Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar - файл n1.doc

Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar
скачать (990 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.doc990kb.20.11.2012 08:34скачать

n1.doc

1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) uzlatga chekinish B) umid C) qo‘rquv D) nodonlikdan xalos bo‘lish

15. “Ilmsiz tirik o‘likdir,

O‘zi hayot bo‘lsa ham

Nomi o‘likdir”. Ushbu hikmat muallifini aniqlang.

A) Yassaviy B) Buxoriy C) Ahmad Yugnakiy D) Koshg‘ariy

16. “Ko‘ni bo‘l, ko‘nilik qil, atan ko‘ni,

Ko‘ni tiyu bilsun xaloyiq seni”. (Ahmad Yugnakiy) Ushbu misradagi ko‘ni so‘zining ma’nosini izohlang.

A) ezgulik B) to‘g‘ri C) rostgo‘y D) bilimli

17. … mol-dunyoga quldir,

…-ga mol dunyo quldir. Tushirib qoldirigan so‘zlarni aniqlang?

A) insofli, insofsiz B) bilimli – bilimsiz C) halol, nohalol D) baxil, saxiy

18. Aruzning “mutaqorib” bahrida yaratilgan asarni ko‘rsating.

A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Qutadg‘u bilig” C) A va B D) “Devoni lug‘otit-turk”

19. Yassaviyning ilk ustozi kim edi?

A) Sulaymon Buxoriy B) Arslonbob C) Hasan Andoqiy D) G‘ijdivoniy

20. Yassaviy haqida ikki kitobdan iborat roman yozgan adibni aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) B.Boyqobilov C) Sa’dulla Sayoyev D) Mirkarim Osim

21. Jadid adabiyoti vakillaridan qaysi biri Yassaviy va uning ijodiy qiyofasi haqida maqola yozgan?

A) Fitrat B) E.Rustamov C) Muhammad Fuod Ko‘pruluzoda D) Cho‘lpon

22. Qaysi shahar “Madinat ul-bayzo” nomi bilan mashhur bo‘lgan?

A) Koshg‘ar B) Buxoro C) Samarqand D) Sayram

23. Turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan birinchi so‘fiy, tasavvufning buyuk vakilini aniqlang.

A) Ahmad Yugnakiy B) Navoiy C) Yassaviy D) Yusuf Xos Hojib

24. Yassaviy hikmatlari asosan qaysi vaznda yozilgan?

A) aruz B) barmoq C) aruzning mutoqorib bahrida D) sarbast

25. Tasavvufda soim deb kimni atashadi?

A) yil bo‘yi ro‘za tutuvchi kishini B) alloh yo‘lida jon bergan kishini C) zakot beruvchini D) A va B

26. Tariqat so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) yo‘l, usul B) chiziq, chegara C) ustoz, pir D) umid, ishonch
Hikmatlar

1. Hikmat bu …

A) Qur’oni karim oyatlarida payg‘ambarimizning haq yo‘lni ko‘rsatuvchi va’zlari B) Ilm va adolat ma’nolarini bidiruvchi so‘z C) Diniy o‘ziga xos so‘z D) barcha javoblar to‘g‘ri

2. Munojot bu …

A) najot yordam berish B) yordam kutish C) ollohga qilinadigan iltijolar D) Ava B

3. Munojotnomada she’rlar qaysi vaznda yoziladi?

A) aruzning hazaj bahrida B) barmoq vaznida C) aruzning ramal bahrida D) aruzning mutoqorib bahrida

4. Hikmatlarning barchasiga xos xususiyat nimada?

A) hikmatlarning taxallussiz yozilishi B) hikmatlarning taxallusli yozilishi C) hikmatlarning muallifsiz bo‘lishi D) A va B

3-DARS. ISLOM TA’SIRI DAVRIDAGI TURKIY ADABIYOT (davomi). UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI. (106-159-betlar)

Reja:

1. XIII – XIV asrlar adabiyoti. Sayfi Saroyi.

2. Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy.

3. XIV-asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo‘lgan adabiyot.

4. Atoyi.

5. Sakkokiy.

6. Nazariy ma’lumot .Qasida.

7. Lutfiy.

8. Nazariy ma’lumot. Tuyuq va qit’a.

9. Nazariy ma’lumot. Irsoli masal, talmeh, laf va nashr san’atlari.
XIII – XIV asrlar adabiyoti. Sayfi Saroyi

1. “Kitobi Jumjuma” asarining muallifini aniqlang.

A) Husam Kotib B) Sayfi Saroyi C) Ali Ibn Mahmud D) Qul Ali

2. XIII – XIV asrlar adabiyotida yaratilgan tarjima asarlarni ko‘rsating.

A) Sa’diyning “Guliston” asari B) Nizomiy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan-ul asror” (“Sirlar xazinasi”) C) Husam Kotibning “Kitobi Jumjuma” asari D) A va B

3. “Ravzat ul-ahbob fi-tavorix ul-akobir val ansob” asarining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Hamidulla Mustavfiy Qazviniy B) Otamalik Juvayniy C) Faxriddin Banokatiy D) Husam Kotib

4. Navoiy davrida necha xil xat turi mavjud bo‘lgan?

A) 38 ta B) 39 ta C) 37 ta D) 36 ta

5. Mirxondning Navoiy homiyligida yozgan asari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan.

A) “Ravzat us-safo” B) “Zubdat ul-tavorix” C) “Zafarnoma” D) A va B

6. G‘azal qachon paydo bo‘lgan va qanday ma’no anglatadi?

A) VIII va IX asrlarda; zikr etilgan B) VIII-IX asrlarda; ishqiy she’r C) VII-X asrlarda; ishqiy she’r D) to‘g‘ri javob yo‘q
Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy

1. “Qisasi Rabg‘uziy”ning uzum hikoyatida chog‘ir uch hayvonga o‘xshatilgan. Ushbu uch hayvonni ko‘rsating.

A) tulki, quyon, to‘ng‘iz B) ilon, yo‘lbars, to‘ng‘iz C) tulki, yo‘lbars, to‘ng‘iz D) tulki, yo‘lbars, sher

2. “Qisasi Rabg‘uziy” hikoyatida shinni va sirka paydo bo‘lishiga bevosita qaysi payg‘ambar sababchi bo‘lgan?

A) Dovud B) Yusuf C) Muhammad D) Nuh

3. «Qisasi Rabg‘uziy»ga ko‘ra, «Ilohi, man o‘zimni dono bilib yurur erdim, Maning bilganim bu mo‘rchaning oldida hech nimarsa ekan», – deb tavba qilgan zot nomini aniqlang.

A) Sulaymon B) Dovud C) No‘shiravon D) Namrud

4. Rabg‘uziy yozgan ilk turkiy g‘azalda ilk bor nima ishlatilgan?

A) qofiya B) niba C) jonlantirish san’ati D) taxallus

5. “Qisasi Rabg‘uziy”da asar sujetiga asos bo‘lgan voqealar ko‘p jihatidan qaysi manbaga tayanadi?

A) Tavrotga B) Qur’onga va xalq og‘zaki ijodiga C) Hadisga D) Injilga

6. “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi qissalarning asosini qanday voqealar tashkil etadi?

A) ijtimoiy-iqtisodiy voqealar B) tarixiy-ilohiy voqealar C) tarixiy-siyosiy voqealar D) A va B javoblar to‘g‘ri

7. “Qisasi Rabg‘uziy”da qissalar qanday boshlanadi?

A) qahramon ta’rifi bilan B) she’riy madh bilan C) asosiy voqealar bayoni bilan D) barcha javoblar to‘g‘ri

8. Dovud duo qildi: “Egam-ey manga bir hunar o‘rgatgil, aning birla qazg‘achiligi yeyayin, xalq mani so‘zlamasunlar”. Parchadagi Qazg‘achiligi so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) taqachilik B) uzum C) nasiba D) urug‘

9. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi “Dovud haqida” hikoyatning asosiy maqsadini ko‘rsatining.

A) halollikka, o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga chaqirish B) boshqalarga zulm qilmaslik C) insonparvarlik D) A va B

10. O‘zbek nasrida ilk marotaba dialoglar kim tomonidan qo‘llanilgan?

A) Yusuf Xos Hojib B) Rabg‘uziy C) Mahmud Koshg‘ariy D) Pahlavon Mahmud

11. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi til odobi va qalb pokligi asosiy o‘rin tutgan hikoyatni aniqlang.

A) “Luqmon va uning xojasi” B) “Shaytoni mal’un” C) “Nuh haqida” D) “Dovud haqida”

12. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi “Mal’un so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) savat to‘quvchi B) uzum urug‘i C) haydalgan, la’natlangan D) e’tiqodi sust

13. “Qisasi Rabg‘uziy”ning “Uzum” hikoyatida chog‘ir ichgan odamning holatini tasvirlashda qaysi timsollardan foydalanilgan?

A) ilon, tulki, bo‘ri B) tulki, yo‘lbars, to‘ng‘iz C) to‘ng‘iz, bo‘ri, shoqol D) mast, shayton, alvasti

14. Rabg‘uziy «Qisasi Rabg‘uziy»da ko‘plab badiiy san’atlardan foydalangan. Adib ta’rif va tavsif o‘rinlarida qaysi badiiy san’atni qo‘llagan?

A) tashbeh B) saj C) tanosib D) talmeh

15. Rabg‘uziy hikoyalaridan qaysi birida dialoglardan keng foydalanilgan?

A) “Luqmon va uning xojasi” B) “Ilon va qaldirg‘och” C) “Sulaymon va qarinchqa” D) “Uzum hikoyati”

16. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi inson xayolatining imkonlari math etilgan hikoyatni aniqlang.

A) “Bilqis” hikoyati B) “Uzum” hikoyati C) “Sulaymon va Qarinchqa” D) “Namrud” hikoyati

17. Bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi turkiy g‘azal kimning qalamiga mansub?

A) Yusuf Xos Hojib B) Rabg‘uziy C) Xorazmiy D) Koshg‘ariy

18. Rabg‘uziyning turkiy g‘azallardagi “zamharir” sifatining ma’nosini aniqlang.

A) qirovli, qahraton, qattiq qish B) ayoz, qahraton C) tirik, qirovli D) ayoz, qattiq qish

19. Hikoya ichida hikoya usulida yozilgan asarni aniqlang.

A) “Qisasi Rabg‘uziy”, “Sab’ayi Sayyor” B) “Muftohil adl”, “Gulzor” C) “Lison ut-tayr”, “Kalila va Dimna” D) A va C

20. “Qisasi Rabg‘uziy”ning qaysi hikoyatida muallif izohi asosiy o‘rin egallaydi?

A) “Namrud” hikoyati B) “Ilon va qaldirg‘och” hikoyati C) “Uzum” hikoyati D) “Sulaymon va Qarinchqa” hikoyati

21. Qur’on sujeti asosida yaratilgan asarni ko‘rsating.

A) “Qissasi Rabg’uziy” B) “Qisasi Mashrab” C) “Sehrli qalpoqcha” D) “Uzum qissasi”

22. Rabg‘uziy shaxsning kamoloti, faqat jismoniy sifatlar bilan belgilanmasligi, buning uchun aqliy, ma’naviy belgilar mezon bo‘lishini qaysi hikoyatda keltirilgan?

A) “Yusuf va Zulayho” B) “Dovud” haqida C) “Namrud” haqida D) “Sulaymon va qarinchqa”

23. “Sulaymon va qarinchqa” hikoyatida Qarinchqa Sulaymonning qaysi so‘zidan keyin “bu so‘zdin hasad isi kelur” deb javob beradi? (majmua asosida)

A) Yelni tiladimki manga musahhar qildi. B) Andog‘ mulk tiladimkim, mandin o‘zga kim ersada bo‘lmasin. C) Uchar qushlarga hukm qildim. D) Dev-parini menga musahhar qildi.

24. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi hikoyatlarda nimaning ta’siri kuchli seziladi?

A) xalq og‘zaki ijodining B) mubolag‘aning C) xayolatning D) real voqealarning

25. “Qisasi Yusuf” asari kimning qalamiga mansub?

A) Qul Ali B) Husam Kotib C) Otamalik Juvayniy D) Mahmud Bulg‘oriy

26. Shayton qaysi hikoyatning asosiy qahramoni?

A) “Bilqis” hikoyati B) “Namrud” hikoyati C) “Uzum” hikoyati D) “Yusuf” hikoyati

27. “Aqli tengsiz beg” – deb ta’riflangan hukmdor nomi qaysi qatorda berilgan?

A) Mirzo Ulug‘bek B) Nosiriddin To‘qbo‘g‘a C) Dod Sipohsolor D) Husayn Boyqaro
XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo‘lgan adabiyot

1. Lutfiy kimning taklifi bilan “Zafarnoma”ni o‘zbekchalashtirgan?

A) 1431- yil Ulug‘bek taklifi bilan B) 1437- yil Shohrux mirzo taklifi bilan C) 1438- yil Shohrux mirzo taklifi bilan D) 1438- yil Ulug‘bek taklifi bilan

2 Ahmad Mansur Samarqandiy qalamiga mansub asarni belgilang.

A) “Tarjimon ul-balog‘a” B) “Kanzul g‘aroyib” C) “Funun ul-balog‘a” D) “Tazkirat ush-shuaro”

3. XIV-XVI asrlarda adabiy davralarda ishtirok etadigan har bir kishi o‘tganlardan va zamondosh shoirlardan necha misra she’rni yod bilishi kerak?

A) 3000 va 2000 B) 3500 va 2200 C) 4000 va 1500 D) 40000 va 20000
Atoyi

1. Navoiy Atoyi ijodiga, o‘zining qaysi asarida yuksak baho bergan?

A) “Nasoyim-ul muhabbat” B) “Majolis-un nafois” C) “Xazoyin- maoniy” D) “Tarixi mulki ajam”

2. Atoyi o‘z ijodida ko’proq qanday tasvirlar yaratgan?

A) o‘xshatishlar, kutilmagan mubolag‘a B) sifatlash, jonlantirish C) sifatlash, mubolag‘a D) istiora, anofora

3. Atoyi qaysi she’rida yor ma’shuqasi uchun kipriklarini supurgi, yuzini hokondoz qilishga tayyor oshiq obrazini beradi?

A) Jamoling vasfini B) Ul sanamkim… C) Mingiz yo rizvonmidur D) “Begim” radifli gazalida

4. Jamoling vasfini qildim chamanda,

Qizordi gul uyattin anjumanda. Atoyi g‘azalining ushbu matlasida qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) irsoli masal B) talmeh C) jonlantirish C) mubolag‘a

5. “Husn”ni “Mushaf” (“Qur’on”)ga “meng” (xol)ni oyatga o‘xshatib, yor go‘zalligini tasvirlashdan maqsad Alloh ekanligiga ishora qilgan adib nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Rabg‘uziy B) Yugnakiy C) Yassaviy D) Atoyi

6. Navoiy kimni “turkona aytur edi” deb ta’riflagan?

A) Sakkokiy B) Lutfiy C) Atoyi D) Rabg‘uziy

7. Chiqish she’riyatida zulf nimaga o‘xshatilgan?

A) kofirga B) chin lashkariga C) mo‘ysafidga D) tuproqqa

8. Chiqish she’riyatida ko’z nimaga tashbeh qilingan?

A) chin lashkari B) jalodning qilichiga C) kofir D) A, C

9. Kim o‘z g‘azalida qizning go‘zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, u qo‘lini suvda yuvib tozalamaydi, balki qo‘lini yuvib suvni poklaydi deb aytadi?

A) Lutfiy B) Sakkokiy C) Rabg‘uziy D) Atoyi

10. O‘z g‘azalida “suv qizi”, ya’ni suv parisining “goh-goh ko‘zga ko‘rinishga” imon keltirgan shoir ..

A) Lutfiy B) Sakkokiy C) Atoyi D) A.Navoiy

11. Ul ilikkim suvdin oriqdur, yumas oni suvda,

Balki suvni pok bo‘lsin deb iligi birla yur. Ushbu misra kimning g‘azalidan olingan?

A) Atoyi B) Lutfiy C) Sakkokiy D) A.Navoiy

12. Mumtoz she’riyatimizga alohida olingan inson ruhiyati tasvirini kirita bilgan shoirimiz qaysi qatorda berilgan?

A) Lutfiy B) Sakkokiy C) A.Navoiy D) Atoyi

13. “Ey mus’hafi husnimg‘a menging nuqtayi oyat,

Islom eliga bo‘ldi yuzing nuri hidoyat.” Baytda yor yuzi nimaga o‘xshatilgan?

A) Mus’haf-Qur’on B) Tavrot C) Gul D) Injil

14. “Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngilni,

Oyog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda.” Baytda qanday she’riy san’atdan foydalangan?

A) ishtiqoq, talmeh B) ishtiqoq, tazod C) tazod, ta’did D) tashxis, tazod

15. Ma’lumki Atoyi she’rlari ishq-muhabbat haqida. Shoir yorning ta’rifini nimalar orqali tavsif etadi?

A) qaddi-qomat B) yuzi, ko‘zi, xoli C) qoshi, sochi, kiprigi, labi D) barcha javoblar to‘g‘ri
G’azal

1. G‘azallar mavzu doirasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

A) ishqiy, ijtimoiy- ma’rifiy, hajviy B) ishqiy, hajviy C) ishqiy-falsafiy, ijtimoiy- siyosiy D) Ishq-muhabbat, do‘stlik

Sakkokiy

1. Sakkokiyning qasidalari qaysi tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan?

A) Xalil Sulton, Xo‘ja Muhammad Porso B) Arslonxo‘ja Tarxon C) Mirzo Ulug‘bek D) Xalil Sulton, Arslonxo‘ja Tarxon, Xo‘ja Muhammad Porso, Mirzo Ulug‘bek

2. Sakkokiyning devonidan bizgacha qaysi harflar bilan tugallanuvchi g‘azallar yetib kelmagan?

A) “alif”dan “nun”gacha va “vov” B) “alif”dan “nun”gacha va “yo” C) “alif”dan “qof”gacha va “vov” D) “alif”dan “lom”gacha va “vov”

3. Navoiy kimni turk alfozining bulag‘olaridan deb ta’riflaydi?

A) AtoyiB) Lutfiy C) Sakkokiy D) Jomiy

4. Ern so‘zi mumtoz she’riyatimizda qanday ma’no anglatadi?

A) ko‘z B) lab C) qosh D) yuz

5. Arslonxo‘ja Tarxon tarixda qanday shaxs sifatida qolgan?

A) maqmara bunyod etgan B) tarixchi C) “Hibat ul-haqoyiq”ni ko‘chirtirgan shaxs D) shoir

6. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Sakkokiyning qayerlik ekanini takidlaydi?

A) Buxoro B) Samarqand C) Movarounnahr D) Xuroson

7. Sakkokiyning bizgacha qancha merosi yetib kelgan?

A) devon, 175 ta g‘azal, B) 11 ta qasida, 40 ta g‘azal C) 11 ta qasida, 4 ta g‘azal D) 15 ta qasida 10 ta g‘azal

8. Sakkokiy g‘azallarining bosh mavzusini aniqlang.

A) go‘zallik B) insonparvarlik C) muhabbat D) A va B

9. Adanda dur, Badaxshonda la’l bo‘lganidek Xo‘tan sahrolarida nima serob bo‘lgan?

A) oltin B) javohir C) ohu-kiyik D) olmos

10. O‘zbek adabiyotidagi ilk qasida yozgan shoirni aniqlang.

A) Sakkokiy B) Lutfiy C) Atoyi D) Sayfi Saroyi

11. Ko‘zim yoshig‘a nazar qil, ko‘ngul bo‘lur ravshan

Ey sarvinoz, oqar suvg‘a qilsa nazzora. Ushbu baytda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang.

A) tajnis B) irsoli masal C) tazod D) ishtiqoq

12. Agar oq yuzingga qora sochlaring yoyilsa,

O‘sha soatdayoq ko‘ngil mag‘lub bo‘ladi. Sakkokiyning Ushbu mazmundagi g‘azali radifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Mag‘lub bo‘lar B) Bo‘lsa erdi C) Ey jon D) Yoqa keldi

13. Mumtoz she’riyatimizda qosh nimalarga mengzatiladi?

1) oy; 2) kamon 3) hilol; 4) nayza; 5) sarv; 6) qilich;

A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, D) 1, 2, 3

14.«Majolis un-nafois» tazkirasida «Samarqand ahli anga ko‘p mu’taqiddurlar (e’tiqod qo‘yganlar) va bag‘oyat ta’rifini qilurlar», – deb kimga ta‘rif berilgan?

A) Navoiy B) Sakkokiy C) Haydar Xorazmiy D) Lutfiy
Qasida

1. Qasidalar mavzu yo‘nalishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

A) vasf, madh, marsiya, hajv, munojat, falsafiy B) vasf, madh, marsiya, hajv, C) lirik, munojat, falsafiy D) to‘g‘ri javob yo‘q

2. Qasidalar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi.

A) vasf va madh qasidalari B) to’liq va mufassal C) to’liq va chala (mujarad) D) nasib, qasd va falsafiy
Lutfiy

1. Lutfiyning “Ayoqingga tushar har lahza gesu,

Masaldirkim charoq tubi qorong‘u.” Ushbu g‘azalda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) talmeh B) laf va nashr C) irsoli masal D) tarse’

2. Navoiygacha bo‘lgan davrdagi turkiy adabiyotning eng yirik vakilini aniqlang.

A) Yusuf Xos Hojib B) Yassaviy C) Sakkokiy D) Lutfiy

3. Mavlona Lutfiyga mashhur adabiyotshunos Ahmad Taroziy – zamondoshi qanday nisba beradi va uni qanday izohlash mumkin?

A) “Shoshiy” – shohlar naslidan ekaniga ishora B) “Mavlono” – Musulmon sharqida olim-u fuzalolarga beriladigan nisba C) “Shoshiy” – asli toshkentlik ekaniga ishora D) “Shoshiy” – shon-u shuhratga ega bo‘luvchi

4. Noziklik ichra belicha yo‘q tori gisuyi

O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi. (Lutfiy) Baytda qo‘llangan she’riy san’atni aniqlang.

A) husni ta’lil B) tashbeh C) ta’did D) tajohuli orif

5. Nozuklik ichra belicha yo‘qdir gisuyi

O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi. Lutfiy qalamiga mansub baytdagi “gisu” so‘zinig manosini aniqlang.

A) soch tolasi, soch o‘rimi B) soch o‘rimi C) bel nozikligi D) A va B

6. Qoshing erning, yuzung ey rashki rizvon

Hilolu, kavsaru bog‘i jinondir. Misralardagi o‘xshatishlarni aniqlang.

A) yuz – jannat bog‘i B) ern (lab) – kavsar C) qosh – hilol D) qosh – hilol, ern (lab) – kavsar, yuz – jannat bog‘i

7. Yorning beli soch o‘rimidan nozikroq, ingichkaroq.

Chunonchi: yorning sochi beliga nisbatan yo‘g‘onroq bo‘lgani uchun pastda o‘tiribdi, degan o‘xshatishlar qaysi adib ijodida uchraydi?

A) Atoyi B) Sayfi Saroyi C) Sakkokiy D) Lutfiy

8.Lutfiy Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarini kimning topshirig‘iga ko‘ra tarjima qilgan?

A) Mironshoh B) Shohruh Mirzo C) Ulug‘bek Mirzo D) Abulqosim Bobur

9. Lutfiyning qaysi g‘azalida yor firoqida jon taslim etadigan holatga kelgan oshiq ahvoli aks etgan?

A) “Jonim chiqadur dard ila jononima ayting” B) “Nigoro sensizin mandin ne hosil?” C) “Qon bo‘ldi ko‘ngul firoqingdin” D) “Ul mening joni jahonimdin salom”

10. Ma’lumki, “Gul va Navro‘z” dostoni uzoq yillar davomida Lutfiy qalamiga mansub deb kelingan, so‘ngra bu dostonning kimga tegishli ekanligi aniqlangan. Bu doston qaysi qatorda berilgan?

A) Haydar Xorazmiy B) Sakkokiy C) Atoyi D) Sayfi Saroyi

11. Lutfiy tasavvuf ilmini kimdan o‘rganadi?

A) Yusuf Hamadoniy B) Ahmad Taroziy C) Shahobiddin Xiyoboniy D) A va B

12. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida «Turkcha devoni mashhurdir» deb kimni hurmat bilan tilga oladi?

A) Tog‘asi Kobuliyni B) H. Boyqaroni C) Ibrohim Adhamni D) Lutfiyni
Nazariy ma’lumot .Tuyuq va qit’a

1. Qit’alarning ko‘pligi nima deb ataladi?

A) munshaot B) mufradot C) mustazod D) muqattaot

2. Tuyuq aruzning qaysi bahrida yoziladi?

A) ramali musaddasi solim B) hazaji musaddasi maqsur C) hazaji musaddasi solim D) ramali musaddasi maqsur

3. Tajnisli tuyuq necha xil bo‘ladi?

A) ikki misrasi tajnisli qofiyalangan B) uch misrasi tajnisli qofiyalangan C) radifida tajnis bo‘ladi D) A, B va C

4. Navoiy zamonida qit’alar qanday shaklda uchraydi?

A) sarlavhalangan B) qofiyalamagan C) taxallus qo‘yilgan D) mustazod

5. Tuyuqning uchta muhim xususiyati mavjud. Ushbu xususiyatlarni aniqlang.

A) aruzning muayyan vaznida yoziladi B) tajnis shaklan bir xil so‘zlar bilan ifodalanadi C) to‘rt misralik aruzning muayyan vaznida yoziladi D) A va B
Nazariy ma’lumot .Irsoli masal, talmeh hamda laf va nashr san’atlari

1. She’riyatda aytilayotgan gapga mos keluvchi biror maqolni keltirish orqali fikrni dalillashga urinish qanday badiiy san’atni yuzaga keltiradi?

A) irsoli masal B) talmeh C) laf va nashr D) tamsil

2. Qaysi she’riy san’at turida o‘tmishdagi biror tarixiy shaxs yoxud voqeaga ishora qilinadi?

A) tamsil B) tarse’ C) talmeh D) irsoli masal

3. Bu she’riy san’at turida shoir biror narsa, yoxud hodisani oldin sanaydi, so‘ng shu tartibda ularga tegishli o‘xshatishlarni tizib chiqadi. Gap qaysi she’riy san’at turi haqida bormoqda

A) tajohuli orifona B) laf va nashr C) husni ta’lil D) tamsil

4-DARS. UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi). (159-217-betlar)

Reja:

1. Alisher Navoiy.

2. Ulkan meros.

3. G‘azal mulkining sultoni.

4. “Xamsa”.
Alisher Navoiy

1. Navoiy she’riy me’rosining kulliyoti hisoblangan devonni ko‘rsating.

A) “Navodir un-nihoya” B) “Badoyi ul-bidoya” C) “Xazoyin ul-maoniy” D) “Majolis un-nafois”

2. Navoiyning “Devoni Foniy” nomli g‘azallar to‘plamida qanday janrlardan foydalangan?

1. g‘azal 2. tashxis 3. tarkiband 4. ruboiy 5. mubolag‘a 6. qit’a 7. murabba

A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4, 7 D) 5, 6, 7

3. Qaysi adib Navoiyni “G‘azal mulkining sultoni” deb ta’riflangan?

A) Bobur B) Oybek C) Fuzuliy D) M. Shayxzoda

4. Fuzuliy shoirlar haqida to‘xtalganda turkiy she’riyatda Navoiyni, forsiyda Nizomiyni, arab adabiyotida kimni tilga oladi?

A) Farididdin Attorni B) Abu Husaynni C) Abu Nuvosni D) Jomiyni

5. Qaysi shoir Navoiyni “Navoiyi suxandon”, “Manzuri shahanshohi Xuroson” deb ta’rif etadi?

A) Bobur B) Shayxzoda C) Oybek D) Fuzuliy

6. Xuroson shahanshohi Sulton Husaynga g‘azallari va dostonlari bilan manzur bo‘lgan buyuk shoir qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Alisher Navoiy B) Bobur C) Atoyi D) Lutfiy

7. G‘azaliyotda baytlarni bir-biriga bog‘lab borish, fikr yoxud obrazni darajama-daraja o‘stirish san’ati nima deb ataladi?

A) tadrij B) tarji’band C) tardi aks D) talmeh

8. Yordin ayru ko‘ngul ... she’rida qanday badiiy san’atlar mavjud?

A) ig‘roq B) tardi aks C) mubolag‘a D) tadrij

9. G‘ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,

To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldim sango.

Ushbu baytning radifini aniqlang.

A) benavo B) topmadim C) sango D) bo‘ldim sango

10. Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay.

Ushbu baytda qaysi she’riy san’atning chiroyli na’munasi keltirilgan?

A) talmeh B) tashxis C) tazod D) tarji’band

11. She’riy janrdagi misralarning miqdoriy tartibini bildiruvchi lirik janr nima deb ataladi?

A) tashxis B) tarjiband C) tablig‘ D) takrir

12. Navoiyning “Xarobat aro kirdim oshiftahol ” matla’li asari qaysi she’riy janrda yozilgan?

A) mubolag‘a B) musamman C) musaddas D) tarji’band

13. Tarjibandlar ko‘pincha qanday mavzuda yoziladi?

A) falsafiy B) amaliy C) ishqiy D) sarguzasht

14. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” to‘plamida qancha ruboiy jamlangan?

A) 256 ta B) 136 ta C) 138 ta D) 133 ta

15. Navoiyning “Mendek” radifli ruboiysi qanday xarakterga ega?

A) jangnoma B) hasbi hol C) ruhiy D) didaktik

16 Quyidagilardan qaysi biri Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biri hisoblanadi?

A) “Majolis un-nafois” B) “Lison ut- tayr” C) “Tarixi muluki Ajam” D) “Sab’atu abhur”

17. Kamolotga yetish bosqichlari bo‘lgan yetti vodiy nomi to‘g‘ri tartib berilgan qatorni aniqlang.

A) talab, ishq, ma’rifat, istig‘no, tavhid, hayrat, fano B) istig‘no, tavhid, hayrat, fano, talab, ishq, ma’rifat C) talab, ishq, istig‘no, ma’rifat, tavhid hayrat, fano D) hayrat, fano, talab, ishq, ma’rifat, istig‘no, tavhid

18. “Lison ut-tayr” dostonida aytilishicha, bu dunyo…

A) haqning tajallisi B) kulfatlar makoni C) insoniyat manfaatiga xizmat qiluvchi makon D) bevafo makon

19. Sharq mumtoz adabiyotida mashhur bo‘lgan Shayx San’on (ibn Saqqo) haqidagi hikoyat Navoiy dostonlarining qaysi biriga kiltirilgan?

A) “Farhod va Shirin B) “Mahbub ul-qulub” C) “Hayrat ul-abror” D) “Lison ut-tayr”

20. “Lison ut-tayr” dostonida ko‘rsatilgan Semurg‘ so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) uch qush B) o‘ttiz qush C) baxt qushi D) afsonaviy qush

21. Navoiy kimlarning muhabbati tufayli o‘z muhabbatini ham hikoya qilib, doston bitajagini yozgan edi?

A) Layli va Majnun B) Farhod va Shirin C) Bahrom va Dilorom D) Shayx San’on va tarso qiz
Ulkan lirik meros

1. Navoiyning o’zi tuzgan dastlabki devonlarini aniqlang.

A) “Chor Devon”, “Devoni Foniy” B) “Ilk Devon”, “Xazoyin ul-maoniy” C) “G’aroyib us-sig’ar”, “Navodir ush-shabob” D) “Badoye’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”

2. Navoiy necha xil lirik janrda ijod qilgan?

A) 16 B) 8 C) 10 D) 12

3. “Xazoyin ul-maoniy”dagi to’rt devonning yosh tartibi to’g’ri joylashishgan qatorni aniqlang.

A) “G’aroyib us-sig’ar”, 10 yoshdan 20 yoshgacha; “Navodir ush-shabob”, 25 yoshdan 35 yoshgacha; “Badoye’ ul-vasat”, 30 – 45 yosh; “Favoyid ul-kibar” 45 – 65 yosh B) “G’aroyib us-sig’ar”, 6-7 yoshdan 20 yoshgacha; “Navodir ush-shabob”, 20 yoshdan 30 yoshgacha; “Badoye’ ul-vasat”, 30 – 45 yosh; “Favoyid ul-kibar” 40 – 60 yosh C) “G’aroyib us-sig’ar”, 7-8 yoshdan 20 yoshgacha; “Navodir ush-shabob”, 20 yoshdan 35 yoshgacha; “Badoye’ ul-vasat”, 35 – 45 yosh; “Favoyid ul-kibar” 45 – 60 yosh D) “G’aroyib us-sig’ar”, 7-8 yoshdan 20 yoshgacha; “Navodir ush-shabob”, 20 yoshdan 35 yoshgacha; “Badoye’ ul-vasat”, 34 – 44 yosh; “Favoyid ul-kibar” 44 – 60 yosh

G‘azal mulkining sultoni

1. Navoiyning “Yo rab ul shahdu shakar yolabmudur” deb boshlanuvchi ruboyisining vazni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

A) ramali musaddasi maqsur B) ramali musammani mahzuf C) ramali musaddasi solim D) hazaji musaddasi maqsur

2. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» asarining nechanchi majlisini temuriylarga mansub shoirlarga bag‘ishlagan?

A) beshinchi majlisini B) sakkizinchi majlisini C) to‘rtinchi majlisini D) yettinchi majlisini

3. “Kamol et kasbkim olam uyidin …” deb boshlanuvchi qit’a muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Bobur B) Navoiy C) Lutfiy D) Nizomiy

4. Mumtoz she’riyatimizdagi qaysi she’riy janr arabcha “yolg‘iz, yagona” ma’nosini anglatadi?

A) fard B) qit’a C) musallas D) masnaviy

5. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonida qancha qit’a jamlangan?

A) 180 ta B) 133 ta C) 210 ta D) 503 ta

6. “Manzuri shahonshohi Xuroson” deya ta’riflangan shoir qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Nizomiy B) Lutfiy C) Jomiy D) Navoiy

7. Navoiyga “Manzuri shahanshohi Xuroson” deya ta’rif bergan shoirni aniqlang.

A) Fuzuliy B) Lutfiy C) Bobur D) Muhammad Solih

8. “Manzuri shahanshohi Xuroson” ta’rifidagi keltirilgan Xuroson shahanshohini aniqlang?

A) Bobur B) Abu Said C) Sulton Husayn D) Abulqosim Bobur

9. G‘azaliyotda baytlarni bir-biriga bog‘lab borish, fikr yoxud obrazni darajama-daraja o‘stirish tamoyili qaysi san’atga xos xususiyat sanaladi?

A) ta’kid B) tadrij C) munozara D) tarse’

10. Navoiyning tadrij san’atidan keng foydalanib yozilgan g‘azalini aniqlang.

A) “Yordin ayru ko‘ngul…” B) “Qaro ko‘zum” C) “Shitob aylab” D) “Topmadim”

11. Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bir,

Hajridin dardi va lekin voshdin darmoni yo‘q. Baytda qo‘llanilgan badiiy san’atni aniqlang.

A) tazod B) tashbeh C) ta’kid D) talmeh

12. Navoiy qaysi asarida ishqni guruhlarga ajratadi?

A) “Nasoyim ul-muhabbat” B) “Xamsa” C) “Mahbub ul-qulub” D) “Lison ut-tayr”

13. Navoiy g‘azaliyotining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etuvchi tushunchani aniqlang.

A) komillik B) ishq C) dunyo D) shoirlik

14. Navoiy fikricha dunyoga kelmoqdan murod nima?

A) dunyo lazzatlaridan bahramand bo‘lmoq B) komil inson bo‘lmoq C) o‘zini adoqsiz g‘amlarga tashlamoq D) ilohiy ishqqa yetishmoq

15. Navoiyning qaysi g‘azalida ishq yo‘lida shuncha jabr ko‘rib, sabr qilgan oshiq evaziga “bevafo” degan nom oladi?

A) “Ey do‘stlar dushmanlar oncha makr qildilar” B) “Netti, ne bo‘ldi?” C) “Gar jafo qil, gar jafokim dilsitonim sen mening” D) “Topmadim”

16. Quyidagi g‘azallardan qaysi birida oshiq yor bilan oshno bo‘lgan kunni balolig‘ deb hisoblaydi?

A) “Yordin ayri ko‘ngul mulkudurur sultoni yo‘q” B) “Jong‘a chun dermen” C) “Qoshi yosunmu deyin” D) “Ko‘rgali husningni…”

17. Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,

Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog‘i pinhonimdin el. Baytdagi tumori junun so‘zining ma’nosini belgilang.

A) buralgan, o‘ralgan B) jinnilikka qarshi tumor C) tumor kabi o‘ralgan D) junundek taxlangan

18. Har bir insonning asl hamdami qaysi qatorda berilgan?

A) borliq B) burch C) ko‘ngil D) vijdon

19. Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,

Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sango. Ushbu baytda qo‘llanilgan san’atni belgilang.

A) talmeh B) irsoli masal C) muvashshah D) tazod

20. Navoiyning “Ko‘rgali husningni” deb boshlanuvchi g‘azalda qaysi tariqat yo‘li ifodalangan?

A) so‘fiyona B) oshiqona C) ma’rifat D) orifona

21. Navoiy qaysi g‘azalida ma’shuqa husnini tasvirlash uchun tabiiy ranglardan foydalangan?

A) “Jong‘a chun dermen” B) “Xil’atin to aylamish jonon” C) “Kecha kelgum” D) “Yorsiz ko‘ngul”

22. Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husning yodidin,

Tobadanning aksidek alvon qizil, sorig‘, yashil.

Ushbu baytda qo‘llanilgan she’riy san’atni belgilang.

A) tashbeh B) ta’kid C) dalillash D) barchasi to‘g‘ri

23. Alisher Navoiy «Yordin ayru ko‘ngil mulkedurur, sultoni yo‘q» misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalida yoridan ayrilgan ko‘ngilni birinchi baytda hokimi yo‘q mamlakatga, ikkinchi baytda jonsiz jismni gulu rayhoni yo‘q-qaro tuproqqa o‘xshatadi. Uchinchi baytda yorsiz ko‘ngil nimaga o‘xshatiladi?

A) yonida jannati yo‘q do‘zaxga B) oysiz qorong‘u kechaga C) quyoshi yo‘q kunduzga D) xumori yo‘q mastga

24. Qaysi Ozarbayjon shoiri Navoiyning badiiy mahorati xususida go‘zal ta’rif keltirgan?

A) Shavqiy B) Marsiy C) Fuzuliy D) Ogahiy

25. Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida «pok niyat, pok ko‘ngil, pok ko‘z» kimlarda bo‘ladi deb takidlaydi?

A) avom ishqida B) siddiqlar ishqida C) valiylarda D) xos ishq kishilarida
Xamsa”

1. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari uning qaysi asarida o‘z aksini topgan?

A) “Mezon ul-avzon” B) “Saddi Iskandariy” C) “Hayrat ul-abror” D) “Mahbub ul-qulub”

2. Dedi: kishvar beray, kech bu havasdin!

Dedi: bechora, kech bu multamasdin! Misradagi kishvar so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) oltin B) yurt, viloyat C) boylik D) uy-joy

3. O‘z sevgisini o‘limi bilan isbot etgan go‘zal malika qaysi asar qahramoni?

A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Sab’ayi sayyor” D) “Salomon va Ibsol”

4. . Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni qaysi voqea bilan boshlanadi?

A) Chin xoqoniga tangri o‘g‘il hadya etishi bilan B) Farhodga ism qo‘yish voqealari bilan C) Chin xoqonining farzandsizligi bilan bo‘g‘liq voqealar bilan D) Farhod va Shirinning uchrashuvi bilan

5. Dedi: joningni olsa la’li yodi?

Dedikim ushbudur jonim murodi. “Farhod va Shirin” dostonidan olingan ushbu baytda qaysi qahramonlar o‘rtasidagi suhbat ifodalangan?

A) Farhod va Shirin B) Navfal va Farhod C) Xusrav va Farhod D) Farhod va Mehinbonu

6. “Farhod va Shirin ” dostoni qaysi vaznda yozilgan?

A) Hazaji musaddasi mahzuf B) Hazaji musammani maqsur C) Ramali musaddasi mahzuf D) Ramali musaddasi solim

7. Chu shirin joni erdi, onsiz o‘ldi.

Damekim o‘ldi onsiz, jonsiz o‘ldi. Ushbu baytda Navoiy Shirin o‘limidan keyingi kimning holatini tasvirlaydi?

A) Mehinbonuning B) Farhodning C) Husravning D) Shirinning onasini

8. Navoiy o‘zining qaysi dostonini “Shavq dostoni” deb ataydi?

A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin” C) “Saddi Iskandariy” D) “Sab’ayi sayyor”

9. Qaysi qahramonga tug‘ilganidayoq: Yuzinda ishq asrori yozilg‘on, Ichinda dard ta‘vizi qozilg‘on», — deya ta‘rif beriladi?

A) «Sab‘ai sayyor»da — Bahromga B) «Gul va Navro‘z»da — Navro‘zga C) «Farhod va Shirin»da - Farhodga D) «Layli va Majnun»da — Qaysga

10. Sharq adabiyotiga birinchi marotaba Shirin obrazini kiritgan adibni aniqlang.

A) Jomiy B) Navoiy C) Firdavsiy D) Ganjaviy

11. Navoiy «Xamsa» dostonlaridan qaysi birning muqaddimasida «Xamsa» yozishdagi o‘ziga xos yo‘riqlarni bayon etgan?

A) «Saddi Iskandariy»da B) «Hayrat ul-abror»da C) «Sab’ayi Sayyor»da D) «Farhod va Shirin»da

12. Navoiy «Xamsa»sidagi qaysi qahramon Qur’oni karimni bir yilda yod oladi?

A) Qays B) Bahrom C) Iskandar D) Farhod

13. Navoiy «Hayrat ul-abror»ning birinchi maqolatida nima haqida so‘z yuritadi?

A) rostlik haqida B) so‘z haqida C) iymon haqida D) adolat haqida

5-DARS. UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi). (218-262-betlar)

Reja:

1. “Xamsa” (davomi). “Layli va Majnun”, “Sab‘ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”.

2. Tasavvuf va adabiyot.

3. Muhammad Solih.

4. Mumtoz adabiyotimizning asosiy xususiyatlari.

5. Xoja.

6. Mumtoz hikoya.

7. Zahiriddin Muhammad Bobur.

Xamsa” (davomi)

1. Nizomiyning “Layli va Majnun” dostoniga nechta nazira bitilgan?

A) 118 ta B) 112 ta C) 119 ta D) 120 ta

2. Qaysi rus shoiri 1911- yilda “Majnun va Layli” nomli doston yaratgan?

A) V. Radlov B) S.Smeshtov C) D. Lemkin D) V. Xlebnikov

3. Navoiy o‘zining “Layli va Majnun” dostonida qanday tasvirga alohida e’tibor bergan?

A) fantastik B) ruhiyat C) tabiat D) dunyo

4. “Layli va Majnun” dostonida har chaqin chaqnaganda qaysi tog‘ yorishib ketardi?

A) Qof tog‘i B) Tur tog‘i C) Mug‘ tog‘i D) Sino tog‘i

5. “Layli va Majnun” dostonining so‘ngida qanday maxsus bob keladi?.

A) “Ishq ta’rifida” B) “Muhabbat kuyi” C) “Umr to‘g‘risida” D) “May xususida”

6. Ko‘pincha jang-u jadallar, fitna-yag‘molar homiysi sifatida keluvchi qahramonni aniqlang.

A) Bahrom B) Xusrav C) Axriman D) Yazdijurd

7. “Xamsa” ning qaysi qahramoni Eron shohi Yazdijurdning o‘g‘li hisoblanadi?

A) Bahrom B) Xusrav C) Farhod D) Qays

8. Navoiyning “Sab’ayi sayyor” dostonida voqelar nechanchi bobdan boshlanadi?

A) 10 B) 11 C) 13 D) 12

9. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom shanba kunini qaysi yurt malikasi bilan o‘tkazadi?

A) Rum malikasi B) Hind malikasi C) Eron malikasi D) Shahrisabz malikasi

10. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom Rum malikasi huzurida qaysi hikoyani tinglaydi?

A) Axiy haqidagi B) Sa’d haqidagi C) Juna va Mas’ud haqidagi D) Zayd Zahhob haqidagi

11. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom Diloromning daragini qaysi malika huzurida va qaysi musofirdan eshitadi?

A) Xorazm malikasi, Chin musofiridan B) Chin malikasi, xorazmlik musofirdan C) eronlik malika, Hind musoforidan D) Rum malikasi, xorazmlik musofirdan

12. XIX asrda qaysi ijodkor “Shoh Bahrom va Dilorom” dostonini yozdi?

A) koshg‘arlik G‘aribiy B) g‘aznalik Ardabiliy C) peshavarlik G‘azzoliy D) koshg‘arlik Ardabiliy

13. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida Mahmud G‘aznaviy haqida ma’lumotlar uchraydi?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Sab’ayi sayyor” C) “Saddi Iskandariy” D) “Layli va Majnun”

14. Iskandar Eronni egallagach ko‘p podshohlar unga bo‘yin egib keladilar, ammo ba’zi mamlakat podsholari unga bo‘ysunishni istamaydilar. Bular qaysilar?

A) Kashmir, Hind, Farang B) Chin, Farang, Hind C) Hind, Farang, Kashmir D) Kashmir, Hind, Chin

15. Ey ishq g‘arib kimyosen,

Bal oinayi jahonnamosen. (Navoiy) Bayt qaysi asardan olingan?

A) «Hayrat ul-abror» B) «Farhod va Shirin» C) «Layli va Majnun» D) «Sab‘ai sayyor»

16. Navoiy «Xamsa»sida qaysi shohga so‘ngak olib kelgan darvesh obrazi berilgan?

A) «Saddi Iskandariy»da Chin xoqoniga B) «Saddi Iskandariy»da Iskandarga C) «Farhod va Shirin»da Chin xoqoniga D) «Sab’ayi Sayyor»da Bahromga

17. «Sab‘ai sayyor» dostonida Dilorom xorazmlik sozchi-musiqachiga o‘z sirini aytishidan oldin unga qanday shart qo‘ygan?

A) Xorazmdan ketishni B) bu sirni hech kimga, aytmaslikni C) sirni fosh qilmaslikka ont ichiradi D) otasiga — Xojaga bu gapni aytmaslikni

18. Ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab antik grek olimlari va faylasuflari Yaqin va O‘rta Sharq xalqlariga yaxshi ma’lum bo‘lgan. Quyidagi qaysi javobda Gippokrat, Platon, Aristotel, Pifagor, Sokratlarning sharqda tanilgan nomlari to‘g‘ri tartib asosida berilgan?

1. Buqrot; 2. Suqrot; 3. Arastu; 4. Naqumojus; 5. Aflotun; 6. Faysog‘urs

A) 1, 5, 3, 6, 2 B) 4, 5, 3, 6, 2 C) 6, 5, 3, 4, 2 D) to‘g‘ri javob berilmagan

19. Bir necha kun uyda edi poband,

Faryod anga goh baland-u goh past.

Yo‘q kunduzu kecha xo‘rdu xobi,

Dom ichida qushdek iztirobi. Ushbu parchada qaysi qahramon holati tasvirlangan?

A) Majnun B) Farhod C) Dilorom D) Bahrom

20. Beshikdagi nolasidanoq ishq dardi sezilib turgan qahramonni aniqlang.

A) Farhod B) Layli C) Majnun D) Bahrom
Nazariy ma’lumot. Tasavvuf va adabiyot

1. Shariat imonning po‘sti bo‘lsa, tariqat uning…

A) mag‘zi B) kamoloti C) zohiri D) fitrati

2. Tasavvuf ta’limoti qanday g‘oyalarni ilgari suradi?

A) moddiy istaklardan voz kechish B) haqiqat ilmga bog‘lanish C) butun insoniyatga yaxshilikni tavsiya etish D) A, B va C

3. Ilk so‘fiyni aniqlang.

A) Kushayniy B) Faxriddin Roziy C) G‘azzoliy D) Kufalik Abu Xishom

4. Tasavvufning asosini nima tashkil qiladi?

A) dunyoning yaratilishi haqidagi fikr B) pir va murid munosabati C) ilohiy ishq D) A va B

5. “Ishq o‘zligidan halos bo‘lib, sevgiling sifatlari bilan yashamoqdir”. Ushbu ta’rif muallifini aniqlang.

A) Abu Hoshim B) G‘azzoliy C) Mo‘yiddin ibn Arabiy D) Mansur Xalloj

6. Tariqat nima?

A) insonni allohga olib boradigan yo‘l B) shariat qonun qoidalariga amal qilish C) alloh ishqi bilan yashash D) A va B

Muhammad Solih

1. Muhammad Solihning bobosi Amir Shohmalik kimning tarbiyachisi edi?

A) Bobur B) Amir Husayn C) Mirzo Ulug‘bek D) Shayboniyxon

2. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonida qaysi davr hayoti aks etgan?

A) XV-XVII sarlar B) XV-XVI asrlar C) XIV-XVI asrlar D) XIV-XVII asrlar

3. “Shayboniynoma” dostonida Temuriylar timsoli qanday ifodalangan?

A) aysh-ishratga berilgan, aql-hushi o‘zida emas B) tangrining yerdagi soyasi C) ota va o‘g‘il orasidagi ziddiyatlar D) A va C

4. Muhammad Solihning “Shayboniynoma”si qanday doston hisoblanadi?

A) kitobiy doston B) qahramonlik dostoni C) tarixiy doston D) Ava B

5. “Shayboniynoma”ning hajmi qancha misrani tashkil qiladi?

A) 9 ming misraga yaqin B) 8 ming C) 7 ming D) 6 ming

6. “Shayboniynoma” dostoni qancha bobdan iborat?

A) 73 B) 75 C) 76 D) 77

7. Mumtoz an’anaga ko‘ra dostonlar qanday boshlanadi?

A) hamd, munojot va so‘z ta’rifi bilan B) qasd, na’t, munojot C) hamd, na’t va munojot bilan D) hamd, munojot bilan

8. Muhammad Solih “Shayboniynoma” dostonida Shayboniyxon timsolini ideallashtirib, uni kimga tenglashtiradi?

A) tangrining yerdagi soyasiga B) Iskandar va xalifa Haydarga C) ilm-fanda o‘z davrining Ibn Sinosiga D) A, B, C
Nazariy ma’lumot .Mumtoz adabiyotimizning asosiy xususiyatlari

1. Mumtoz adabiyotda ma’noni boyitish va ta’sir kuchini oshirish uchun nimalardan foydalaniladi?

A) badiiy tasvirdan B) badiiy san’atlardan C) dialog va paliloglardan D) A va B

2. Mumtoz adabiyotimizda g‘azallarning asosini nima tashkil qiladi?

A) ishq B) falsafiylik C) tasavvuf D) A, B, C

3. Aruz so‘ziga to’g’ri izoh berilgan javobni aniqlang.

A) arabcha “ustun” B) Arabistondagi vodiy nomi C) arabcha uch D) A, B

4. Vasl so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) yetishish B) ko‘rish C) jamol D) dahan

5. Rubobim tori ikkidir biri quvnoq biri mahzun... Ushbu misra muallifini aniqlang.

A) Ogahiy B) E. Vohidov C) Munis D) Fuzuliy

6. Aruz vaznida yopiq bo‘g‘inni qaysi unlilar ifodalaydi?

A) a, e, u B) o, e, o‘ C) o‘ ,u, o D) a, o, e

7. Segona nima?

A) sedana B) kunjut C) uchlik D) bilim

8. Mumtoz she’riyatda ma’shuqa bilan bog‘liq ko‘plab tashbehlar qo‘llangan. “Sarv”- yorning bo‘yiga, “sumbul”- yorning sochiga, “la’l”- yorning labiga tashbeh qilinadi. Yorning qosh va kipriklariga qo‘llangan tashbehni aniqlang.

A) qilich, xanjar B) yoy, o‘q C) yoy, qilich D) qilich, kamon

9. Aruz vazni qanday qonuniyatga asoslangan?

A) she’rdagi misralar bo‘g‘inlarining umumiy miqdoriga B) qofiya va intonatsiya bilan birikkan misralarning muayyan tartibda takrorlanishiga C) hijolarning uzun-qisqaligiga va ochiq-yopiqligiga D) B, C

10. Aruz so‘zi qanday so‘zdan olingan va qanday ma’noni anglatadi?

A) arabcha “aruz” so’zidan olingan bo’lib, “ustun” ma’nosinni anglatadi B) arabcha so‘z bo‘lib, “Aruz” ataladigan vodiy nomi C) forscha “bo‘lak” D) A, B javoblar to‘g‘ri

11. Aruz vaznida undosh bilan tugagan so‘zdan so‘ng unli bilan boshlanadigan so‘z kelganda, oldingi undoshning keyingi unliga qo‘shib olinishi …

A) imola deb ataladi B) vasl deb ataladi C) madd deb ataladi D) zihof deb ataladi
Xoja

1. “Shoh va gado” dostonining muallifini aniqlang.

A) Xoja B) Ubaydullaxon C) Badriddin Hiloliy D) Hasanxoja Nisoriy

2. Xojaning ota- bobolari haqida kimning qaysi asarida batafsil ma’lumot berilgan?

A) Xoja “Maqsad ul-atvor” B) Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” C) Bahodirxon “Bahodiri soniy” D) To‘g‘ri javob yo‘q

3. Xoja 1529- yili kim tomonidan shayxulislom etib tayinlangan?

A) Shayboniyxon B) Ubaydullaxon C) Kistan Qaro D) Muhammad Muhsin Mirzo

4. Xojaning “Maqsad ul-atvor” asari qaysi asarga nazira shaklida yozilgan?

A) Navoiy “Xamsa”sidagi “Farhod va Shirin” dostoniga B) Navoiy “Xamsa”sidagi “Hayrat-ul abror” dostoniga C) Ganjaviy “Xamsa”sidagi “Haft paykar” dostoniga D) Ganjaviy “Xamsa”sidagi “Maxzan ul-asror” dostoniga

5. Boburga yuborilgan Xojaning qaysi she’ri unga maqbul bo‘lib maqtagani qayd etiladi?

A) “Kunduzi avqotim sening hajringda nolon kechadur ”deb boshlanuvchi g‘azalida B) “Lutf aylab oxir Hirida shayxulislom ettilar” deb boshlanuvchi g‘azalida C) “Qo‘ying yig‘layki ushbu kun sevar yorimdin ayrildim” deb boshlanuvchi g‘azalida D) “Voy yuz ming voykim dildordin ayrildim” deb boshlanuvchi g‘azalida

6. Xoja o‘zining “Gulzor” nomli asari kimga bag‘ishlab yozilgan?

A) Ubaydullaxonga B) Husayn Boyqaroga C) Temur Sultonga D) Kistan Qaroga

7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Xojaning qaysi asarlari saqlanib qolgan?

A) “Miftoh ul-adl”, “Gulzor” B) “Miftoh ul- adl”, C) “Muzakkiri ahbob”, “Gulzor” D) “Muzakkiri ahbob”, “Maqsad ul- atvor”

8. Xojaning “Miftoh ul- adl” asari kimga bag‘ishlab yozilgan?

A) Kistan Qaroga B) Shayboniyxonga C) Temur Sultonga D) Ubaydullaxonga

9. Xojaning Boburga yuborgan maktubi kimning qaysi asarida qayt etilgan?

A) Xoja “Miftoh ul-adl” B) Xoja “Gulzor” C) Hasanxo‘ja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” D) Xoja “Maqsad ul- atvor”

10. Qaysi adib Bahoviddin Naqshband qabri yonida dafn qilingan?

A) Abdurahmon Jomiy B) Xoja C) Badriddin Hiloliy D) So‘fi Olloyor

11. Hasanxoja Nisoriyning qaysi asari 1993- yilda Ismoil Bekjon tomonidan forschadan o‘zbekchaga tarjima qilinib, “Meros” nashriyotida chop qilindi?

A) “Maxzan-ul asror” B) “Mubayyin” C) “Miftoh ul-adl” D) “Muzakkiri ahbob”

12. “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur,

Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur” deb boshlanuvchi g‘azal kimning qalamiga mansub?

A) Shayboniyxon B) Xoja C) Bobur D) Lutfiy

13. Hasanxo‘ja Nisoriyning 1566- yilda yozgan “Muzakkiri ahbob” asarida qancha ijodkor haqida ma’lumot berilgan?

A) 200 B) 290 C) 293 D) 300 ga yaqin
Mumtoz hikoya

1. Payg‘ambarlar, yarim tarixiy – yarim afsonaviy shaxslar va ular hayoti bilan bog‘liq qisqa ixcham lavhalar nima deb ataladi?

A) hikoyat B) doston C) mumtoz hikoya D) afsona

2. Mumtoz hikoyaning birinchi belgisini aniqlang.

A) ibratliligi B) tasodifiyligi C) ilohiyligi D) tugalligi

3. Tugal mazmunga ega bo‘lish mumtoz hikoyaning nechanchi belgisi sanaladi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

4. Mumtoz hikoyada she’riy parcha bo‘lishi shart emasligi uning nechanchi belgisi sanaladi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
Zahiriddin Muhammad Bobur

1. To‘zib erdi navkari Boburning,

Erib erdi jigari Boburning. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) tarse’ B) jonlantirish C) istiora D) o‘xshatish

2. Boburning bizgacha yetib kelmagan asarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) “Chorgoh”, “Mubayyin ul-zakot” B) “Chorgoh”, “Harb ishi” C) “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” D) “Chorgoh”, “Volidiya”

3. Boburning tarjima asari qaysi qatorda berilgan?

A) “Zafarnoma” B) “Volidiya” C) “Tuhfat ul-afkor ” D) “Fihi ma fihi”

4. “Aksar yalangoyoq yurar edim, yalangoyoq ko‘p yurganimdin oyoqlarim andoq bo‘lib edikim, tog‘ va tosh tafovut qilmas erdi”. Ushbu tarjimai hol muallifini aniqlang.

A) Ahmad Tanbal B) Bobur C) Yalangto‘shbiy D) Shayboniyxon

5. Boburning soliq ishlariga bag‘ishlab yozgan asarini aniqlang?

A) “Vaqfiya” B) “Muxtasar” C) “Mubayyin al-zakot” D) “Harb ishi”

6. 1526- yilning 12-dekabrda Bobur hayotida qanday voqea sodir bo‘ldi?

A) onasidan ayrildi B) zaharlandi C) Hindistonni qo‘lga kiritdi D) Samarqandni qo‘lga kiritdi

7. Xo‘ja Ahror Valiyning Bobur tomonidan she’riy yo’lda tarjima qilingan asari qanday nomlanadi?

A) “Volidiya” B) “Hiloliya” C) “Voqeanoma” D) “Hidoya”

6-DARS. UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi). XONLIKLAR DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI. (263-314-betlar)

Reja:

1. Bobur lirikasi.

2.Boburnoma”.

3. XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi adabiyot.

4. Turdi Farog‘iy.

5. Boborahim Mashrab.

6. Ma’naviy san’atlar.
Bobur lirikasi

1. Boburning nechta devoni bor?

A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

2. Boburning bizgacha yetib kelgan she’rlarining soni qancha?

A) 219 ta B) 300 dan ortiq C) 400 dan ortiq D) 360 ga yaqin

3. Boburning bizgacha nechta g‘azal va nechta ruboiysi yetib kelgan?

A) 119 ta g‘azal, 230 ta ruboiy B) 230 ta g‘azal, 109 ta ruboiy C) 231 ta g‘azal, 169 ta ruboiy D) 119 ta g‘azal, 231 ta ruboiy

4. Bobur qaysi janrlarda barakali ijod qilgan?

A) tuyuq, qit’a, muammo, muashshah B) muashshah, qit’a, ruboiy, fard C) tuyuq, qit’a, muammo, fard, masnaviy D) g‘azal, ruboiy, muashshah, tuyuq

5. “Sochining savdosi tushdi boshima boshtin yana,

Tiyra bo‘ldi ro‘zg‘orim ul qaro qoshtin yana” deb boshlanuvchi g‘azal muallifini aniqlang.

A) Lutfiy B) Navoiy C) Bobur D) Munis

6. “Vaqoye’” nomi bilan yuritilgan mashhur asar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Gulzor” B) “Humoyunnoma” C) “Badoye’-ul vaqoye’” D) “Boburnoma”

7. “Boburnoma” asarida qaysi shaharlar haqida ma’lumot berilgan?

A) Xuroson, Qobul, Qandahor, G‘azna, Hindiston B) Xorazm, Farg‘ona, Axsi, O‘sh C) Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Dehli D) Dehli, Kalkutta, Qobul, G‘azna

8. “Bobur-fe’li sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir” Ushbu tarif muallifini aniqlang.

A) Annet Bevirijxonim B) Eduard Xolding C) Pavel de Kurteyn D) Javohirla’l Neru

9. Bobur devonidan qancha ruboiy o‘rin olgan?

A) 175 ta B) 200 ta C) 231ta D) 185 ta

10. Bobur lirikasida qaysi janr yetakchi mavqega ega?

A) g‘azal, tuyuq B) ruboiy, qit’a C) g‘azal, ruboiy D) tuyuq, fard

11. Bobur so‘zning jilvasini, tovlanish xususiyatini juda yaxshi his etgan uning aynan ushbu xususiyat bo‘rtib turgan asarlaridan birini ko‘rsating.

A) “Yana” radifli g‘azali B) “Qoldimu” radifli g‘azali C) “Topmadim” radifli g‘azali D) A va B

12. Bobur ruboiylarining bosh fazilati nimada?

A) So‘zlarning tiniq, ifoda yorqinligi B) So‘zlar ommabop, manzaraga boy. C) Iztiroblar ifodalangan. D) Tilning soddaligida.

13. “ Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,

Yo rab, netayin ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.” Ushbu ruboiyda Boburning qanday holati ifodalangan?

A) “Hind sori ”borishni “xatolig‘”, “yuz qarolig‘” deb hisoblaydi. B) Hech bir yurt uning uchun o‘z yurti Turkistondek bo‘lolmaydi. C) Odamlar orasidagi munosabatlar haqida yozgan. D) A, B

14. Mashhur insonlardan qaysi biri ham Temurbekka, ham Chig‘atoyga qarindosh hisoblanadi?

A) Navoiy B) Lutfiy C) Husayn Boyqaro D) Bobur

15. Boburning jahon ovorasi bo‘lib yurishlariga nima sabab bo‘ladi?

A) Olloh B) taqdir C) mulozimlari D) yaqin do‘stlari

16. Bobur asarlaridagi yashil va ko‘klam ma’nolarini ifodalovchi so‘z qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) sabzu xurram B) lolarix C) maqdur D) archi

17. She’riyatda gul so‘zi yana qanday so‘z bilan yonma –yon qo‘llaniladi?

A) lab B) yuz C) soch D) dahan

18. Bobur asarlarida qo‘llangan yuz o‘girish ma’nosini bildiruvchi so‘z qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) rad B) nafy qilish C) arsu rixi rad D) ravon

19. Bobur asarlarida qo‘llangan qaysi so‘z sariq yuz ma’nosini ifodalaydi?

A) mustag‘roq B) gulgun C) rixi rad D) sard

20. Maqdur so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) imkon, kuch-qudrat B) sherik, suhbatdosh C) habib, yor D) zamon, koshona

21. Mumtoz adabiyotda yorning og‘zi qanday tasvirlanadi?

A) juda kichik ko‘rib bo‘lmas holatda B) g‘unchasifat C) bol tomuvchi buloq sifatida D) A va B

22. “Raftori-yu qaddig‘a ravonim sadqa

Bir boqishig‘a ikki jahonim sadqa” Ushbu she’riy baytda “sadqa” so‘zi qanday she’riy san’atni yuzaga keltirgan?

A) raviy B) qofiya C) radif D) husni ta’lil

23. Boburning “Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzing hajrida sarg‘ardim” deb boshlanuvchi g‘azalida qanday holat ifodalangan?

A) hijron B) armon C) visol oni D) visol sog‘inchi

24. Boburning “G‘urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur” deb boshlanuvchi g‘azali necha baytdan iborat?

A) 5 bayt B) 6 bayt C) 8 bayt D) 10 bayt
Boburnoma”

1. Boburning qaysi asari turk nasri taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi?

A) “Harb ishi” B) “Muxtasar” C) “Boburnoma” D) “Xatti Boburiy”

2. Bobur Navoiy ijodiga “Boburnoma”da qanday munosabat bildiradi?

A) Bobur Navoiyning asarlari haqida ayrim tanqidiy fikrlar aytib uning shaxsiga baho berib olamni tavre’ fard va jarida o‘tkardi. B) Bobur Navoiy haqida so‘z yuritganda uni “Ilm ahliga murabbiydir”- deb ta’riflaydi C) Bobur Navoiy ijodiga 2 xil munosabatda bo‘ladi: turkiycha aytgan she’rlarini maqtaydi, “Mezon ul-avzon” asari haqida ayrim tanqidiy fikrlar bildiradi. D) A, B

3. Bobur “Boburnoma”ning nechanchi yil voqealarida Navoiy bilan xat yozishganini keltirib o‘tadi?

A) 1494- yil B) 1496-1497- yil C) 1500-1501- yil D) 1505- yil

4. Boburning harbiy yurishlarida haqida yozilgan asarni aniqlang.

A) “Boburnoma” B) “Harbiy hiylalar” C) “Muxtasar” D) “Harb ishi”

5. “Boburnoma”da Bobur Navoiy ijodi va shaxsiyatiga qanday baho bergan?

A) “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi . Turkiy til birla to she’r aytibdurlar . Hech kim oncha ko‘p va xo‘p aytqon emas .” B) “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi, mizoji nozik bila mashhurdir” C) “…Yana musiqada yaxshi nimalar bog‘labdur . Yaxshi naqshlari va yaxshi peshvorlari bor ” D“Ilm va hunar ahliga murabbiydir va naziri yo‘q kishi edi.”

6. “Boburnoma”dastlab qanday nom bilan atalgan?

A) “Voqeati Boburiy” B) “Voqeanoma” C) “Tuzuki Boburiy” yoki “Boburiya” D) “Vaqoye”

7. “Boburnoma” da muallif shaxsi qanday aks etganligi matndan keltirilgan misollar yordamida ko‘rsating ?

A) “Tangri taolo bu nav’ saodatni bizga nasib qilibdur va mundog‘ davlatni bizga qariyib aylabdur” B) “Bizni ehtiromimiz ul sorilar bormoqqa behad va bag‘oyatdir Hindistonishlari ham bir na’v somon topib keladi … Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutqay ..Bu fursatda bir qovun keltirib yerdilar, kesib yegach g‘arib ta’sir qildi, tamom yig‘lab yedim..” C) “Tangri inoyati bilan Farg‘ona viloyatida 12 yoshida podshoh bo‘lgani”

D) A va B

8. Boburning “Boburnoma ” asarida qaysi davr oralig‘i hikoya qilingan?

A) 1483-1530- yillar B) 1526-1530- yillar C) 1528-1530- yillar D) 1494-1530- yillar

9. Bobur “Boburnoma”sida qaysi shohlar haqida ma’lumot bergan?

A) Husayn Ubay, Sulton Mahmud, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Muzaffar Mirzo, Umarshayx B) Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Sulton Mahmud, Muhammad Solih, Sulton Ahmad, Umarshayx, Muzaffar Mirzo C) Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Sulton Mahmud, Badiuzzamon, Umarshayx, Muzaffar Mirzo, Sulton Ahmad D) Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Sulton Mahmud, Ko‘chkinchixon, Abdulazizxon

10. “Boburnoma” 1586- yil qaysi tilga tarjima qilingan?

A) urdu tilida B) arab tilida C) fors tilida D) hind tilida

11. “Boburnoma” da adabiyot va san’at arboblaridan kimlar haqida ma’lumot berilgan?

A) Kamoliddin Binoiy, Behzod, Muhammad Solih, Alisher Navoiy, Mirak Naqqosh, Husayn Udiy va boshqalar haqida B) Alisher Navoiy, Kamoliddin Binoiy, Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy C) A, D D) Alisher Navoiy, Behzod, Pahlavon Mahmud, Ahmad Yassaviy

12. Bobur Navoiyning turmush tarzi haqida “Boburnoma”da qanday ma’lumot bergan?

A) “Alisherbek mizoji nozikligi bila mashhurdir” B) “Alisherbekdek murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lgay” C) O‘g‘il va qizi yo‘q D) “O‘g‘il va qizi yo‘q olamni tavre fard vujurida o‘tkardi”
XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan adabiyot

1. Adabiyotda xonliklar davri o‘zbek adabiyoti qaysi davrlar oralig‘ini o‘z ichiga oladi?

A) XV-XIX asrlar B) XVI asrdan XIX asrning I yarmi C) XVII asrdan XIX asrning I yarmigacha D) XVIII asrdan XIX asrning I yarmigacha

2. Qo‘qonga bostirib borib mashhur shoira Nodirabegimni farzand-u nabiralari bilan hammaning ko‘zi o‘ngida vahshiylarcha qatl ettirgan amir nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Buxoro amiri Muhammad Rahimxon B) Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxon C) Ming urug‘idan bo‘lgan Shoxruhbiy D) Buxoro amiri Nasrulloxon

3. Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxonning qaysi asarlari “Boburnoma”dan keyingi o‘zbek adabiyotidaga eng noyob hodisa bo‘lib kirib kelgan?

A) “Ansob us-Salotin”, “Shajarayi-tarokima ” B) “Muntahab ut-tavorix”, “Shajarai-turk” C) “Shajarai-turk”, “Shajarai-tarokima” D) “Shajarai-turk”, “Shohnomai-nusratpayom”

4. Abulg‘ozi Bahodirxonning qaysi fazilati bilan Boburdan keyingi ikkinchi hukmdor shaxs deb ta’riflaymiz?

A) yozgan ikki buyuk asari uchun B) har jihatdan yetuk inson, tadbirkor podshoh, tengsiz olim va sarkarda bo‘lgani uchun C) o‘zi tirik va soppa-sog‘ ekanligida taxtini o‘g‘liga topshirgani uchun D) davlat boshqaruvidagi ishlari uchun

5. Saroy adabiyoti va so‘fiylik adabiyoti qaysi davr adabiyotining tarkibiy qismlari hisoblanadi?

A) mustamlakachilik davri adabiyoti B) xonliklar davri o‘zbek adabiyoti C) uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti D) islom ta’siri davridagi turkiy adabiyoti

6. XVIII asrda Xivada Munis va Ogahiy qanday asarini yaratdi?

A) “Firdavs ul-iqbol”, “Baxt bog‘i”, “Riyoz ud -davla”, “Natoyij ul-fikr” B) “Natoyij ul-fikr”, “Gulshani davlat”, “Iqboli Fuzuliy” C) “Firdavs ul-iqbol”, “Baxt bog‘i”, “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”

D) A, B

7. Qo‘qon xonligida Hakimxon To‘raning qaysi asari yaratilgan?

A) “Shohnomai nusratpoyon” B) “Muntahab ut-tavorix” C) “Tarixi Abulfayzxon” D) “Natoyij ul-fikr”

8. Dastlab ayol ijodkorlarning faoliyati qaysi adabiy muhitda, muayyan ijodiy sharoitning yaratilishiga bog‘liq bo‘lgan?

A) Xiva xonligi adabiy muhiti B) Qo‘qon xonligi adabiy muhiti C) Buxoro amirligi D) A, B

9. Samarqandda XVII asr boshlarida yaratilgan Mutribiyning qaysi kitobida XVI- XVII asrlarda Samarqand va Buxoroda yashagan 320 dan ortiq ijodkor haqida ma’lumot keltirilgan?

A) “Tazkirat ush-shuaro” B) “Muzakkir ul-as’hob” C) “Tuhfat ul- ahbob” D) “Majmuai shoiron”

10. Qaysi tazkirada 160 ta shoir haqida ma’lumot berilgan?

A) “Majmuai shoiron” B) “Muzakkir ul-as’hob” C) “Tazkirat ush-shuaro” D) “Tuhfat ul-ahbob”

11. Buxoro va Qo‘qonda yashagan 145 ta shoir haqida ma’lumot keltirilgan tazkirani ko’rsating.

A) “Tuhfat ul-ahbob” B) “Majmuai shuaro” C) “Tazkirat ush-shuaro” D) “Majolis un-nafois”

12. 1821- yilda Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” tazkirasida kimlar haqida ma’lumot berilgan?

A) Buxoro va Qo‘qonda yashagan 145 ta shoir haqida B) Qo‘qon xoni Amir Umarxon saroyi atrofidagi 101 ta shoirning she’rlari ular haqidagi ixcham ma’lumot bilan birgalikda berilgan C) XVII asrda Samarqand va Buxoroda yashagan 320 dan ortiq ijodkor haqida ma’lumot berilgan D) XVII asrda Markaziy Osiyo va Eronda yashagan shoirlar haqida ma’lumot berilgan

13. Xalq kitoblari orasidagi “Nasri Xamsai benazir” asarini muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Sobir Sayqaliy B) Navoiy C) Umar Boqiy D) Qori Rahmatulloh Vozeh

14. Umar Boqiy Navoiyning qaysi dostonlariga o‘zgartirish kiritadi?

A) “Majolis un-nafois” va “Farhod va Shirin”ga B) “Farhod va Shirin” va “Sab’ayi Sayyor”ga C) “Saddi Iskandariy” va “Layli va Majnun”ga D) “Mezon ul-avzon” va “Lison ut-tayr”

15. Navoiy dostonlariga o‘zgartirish kiritgan Umar Boqiy o’z dostonlarini qanday nom bilan atagan?

A) “Qissai Farhod va Shirin” va “Haft avrang” B) “Qissai Farhod va Shirin” va “ Qissai haft manzarai Bahrom” C) “Yetti sayyora” va “Qissai Layli va Majnun” D) “Haft avrang” va “Yetti sayyora”
Turdi Farog‘iy

1. Turdi Farog‘iy qachon, qaysi xonlik davrida yashagan?

A) 1640- yillarda tug‘ilib, XVII asrda Buxoroda, Ashtarxoniy hukmdorlaridan Nodir Muhammad va uning o‘g‘illari hukmronligi davrida B) 1644- yillarda tug‘ilib, Buxoroda Subxonqulixon davrida yashagan C) 1699-1700- yillarda tug‘ilib Buxoroda Nodir Muhammad davrida D) Tug‘ilgan yili aniq emas, Buxoroda Abdulazizxon davrida yashagan

2. Turdining XVII asarning 80- yillardan keyingi hayoti qanday kechgan?

A) ijod bilan shug‘ullangan B) sayohat qilgan C) Ashtarxoniylar saroyida yashagan D) darbadarlikda, xor-zorlikda yashab, Subxonqulixonni hajv qiluvchi asarlar yaratgan.

3. Turdi Farog‘iyning o‘zbek adabiyotida qoldirgan merosining hajmi qanchani tashkil qiladi?

A) hajmi 440 misralik 18 ta she’r, 5 ta muxammas, 1 ta fard B) hajmi 434 misralik 18 ta she’r, 12 tasi g‘azal, 5 ta muxammas, 1ta fard C) hajmi 432 misralik 18 ta she’r, 11 ta g‘azal, 5 ta muxammas, 2ta fard D) hajmi 434 misralik 18 ta she’r, 11 ta g‘azal, 5 ta muxammas, 2 ta fard

4. Tor ko‘ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling,

To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Sakkokiy B) Atoyi C) Navoiy D) Turdi Farog‘iy

5. Turdi shaxsi haqida ma’lumot beruvchi g‘azalini aniqlang.

A) “Burun” B) “Turdiman” C) A, B D) “Ayladim”

6. “Yod mandin kim berur: yaxshi zamonlar ko‘rdiman” muxammasining muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Mashrab B) Ogahiy C) Muqumiy D) Turdi

7. “Yod mandin kim bo‘lur yaxshi zamonlar ko‘rdiman”Ushbu muxammas hajmi qanchani tahskil etadi?

A) 14 band, 60 satrlik B) 12 band, 60 satr C) 10 band, 50 satr D) 12 band, 50 satr
Boborahim Mashrab

1. Arabchada “ichimlik ichiladigan joy” va “fe’l, xulq, odat, tabiat” ma’nolarini beruvchi taxallus kimga berilgan?

A) Turdi B) Mullavali o‘g‘li Boborahim C) Umar Boqiy D) Qori Rahmatullo

2. Mashrab devonlari berilgan qatorni ko’rsating.

A) “Mabdai nur”, “Devoni Mashrab” B) “Eshoni Shoh Mashrab”, “Devonai Mashrab” C) “Mabdai Nur” va muxlislari tomonidan yaratilgan devon

D) A, B va C

3. Ey mening nozik nihol, oromijonim qaydasan?

Bu ko‘ngil bo‘stonida g‘uncha dahonim qaydasan? Ushbu bayt muallifini aniqlang.

A) Lutfiy B) Navoiy C) Mashrab D) Jomiy

4. “Qalandar bo‘l!” radifli g‘azal muallifi qaysi qarorda to’g’ri berilgan?

A) Turdi B) Ogahiy C) Munis D) Mashrab

5. “Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o‘zungga“ deb boshlanuvchi mustazodda kimning holati tasvirlanadi?

A) Muqimiy B) Munis C) Mashrab D) Turdi

6. Mazkur bayt Mashrabning qaysi mustazodidan olingan?

Boshimga agar keltirsa balo, sabr etadurman,

Sendin kecharim yo‘q,

Qaydin kechayin, ko‘nglimda to‘ladur senga mehrim,

Men oshiqi shaydo.

A) “Bul hasta vujudim meni o‘rtadi butkul, ul zulfi parishon” B) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” C) “Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o‘zingga” D) “Va’da qildi bir kelay deb, ko‘zga uyqu kelmadi”

7. 1691- yilda Mashrab 20 yillik safariga kim bilan boradi?

A) Ofoqxo‘ja bilan B) Pirmat Setoriy bilan C) yolg‘iz o’zi D) muxlislaridan biri bilan

8. “Mabdayi nur” asari muallifini aniqlang.

A) Ogahiy B) Nodira C) Amiriy D) Mashrab

9. Mashrab Makkaga kim bilan borishni xohlaydi?

A) Yor B) Boda C) Olloh D) A, B

10. Mashrabning qaysi g‘azali “ishq mazhabi”ga bag‘ishlangan?

A) “O‘rtar” B) “Qaydasan” C) “Chidayolmas” D) “Ayrilmisham”

11. Kimning timsoli insonning ruhiy hurligini cheklashga qaratilgan aqidalarga qarshi isyon, erkin fikrlilik ramzi bo‘lib qoldi?

A) Mashrab B) Ibrohim Adham C) Mansur Xalloj D) Pirmat Setoriy

12. Mashrab g‘azallarida uchraydigan xok so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) ruhiyat B) tuproq C) qabr D) olloh

13. Soqiy – manam, sog‘ar manam, ore, manam, manam, manam. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Majzub Namangoniy B) Mashrab C) Ogahiy D) Mirzo G‘olib

14. “Jahr” so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) zulm qilmoq, ozor yetkazmoq B) baland ovoz bilan zikr qilmoq C) hayr-sadaqa yig‘iladigan idish D) yig‘layotgan ko‘zlar

15. Qalandarlikning to‘rt amalidan biri bo‘lgan kam gaplik tasavvufda qaday atalgan?

A) sir po‘sht B) zahrno‘sh C) faromush D) xomush

16. “Illo fato illo Ali, yo sayf-u illo zulfiqor, har baloye pesht oyad, daf kun parverdigor!” so‘zlari qalandarlarning qaysi kiyimiga yozilgan?

A) shokilali sallasiga B) chiltoriga C) shaydoiy uchi burama do‘ppiga D) kamarga

17. Qalandarlar olib yurishi kerak bo‘lgan buyumlarni belgilang.

A) kashkul, matbag‘, rido, kisvat B) rido, matbag‘ C) kashkul, matbag‘, rido D) kashkul, kisvat

18. Bulbulday kim faryod etarman,

Ishq daftarin bunyod etarman.

Ko‘ngillarim men shod etarman,

19. Yorga yetar kun bormi yoronlar. Ushbu she’r tuzilishiga ko‘ra qanday ataladi?

A)mustazod B) musaddas C) murabba’ D) muhammas

20. “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi musaddas muallifini ko’rsating.

A) Turdi B) Ogahiy C) Munis D) Mashrab

21. Taqvo so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) dindorlik B) hokisorlik C) kambag‘allik D) zohidlik

22. Kim bir kechada shohona libosini darveshlik jandasiga almashtirib, ollohni izlab yo’lga tushadi?

A) Mansur Xalloj B) Ibrohim Adham C) Mashrab D) Pirmat Setoriy
Nazariy ma’lumot. Ma’naviy san’atlar

1. “Ilmi bade”ning ikkinchi nomi qaysi qarorda to’g’ri berilgan?

A) “Badoye us-sun” B) “Badoye us-sanoye ” C) “Ilmi qofiya ”D) “Lafziy”

2. Ma’no jihatdan o‘zaro zidlik, qarama-qarshi so‘z, fikr, rang va ma’nolarni qaysi san’at turida uchratamiz?

A) talmeh B) tarse’ C) tazod D) tanosub

3. Mazkur baytda ma’naviy san’atning qaysi turi mavjud?

Zohid, menga bir shishada may, senga namozing

Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim.

A) talmeh, tazod B) tazod, tajnis C) tanosub, tajnis D) tazod, tanosub

4. Baytda ma’no jihatidan bir-biriga yaqin so‘zlarning bir-birini taqozo etib kelishi qanday ataladi?

A) tajnis B) tanosib C) tazod D) tarse’

5. Quyidagi baytda qanday ma’naviy san’atlar qo‘llangan?

Vahdat mayini piri mug‘on ilkidin ichtim

Mansuri kibi boshimi dorg‘a tuta qoldim

A) tazod, tanosib, tarse’ B) tazod, tanosib, talmeh C) tarse’, tanosib, tajnis D) tazod, talmeh, tardi-aks

6. “Badoye’ us-sanoye” qaysi she’r ilmning ikkinchi nomi sanaladi?

A) lafziy B) ilmi qofiya C) ilmi aruz D) ilmi bade’

7. She’riy shaklga xos san’at qanday nomlanadi?

A) ma’naviy B) sun C) bade’ D) lafziy

8. She’rdagi vaznni tekshirish qaysi she’r ilmiga xos?

A) ilmi bade’ B) ilmi aruz C) lafziy D) ilmi qofiya

7-DARS. XONLIKLAR DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi).(314-358-betlar)

Reja:

1. Gulxaniy.

2. Hajviyot.

3. Shermuhammad Munis.

4. Amiriy.

5. Jahon Otin Uvaysiy.

6. Nodira.
Gulxaniy

1. Gulxaniy otasining vafotidan keyin kimning tarbiyasida qolgan?

A) Mir Said B) Yusuf Hamadoniy C) Xudoyqul Bahodirxon D) Shahobiddin Xiyoboniy

2. Gulxaniy xon saroyida qanday martabada faoliyat ko‘rsatgan?

A) o‘t yoquvchi B) hattotlik C) sipohiylik D) miroblik

3. Gulxaniydan bizgacha yetib kelgan ilmiy meros qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) 12 ta g‘azal, qasida, “Zarbulmasal” B) devon, “Zarbulmasal”, hikmatlar C) qasida, doston, “Zarbulmasal” D) ruboiy, qasida, “Zarbulmasal”

4. Gulxaniyning “Ko‘ngil ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” radifli g‘azali qaysi yo‘nalishda bitilgan?

A) ishqiy B) tasavvufiy C) yakpora D) diniy

5. Gulxaniyning qaysi g‘azalida dunyoga qo‘l siltagan, uning notantiligidan ko‘ngli ozor chekkan yo‘lovchi hajviyasi ifodalangan?

A) “Ko‘ngil ozurdadir dunyoga arzi ehtiyoj etmas” deb boshlanuvchi g‘azalida B) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi g‘azalida C) “Lola ko‘ksidek bag‘rim tahbatah qaro qonlar” deb boshlanuvchi g‘azalida D) “Davlating borida bordin ahli olam oshno” deb boshlanuvchi g‘azalida

6. “Dili vayronadin, jono, tavaqqu qilma dog‘ingni” Ushbu misradagi tavaqqu so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) ahd qilmoq B) yolvormoq C) umid qilish D) kechib ketmoq

7. Gulxaniy asarlarida qaysi lahjaga mansub so‘zlar ko‘proq uchraydi?

A) qipchoq B) qarluq C) o‘g‘uz D) qarluq va o‘g‘uz

8. Gulxaniy qaysi g‘azali maqta’sida dardiga iloj etmagan Iso nafasli ma’shuqadan bir oz yozg‘iradi?

A) “Lab uyur takallumg‘a, zulfini parishon qil” B) “Ko‘ngul ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” C) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” D) “Nega muncha siyohdur kokul”

9. Gulxaniy qaysi ijodkor faoliyatidan ta’sirlangan holda ijod qilgan?

A) Turdi Farog‘iy B) Lutfiy C) Munis D) Fuzuliy

10. “Zarbulmasal” qanday yo‘sinda yozilgan?

A) hikoya ichida hikoya B) hikoya ichida rivoyat C) masal ichida hikoya D) hikoya ichida matal

11. “Zarbulmasal”dagi badiiy obrazlar necha qismga bo‘lingan?

A) 5 B) 2 C) 3 D) 4

12. “Zarbulmasal”da qaysi turdagi jonzotlar obrazlar sifatida ishtirok etgan?

A) hayvonlar va qushlar B) hayvon va hasharotlar, odamlar C) hasharotlar, hayvonlar, qushlar D) qushlar, hayvonlar va hasharotlar, odamlar

13. Quyida berilgan hikoyalardan qaysilari “Zarbulmasal”da uchraydi?

A) “Toshbaqa bilan chayon”, “Maymun bilan Najjor”, “Bo‘z to‘quvchi” B) “Maymun bilan najjor”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan chayon” C) “Tuya bilan bo‘taloq”, “Shayx San’on”, “Ko‘rlar va fil” D) “Ko‘rlar va fil”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan chayon”

14. “Zarbulmasal”dagi masallar nimalar tilidan hikoya qilinadi?

A) hayvonlar, qushlar B) hasharotlar C) insonlar D) donishmandlar

15. “Zarbulmasal”da “yomon otga yo‘l bitsa, yonida to‘siq boylamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo‘ndirmas” maqolini qaysi qush tomonidan aytilgan?

A) Boyo‘g‘li B) Kulangir C) Turumtoy D) Yapaloqqush

16. Gulxaniy qaysi tillarda ijod qilgan?

A) arab, o‘zbek B) arab, fors-tojik C) fors-tojik, o‘zbek D) arab, o‘zbek, fors-tojik

17. Muhammad Sharif yana qanday taxallusda ijod qilgan?

A) “xolis” B) “ziyrak” C) “jur’at” D) “foniy”

18. “Farg‘ona mulkida chordevor noyob ekanini arz qilib o‘tib edik,

Agar Movarounnahr tabiatidin xohlasang har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin” “Zarbulmasal”dagi ushbu jumla qaysi qahromonga tigishli?

A) Boyo‘g‘li B) Kordon C) Ko‘rqush D) Turumtoy
Hajviyot

1. “Quda bo‘ldik, judo bo‘ldik” degan so‘zga yo‘qmiz” degan fikr “Zarbulmasal”da qaysi qush tomonidan aytilgan?

A) Yapaloqqush B) Boyo‘g‘li C) Ko‘rqush D) Kordon

Shermuhammad Munis

1. Munis qaysi hukmdor davrida bosh miroblik lavozimini egallagan?

A) Avazbiy inoq B) Muhammad Rahimxon I C) Eltuzarxon D) Olloqulixon

2. Munisning pedagogikaga oid risolasini ko‘rsating.

A) “Firdavs ul-iqbol” B) “Munis ul-ushshoq” C) “Savodi ta’lim” D) “Ravzat us-safo”

3. Munisning tarixiy asarini belgilang?

A) “Ravzat us-safo” B) “Savodi ta’lim” C) “Munis ul-ushshoq” D) “Firdavs ul-iqbol”

4. Munis qaysi asarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) “Ravzat us-safo” B) “Kalila va Dimna” C) “Qobusnoma” D) A, C

5. Munis qaysi janrda sermahsul ijod qilgan?

A) ruboiy B) g‘azal C) qasida D) tuyuq

6. Munisning qaysi g‘azalida shoirning shukronasi, ko‘tarinki kayfiyati, farahbaxsh holati ifodalangan?

A) “Istading, ey dil, ko‘zini, joning kerakmasmu sanga” B) “Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor” C) “Kulbam sari jononim kelmasmu ekin ayo” D) “Uzoringda nure ayondur ayon”

7. Munis qaysi hukmdorlarga bag‘ishlab qasida bitgan?

A) Avazbiy inoq, Muhammad Rahimxon I, Olloqulixon B) Avazbiy inoq, I C) Etuzar, Olloqulixon , Avazbiy, Muhammad Rahimxon D) Olloqulixon, Muhammad Rahimxon I, Avazbiy

8. Munis so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) jasur, qo‘rqmas B) odil, dono C) shafqatli, rahmdil D) do‘st, o‘rtoq

9. Xorazmda yashab ijod etgan taniqli shoir, mohir tarixchi, epchil siyosatchi, tarjimonni ko‘rsating.

A) Komil Xorazmiy B) Feruz C) Ogahiy D) Munis

10. Qaysi laylivash parining Majnuni bor men telbadek,

Qaysi Majnunning meningdek bir pari ruxsori bor. Ushbu baytda qanday san’at qo‘llangan?

A) savolu javob B) talmeh C) tanosub D) tajnis

11. Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz

Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz. Ushbu baytdagi “sahbo” so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) qon B) dard, alam C) may, sharob D) qayg‘u, g‘am
Amiriy

1. “Qo‘qon adabiy muhiti” deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo‘qon xoni, iqtidorli shoir va davlat arbob qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Feruz B) Xudoyorxon C) Umarxon D) Subhonqulixon

2. Amiriyning ustozi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Xudoyqul Bahodirxon B) Shahobiddin Xiyoboniy C) Yusuf Hamadoniy D) Muhammad Yoqub

3.Umarxon Andijon viloyatidagi qaysi shaharga asos solgan?

A) Marhamat B) Shahrixon C) Mingtepa D) Marg‘ilon

4. Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan?

A) Amiriy B) Jur’at C) Xoniy D) Xolis

5. Navoiyning 25 g‘azaliga taxmis bog’lagan shoirni aniqlang.

A) Munis B) Amiriy C) Fuzuliy D) Ogahiy

6. Amiriyning qaysi g‘azali mashhur “Chorzarb” kuyiga solinib, qo‘shiq qilib kuylangan?

A) “Nega muncha siyohdur ko‘ngul” B) “Junun daryosi tug‘yon aylamakni mendin o‘rgandi” C) “Lab uyur takallumg‘a zulfini parishon qil” D) “Qoshingga tekkuzmagil qalamni”

7. “Bel-u og‘zi xayolin mug‘tanim bo‘lmaysan ey ko‘ngil,

Na kim yo‘qdir anda shukr ayla, yo‘q-u boringni kuydirma”. Ushbu baytda Amiriy qanday she’riy san’at qo‘llaganini aniqlang.

A) Tashbeh B) Tanosub C) Irsoli masal D) Husni ta’lil

8. “Lab uyur takallumg‘a zulfini parishon qil” deb boshlanuvchi g‘azal muallifini aniqlang?

A) Amiriy B) Ogahiy C) Munis D) Fuzuliy

9. O‘zbek adabiyoti tarixidagi “Qo‘qon adabiy muhiti” asoschisini aniqlang.

A) Umarxon B) Olimxon C) Nodira D) Uvaysiy

10. Umarbekka, ham adabiy maslahat, ham siyosiy bilim bergan ustozi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Muhammad Yoqub B) Mulla Abdukarim C) Mushrif D) Mirzo Qalandar

11. Xon taxallusi bilan ijod qilgan adibni aniqlang.

A) Maxmur B) Amiriy C) Madalixon D) Abdullaxon

12. Qoshingg‘a teguzmagil qalamni,

Bu xat bila buzmagil raqamni. Ushbu bayt muallifini aniqlang.

A) Amiriy B) Dilshod Barno C) Uvaysiy D) Anbar Otin
Jahon Otin Uvaysiy

1. Uvaysiy jahondin o‘tdi, murodig‘a yetmadi,

To‘ymoqqa rasm yo‘qdur qorin suygan oshga. Uvaysiy ushbu baytida qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) Talmeh B) Irsoli masal C) Tanosub D) Husni ta’lil

2. Uvaysiyning o‘g‘li qanday taxallus bilan ijod qilgan?

A) Majnun B) Oshiq C) Do‘st D) Ziyrak

3. Uvaysiyning devoni qachon, qanday nom bilan nashr qilingan?

A) 1983- yilda, “Karbalo” B) 1982- yilda, “Ko‘ngil gulzori” C) 1983- yilda, “Ko‘ngil gulzori” D) 1985- yilda, “Ko‘ngil gulzori”

4. Uvaysiyning qizi Quyoshxon qanday taxallus bilan ijod qilgan?

A) Mag‘ziy B) Otin C) Azmiy D) Xokiy

5. Uvaysiy qalamiga mansub dostonlarni aniqlang?

A) “Voqeoti Muhammad Alixon” B) “Shahzoda Hasan haqida doston” C) “Shahzoda Husayn haqida doston” D) A,B,C

6. Sharq she’riyatida shahidlar qoni to‘kilgan mo‘tabar joy qanday atalgan?

A) Kashmir B) Dashti Karbalo C) Chin-Mochin D) Ko‘hi-Qof

7. O‘zbek she’riyatiga ayolning gulday nozik qalb tebranishlarini olib kirgan shoirani aniqlang?

A) Nodira B) Dilshod Barno C) Uvaysiy D) Anbar Otin

8. Qaysi shoira she’riyatida boshiga salla o‘ragan yigit timsoli aks etgan?

A) Nodira B) Dilshod Barno C) Uvaysiy D) Anbar Otin

9. Chiston so‘zining ma’nosi nima qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) maqol B) qasida C) topishmoq D) matal

10. Qaysi shoiraning otasi “Hofiz bobo” nomi bilan o‘zbekcha va fors-tojikcha g’azallar yozgan?

A) Nozimaxonim B) Uvaysiy C) Mahzuna D) Anbar Otin

Nodira

1. “Uzlat”, “Mahjur” taxalluslari bilan ijod qilga ijodkorni aniqlang.

A) Nodira B) Amiriy C) Ogahiy D) Nodir

2. “Kel, dahrni imtihon etib ket” radifli g‘azal muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Anbar Otin B) Uvaysiy C) Dilshod Barno D) Nodira

3. Nodirabegimning “Ayru”, “Talh”, “Dud” radifli gazallarining g‘oyasini aniqlang.

A) shodlik B) g‘am-alam C) ayriliq D) sog‘inch

4. Nodirabegimning asarlari haqida ilmiy tadqiqot ishlari qachondan boshlab o‘rganila boshlandi?

A) XIX asrda B) XIX sarning ikkinchi yarmidan C) XX asrdan boshlab D) XX asrning ikkinchi yarmidan

5. “Haft gulshan” dostoni kimning qalamiga mansub?

A) Nodira B) Amiriy C) Nodir D) Uvaysiy

6. “Haft gulshan” dostoni kimga bag‘ishlangan?

A) Nodiraga B) Amiriyga C) Madalixonga D) Sulton Mahmudga

7. Kim Nodiraga jahon mamlakatlarining Bilqisi deb ta’rif beradi?

A) Amiriy B) Dilshod Barno C) Nodir D) Uvaysiy

8. Yig‘ilibon har tarafdin necha xotun,

Barisi lazi donish ichra otin.

Bari Zebunisodek erdi shoir,

Bari Maryam kabi zuhd ichra mohir. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Nodira B) Uvaysiy C) Dilshodi Barno D) Nodir

9. Nodira she’riyatining bosh mavzusini nimalar tashkil qiladi?

A) ishq-muhabbat B) vatan C) xalqparvarlik D) tabiat

10. Nodira ijodida uchraydigan “talx” so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) olloh B) quyosh C) shirin D) achchiq

11. Nodira g‘azallaridagi odamiylikning asosiy o‘lchovi nima hisoblanadi?

A) ilm B) vatanparvarlik C) insonparvarlik D) muhabbat

12. Huri bu sifat kelur oz,

Hurshid kabi jahonda mumtoz.

Olam aro baski, hukmrondur

Bilqisi mamoliki jahondur. Ushbu bayt Nodira qaysi zamondoshi qalamiga mansub.

A) Amiriy B) Nodir C) Anbar otin D) Uvaysiy

13. Xatin ishtiyoqin savod ayladim,

Ko‘zimning qarosin midod ayladim. Ushbu baytda qaysi she’riy san’at qo‘llangan?

A) tardi-aks B) tanosub C) tarki band D) tarji’ band

8-DARS. XONLIKLAR DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi). JAHON ADABIYOTIDAN. (358-396-betlar)

Reja:

1. Muhammad Rizo Ogahiy.

2. Tardi aks, raddi matla’.

3. Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy.

4. Mirzo G‘olib.
Muhammad Rizo Ogahiy

1. Ogahiy qaysi g‘azalida el-yurt tinchligi, farovonligi hukmdor qo‘lida ekanligini ta’kidlaydi?

A) “Ustina” B) “Kishikim faqir kuyida talabgoriq qanoatdur” C) “Mulki-millatga amin o‘lsa agar ogohlar” D) “Davrondan agar, ey dil, yetsa sanga bir rohat”

2. Ogahiyning “Ta’viz ul- oshiqin” devonidan qancha g‘azal o‘rin olgan?

A) 434 ta B) 450 ga yaqin C) 456 ta D) 475 ta

3. “Zafarnoma”, “Tabaqoti Akbarshohiy” kabi asarlarni tarjima qilgan ijodkorni aniqlang.

A) Munis B) Ogahiy C) Amiriy D) Feruz

4. Ogahiy Munisning qaysi asarini davom ettirgan?

A) “Zubdat ut-tavorix” B) “Shohidi iqbol” C) “Gulshani davlat” D) “Firdavs ul-iqbol”

5. Hojatingni ista ul sohibkaram dargohidin Kim oning muhtojidurlar ham g‘ani-yu ham faqir. Ogahiyning ushbu baytidagi g‘ani-yu so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) do‘st B) dushman C) boy D) pokdil

6. O‘zbek adabiyoti tarixida ijodining ko‘lamdorliga jihatidan Navoiydan keyin turuvchi adibni aniqlang.

A) Bobur B) Lutfiy C) Ogahiy D) Munis

7. Ogahiyning tarjima asarlarining soni qanchani tashkil etadi?

A) 20 B) 15 C) 17 D) 19

8. Rojix taxallusi bilan ijod qilgan adibni aniqlang.

A) Muhammad Qilichbek B) Ogahiy C) Muhammad Yoqubbek D) Munis

9. Ogahiyning qarindoshi bo‘lgan Muhammad Yoqubbek qanday taxallus bilan ijod qilgan?

A) Rojix B) Ogoh C) Nozim D) Nasim

10. Ogahiyning “Gulshani davlat” asari qanday asar hisoblanadi?

A) ishqiy B) memuar C) tarixiy D) didaktik

11. “Ta’viz ul-oshiqin” devoni “debocha”sida, Ogahiy kimning olim va fozillarga g‘amxo‘rligini alohida takidlab o‘tadi?

A) Muhammad Rahimxon B) Olloqulixon C) Xudoyorxon D) Amiriy

12. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,

Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina. Ushbu baytdagi nas so‘zi qanday ma’no ifodalagan?

A) nafs B) qast qilish C) hukm D) nasihat

13. Hoki taning barbod o’lur axir jahonda necha yil,

Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) tazod B) mubolag‘a C) husni talil D) talmeh

14. Hojatingni ista ul sohib karam dargohidan,

Kim oning muhtojidirlar ham g‘ani-yu ham faqir. Ushbu baytda qo‘llangan g‘ani so‘zi qanday ma’no ifodalaydi?

A) osmon, falak B) quyosh C) boy-badavlat odam D) savodsiz

15. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarini Ogahiydan oldin kim tarjima qilgan?

A) Munis B) Komil Xorazmiy C) Sayfi Saroyi D) Atoyi

16. XV asrga oid bo‘lgan “Badoye’ ul-vaqoye” asari kimning qalamiga mansub?

A) Navoiy B) Zayniddin Vosifiy C) Jomiy D) Ogahiy

Nazariy ma’lumot. Tardi aks, raddi matla’

1. Tardi aks so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?

A) mashhurlar nomini qo‘llash B) mubolag‘a qilish C) maqol keltirish D) takror, teskari

2. Yuz uza ikki nargising, vah, ne balo qaro dedi,

Ko‘ngluni joning olg‘uvchi ikki qaro balo dedim. Baytdagi qaysi so‘z tardi aksga misol bo‘la oladi?

A) dedim B) joning, nargising C) balo, qaro D) balo, dedim

3. Bizki, bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz,

Boshimiz uzra ohimiz shu’lasidir kulohimiz. Ogahiyning ushbu baytida qaysi she’riy san’at qo‘llangan.

A) tardi aks B) iyhom C) talmeh D) raddi matla

4. G‘azalning birinchi bayt birinchi misrasining she’r oxiri – maqta’da takrorlanib kelishi qaysi san’atni tashkil qiladi?

A) tardi aks B) tarjiband C) raddi matla D) talmeh

5. G‘azalning birinchi bayt birinchi misrasining she‘r oxiri — maqta‘da takrorlanib kelishiga asoslangan she‘riy san‘at nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) tardi aks B) raddi matla’ C) takrir D) A va B

6. Yuz uza ikki nargising vah, ne balo qaro, dedim,

Ko‘nglini joning olg‘uchi ikki qaro balo, dedi, Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) raddi matla’B) takrir C) tardi-aks D) tanosub
JAHON ADABIYOTIDAN

Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy

1. Fuzuliy taxallusini ma’nosi qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) fozil, fazilat egasi B) aqlli, zakovatli C) do‘st, dono D) tadbirkor kishi

2. Qaysi adib “ilmsiz she’r”ni o‘lik tan, “qolibi beruh” hisoblab, undan hazar qilishini, umrining ma’lum qismini sarf etib aqliy va nahliy bilimlarni o‘rganganligini aytadi?

A) Ogahiy B) Mirzo G‘olib C) Feruz D) Fuzuliy

3. Yellar bir daqiqa to‘xtang esishdan,

Sernavo bulbullar sayramang bir oz. E.Vohidovning ushbu bayti qaysi adib haqida?

A) Mirzo G‘olib B) Munis C) Fuzuliy D) Ogahiy

4. Ozarbayjon hukmdori Ismoil Safaviy I va Turkiya sultoni Sulaymon Qonuniy I qaysi shoirni moddiy tomondan nafaqa tayinlab qo‘llab-quvvatlagan ijodkor qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Mirzo G‘olib B) Fuzuliy C) Bobur D) Maxtumquli

5. “Karbalonoma” dostoni kimning qalamiga mansub?

A) Fuzuliy B) Ogahiy C) Nodira D) Uvaysiy

6. Yellar bir daqiqa to‘xtang esishdan,

Sernavo bulbullar, sayramang biroz.

Karbalo dashtida yayov kezishdan.

Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz. Fuzuliy haqidagi ushbu satrlar qaysi zamondoshimiz qalamiga mansub?

A) Oybek B) Abdulla Oripov C) Erkin Vohidov D) G‘ofur G‘ulom

7. Fuzuliy (fazl) so‘zining lug‘aviy ma’nosi to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.

A) mevali daraxt B) qilich C) fozil, fazilat egasi D) din tarqatuvchi

8. Fuzuliy o‘z ona tilidan boshqa yana qanday tillarda ijod qilgan?

A) turk, afg‘on B) arab, fors C) arab, turkman D) fors, afg‘on

9. Turk-u, Arab-u Ajamda ayyom,

Har shoira vermish edi bir kom.

Shod etmish edi Abu Nuvosi,

Xorun xalifaning atosi. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Fuzuliy B) Nizomiy C) Abu Nuvos D) Atoyi

10. Fuzuliy qaysi turk ijodkoriga juda katta ixlos qo‘ygan?

A) Abdurahmon Jomiy B) Nizomiy C) Alisher Navoiy D) Xusrav Dehlaviy

11. Fuzuliyga homiylik qilgan Ismoil Safaviy I qaysi davlat hukmdori edi?

A) Ozarbayjon B) Turkiya C) Turkmaniston D) Iroq

12. Fuzuliyning ilk ustozlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Sulaymon Qonuniy B) Abu Nuvos C) Habibiy D) Shohmalik

13. “Ilmsiz she’r asosi yo‘q devor o‘lur va asossiz devor g‘oyatda bee’tibor o‘lur”. Ushbu so‘zlar muallifini ko’rsating.

A) Fuzuliy B) Fazliy C) Navoiy D) Habibiy

14. Fuzuliyning nasriy asari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) “Haft jom” B) “Anis ul-qalb” C) “Shikoyatnoma” D) “Sihat va maraz”

17. Qaysi ijodkorning taxallusi fazlning jami fozil ma’nolarini bildiradi?

A) Hodiy B) Rabg‘uziy C) M.G‘olib D) Fuzuliy

16. Qaysi shoir taxallusi yonida Bog‘dodiy nisbasi qo‘shib ishlatilgan?

A) M.G‘olib B) M.Hodiy C) Fuzuliy D) Komil
Mirzo G‘olib

1. She’riyatda ilk marta dard ko‘lamini rang-barang ifodalagan adib, qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Fuzuliy B) Mirzo G‘olib C) Cho‘stiy D) Amiriy

2. Mirzo G‘olibga qaysi boburiy shoh temuriylar tarixini yozishni topshiradi?

A) Shoholam B) Akbar C) Xumoyun D) Bahodirshoh Zafar

3. Mirzo G‘olib temuriylar tarixi haqidagi asarni qanday nomlaydi?

A) “Mehri nimro‘z” B) “Tabaqati Akbarshohiy” C) “Hasht behisht” D) “Bahoriston”

4. “Hindistonda fors she’riyati lochin urug‘idan bo‘lgan turk bilan boshlanib, oybek urug’dan bo’lgan turk bilan nihoyasiga yetgan”. Mirzo G’olib haqidagi ushbu jumla muallifini aniqlang.

A) Fuzuliy B) Nayyar C) Qo‘qonbekxon D) Asadullo

5. Qoshi yosi qatlima tadbirdir,

Ne ajab, uy tegida shamshirdir. Ushbu baytda insonning qaysi a’zosi qilichga o‘xshatiladi?

A) kiprik B) qosh C) soch D) til

6. Qaysi shoir Hindiston va Pokiston fahri, urdu tili tasvir imkoniyatlarini dunyoga doston qilgan?

A) Robindranat Tagor B) Nazrul Islom C) Mirzo G‘olib D) Fuzuliy

7. Hindiston va Pokiston fahri, urdu tili tasvir imkoniyatlarini dunyaga doston qilgan shoir Mirzo G‘olib – asli qayerlik bo‘lgan?

A) Hindistonlik B) Pokistonlik C) Eronlik D) Turkistonlik

8. Mirzo G‘olib ko‘p g‘azallari maq’tasida qanday taxallusdan foydalangan?

A) Asad B) Shodmon C) Asadulla D) G‘olib

9. Mirzo G‘olibning “Mehri nimro‘z” asari qay tarzda yozilgan?

A) Temuriylar xonadoni tarixiga qiziqqanligi sababli B) Bahodirshoh Zafar topshirig‘iga ko‘ra C) to‘g‘ri javob yo‘q D) Zafarshoh olamning topshirig‘iga ko‘ra

10. Mirzo G‘olibga quyidagi ta’rifni kim bergan? “Hindistonda fors she’riyati lochin urug‘idan bo‘lgan turkdan boshlanib, oybek urug‘idan bo‘lgan turk bilan nihoyasiga yetdi”.

A) Javohir la’l Neru B) Bahodirshoh Zafar C) Fuzuliy D) Nayyar

11. Kimning ijodi turk shaxsiyati va iste’dodining nechog‘lik ko‘lamdor, imkoniyatlari qanchalik beqiyos ekanligini ko‘rsatishi jihatidan diqqatga sazovor estetik hodisadir?

A) Rabindranat Togar B) Nazrul Islom C) Mirzo G‘olib D) Fuzuliy

12. Mirzo G‘olib shaxsiyati va she’riyatiga xos xususiyatlarni aniqlashda shoirning qaysi g‘azali diqqatga sazovor hisoblanadi?

A) Desam, G‘olib, yerim – poki xoki Turon, Asl zotim bilan bag‘rim farahmand. B) Qoshi yosi qatlima tadbirdir. C) “Xasta jonga” radifli g‘azali D) A, C

13. “Mirzo G‘olib”haqidagi telefilm qayerda ishlangan?

A) Hindiston B) Pokiston C) Turkiston D) Eron

14. Urug‘ bo‘lmish menga oybeklar aslan,

Kamolan oyga nisbat, balki o‘nchand. Yuqoridagi baytda Mirzo G‘olib nimaga ishora qilmoqda?

A) Turonlik ekanligiga B) Pokistonlik ekanligiga C) Hindistonlik ekanligiga D) Turkiyalik ekanligiga

15. Mirzo G‘olib she’rlari shu qadar ko‘p ma’noli, serqatlam va nozik, latofatli va serqirraki, ularni sharhlash uchun qaysi tillarda kitoblar yaratilgan?

A) ingliz, fransuz B) urdu, ingliz C) urdu, hind D) turk, ingliz

16. Faqat harbiy til sifatida qaralgan urdu tilida ham dunyoni lol qoldiruvchi asarlar yozish mumkin ekanligini isbotlagan ijodkorni aniqlang.

A) Hodiy B) Fuzuliy C) Mirzo G‘olib D) A, B

17. Mirzo G‘olib o‘z ijodi bilan qaysi tilning badiiy imkoniyatlari nechog‘lik buyuk ekanini isbotlab berdi?

A) fors, urdu B) urdu, ingliz C) fors, turkiy D) turkiy, ingliz

18. Mirzo G‘olibning “Egam, ismingni aytmoq jur’atim, zabonimga” deb boshlanuvchi g‘azali qator boshidagi undalmadanoq qay tarzda yozilgani seziladi?

A) Allohga murojat tarzida B) Muhabbat lirikasi ekani C) So‘fiyona ekani D) A, B

19. Odam qachon o‘z dilidagi barcha narsalarni bayon eta olmaydi?

A) tazarru chog‘ida B) uyquda C) nomoz vaqtida D) taom tanovul qilayotganda

20. Qaysi qatorda jigar rang ma’nosini ifodalovchi so‘z to‘g‘ri berilgan?

A) gulobi B) gunafsha C) qo‘chqil D) gulgun

21. “Qatra suvning baxtidir kulda fano bo‘lmog‘i”. M.G‘olibning ushbu g‘azali qanday yo‘nalishga ega?

A) hasbi hol B) orifona C) muhabbat lirikasi D) so‘fiyona

22. Mirzo G‘olibning “Muhabbat tuxumin ekdim jonima, anduh samar bo‘ldi” deb boshlanuvchi g‘azalida qanday holat ifodalangan?

A) javobsiz muhabbatga yo‘liqqan oshiq B) sevgida mast ma’shuqa C) taqdir zulmidan ezilgan inson D) ma’shuqaning oshig‘iga e’tiborsizligi

23. M.G‘olib she’rlarining lirik qahramoni nimalardan qo‘rqmaydi?

A) Ma’shuqaning sinov va imtihonlaridan B) iztirob-u qiynoqlardan C) azoblarni xushnudlik bilan kutib oladi D) barcha javob to‘g‘ri

24. M.G‘olibning ijodi qaysi jihatidan diqqatga sazovor?

A) Turk shaxsiyati va iste’dodining nechog‘lik ko‘lamdorligini ko‘rsatish bilan B) Tilning imkoniyatlari qanchalik ekanligini ko‘rsatish bilan C) ijodiy merosining ser qatlamliligi jihatidan D) A, B
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14


Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации