikaning rivojlanganlik darajasi bilan D) barcha javoblar to‘g‘ri

2. Roman haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?

A) lotincha “roman” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, epik turning eng keng qamrovli janridir B) fransuzcha “roman” so‘zidan olingan bo‘lib, unda alohida odamlarning alohida taqdirlari keng yoritilgan yirik janr C) fransuzcha “roman” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, roman guruhiga mansub tillarda bitilgan nasriy asarlani anglatadi D) lotincha “roman” so‘zidan olingan bo‘lib, roman guruhiga mansub tillarda bitilgan nasriy asarlarni anglatadi

3. Roman atamasi qachondan nima maqsadda qo‘llanila boshlangan?

A) bundan ikki yarim ming yil oldin yuzaga kelgan va she’riy asarlardan farqlash maqsadida B) ilk o‘rta asrlarda she’riy va nasriy turni ajratish uchun C) o‘rta asrlarda roman guruhiga mansub tillarda yozilgan asarni lotin tilida yozilgan asarlarni farqlash maqsadida D) bundan ikki yarim ming yil oldin roman guruhiga mansub tillarda bitilgan asarlarni farqlash uchun

4. Roman deganda qanday asar tushuniladi?

A) persanajlarning boshqalarga o‘xshamaydigan, o‘ziga xos jihatlarni biror voqea-hodisa asosida ko‘rsatib beradigan katta hajmli asar tushuniladi B) roman guruhiga mansub tillarda yozilgan nasriy asar tushuniladi C) bundan ikki yarim ming yil oldin yuzaga kelgan she’riy va nasriy asar tushuniladi D) hayotning katta javhasini qamrab olgan she’riy asar

5. Adabiyotshunoslik ilmida romanlar mavzu yo‘nalishga qarab qanday xillarga ajraladi?

A) tarixiy, falsafiy B) siyosiy, maishiy, biografik C) tarixiy, falsafiy, siyosiy, maishiy, biografik, fantastik D) tarixiy, avtobiografik, biografik


6 -DARS. YANGI O‘BEK ADABIYOTI (davomi). (259-310- betlar.)

Reja:

1. Odil Yoqubov.

2. “Ulug‘bek xazinasi”.

3. Nazariy ma’lumot. Badiiy adabiyotda ruhiyat tahlili.

4. Abdulla Oripov.

5. Abdulla Oripov she’riyati to‘g‘risida.

6. Nazariy ma’lumot. Lirik qahramon.

7. “Sohibqiron”.

8. “Sohibqiron” asari to‘g‘risida.

Odil Yoqubov

1. Quyidagi qaysi adibning otasi qatag‘on yillarida qamoqqa olinib, qaytib kelmagan?

A) Oybek B) O.Yoqubov C) P.Qodirov D) S.Ahmad

2. Quyidagi adiblardan qaysi biri ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hisoblanadi?

A) Oybek B) H.Olimjon C) O.Yoqubov D) P.Qodirov

3. Odil Yoqubovning ilk asarini aniqlang.

A) “Tengdoshlar” B) “Chin muhabbat” C) “Muqaddas” D) “Lahza”

4. Odil Yoqubovning ilk romani qaysi javobda berilgan?

A) “Diyonat” B) “Er boshiga ish tushsa” C) “Ko‘hna dunyo” D) “Ulug‘bek xazinasi”

5. Quyidagi qaysi adib 2004-2005- yillarda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining vitse-prezidenti vazifasini ado etadi?

A) Ch.Aytmatov B) O.Yoqubov C) Erkin Vohidov D) X.Do‘stmuhammad

6. 1982-1989- yillarda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligining bosh muharriri bo‘lgan adib kim?

A) O.Yoqubov B) P.Qodirov C) A.Qahhor D) O.Sharafiddinov

7. O.Yoqubovning ilk asari bo’lmish “Tengdoshlar” qissasi qayerda yozilgan?

A) tug‘ilgan qishlog‘ida B) harbiy xizmatda ekanida C) Toshkent SAGUda o‘qib yurganida D) to‘g‘ri javob berilmagan
Ulug‘bek xazinasi”

1. “Ulug‘bek xazinasi”romanida “bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab, Ulug‘bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi” kim?

A) Nizomiddin Xomush B) Qalandar Qarnoqiy C) Xoja Salohiddin Zargar D) Ali Qushchi

2. “Ulug‘bek xazinasi” romanida toju-taxtdan ayrilgan hukmdorning qimmatbaho xazinasi bo‘lmish kitoblarni asrab qolishda Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchiga yordam bergan qahramonni aniqlang.

A) Temur Samarqandiy B) Qalandar Qarnoqiy C) Xoja Salohiddin Zargar D) Nizomiddin Xomush

3. “Ali Qushchi endigina mashhur temirchining g‘orida turganini tushundi. A.Temur lashkarida xizmat qilgan bu odam to‘g‘risida Ali Qushchi ko‘p g‘alat hangomalar eshitgan, lekin o‘zini ko‘rmagan edi”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi mashhur temirchining ismi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Salohiddin Zargar B) Temur Samarqandiy C) Qalandar Qarnoqiy D) Piri Zindoniy

4. “Faqat ilm dargohida suv ichmaganman, ammo Hirot-u Bog‘dod-u Damashqda ko‘p donishmandlarning xizmatlarini qilganman, purhikmat suhbatlaridan bahramand bo‘lganmen”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu so‘zlar muallifi kim?

A) Temur Samarqandiy B) Qalandar Qarnoqiy C) Xoja Miskin D) Piri Zindoniy

5. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bekka Dorussaltana qo‘rg‘oni darvozalarini ochmagan amir qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Bobo Husayn B) Sulton Jondor C) Amir Iskandar D) Amir Idris tarxon

6. Shaxzoda Abdullatif Mirzo Ulug‘bekni Makkai mukarramaga hajga yubormoqqa jazm qilgan. Lekin xutbada bir kimsa xonga yalinib, a’lohazratlaridan xun da’volagan. Bu kimsa nomi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Bobo Kayfiy B) Sayid Abbos C) Xoja Miskin D) Sulton Jondor

7. “Uning taxtga o‘tirganiga necha oy bo‘ldi?.. Sha’bon oyi edi. Bukun rabiul avval… olti oy bo‘lmish…” “Ulug‘bek xazinasi” romanida keltirilgan “abbiyl avval” sanasi milodiy qaysi sanaga to‘g‘ri keladi?

A) 1450- yil mart oyiga B) 1450- yil aprel oyiga C) 1450- yil may oyiga D) 1450- yil fevral oyiga

8. “Qudratingga shak keltirib, har yo‘lidan toygan ul betavfiq galai saklarni qatli-om qilganimning… yorug‘u nedur”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi “galai saklarni” so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

A) itlar to‘dasi B) qashqirlar C) qadimgi saklar D) dashti qipchoqdagi ko‘chmanchi qabilalar

9. “Filhaqiqat, ul jomiul ulum zoyicha ko‘rib, shaxzodaning taqdirini so‘zlab bermog‘i lozim”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu parchada ishlatilgan jomiul ulum so‘ziga qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

A) munajjim B) barcha ilm egasi C) avliyo D) barcha javoblar to‘g‘ri

10. “Ulug‘bek xazinasi” romanida qaysi qahramonga “Jomiul ulum” deb ta’rif berilgan?

A) Ali Qushchi B) Qozizoda Rumiy C) Mirzo Ulug‘bek D) A.Jomiy

11. “Bazmda barcha amirlar va nufuzli beklar… shaxzodaning: eng yaqin muqarrablari yig‘ilgan emish.” “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi muqarrab so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) qarindosh B) sodiq qul C) yaqin do‘st D) saroy ayonlari

12. “Nadomatlar bo‘lg‘aykim, murofaaga aqli zukko ulamolar emas, ilmu-ma’rifatdan yiroq johillar yig‘ilibdur…” “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi murofaa so‘zining izohi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) majlis B) munozara C) hukmronlik davo qilish D) jangu-jadal

13. “Uning taxtga o‘tirganiga necha oy bo‘ldi?... Shabon oyi edi. Bugun rabiul avval… olti oy… bo‘lmish!”…

Shahzoda turgan joyida gilamga tiz chukib, sajdaga bosh qo‘yarkan, ko‘ksidan achchiq faryod aralash bir nido otilib chiqdi: Ushbu parcha qaysi asar xotimasida olingan?

A) “Ulug‘bek xazinasi” B) “Mirzo Ulug‘bek” C) “Padarkush” D) “Yulduzli tunlar”
Nazariy ma’lumot. Badiiy adabiyotda ruhiyat tahlili

1. U yoki bu badiiy asar nimaga qarab baholanadi?

A) inson ruhiyatining qanchalik teran aks ettirishiga ko‘ra B) inson ruhiyatining qanchalik ishonarli aks ettirishiga ko‘ra C) ruhiy tahliliga qarab D) A, B

2. Qizlar sizni narmoda deb aytadi,

Qizlarning aytgani menga botadi.

Martlar olishmaydi siltab otadi,

Maydon bo‘lsa ish ko‘rsatib ketadi. Ushbu so‘zlar kimning kimga aytgan so‘zlari?

A) Oybarchinning Alpomishga B) Qaldirg‘ochning Alpomishga C) Oybarchinning Qorajonga D) Surhayl kampirning o‘g‘illariga

3. Eng murakkab tushuncha bu…

A) ruh B) tuyg‘u C) his D) barchasi

4. Ruhiyatga xos masalani biz nima yordamida his eta olamiz?

A) yurak B) ko‘ngil C) his D) tuyg‘u

5. Insonning ko‘ngliga tegishli narsa …

A) ruh B) istak C) muhabbat D) barchasi

6. Inson aqli nimaga ojizlik qilishi mumkin?

A) o‘zini anglashga B) ruhni to‘la tushunishga C) ko‘ngilni quvvatlashga D) hayotiy chalkashlikni anglashga

7. Insonning o‘z ruhiyatini tushunmasligi qaysi mo‘tabar manbada qayd etilgan?

A) Injilda B) Qur’onda C) Avestoda D) Tavrot

8. Adabiy qahramonning xatti-harakatigina emas balki uning qaysi xususiyati ham tabiatiga muofiq bo‘lishi kerak?

A) o‘ylari B) ko‘ngil kechinmalari C) holati D) ruhiyati

9. Qachondir qilingan ish aytilgan fikr eskirishi mumkin, ammo insonning qaysi xususiyati eskirmaydi?

A) qiyofasi B) inson ruhiyatining hususiyatlari C) tili D) e’tiqodi

10. Nega badiiy adabiyotda inson ruhiyati tasviriga alohida o‘rin beriladi?

A) uning ko‘ngil kechinmalari eskirmaganidan B) ruhiyatining serjiloligidan C) kelajak uning qo‘lida ekanidan D) barchasi

11. Badiiy ijodda nimaning o‘rni beqiyos hisoblanadi?

A) qahramonning B) pafosning C) ruhiyatning D) sezimlarning

12. Romandagi voqealar va qahramonlar eskirishi mumkin, ammo badiiy asarlarda qaysi xususiyat eskirmaydi?

A) ifoda va tasvir B) holat C) ruhiyat D) tarixiy fakt
Abdulla Oripov

1. Ayniqsa bahor paytlarida bu yerlarga yog‘in ko‘p tushar, … ming xil o‘t-o‘lan, chuchmoma-yu qizg‘aldoqlar bilan, quyonto‘pig‘-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qo‘zigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Ushbu tabiat manzaralari qaysi ijodkorning tarjimai xolida uchraydi?

A) Erkin Vohidov B) Uyg‘un C) Abdulla Oripov D) Oybek

2. “… Har holda so‘zlarni qofiyalashga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaveradi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q”. Ushbu jumlalar kimga tegishli?

A) Oybek B) Abdulla Oripov C) O.Yoqubov D) Ch.Aytmatov

3. 1974-1976- yillarda “Sharq yulduzi” oybitigida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan adib kim?

A) Xudoyberdi To’xtaboyev B) Erkin Vohidov C) S.Ahmad D) Abdulla Oripov

4. Abdulla Oripovning birinchi marta respublika matbuotida bosilib chiqqan she’ri qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Qushcha” B) “Mitti yulduz” C) “Ko‘zlarim yo‘lingda” D) “Onajon”

5. “Ruhim”, “Xotirot”, “Yurtim shamoli” she’rlari muallifi qaysi qatorda berilgan?

A) Erkin Vohidov B) G‘.G‘ulom C) Abdulla Oripov D) Cho‘lpon
Abdulla Oripov she’riyati to‘g‘risida

1. She’r izlayman bu kun Toshkent ko‘chalarida,

Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.

Men umrimning bu so‘ronli kechalarida,

Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon

2. O‘n oykim, so‘lmishdir u tanish na’ra.

Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh.

Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara,

O, surur kuychisi, dongdor zamondosh. Abdulla Oripov qalamiga mansub ushbu satrlarda kim nazarda tutilgan?

A) M.Shayxzoda B) G‘.G‘ulom C) Oybek D) A.Qahhor

3. Bugun-chi, ne bezar o‘tli qoningda!

Evoh, unda na she’r, na may, na safo.

Bu qanday muloqot? Ne hol? Yoningda.

Joy olmish o‘zga bir suyukli daho. Ushbu satrlarda ko‘zda tutilgan dahoni aniqlang.

A) M.Shayxzoda B) G‘.G‘ulom C) Oybek D) A.Qahhor

4. O‘zining she’rlari bilan “quruqshagan o‘zbek she’riyatiga o‘ychil g‘am g‘amchil o‘y” olib kirgan adib to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.

A) Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C) E.Vohodov D) Zulfiya
Nazariy ma’lumot. Lirik qahramon

1. 1921- yilda rus olimi Y.N.Tinyanov tamonidan adabiyotshunoslikka kiritilgan tushuncha qaysi qatorda berilgan?

A) lirik qahramon B) xarakter C) personaj D) badiiy to‘qima

2. Nima qolar ekan? Qay ezgu tilak,

Qay his, yuraklarda topolgan kamol?

Yiroq avlodlarga bizlardan beshak

Qolar kurashlarda to‘plangan xayol. She’r muallifini aniqlang.

A) Cho‘lpon B) Muhammad Yusuf C) Shavkat Rahmon D) Abdulla Oripov

3. O‘tgan asrning 60-80- yillarida o‘z she’riyati bilan “o‘zbek millatini tuyg‘ularning quruqshab qolishdan saqlab qolgan” adib kim?

A) Rauf Parfi B) Abdulla Oripov C) Azim Suyun D) Usmon Azim
Sohibqiron”

1. Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostonida Temur huzuriga Boyazid tomonidan yuborilgan choparning ismi to‘g‘ri keltirilgan qatorni toping.

A) Sulton Murod B) Alovuddin C) Sulton Shabli D) Sulton Muhammad

2. Xo‘sh, men-chi, men?! Axir men ham asli yolg‘izman,

Bugundanu kelajakdan malomat bilan

Minglab ko‘zlar tikiladi bitta o‘zimga

Chunki mening qismatimga janglar yozilgan. Ushbu misralar qaysi asar qahramoniga tegishli?

A) H.Olimjon, “Muqanna” Muqanna B) M.Shayxzoda, “Mirzo Ulug‘bek” Ulug‘bek C) Abdulla Oripov, “Sohibqiron” Temur D) O.Yoqubov, “Ulugbek xazinasi” Ulug‘bek

3. Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasida Temurning o‘z dushmanlari gunohini ham kechira oladigan shaxs ekanligi qaysi obraz orqali yoritilgan?

A) Boyazid B) Amir Husayn C) Qosimbek D) Hofiz Sheroziy

4. “Sohibqiron” dramasida Temurning islomiy tartiblar o‘rnatish, adolatni qaror toptirish uchun qon to‘kkani haqida fikr mulohazalar qaysi obraz bilan suhbat asosida ochiladi?

A) Bibixonim B) Shayxulislom C) Alovuddin D) Yassaviy

5. “Niyat qancha jozibali bo‘lsa ham,

Temur, qilich bilan murod xosil qilmog‘i gumon”. Ushbu jumlalar “Sohibqiron” dramasidagi qaysi obraz tilidan aytilgan?

A) muallif tilidan B) Yassaviy tilidan C) Boyazid D) Shayxulislom

6. “Sohibqiron” dramasida muallif o‘z nuqtai nazarini, dunyoda bandi tomonidan kuch bilan adolat o‘rnatish shubhali ekanligini qaysi obraz tilidan bayon qiladi?

A) A.Temur B) Alovuddin C) Hofiz Sheroziy D) Yassaviy
Sohibqiron” asari to‘g‘risida

1. Amir Temur tajribali davlat arbobi sifatida davlat yaxlitligini tamin etuvchi narsalar deb nimalarni sanab o‘tadi?

A) mo‘l xazina B) yagona shoh C) yengilmas lashkar D) barchasi

2. Amir Temurning jahongirlik tabiati nimalarda namoyon bo‘ladi?

A) xalqni bir shoh boshqarsin degan fikrida B) sabr qanoatida C) davlatni idora qilish usulida D) barchasi

3. “Hukmdorlar seva turub fuqoralarni

Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor” “Sohibqiron” dramasidan keltirilgan ushbu satrlar kimning tilidan aytilgan?

A) Boyazid B) Husayn C) Temur D) Shohruh

4. Abdulla Oripov Amir Temur obrazini qanday tasvirlaydi?

A) o‘z yo‘lini to‘g‘ri yo noto‘g‘ri ekanini anglashga urinadigan inson sifatida B) har bir qadamini o‘ylab bosadigan inson sifatida C) xalqiga mehribon siyosatchi sifatida D) barchasi

5. “Sohibqiron” dramasining eng tasirli lavhalaridan biri…

A) Boyazid va Temur suhbati B) jang manzaralari C) Temurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvlari D) barchasi
7-DARS. JAHON ADABIYOTI. (311-359- betlar.)

Reja:

1. Vilyam Shekspir.

2. Otello.

3. “Otello” fojiasi to‘g‘risida.

4. Nazariy ma’lumot. Tragik obrazlar va hayot haqiqati.

5. Haynrix Hayne.

6. Haynrix Haynening she’rlari haqida.

7. Aleksandr Pushkin.

8. Yevgeniy Onegin.
Vilyam Shekspir

1. Buyuk ingliz dramaturgi Vilyam Shekspirning ilk bor chop etilgan dostoni qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) “Lukresiya” dostoni B) “Xatolar komediya” C) “Lukresiya” D) “Qirol lir”

2. Shekspirning “Lukresiya” deb nomlangan dostoni qaysi yo‘nalishda yozilgan?

A) komediya B) erotik C) tragediya D) to‘g‘ri javob yo‘q

3. Shekspirning “Venera va Adonis” dostoni kimga bag‘ishlangan?

A) aka- uka Berbejilarga B) otasi Jon Shekspirga C) onasi Meriga D) gersog Sautgemptonga

4. Shekspirning “Xatolar komediyasi” asari ilk bor qaysi teatrda sahnalashtirilgan?

A) Greyz Inn B) Glabus C) Blekfrayerz D) to‘g‘ri javob yo‘q

5. 1603- yilda Shekspirning teatr truppasini kim o‘z himoyasiga oladi?

A) tanqidchi F.Meres B) aka –uka Berbijilar C) qirol Yakov D) gersog Sautgempton

6. 1599- yilda Shekspir ijodining qalbakilashtirib foyda topish niyatida chiqarilgan kitob nomini aniqlang.

A) “Tip Andronik” B) “Venera va Adonis” C) “Lukresiya” D) “Otashin ziyoratchi”

7. Shekspir sahnada ko‘proq qaysi toifa kishilari rolini ijro etgan?

A) dvoryanlar B) savdogarlar C) masqarabozlar D) qirollar

8. Shekspir o‘zining “Hamlet” tragediyasi da qaysi qahramon rolini ijro etgan?

A) arvoh B) Hamlet C) Qirol D) Poloniy

9. Shekspir qaysi pyessada o‘zining so‘ngi rolini ijro etgan?

A) “Qirol Lir” “Hamlet” B) “O‘ziga yetguncha ” “Otello” C) “Seyan” “Makbet” D) “O‘ziga yetguncha” “Seyan”

10. Shekspirning umri mobaynida yaratgan dramatik asarlari va sonetlari soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.

A) 35 dramatik asar, 154 sonet B) 36 dramatik asar, 154 sonet C) 30 dramatik asar, 130 sonet D) 154 dramatik asar, 36 sonet

11. Shekspirning teatr truppasi qirol Yakov himoyasiga olingandan so‘ng guruh a’zolarini kimlar deb atalgan?

A) “Qirol hazratlarining soqchilari” B) “Qirol hazratlarining hizmatkorlari ” C) “Saroy ayonlari” D) “Saroy hizmatchilari”

12. 1598- yilda Shekspir aka –uka Berjinlar bilan qaysi teatrning hissador laridan biriga aylangan?

A) “Blekfrayerz” B) “Greyz Inn” C) “Globus” D) barcha jovob to‘g‘ri

13. Shekspir tragediyalari berilgan qatorni aniqlang.

A) “Makbet”, “Qirol Lir” B) “Gulobus”, “Romeo va Julutta” C) “Venetsiya savdogarlari” “Hamlet” D) barcha javoblar to‘g‘ri

14. Shekspirning komediyalari berilgan qatorni aniqlang.

A) “O‘n ikkinchi kecha” “Venetsiya savdogarlari” B) “O‘n ikkinchi kecha”, “Makbert” C) “Yoz kechasidagi tush”, “Otello” D) “Lavrutsiya”, “Venitsiya savdogarlari”

15. Ayrim adabiyotchilarning qarashlaricha o‘z asarlarini Shekspir nomidan e’lon qilgan kishining nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Santgempton B) F.Merres C) Eduard de Ver D) Ben Jonson

Otello”

1. “Otello” tragediyasini o‘zbek tiliga o‘girgan adib qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Mirtemir B) G‘afur G‘ulom C) Oybek D) Abdulla Oripov

2. “Otello” tragediyasida Kassio…

A) venitsiyalik yosh yigit B) Otelloning mulozimi C) Senator D) Otelloning leytenanti

3. “Otello” tragediyasida Otello va Kassiodan o‘ch olishga harakat qiluvchi qahramonlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Brabansio, Yago B) Yago, Rodrigo C) Rodrigo, Dezdemona D) Lodoviko, Emelya

4. “Otello” tragediyasida Dezdimonaning aybsizligini tragediyasida qaysi obraz orqali aniq namoyon bo’ldi?

A) Emilya B) Kassio C) Girasiano D) Dezdimonaning otasi

5. “Otello” tragediyasida “Sparta iti ” deb haqoratlangan qahramonni aniqlang.

A) Rodrigo B) Kassio C) Yago D) Otello

6. “Otello” tragediyasida Otelloning vorisi nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Kassio B) Gratsiano C) Lodovika D) Rodrigo

7. “Otello” tragediyasidagi Rodrigo nima sababdan Otello va Dezdimonadan o‘ch olishga harakat qiladi?

A) Otelloning amaliga hasad qilgani uchun B) Kassio o‘rniga letinant bo‘lmagani uchun C) Dezdimonaning muxabbatini qozona olmagani uchun D) barcha javoblar to‘g‘ri

8. “Otello” tragediyasida Yagoga qarata “Shayton degan echki oyoq bo‘lg‘uchi edi” Ushbu jumla muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Lodoviko B) Otello C) Kassio D) Emelya

9. “Otello” tragediyasida Gratsianoning jiyani nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Kassio B) Emelya C) Dezdemona D) Yago
Otello” fojiasi to‘g‘risida

1. “Otello” fojiasida insonga xos qanday illatlar tasvirlanadi?

A) o‘tkinchi manfaat B) hokimiyatga erishishga intilish C) inson taqdirining kesishgan nuqtalari D) barchasi

2. Barcha gumanistlar singari Shekspir ham insonni qanday bo‘lishini xoxlaydi?

A) har jihatdan yetuk B) kamchiliklardan holi C) hukmronlikka intiluvchan D) A, B

3. Otelloning o‘rinbosari bo‘lgan hasadgo‘y Yago nega generaldan o‘ch olishga intiladi?

A) o‘rinbosarlikka Otello uni emas balki, jasur Kassioni tanlaganidan B) uni hurmat qilmagani uchun C) Dezdemona bo‘lgan muhabbati uchun D) urushni oldini olish maqsadida

4. Yago Otelloning qanday xislatidan ustalik bilan foydalanadi?

A) ishonuvchanligidan B) oqko‘ngilliligidan C) sahiyligidan D) A, B

5. Yagoga Otelloni mavf etishda yana kim yordam qiladi?

A) Emilya B) Rodrigo C) Kassio D) general

6. “Otello” fojiasidagi qaysi qahramon ishonuvchan, lekin laqma ham emas ahmoq ham emas?

A) Emilya B) Otello C) Kassio D) general

7. Otello nega Dezdemonaning xiyonatini kechirmaydi?

A) unga o‘ziga ishonganday ishonadi B) xiyonatni kutmagan edi C) o‘z obro‘siga futur yetkazishidan D) A, B

8. “Otello” fojiasida yovuzlik nimaga qiyoslanadi?

A) to‘qmoqqa B) o‘rgimchak to‘riga C) chayonga D) ro‘molchaga

9. “Otello” fojiasida qaysi qahramon qadamini o‘ylab bosadigan, har gapni o‘ylab gapiradigan inson qiyofasi tasvirlanadi?

A) Hamlet B) Otello C) Emilya D) barchasi

10. “Otello” fojiasida qaysi qahramon xatti-harakatlari o‘ylari tuyg‘ulariga baho beriladi?

A) Otello B) Rodrigo C) Kassio D) general

Nazariy ma’lumot. Tragik obrazlar va hayot haqiqati

1. Qanday odamlar hayotida fojia ro‘y berishi mumkin?

A) ilmda dong taratgan kishilar B) yashashdan maqsadi bo‘lmagan kishilar C) maqsadsiz yashovchilar D) olg‘a harakat qiluvchilar

Haynrix Hayne

1. “Men vatanni sizlardan kam sevmayman shu sevgim tufayli men 13 yil quvg‘inda bo‘ldim ” Ushbu tarjimai hol jahon adabiyotining qaysi vakiliga tegishli?

A) Haynrix Haynega B) Gyugoga C) Dyumaga D) Jek Londonga

2. Haynrix Haynening otasi Samson Hayni o‘z o‘g‘lini qanday kasb egasi bo‘lishini estagan?

A) napolionchi harbiy B) shoir C) amakisi kabi yirik savdogar D) Gegeldik faylasuf

3. 1827- yil Gamburk shahrida bosilib chiqqan Haynrix Haynening ilk she’riy to‘plamini aniqlang.

A) “Yo‘l lavhalari” B) “Qo‘shiqlar kitobi ” C) “Siliziyab to‘quvchilari” D) “E’tirof”

4. Haynrix Haynening qaysi asari fransuz siyosiy hayotining o‘ziga xos yilnomasi hisoblanadi?

A) “Lurusiya” B) “Fransuz ishchilari” C) “Romansero” D) “Lyutesiya”

5. Haynrix Hayne qaysi asarida hayvonlar timsoli vositasida tepsa tebranmas yurt ravnaqi uchun biror narsa qilishga qodir bo‘lmagan yurtdoshlarini ayovsiz hajv etadi?

A) “Fransuz ishchilari” B) “Atta Troll” C) “Ramonsero” D) “Lyutessiya”

6. Haynrix Haynening asarlari kim tomonidan o‘zbekchalashtirilgan?

A) Mertimir, Abdulla she’r, H.Sultonov B) Cho‘lpon va Oybek C) H.Sultonov D) A, B

7. Haynrix Haynening qaysi kitobidaga yozgan so‘zboshisida “Men vatanni sizlardan kam sevmayman. Shu sevgim tufayli men 13- yil quvg‘unda bo‘ldim” deb takidlaydi?

A) “Qullar kemasi” B) “Atta Troll” C) “Germaniya Qish ertagi” D) “Lyutessiya”

8. Haynrix Haynening “Sileziya to‘quvchilari” she’rida qanday holat tasvirlangan?

A) achchiq hayotiy haqiqat butun shafqatsizliklar B) millat ruhiyati C) vatanda turub vatansiz turgan xalq D) barcha javoblar

9. Haynrix Hayne o’zining qaysi asarida mamlakat xalqning ahvolini mardonalik bilan xolis taftish qila oladi?

A) “Qo‘shiqlar kitobi” B) “Yo‘l lavhalari” C) “Firansuz ishchilari” D) “Atta Troll”

10. Haynrix Haynening Berlin universitetida qaysi soha bo‘yicha ta’lim oladi?

A) filologiya B) iqtisodchi C) huquqshunos D) aktoyrlik

11. Haynrix Hayne haqida bildirilgan fikr qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) XIX asr adabiyotining yirik vakili, samimiy ko‘ngil she’riyatida siyosiy hajviy tanqidni ustalik bilan qo‘sha olgan haqgo‘y shoir B) Umr bo‘yi g‘oyat notinch va tartibsiz yashagan shoir C) XIX asr nemis adabiyotining haqiqiy qirralarini ochishga sabab bo‘lgan shoir D) U havaskor shoir bo‘lib, bolalardek xayolparast kishi edi

12. Haynrix Hayne qanday oilada tavallud topgan?

A) oddiy oilada B) savdogar yaxudiy oilasida C) etikdo‘z oilasida D) tarixchi oilasida

13. Haynrix Hayne shunday buyuk inson bo‘lib yetishishida kimning tarbiyasi muhim rol o‘ynagan?

A) amakisi Solomon B) otasi Lomson Hayne C) onasi Betti D) barcha javoblar to‘g‘ri

14. Haynrix Haynening ota-onasi uni harbiy qilish fikridan qaytishiga nima sabab bo‘lgan?

A) harbiy amakisining o‘limi B) Napoleonning mag‘lubiyati C) Savdoning yaxshilanishi D) Haynening qiziqmasligi

15. 1827- yilda Haynrix Haynening qaysi kitobi nashr etilgan?

A) “Yo‘l lavhalar” B) “Qullar kemasi” C) “Qo‘shiqlar kitobi” D) “Sileziya to‘quvchilari”

16. Bu kitobda, Haynrix Hayne mamlakat va xalqning, aholining mardonalik bilan holis taftish qila oladigan ijodkor sifatida namoyon bo‘ldi. Yuqoridagi jumlalar uning qaysi kitobi haqida?

A) “Qo‘shiqlar kitobi” B) “Yo‘l lavhalar” C) “Qish ertagi” D) “Romansero”

17. Haynrix Hayne 1830- yilda nima uchun Fransiyaga ketishga majbur bo‘ldi?

A) uning to‘g‘ri so‘zligi, o‘zini o‘ylovchi hukmdorlarga yoqmaganligi B) Sog‘ligining yomonlashuvi C) ota-onasining ayblanishi D) uning asarlari o‘sha yerda qadr topdi
Haynrix Haynening she’rlari haqida

1. Xalq qo‘shiqlarida doimo qanday xususiyat ufirib turadi?

A) g‘am B) shodlik C) fidoiylik D) barchasi

2. Kimning she’rlarida xuddi nemis xalq qo‘shiqlarida bo‘lganidek, arvoh, ro‘yo, murda, kafan, tobut, go‘r obrazlari ko‘p uchraydi?

A) Pushkin B) Haynrix Hayne C) Shekspir D) Ch.Aytmatov
Aleksandr Pushkin

1. Pushkinning hayotida ro’y bergan hal qiluvchi voqea qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) 1817- yil letseyni bitirishi B) 1811- yilda Sank- Peterbrg yaqinidagi Sarskoye selo impiratorlik letseyiga qabul qilinishi C) mashhur shoir Jukovuskiy bilan tanishishi D) barcha javoblar to‘g‘ri

2. Pushkin Fransuz tilini qayerda o‘rganadi?

A) litseyda B) gimnaziyada C) oilada D) barchasi

3. Pushkin 1830- yil yozib tugallangan asari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) “Kapitan qizi” B) “Yevgeniy Onegin” dostonini yozib tugallaydi C) she’riy to‘plami nashr etiladi D) A, B

4. Pushkinning ijodi qaysi o‘zbek adiblari tomonidan o‘zbekchalashtirgan?

A) Cho‘lpon, G‘.G‘ulom, U.Azim B) Oybek, Mirtemir, Erkin Vohidov C) Abdulla Oripov, Muhammad Ali D) barchasi

5. “Belkin qissalari” “Toppon xonim” asarlari muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Pushkin B) Haynrix Hayne C) Jukovskiy D) barchasi to‘g‘ri

6. “Ruslan va Ludmila” “Mis chavondoz” dostonlarini o‘qigan adib Jukovskiy unga shunday baho beradi bu esa …

A) Pushkinning shoir sifarida to‘liq tan olinishi edi B) Pushkinning surgun qilinishi edi C) Rossiya bilan ilk bor yaqinlashishi edi D) barcha javoblar to‘g‘ri

7. Qaysi shoir yaxshigina pul topganu, qo‘li ochiqligi sababli doimo qarz bo‘lib yurgan?

A) Pushkin B) H.Hayne C) Dubrovskiy D) Shekspir

8. Umr bo‘yi g‘oyat notinch va tartibsiz yashagan tengsiz shoirni aniqlang.

A) H.Hayne B) Pushkin C) V.Shekspir D) to‘g‘ri javob yo‘q

9. Pushkin qanday tabaqa vakili bo‘lgan?

A) dvoryan B) dehqon C) pomeshchik D) qirol zotidan bo‘lgan

10. Pushkinda qanday xislatlar ustivor bo‘lgan?

A) ko‘ngilchanlik B) uddaburonlik C) qaysarlik va izzattalablik D) shoir tabiatlik

11. Pushkinning dastlabki she’ri qachon chop etilgan?

A) 1813- yil B) 1814- yil C) 1815- yil D) 1816- yil

12. “Erkinlik” she’rining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) A.Pushkin B) Jukovskiy C) Tolstoy D) H.Hayne

13. “G‘olib shogirga mag‘lub ustozdan”. Ushbu so‘zlar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Jukovskiy B) Pushkin C) Shekspir D) H.Hayne

14. Pushkin necha yil quvg‘inda bo‘lgan?

A) 4 yildan ortiqroq B) 3 yil C) 5 yil D) 2 yildan ortiqroq
Yevgeniy Onegin”

1. Pushkin “Yevgeniy Onegin” she’riy romanini yozish uchun qancha vaqt sarflagan?

A) 1 yil B) 2 yil C) 5 til D) 10 yil

2. Pushkinning 30- yillarda yozgan asarlari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

1) “Toppon xonim”; 2) “Ruslan va Ludmila”; 3) “Dubrovskiy”; 4) “Yevgeniy Onegin”; 5) “Mis chavandoz”; 6) “Belkin qissalari”

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 6 D) 4, 5, 6

3. Sukut qilmoq bo‘lgandim avval.

Ishoningiz, uyalganim – siz

Sira bilmas edingiz, esiz.

Gar umidim bo‘lsa edi sal,

Haftada bir bo‘lsa ham yakka,

Bu qishloqda sizni ko‘rmakka. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda berilgan?

A) Pushkin B) Shekspir C) H.Hayne D) Abdulla Oripov

4. Fuzun so‘zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?

A) yuksak, ko‘rkam B) uzun, davomli C) baland D) hashamdor

5. Pushkin asarlarida qo‘llangan salon so‘zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?

A) mayxona B) bazmxona C) mehmonxona D) omborxona

6. Pushkin asarlarida qo‘llangan Iltizom so‘zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?

A) intizom, odab B) rangdor C) mungli D) zaruriyat, ehtiyot

8-DARS. JAHON ADABIYOTI (davomi).MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI.

(359-396-betlar)

Reja:

1. Nazariy ma’lumot. She’riy roman.

2. Chingiz Aytmatov.

3. “Asrga tatigulik kun”.

4. “Asrga tatigulik kun”romani to‘g‘risida.

5. Nazariy ma’lumot. Badiiy asar pafosi haqida.

6. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14


Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации