Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar - файл n1.doc

Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar
скачать (990 kb.)
Доступные файлы (1):
n1.doc990kb.20.11.2012 08:34скачать

n1.doc

1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Nazariy ma’lumot. Dramatik tur

1. Dramaning qanday ko‘rinishlari mavjud?

A) lirik drama B) ertak drama C) fantastik drama D) A, B va C

3-DARS. JADID ADABIYOTI (davomi). (104-145-betlar)

Reja:

1. Abdulla Qodiriy.

2. Nazariy ma 'lumot. Badiiy asar poetikasi haqida tushuncha.

3. Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon.

4. Nazariy ma'lumot. Badiiy adabiyotning vazifalari.
Abdulla Qodiriy

1. Oybek qaysi ijodkorni «tug‘ma epik yozuvchi, keng ko‘lamdagi master, yuksak ma’nodagi realist san’atkor» deya ta’riflaydi?

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) G‘.G‘ulom D) Furqat

2. «A.Qodiriy… yangi davr adabiyoti, Yevropa adabiyoti gazi bilan o‘lchaganda ham to‘laqonli asarlar yozgan, o‘zbek romanchligini boshlab bergan ulkan adibdir». Ushbu ta’rif Qodiriyga kim tomonidan berilgan?

A) Abdulla Oripov B) A.Qahhor C) Erkin Vohidov D) Oybek

3. Oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga borgan adibimizni aniqlang.

A) Cho‘lpon B) Oybek C) Abdulla Qodiriy D) G‘.G‘ulom

4. «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914- yil 1-aprel sonida uning «Yangi masjid va maktab» sarlavhali xabari bosilgan. Yuqoridagi fikrlar qaysi adib to‘g‘risida?

A) Fitrat B) Hamza C) Cho‘lpon D) Qodiriy

5. «To‘y», «Millatimga», «Ahvolimiz» she’rlari kimning qalamiga mansub?

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza

6. «Yozuvchi bu asarda voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi. Bu hikoyada ham foydasiz odatlarni qoralaydigan ma’lum «axloq», «ibrat» bor, lekin bu axloq turtib chiqmaydi». Oybek tomonidan berilgan ushbu ta’rif Qodiriyning qaysi asari haqida?

A) Juvonboz B) Uloqda C) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?

7. Qodiriyning qaysi hikoyasi faqat uning yutug‘i bo‘lib qolmay, Oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi realizmning cho‘qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasi hisoblanadi?

A) Juvonboz B) Uloqda C) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?

8. Qodiriy 1919- yil qaysi gazetaga muharrir bo‘lib tayinlanadi?

A) Ro‘sta B) Ishtirokiyun C) Oziq ishlari D) Qizil bayroq

9. O‘zbekistonda yangi tipdagi matbuotning tug‘ilishi va shakllanishiga benihoya katta xizmat qilgan, ayniqsa, «Mushtum» jurnalining tug‘ilishi va oyoqqa turishda katta jonbozlik ko‘rsatgan adibni ko‘rsating.

A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Abdulla Qodiriy

10. Qaysi adib matbuot, jurnalistika sohasidagi bilim va malakasini oshirish maqsadida 1924-1925- yillarda Moskvadagi oliy adabiyot institutida ta’lim oldi?

A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Hamza D) A.Qodiriy

11. «1818- yil yodgori», «O‘tgan kunlar» tanqidi ustida ba’zi izohlar» maqolalari kimga tegishli?

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Hamza D) Fitrat

12. 1926- yili «Mushtum» jurnalida bosilgan «Yig‘indi gaplar» hajviyasi kimning qalamiga mansub?

A) G‘.G‘ulom B) A.Qodiriy C) A.Qahhor D) Cho‘lpon

13. Qodiriyni yozuvchi sifatida ilk bor elga tanitgan asarlarini ko‘rsating.

A) O‘tgan kunlar, Mehrobdan chayon B) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan, Toshpo‘lat tajang nima deydir? C) Uloqda, Baxtsiz kuyov D) A va C

14. Qodiriyning qaysi asarida «Odamzotning aqli yetmaydur», «Bachi ma’ni?» boblari uchraydi?

A) Yig‘indi gaplar B) Obid ketmon C) Toshpo‘lat tajang nima deydir? D) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan

15. «Qishloqqa yuzingni o‘gir», «Qishloqqa qopingni o’gir» boblari Qodiriyning qaysi asarida mavjud?

A) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan B) Obid ketmon C) Yig‘indi gaplar D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?

16. Qodiriyning hajviy asarlarida uchraydigan «Odamzod farzandining g‘aribi» kim?

A) Kalvak Maxzum B) Toshpo‘lat tajang C) Salim so‘tak D) Solih Maxdum

17. «O‘tgan kunlar» romanidan parchalar 1922- yilda qaysi jurnalda bosilgan?

A) «Oyna» jurnalida B) To‘g‘ri javob yo‘q C) «Inqilob» jurnalida D) «Kommunist yo‘ldoshi» jurnalida

18. Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani qaysi tanqidchi tomonidan zararli asar deb baholangan?

A) M.Sheverdin B) Sotti Husayn C) Ozod Sharofiddinov D) A.Qahhor

19. Nihoyat, roman haqidagi haqiqat XX asrning 60-80- yillariga kelib yuzaga chiqa boshladi. Ammo hamon bu asar haqidagi haqiqat to‘laligicha kashf etilgani yo‘q. Roman xususida bahslar, tekshirishlar davom etmoqda. Gap qaysi roman haqida bormoqda?

A) Mehrobdan chayon B) O‘tkan kunlar C) Kecha va kunduz D) B va C

20. «Mehrobdan chayon» romani ilk bor qachon va qayerda bosilib chiqqan?

A) 1928- yil fevral, Samarqandda B) 1929- yil mart, Toshkentda C) 1928- yil may, Buxoroda D) 1929- yil mart, Samarqandda

21. 1926- yili Qodiriy boshiga tushgan savdolar qog‘ozga tushirilsa, zo‘r fojeiy asar paydo bo‘lishi mumkin edi. Go‘yo muallif o‘z boshidan kechirgan voqealarni o‘tgan asrga ko‘chirib saroydagi munshiylar orasidagi mojarolarga o‘rab, o‘zgacha ko‘rinishda gavdalantirayotganday tuyuladi. Ushbu jumlada Qodiriyning qaysi asari nazarda tutilgan?

A) Mehrobdan chayon B) O‘tkan kunlar C) Obid ketmon D) A va B

22. Qodiriy oqlanganidan keyin, uning asarlari qachondan boshlab xalqqa tarqatila boshlandi?

A) 1957- yildan B) 1958- yildan C) 1959- yildan D) 1956- yildan

23. «Ishq da’vosi avom o‘ylaganicha vasl emas – hajrdir. Zero, vasl ishq o‘tini so‘ndiruvchi, hajr esa kamolotga erishtiruvchidir». «Mehrobdan chayon» romanidan olingan ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Ra’noga B) Solih Maxdumga C) Anvarga D) Sultonaliga

24. Qaysi adib «Mehrobdan chayon»dagi Solih Maxdum obraziga quyidagi tarifni beradi? «…asardagi hamma personajlar orasidan eng jonli, eng yorqin, eng tipik figura».

A) A.Qahhor B) G‘.G‘ulom C) O.Sharafiddinov D) Oybek

25. Oybek tomonidan berilgan ushbu ta’rif «Merobdan chayon» romanidagi qaysi personajga tegishli? «…asardagi hamma personajlar orasida eng jonli, eng yorqin, eng tipik figura».

A) Ra’no B) Solih Maxdum C) Anvar D) Sultonali

26. «Anvar va Ra’noning tuprog‘i bir joydan olingan… ikkisi ham kam taom». «Mehrobdan chayon» romanidan olingan yuqoridagi jumla kimga tegishli?

A) Mulla Abdurahmon B) Sultonali C) Solih Maxdum D) Nigor oyim

27. Xudoyoroxon tarixi «Mehrobdan chayon» romanining qaysi bobida berilgan?

A) Qirq qizlar B) Nozik C) Xayrul – umuri avsatuho D) Zulm o‘chog‘i

28. Yengil kulgi, hazil-mutoyiba zamiridagi keskin drama, ziddiyatlarni ochish, quvnoq tarzdagi ifodaning mungli, og‘ir fojiiy ohang bilan almanishinishi – bunday sehrli san’at «Mehrobdan chayon» romanining qaysi boblarida alohida kuch bilan namayon bo‘lgan?

A) Zulm o‘chog‘i B) Nozik C) B va D D) Qirq qizlar

29. «Mehrobdan chayon» romanidagi qaysi qahramon o‘zini «onhazratning otgan o‘qlari» deb biladi?

A) Gulshan B) Roziya oyim C) Nozik D) Nigor oyim

30. Qaysi asar hayot haqiqatini orttirmay va kamsitmay, o‘z holicha, jamiyki qarralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini o‘ziga xos ohanglar, bo‘yoqlar vositasida kashf etib bergan o‘xshashi yo‘q badiiy obida hisoblanadi?

A) O‘tkan kunlar B) Mehrobdan chayon C) Qutlug‘ qon D) Kecha va kunduz

31. Qodiriyning hikoyalari berilgan qatorni toping.

A) Uloqda, Kalvak Maxzumning xotira daftaridan B) Jinlar bazmi, Toshpo‘lat tajang nima deydir? C) Yig‘indi gaplar, Baxtsiz kuyov D) Uloqda, Jinlar bazmi

32. Qodiriyning qaysi asari Behbudiyning «Padarkush» dramasiga taqlidan yozilgan?

A) Juvonboz B) Baxtsiz kuyov C) Uloqda D) Toshpo‘lat tajang nima diydir?

33. Qodiriy qaysi jurnalning tug‘ilishi va oyoqqa turishida katta jonbozlik ko‘rsatgan?

A) Sadoi Turkiston B) Qizil bayroq C) Mushtum D) Inqilob

34. Qodiriyning hayotdagi muhum tadbirlarni, yangiliklarni olqishlab, qo‘llab-quvvatlovchi, tashviq etivchi maqolalari berilgan qatorni aniqlang.

A) Ulug‘ ayyom, Matbuot kuni B) 1818- yil yodgori, Otam ham bolshevik C) Bizda teatr ishining borishi, Ulug‘ ayyom D) Yig‘indi gaplar, Matbuot kuni

35. «Xayrul-umuri avsatuho» bobi qaysi asarda uchraydi?

A) Mehrodan chayon B) O‘tkan kunlar C) Baxtsiz kuyov D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?

36. Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanida qanday tasvir usuli yetakchilik qiladi?

A) tahliliy-psixologik B) hajviy-yumoristik C) tarixiy-an’anaviy D) liro-romantik

37. Qodiriyning 1926- yilda «Mushtum» jurnalida bosilgan asarini toping.

A) Juvonboz B) Uloqda C) Yig‘indi gaplar D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?
Nazariy ma’lumot. Badiiy asar poetikasi haqida tushuncha

1. Poetika so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) sirli-sehrli B) yangi, zamonoviy C) san’at, badiiyat D) g‘oya, tushuncha
Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon

1. Adabiyotshunoslar hozirgi kunda Cho‘lponning tug‘ilgan vaqtini nechanchi yil deb belgilamoqda?

A) 1897- yil B) 1898- yil C) 1899- yil D) 1896- yil

2. Qaysi ijodkorning otasi «Rasvo» taxallusi bilan hajviy she’rlar yozgan?

A) Fitrat B) G‘.G‘ulom C) Cho‘lpon D) Qodiriy

3. Qaysi adib Turkiston Muxtoriyat Hukmatining «Ozod turk bayrami» deb ataluvchi madhiya yaratgan?

A) Niyoziy B) Fitrat C) Furqat D) Cho‘lpon

4. Cho‘lponning hikoyalari qaysi qatorda berilgan?

A) Qurboni jaholat, Do‘xtur Muhammadyor B) Yozg‘uchilarimizga, Adabiyot nadur C) Qarovul uyqusi, Mushtumzo‘r D) Yana uylanaman, Hujum

5. Cho‘lponning V.Yan bilan hamkorlikda yozgan pyesasi qaysi qatorda berilgan?

A) Uzunquloq bobo B) Hujum C) O‘rtoq Qarshiboyev D) Novvoy qiz

6. Qaysi ijodkor ustozlari izidan borib, ijodining dastlabki davridayoq dramaturgiyaga murojaat etgan, hatto «Turon» teatrida direktor, Moskvadagi o‘zbek drama studiyasida esa adabiy emakdosh bo‘lib xizmat qilgan?

A) Hamza B) Fitrat C) Cho‘lpon D) Behbudiy

7. Cho‘lpon qalamiga mansub «Yorqinoy» dramasining ilk nusxasi qachon yozilgan?

A) 1926- yilda B) 1923- yilda C) 1921- yilda D) 1920- yilda

8. Quyidagi asarlarning qaysilari Cho‘lpon tamonidan tarjima qilingan?

1. N.V.Gogol «Tergovchi» 2. Tolstoy «Kazaklar» 3. Pushkin «Boris Godunov» 4. K.Fedin «Ilk sevinchlar» 5. Shekspir «Hamlet» 6. X.Deryayev «Qismat» 7. L.Andreyev «Osilgan yetti kishining hikoyasi»

A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5, 7 D) 1, 3, 5, 6

9. Cho‘lponning qaysi she’ri Toshkentdagi O‘lka o‘zbek bilim yurti o‘qituvchilarining iltimosi bilan shoirning lirik tarjimayi holi sifatida yozilgan?

A) Men shoirmi? B) Bahorni sog‘indim… C) Kuz yomg‘iri D) Vijdon erki

10. Cho‘lponning «Bahorni sog‘indim…» she’ri qaysi vaznda yozilgan?

A) aruz vaznida B) sarbast vaznida C) barmoq vaznida D) to‘g‘ri javob berilmagan

11. Cho‘lponning «Bahorni sog‘indim…» she’ri qachon va qayerda yozilgan?

A) 1925- yil Buxorada B) 1926- yil Toshkentda C) 1926- yil Samarqandda D) 1927- yil Andijonda

12. Cho‘lponning qaysi she’rini tabiatning rangin tasviri emas, balki qora qalam bilan chizilgan eskizi desa bo‘ladi?

A) Ko‘ngil B) Kurash C) Kishan D) Kuz yomg‘iri

13. Cho‘lponning qaysi she’ri avtobiografik mazmunga ega?

A) Bir tutam sochlaring… B) Men shoirmi? C) Uyg‘onish D) Ko‘ngil

14. «Sochilgan sochingday sochilsa siring» Ushbu misrada s tovushining takror qo‘llanishi qanday she’riy san’atni yuzaga keltirgan?

A) tamsil B) tashbeh C) talmeh D) tashxis

15. Cho‘lponning «Yong‘in» she’ri qanday misralar bilan boshlanadi?

A) Ko‘nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar

Boyqushlarga buzuq ko‘ksin ochganmi?

B) Shunday katta bir o‘lkada yonmagan,

Yiqilmagan, talanmagan uy yo‘qmi?

C) Keng yaylovga o‘tmi ketdi, yondimi?

«Madaniyat» istagiga qondimi?

D) Yalang bola, yalang go‘dak – ma’sum jon

Nayzalarning boshlaridan oshdimi?

16. «Zulm oldida har bir narsa, Ehtimolki, bo‘yin egar.

Agar zulm avjga kelsa, Ko‘k boshi-da yerga tegar»­­­. Ushbu misralar Cho‘lponning qaysi she’ridan olingan?

A) Somon parcha B) Yong‘in C) Qo‘zg‘alish D) Vijdon erki

17. Turkiston fronti siyosiy boshqarmasining tashabbusi bilan «bosmachilik harakati»ni tugatish maqsadida Andijonda qanday gazeta tashkil etilgan?

A) Darxon B) Qizil bayroq C) Ishtirokiyun D) Turkiston

18. «Kirmayman ko‘chaning boshi berkiga,

Chunki taslim bo‘ldim muhit erkiga». Cho‘lpon qaysi she’rini yuqoridagi misralar bilan yakunlanadi?

A) Xazon B) Somon parcha C) Buzilgan o‘lkaga D) Qo‘zg‘alish

19. «Zaynab kampir bir narsadan cho‘chib uyg‘ondi. Oppoq oydin, oy kampir yotgan so‘richaning qoq o‘rtasidan unda-munda bitta-yarimta uchragan oq bulutlarni yorib, shoshib o‘tib borar edi». Cho‘lponning qaysi asari yuqoridagi jumlalar bilan boshlanadi?

A) Qurboni jaholat B) Do‘xtur Muhammadyor C) Oydin kechalarda D) Yorqinoy

20. Cho‘lpon «Oydin kechalarda» hikoyasida jamiyat e’tiborini kimlarning taqdiriga qaratmoqchi bo‘ladi?

A) bolalar B) erkaklar C) xotin-qizlar D) ayollar

21. Cho‘lponning otasi o‘g‘lining qanday kasb egasi bo‘lishini xohlagan edi?

A) temirchi B) mudarris C) yozuvchi D) savdogar

22. Cho‘lponning qaysi asariga quyidagi bag‘ishlov so‘zlari ilova etilgan?

«Totli va boy tili bilan ertak aytib berib shu asarning yozilishiga sababchi bo‘lgan KAMPIR ONAga hurmat bilan bag‘ishlayman».

A) Yorqinoy B) Qorovul uyqusi C) Mushtumzo‘r D) O‘rtoq Qarshiboyev

23. Po‘lat va O‘lmas botir qaysi asar qahramonlari?

A) Qarovul o‘yqusi B) Mushtumzo‘r C) O‘rtoq Qarshiboyev D) Yorqinoy

24. Cho‘lpon «Men shoirmi?» she’rida nimani tasvirlaydi?

A) hali shoirlik iqtidoriga erishmagan qalamkash sifatidagi kechinmalarini B) o‘z hayot yo‘lini C) xalq turmush tarzini D) A, B, C

25. Cho‘lponning qaysi she’ri avtobiografik mazmunga ega?

A) Kuz yomg‘iri B) Kishan C) Kurash D) Bir tutam sochlaring

26. Cho‘lponning «Go‘zal» she’rida lirik qahramon nega o‘zini «yo‘qsul» deb ataydi?

A) kambag‘alligi uchun B) yorining visoliga yetolmaganidan C) go‘zalning husni va fazilatlari oldida o‘zini qusurli bilganidan D) u istagan go‘zalning bu dunyoda yo‘qligini bilganidan so‘ng

27. «Adabiyot yashasa, millat yashar» satrlari qaysi asardan olingan?

A) Adabiyot nadur B) Hududsiz jilva C) Tilimiz D) Adabiyot qoidalari

28. «Nega sening qalin tovushing «ket» demaydi ularga» misrasidagi qalin so‘zi qanday ma’no ifodalagan?

A) baland, yo‘g‘on B) ehtiyotkor C) hayiqqan, qo‘rquvli D) qat’iyatli, isyonkor

29. Cho‘lponning «Men shoirmi?» she’ri qanday mazmunga ega?

A) tarjimayi hol B) she’rga munosabat C) tarixiy D) maishiy

30. Cho‘lpon ijodida ilgari surilgan g‘oyani aniqlang.

A) haqiqat B) inson erki C) yurt tinchligi D) A, B
Nazariy ma’lumot. Badiiy adabiyotning vazifasi

1. Badiiy adabiyotning uchinchi muhum vazifasi nima?

A) hayotni, insonni va uning ruhiy olamini aks ettirib, tabiatdagi va kishilar ruxiyatidagi go‘zallikni yaratish B) hayotning haqqoniy, badiiy in’ikosini yaratish C) insonlarni barkamollikka olib chiqish D) inson obrazini yaratish

4-DARS. SHO‘RO DAVRI ADABIYOTI. (146–206-betlar)

Reja:

1. Sho'ro davri o'zbek adabiyoti.

2. G'afur G'ulom.

3. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek.

4. Nazariy ma'lumot. Badiiy uslub.

5. Abdulla Qahhor.
Sho'ro davri o'zbek adabiyoti

1. Adabiyotda «qizil imperiya» deb nom olgan davr nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?

A) 1917- yilgi oktabr to'ntarilishidan 1941- yilgacha bo‘lgan davrni B) 1917- yildan 1950- yilgacha bo'lgan davrni C) 1880- yildan 1917- yilgi oktabr to'ntarilishigacha bo'lgan davrni D) 1917- yil oktabr to'ntarilishidan 1991- yil O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgunigacha bo'lgan davrni

2. Sho'rolar Hukmati, bolsheviklar dinni nima deb e’lon qilishgan?

A) xalqning madad kuchi B) xalq uchun afyun C) xalqning ishonch quroli D) xalq uchun erkinlik

3. Sho'rolar Hukmati kimlarni partiya g'oyalari va siyosatini targ'ib etuvchi «karnaychilar» ga aylantirishga harakat qilishgan?

A) o'qituvchi va yozuvchilarni B) shoir va tarbiyachilarni C) adiblarni D) Hukmat xodimlarini

4. Partiyaning uyushtirgan fitnalari oqibatida «xalq dushmani»ga aylangan adiblarimiz qaysi qatorda berilgan?

A) Qodiriy, Oybek, U.Nosir B) Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat C) Fitrat, U.Nosir, A.Qahhor D) A.Qodiriy, A.Qahhor, Fitrat

5. Qaysi yozuvchi va shoirlar sho'rolar partiyasining tazyiqi ostida yashashga majbur bo'lgan?

A) Oybek, G'.G'ulom, A.Qahhor B) Oybek, Cho'lpon, A.Qahhor C) G'.G'ulom, A.Qahhor, Cho'lpon D) H.Olimjon, A.Qahhor, Cho'lpon

6. Sho'ro davrida yaratilgan eng yaxshi asarlarga xos xususiyatlarni aniqlang.

A) hayotning haqqoniy manzaralari, millat, el-yurt g'ami, orzu-intilishlari, B) el-yurtning faqat xursandchiligi C) xalqning o‘z orzu-intilishlari, o‘y-fikrlarining ochiq ifodalanishi D) boshliqlarning qilgan zulmlarini oshkor etish

7. Mustabid tuzum ta'qib-tazyiqlariga qaramay milliy adabiyotimizda yaratilgan eng yaxshi asarlar qaysi qatorda berilgan?

A) Obid ketmon, Chinor, Sarob, Ufq, Shum bola B) Tobutdan tovush, O'tkan kunlar, Diyonat, Kecha va kunduz C) O'tkan kunlar, Kecha va kunduz, Mehrobdan chayon, Maysaraning ishi D) Yodgor, Zaynab va Omon, Qutlug' qon, O'ch
G‘afur G‘ulom

1. G‘.G‘ulom qaysi gazetalarda muxbir bo'lib ishlagan?

A) Sharq yulduzi, Besh yulduz B) Yer yuzi, Mushtum C) Sharq yulduzi, Mushtum D) Sharq haqiqati, Qizil O'zbekiston

2. Ijodini she'r yozish bilan boshlagan, lekin el-yurtga dastlab felyetonchi, publitsist, hajviy hikoyanavis sifatida tanilgan adibni aniqlang.

A) A.Qahhor B) G‘.G‘ulom C) Shukrullo D) O.Yoqubov

3. «U yarim telba edi. Hissiyot agar muhit bo'lsa, u shu muhitning to'lqiniga asir bo'lgan bir cho'loq chumoli…» Berilgan ta'rif qaysi asar qahramoniga tegishli?

A) «Qutlug' qon»dagi Gulnorga B) «Sarob»dagi Munisga C) «Yodgor»dagi Mehrixonga D) «Kecha va kunduz»dagi Zebiga

4. G‘.G‘ulomning qissalari berilgan qatorni belgilang.

A) Shum bola, Hasan Kayfiy, Netay B) Netay, Afandi o'lmaydigan bo'ldi, Yodgor C) Yigit, Yodgor, Kulgi hikoyalar D) Yodgor, Shum bola, Netay

5. Daraxshon yulduzlar sari o‘kirgan

Bo'ynida zanjir-u, qalbi ozod she'r. Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan?

A) Zulfiya «Yuragim» B) U.Nosir «Nil va Rim» C) Abdulla Oripov «O'zbekiston» D) G‘.G‘ulom «Alisher»

6. Xuddi shu tarixingni,

Shu yering, quyoshingni,

Biliming do'stligingni,

Ko'rolmaydi kapital.

Bechora negrlarday,

Yerga tiqib boshingni,

Qullik kishanlarida,

Qilmoq bo'ladi ma'tal. G‘.G‘ulom ushbu misralar orqali qanday g‘oyani ilgari surgan?

A) o'lkamizning bir kun kelib mustaqil bo'lishi B) o'zbek xalqining tarixi Misr ehromlaridan qariroq ekanligi C) o'lkamizning g‘oyat chiroyli ekanligi D) o'zbek xalqining mehmondo'st ekanligi

7. G‘.G‘ulomning hikoyalar to'plami berilgan qatorni belgilang.

A) Yigit, Mening o'g'rigina bolam B) Yodgor, Netay, Yigit C) Shum bola, Yodgor D) Yigit, Kulgi hikoyalar, Gilos danagidan tasbeh

8. G‘.G‘ulomning o'nlab felyetonlari, ocherklari, publitsistik maqolalari qaysi jurnalda muntazam nashr qilinib turgan?

A) Tong yulduzi B) Mushtum C) Qizil O'zbekiston D) Yer yuzi

9. G‘.G‘ulomning hikoyalari berilgan qatorni aniqlang.

A) Mening o'g'rigina bolam, Hasan Kayfiy, Afandi o'lmaydigan bo'ldi В) Mening o'g'rigina bolam, Yodgor, Shum bola C) Yodgor, Shum bola, Hasan kayfiy D) Netay, Shum bola, Mening o'g'rigina bolam

10. Mehriniso obrazi kimning qaysi asarida uchraydi?

A) Oybekning «Navoiy» romanida B) G‘.G‘ulomning «Yodgor» qissasida C) S.Ahmadning «Ufq» romanida D) A.Qahhorning «Sarob» romanida

11. «Yodgor» qissasidagi bosh obrazlar berilgan qatorni toping.

A) Jo'ra, Munis, Mehri B) Jo'ra, Mehri, Shokir C) Jo'ra, Saodat, Mehri D) Mehri, Saodat, Yorqinoy

12. «Yodgor» qissasida «qog'ozdagi qantdek qiz» deb ta'rif berilgan qahramonni ko‘rsating.

A) Saodat B) Mehrixon C) Munisxon D) Gulnor
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

1. Oybek qaysi yillarda yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan?

A) 1944-1948- yillarda B) 1943-1947- yillarda C) 1945-1949- yillarda D) 1946-1950-ylillarda

2. Oybek 1921-1925- yillarda qaysi o'quv maskanida tahsil olgan?

A) «Navoiy» nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumida B) «Namuna» maktabida C) «Nizomiy» nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumida D) Milliy universitetda

3. Oybekning birinchi she'riy to'plami qanday nomlanadi?

A) Ko'ngil naylari B) Tuyg'ular C) Mash'ala D) Ko’klam

4. Oybekning dostonlari berilgan qatorni aniqlang.

A) Qutlug' qon, Dilbar – davr qizi, Hamza B) O'ch, Hamza, Navoiy, Bola Alisher, Qizlar C) O'ch, Davrim jarohati, Guli va Navoiy, Hamza D) Oltin vodiydan shabadalar, Hamza, O'ch, Qizlar

5. Oybekning romanlari berilgan qatorni aniqlang.

A) O'ch, Qutlug' qon, Hamza B) Ulug' yo'l, Qutlug' qon, Quyosh qoraymas, Navoiy C) Ulug' yo'l, Qutlug' qon, O'ch, Navoiy D) Qutlug' qon, O'ch, Mash'ala, Bola Alisher

6. Qaysi qatorda Oybekning qissalari berilgan?

A) Bola Alisher, Bolalik xotiralari, Nur qidirib B) Tuyg'ular, Ulug' yo'l, O'ch C) Nur qidirib, Hamza, Guli va Navoiy D) Oltin vodiydan shabadalar, O'ch, Hamza

7. Oybekning umir yo’ldoshi Zarifaxonimga atab yozgan she'ri qanday nomlanadi?

A) Orqangdan yig'lab qoldim B) Uzoqdan turib C) Seni erkalaydi dengiz, qirg'oqlar D) Xayoling eslarkan qandaydir dilim

8. A.S.Pushkinning «Yevginiy Onegin» she'riy romanini qaysi adib o'zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Abdulla Oripov В) Erkin Vohidov С) Oybek D) H.Olimjon

9. «Drama va rivoya (epos) turlari fabuladir. Bularda xronologik va sababiyat prinsipi bilan bog'liq voqealar, hodisalar, fikrlar tasvirlanadi. Lirika ko'pincha shoir fikrlarini, tuyg'ularini, orzulari va kayfiyatini kuylaydi. Voqealar tasvir etilsa-da, maqsad ma'lum bir hayajon uyg'otish uchun vosita, izlanishgina bo'lib qoladi». Lirikaning drama va eposdan farqli tomonlari to‘g‘risidagi ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) U.Nosir B) H.Olimjon C) Abdulla Oripov D) Oybek

10. «Lirikaning emotsiya vositalari kuchli; ba'zan uzun romandan, faktlar bilan to'lgan har xil yozuvlardan ko'ra, kichkina bir she'r kuchliroq, davomliroq, chuqurroq ta'sir qoldira biladi». Lirikaga yuqori baho berilib, aytilgan ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Oybek B) Zulfiya C) Abdulla Oripov D) G‘.G‘ulom

11. Oybek «Navoiy» dostonidan keyin o'zbek adabiyoti yulduzlariga bag'ishlangan yana qanday lirik doston yaratadi?

A) Guli va Navoiy B) Hamza C) Mashrab D) Baxtigul va Sog'indiq

12. Oybekning «Mashrab» dostoni qay tartibda qofiyalangan?

A) a b a a a B) a a a b a C) a a b a a D) a a b b a

13. «Mashrab» nomli lirik doston muallifini aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) H.Olimjon C) Oybek D) E.Vohidov

14. Xastamen... fikrga, tuyg'uga to‘lib –

Oy menga hamqadam – asta yuramen.

Sog'aysam bir kuni yozamen to'yib,

Hislarga qalbimni qo'shib yozamen. 1951- yilda insult kasaliga yo‘liqqach, o‘zini ijodiy mehnatsiz tasavvur eta olmasligini his qilib, misralarida sog‘ayish va sog‘aygach, to‘yib ijod qilishi mumkin bo‘lgan paytni orziqib kutayotgani aks etgan ushbu satrlar muallifini aniqlang.

A) Mirtemir B) Maqsud Shayxzoda C) Oybek D) G‘afur G‘ulom

15. Oybek haqida kim «Oybek prozada shoir-u, poeziyada prozaikdir» - degan fikrni bildirgan?

A) A.Qahhor B) Z.Saidnosirova C) H.Olimjon D) G‘.G‘ulom

16. «Navoiy» romanidagi badiiy to'qima obrazlar berilgan qatorni aniqlang.

A) Jomiy, Dildor, Sultonmurod B) Dildor, Sultonmurod, Arslonqul C) Arslonqul, Dildor, Behzod D) Majididdin, Dildor, Arslonqul
Nazariy ma’lumot. Badiiy uslub

1. Adabiyot qaysi adabiy turlarni o‘z ichiga oladi?

A) epos, drama, lirika B) lirika, drama C) epos, tragediya D) komediya, lirika
Abdulla Qahhor

1. Ota kasbi temirchi bo‘lgan adibni ko‘rsating.

A) A.Qahhor B) Erkin Vohidov C) Xudoyberdi To’xtaboyev D) Mirmuhsin

2. A.Qahhor «O‘tmishdan ertaklar» asarining eng nurli bobini kimga bag‘shlagan?

A) otasiga B) onasiga C) ustozi Muhammadjon Qoriga D) rafiqasiga

3. «Bir qishloqda bolalarga endi qo‘shilib, o‘rtoq orttirganimda, boshqa qishloqqa ko‘chib, yana «ko‘chmanchining bolasi» bo‘lib qolar edim». Ushbu tarjimayi hol kimga tegishli?

A) Sh.Xolmirzayev B) O.Yoqubov C) A.Qahhor D) Cho‘lpon

4. «Kunlar g‘urbat bilan boshlanib, g‘urbat bilan tugaydi». Bolalik yillarining cheksiz azoblari aks etgan ushbu so‘zlar qaysi adibga tegishli?

A) G‘.G‘ulom B) Said Ahmad C) Mirtemir D) A.Qahhor

5. «Dadam birovning qo‘lidan bitta yong‘oq ham oldirmay o‘stirgan». Ushbu fikrlar qaysi adibning tarjimayi holiga tegishli?

A) H.Olimjon B) A.Qahhor C) Cho‘lpon D) Xudoyberdi To’xtaboyev

6. A.Qahhor ilk ta’limni kimdan oladi?

A) otasi B) onasi C) tog‘alari D) ustozi

7. «Adabiy asarning joni – uning mazmuni, lekin bu jonning jon bo‘lishi uchun jasad ham kerak. Jonni jasadsiz tasavvur qilish mumkin emas». Ushbu so‘zlar muallifini toping.

A) Sh.Xolmirzayev B) Fitrat C) Oybek D) A.Qahhor

8. 1925- yili «Qizil O‘zbekiston» gazetasiga ishga taklif qilingan adib kim edi?

A) Mirtemir B) A.Qahhor C) Mirmuhsin D) Jamol Kamol

9. A.Qahhorning 1934- yilda yozib to‘gatilgan qaysi asari unga shuhrat keltirdi?

A) Sarob B) O‘g‘ri C) Dahshat D) Bemor

10. A.Qahhorning 30- yillar oxirlarida yozila boshlagan asari 1947- yili dunyo yuzini ko‘radi va jiddiy tanqidga uchraydi. A.Qahhorning ushbu asari qaysi?

A) Bemor B) Dahshat C) Qo‘shchinor chiroqlari D) Tobutdan tovush

11. Qorason kasali bilan og‘rib hayotining eng gullagan davrini ijodga baxshida etolmagan adib kim?

A) Oybek B) Uyg‘un C) A.Qahhor D) Mirtemir

12. A.Qahhorning qaysi asari tugallanmay qolgan?

A) Sinchalak B) Zilzila C) Muhabbat D) Ming bir jon

13. A.Qahhorning o‘limidan keyin nashr etilgan asari qaysi?

A) Muhabbat B) To‘yda aza C) Mahalla D) Nurli chiroqlar

14. Rus adibi K.Simonov qaysi adib to‘g‘risida «…umuman, jasoratli mart kishi edi… chin inson edi» deb fikr bildirgan?

A) Abdulla Qodiriy B) A.Qahhor C) Cho‘lpon D) H.Olimjon

15. XX asr yangi o‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining shakllanishi va rivojlanishi qaysi adib nomi bilan bog‘liq?

A) A.Qahhor B) U.Nosir C) Mirtemir D) Qodiriy

16. «Babar» A.Qahhorning qaysi asari qahramoni?

A) O‘tmishdan ertaklar B) Bemor C) Dahshat D) Qo‘shchinor chiroqlari

17. A.Qahhor milliy adabiyotimizda kimlarga safdosh sanaladi?

A) Oybek, G‘.G‘ulom B) Hamza, Mirtemir C) Qodiriy, Oybek D) Oybek, Fitrat

18. Qaysi yozuvchining ijodiy faoliyati XX asrning eng fojiali sovet siyosati tazyiqi ostida kechdi?

A) Oybek B) H.Olimjon C) A.Qahhor D) Fitrat

19. «U kishining zargorona tarjimalari manaviy-ma’rifiy hayot tarixida o‘chmas iz qoldirdi». Ushbu fikrlar qaysi ijodkor haqida?

A) G‘.G‘ulom B) Oybek C) Cho‘lpon D) A.Qahhor

20. «Ko‘z ochib esini tanib turmushning hadsiz xo‘rliklarni ko‘radi». Bu fikrlar qaysi ijodkor haqida?

A) Fitrat B) G‘.G‘ulom C) A va B D) A.Qahhor

21. «Uyda menga «indamas», «ichimdagini top» deb dashtnom berdigan bo‘lishdi… Bunaqa ta’na-dashtnomlar meni battar «soqov» qilar edi». Ushbu tarjimayi hol qaysi adibga tegishli?

A) G‘.G‘ulom B) Oybek C) Mirtemir D) A.Qahhor

22. Qaysi adibning xarakteri shakllanishida otasining o‘rni katta bo‘lgan?

A) Oybek B) Hamza C) Abdulla Qodiriy D) A.Qahhor

23. «Ayniqsa Chexov asarlari uni o‘ziga maftun etdi». Ushbu jumlada kim nazarda tutilgan?

A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) A va B D) A.Qahhor

24. Stalin vafotidan so‘ng o‘n yildan ortiq vaqt hayoti va ijodiy faoliyati sermahsul bo‘ldi deya berilgan ta’rif qaysi ijodkor ijodiga nisbatan aytilgan?

A) Oybek B) G‘.G‘ulom C) H.Olimjon D) A.Qahhor

25. Qaysi adib Qodiriy tavalludining 70- yilligiga bag‘ishlangan anjumanda biz hali ham «kult davri qoqib ketgan temir qoziq atrofidan» yiroqlasha olmayotganimizni ta‘kidlaydi?

A) Oybek B) G‘.G‘ulom C) Cho‘lpon D) A.Qahhor

26. A.Qahhorning «Tobutdan tovush» asari qaysi janrda yozilgan?

A) komediya B) satira C) satirik komediya D) tragediya

27. «Ko‘pgina oilalarda bolalar o‘z ona tilini mutlaqo bilmaydi. Bu esa ota-onalarni zarracha tashvishga solmayotir», deya til xususida dangal gap ayta olgan ijodkorni aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) Fitrat C) Oybek D) A.Qahhor

28. Abdulla Qahhor «Sarob»ni yoza boshlaganida necha yoshda edi?

A) 22 B) 24 C) 26 D) 28

5-DARS. SHO'RO DAVRI ADABIYOTI (davomi). (207-251-betlar)

Reja:

1. Maqsud Shayxzoda.

2. Hamid Olimjon.

3. Nazariy ma'lumot. Adabiy janrlar.

4. Mirtemir.
Maqsud Shayxzoda

1. «Hali alifboni egallamasdan she’rlar yarata boshlaydi». Ushbu jumlada qaysi adib nazarda tutilgan?

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) M.Shayxzoda D) Jamol Kamol

2. Qaysi adib ijodida chag‘alaylar qiyqirig‘i, «ufqqa berilgan savol» kabi o‘xshatmalar o‘chraydi?

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) M.Shayxzoda D) U.Nosir

3. «Chorak asr devoni», «Dunyo boqiy» «Xiyobon» kabi she’riy to‘plamlar muallifini toping.

A) M.Shayxzoda B) H.Olimjon C) Cho‘lpon D) E.Vohidov

4. Insonni e’zozlash, izzat-nafsga xolis munosabat muammolarini yoritish qaysi ijodkor ijodining yetakchi xususiyati hisoblanadi?

A) M.Shayxzoda B) H.Olimjon C) Oybek D) Abdulla Oripov

5. «She’r chin go‘zallik singlisi ekan» nomli she’r muallifini aniqlang.

A) Mirtemir B) Mirmuhsin C) U.Nosir D) M.Shayxzoda

6. M.Shayxzodaning «G‘afurga xat», «Ayriliq» she’rlari kimlarga bag‘ishlagan?

A) G‘.G‘ulom, U.Yusupov B) A.Qahhor, Mirtemir C) Yo‘ldosh Oxunboboyev, U.Yusupov D) G‘.G‘ulom, H.Olimjon

7. Qaysi shoir «goho yig‘i dilga tarjimon» deya ta’kidlaydi?

A) M.Shayxzoda B) H.Olimjon C) Abdulla Oripov D) E.Vohidov

8. Quyidagi adiblardan qaysi biri bizning yurtimizda tug‘ilib, olis Hindistonda shuhrat topdi?

A) Tagor B) Javoharla’l Neru C) Bedil D) Nazrul Islom

9. Rus shoiri Brodskiy sazovor bo‘lgan mukofot nomi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

A) Nobel B) Xalq yozuvchisi C) Xizmat ko‘rsatgan yozuvchi D) barchasi to‘g‘ri

10. Qaysi ijodkor Shekspir, Bayron, Maxtumquli, Tagor, Avetik, Isaakyan, Nozim Hikmat asarlarini o‘zbekchalashtirgan?

A) G‘.G‘ulom B) Cho‘lpon C) M.Shayxzoda D) Oybek

11. Qaysi adib ijodida quyma obrazlar, ramziylik, so‘zlardagi jarangdorlik alohida ahamiyat kasb etadi?

A) Oybek B) G‘.G‘ulom C) H.Olimjon D) M.Shayxzoda

12. «Shoirning asosiy vazifasi inson ruhini tarbiyalashdir». Ushbu fikrlar muallifini toping.

A) Dubroviskiy B) Shekspir C) M.Shayxzoda D) Yesenin

13. M.Shayxzoda iqroricha hayotdagi buyuk nematlardan biri nima?

A) tarbiya B) ilm C) go‘zallik D) she’riyat

14. M.Shayxzodaning qaysi she’ri inson tuyg‘ularini uyg‘ota olishi bilan ahamiyatli?

A) Toshkentnoma B) Chorak asr devoni C) She’r chin go‘zallik singlisi ekan D) Xiyobon

15. M.Shayxzoda o‘zining qaysi she’rida she’riyatdan yiroq kishilarni tanqid qiladi?

A) Ayriliq B) Chorak asr devoni C) She’r chin go‘zallik singlisi ekan D) Xiyobon
Hamid Olimjon

1. H.Olimjon nazarida «eng yuksak insoniy tuyg‘u» nima?

A) muhabbat B) ishonch C) insof D) sadoqat

2. «Poyga», «She’rlar», «Baxt» kabi she’riy to‘plamlar muallifini aniqlang.

A) H.Olimjon B) Erkin Vohidov C) Mirtemir D) Shavkat Rahmon

3. «Jaloliddin Manguberdi» dramasi qachon to‘liq nashr etildi?

A) 1990- yil B) 1991- yil C) 1989- yil D) 1988- yil

4. Qaysi ijodkor «Baxt va shodlik kuychisi» nomini olgan?

A) Zulfiya B) Omon Matjon C) Saida Zunnunova D) H.Olimjon

5. «Semurg‘», «Roksananing ko‘z yoshlari» dostonlari kimning qalamiga mansub?

A) Sh.Xolmirzayev B) U.Nosir C) H.Olimjon D) O‘.Hoshimov

6. H.Olimjonning ilk she’ri qanday nomlangan?

A) Sevgi B) Ayriliq C) Kimdir D) Sog‘inch

7. H.Olimjonning ilk she’ri qaysi gazetada chop etilgan?

A) Zarafshon B) Xalq oynasi C) Oyna D) Sharq yulduzi

8. «Tong shabadasi» hikoyalar to‘plami kimning qalamiga mansub?

A) Sh.Rahmon B) O.Matjon C) Zulfiya D) H.Olimjon

9. H.Olimjonning qaysi she’ri uzoq safar taassurotlar ta’sirida yozilgan?

A) Nima bizga Amerika? B) Baxtlar vodiysi C) O‘lim yovga D) O‘rik gullaganda

10. H.Olimjon qaysi asarini yozish oldidan «Qur’on»ni o‘rganib chiqadi?

A) Muqanna B) Ofeliyaning o‘limi C) Roksananing ko‘z yoshlari D) Sevgi

11. H.Olimjonning qaysi dostonida sinfiy kurash, sotsialistik qurilish ishlari avj olgan davr tasvirlanadi?

A) Baxtlar vodiysi B) O‘lim yovga C) Temir qonun D) Nima bizga Amerika?

12. Guloyin obrazi qaysi asarda uchraydi?

A) Guliston B) Bo‘ston C) Muqanna D) Oygul bilan Baxtiyor

13. Qaysi ijodkor «Muqanna» spektakliga yozgan taqrizida Guloyinni jahon adabiyotining Laurensiya, Neston-Darijon obrazlariga qiyos qilgan?

A) K.Yashin B) H.Olimjon C) M.Shayxzoda D) O.Sharafiddinov

14. H.Olimjonning «Ofeliyaning o‘limi» she’ri qanday munosabat bilan yozilgan?

A) O‘zbek Milliy teatri sahnasida «Qirol Lir» spektaklining qo‘yilishi munosabati bilan B) rafiqasi Zulfiyaxonimga nisbatan muhabbati tasviri C) Olis yo‘llik safari taassurotlari asosida D) O‘zbek Milliy teatri sahnasida «Hamlet» spektaklining qo‘yilishi munosabat bilan

15. H.Olimjonning adabiy merosi she’riyatdan tashqari, yana qanday janrlarni qamrab oladi?

A), she’riyat ocherk, hikoya B) hikoya, komediya, pyesa C) pyesa, tragediya, tanqidiy maqola D) she’riyat, ocherk, pyesa

16. H.Olimjonning «Jinoyat» asari qaysi janrda yozilgan?

A) dramaB) pyesa C) komediya D) satira
Nazariy ma’lumot. Adabiy janrlar

1. Roman o‘zbek adabiyotida ilk bor qachon paydo bo‘lgan?

A) XX asrning 40- yillarida B) XX asrning 20- yillarida C) XX asrning 30- yillarida D) XX asrning 10- yillarida
Mirtemir

1. Qaysi shoir ijodida oddiy xalq hayoti yetakchilik qiladi?

A) Mirtemir B) Hamza C) Muhammad Yusuf D) U.Nosir

2. O‘zbek she’riyatida realistik yo‘nalishni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan shoirni ko‘rsating.

A) H.Olimjon B) Oybek C) Mirtemir D) Erkin Vohidov

3. «Kommuna» va «Bong» she’riy to‘plamlari qaysi shoir qalamiga mansub?

A) R.Parfi B) Mirtemir C) M.Shayxzoda D) H.Olimjon

4. Dastlab bobosi qo‘lida xat-savod o‘rgangan, so‘ngra Asfandiyor degan «no‘g‘oy domla»ning maktabida ta’lim olgan ijodkorni ko‘rsating.

A) A.Qahhor B) U.Nosir C) Oybek D) Mirtemir

5. Qaysi shoirning 1926- yil yoshlar gazetasida «Tanburim tovushi» nomli ilk she’ri e’lon qilingan?

A) Mirtemir B) Oybek C) H.Olimjon D) R.Parfi

6. Mirtemir ijodidagi «Surat» asarining janrini aniqlang?

A) hikoya B) qissa C) lirik qissa D) sonet

7. Mirtemir NKVD xodimlari tamonidan qayerda qamoqqa olingan?

A) Farg‘ona B) Toshkent C) Buxoro D) Samarqand

8. Mirtemir qachon «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlanadi?

A) 2000- yil B) 2001- yil C) 2002- yil D) 2003- yil

9. «Manas» Qirg‘iz eposining 1-kitobini mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan shoirni aniqlang.

A) Mirtemir B) H.Olimjon C) M.Shayxzoda D) E.Vohidov

10. «Savdogar Kalashnikov haqida qissa» nomli asar muallifini aniqlang.

A) A.S.Pushkin B) N.A.Nekrasov C) M.Y.Lermontov D) M.Gorkiy

11. «Ruslan va Ludmila» asari kimning qalamiga mansub?

A) M.Y.Lermontov B) N.A.Nekrasov C) A.S.Pushkin D) M.Gorkiy

12. 1943-1944- yillarda opera va balet teatrida adabiy emakdosh vazifasida ishlagan shoir qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Hamza B) Mirtemir C) Oybek D) U.Nosir

13. Mirtemirning «Ajdar» nomli dostoni qachon yozilgan?

A) 1935- yilda B) 1936- yilda C) 1937- yilda D) 1938- yilda

14. «Dilkusho» va «Suv qizi» dostonlarining muallifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Mirtemir B) H.Olimjon C) Oybek D) E.Vohidov

15. Qaysi ijodkor A.Umariy bilan hamkorlikda Shota Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» dostonini o‘zbekchalashtirgan?

A) Abdulla Oripov B) Mirtemir C) G‘.G‘ulom D) R.Parfi

16. «Onaginam» she’ri muallifini aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) Oybek C) Mirtemir D) H.Olimjon

17. Mirtemirning qaysi dostoni qurilish hayotidan olingan?

A) Suv qizi B) Nomus C) Ajdar D) Qo‘zi

18. Pablo Neruda, Abay, Samad Vurg‘un kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan shoirni ko‘rsating.

A) Abdulla Oripov B) H.Olimjon C) Mirtemir D) E.Vohidov

19. «Tagorga ergashib…» deya izoh berilgan she’r nomini belgilang.

A) O‘zim bilaman… B) Surat C) Lolazordan o‘tganda D) Vaqt

20. «Kleopatra» mansurasi kimga tegishli?

A) Mirtemir B) Cho‘lpon C) Fitrat D) U.Nosir

21. «Raqamlik sevgi» she’rida Cho‘lpon qanday obrazlardan foydalanadi?

A) pardalangan B) hayotiy C) shifrlangan D) ideal

22. Qulog‘imda yangrar doim bir nido,

Xo‘rsinaman, ko‘z yoshimni silaman.

Shu nidoga ne sababdan jon fido –

Bitta o‘zim bilaman. She’r muallifini aniqlang.

A) Oybek B) Hamza C) H.Olimjon D) Mirtemir

23. Xalqchil va milliy shu bilan birga she’r yozish texnikasini mukammal egallagan shoirni aniqlang.

A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Mirtemir D) Oybek

24 Go‘zallikda Leonardo Davinchining sirli mo‘yqalamidagi «Jokonda» bilan tenglasha oladigan ayol ismini aniqlang.

A) Oysuluv B) Patti C) Norbuvi D) Toshbu

25 Mertemir Oysuluvning go‘zal qiyofasini kimning nigohi orqali tasvirlaydi?

A) Toshlon B) Oysuluv C) Yo‘lchi D) Po‘lat

26. Sen kelgin tong chog‘ida,

Sen kelgin naq tong misol.

Tong balqib yanog‘larda,

Ko‘zlarni o‘ynata ol!.. Ushbu misralar qaysi dostondan olingan?

A) Suv qizi B) Surat C) Ajdar D) Yor hajri

27. «Farg‘ona» nomli lirik doston muallifini aniqlang.

A) Mirtemir B) Abdulla Oripov C) H.Olimjon D) Oybek

28. Mirtemirning «Kipriklarim» she’rida kipriklar obrazi orqali kimlarni tasvirlaydi?

A) shogirdlar B) yosh shoirlar C) ustozlar D) farzandlari

29. Mirtemir vafotidan keyin 2002- yilda qanday orden bilan taqdirlandi?

A) Buyuk xizmatlari uchun B) Jaloliddin Manguberdi C) Mustaqillik D) Sog‘lom avlod uchun

30. Mirtemirning «Ona tilim» nomli she’ri O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishidan necha yil oldin yozilgan?

A) 13 B) 15 C) 17 D) 19

31. «She’rda biron so‘zni o‘ynata olmagan ijodkor shoir, shoir emas», deya ta’kidlagan shoirni aniqlang.

A) G‘.G‘ulom B) Erkin Vohidov C) Mirtemir D) R.Parfi

32. Qaysi shoir Mirtemirning erkalanib she’r yozishini yoqtiraman, deya ta’kidlaydi?

A) G‘.G‘ulom B) Said Ahmad C) Oybek D) A.Qahhor

33. Cho‘lpon 1919- yil sohibjamol bir qizni tasodifan ko‘rib qolib, o‘zining qaysi she’rini yaratgan?

A) Go‘zal B) Yong‘in C) Pardalik D) Hurliqo

34. Mirtemirning qaysi she’ri «Pardalik she’ri» bilan bir yilda yozilgan?

A) Hurliqo B) Go‘zal C) Qarqaralik D) Ona tilim

35. Petrarka yoki Shekspir sonetlarida kuylangan ayol singari viqor to‘la qiyofa kimning she’rida gavdalanadi?

A) Mirtemir B) Abdulla Oripov C) M.Shayxzoda D) R.Parfi

36. «Paranjili ayol bilan uchrashuv» nomli maqola muallifini toping.

A) Mitemir B) O.Sharafiddinov D) Zulfiya C) Cho‘lpon

37. Mirtemirning «Pardalik» she’ri nechanchi yilda yozilgan?

A) 1961 B) 1962 C) 1963 D) 1964

38. «Patti», «Norbuvi», «Toshbu» sigari ayollarga bag‘ishlangan she’rlar muallifini aniqlang.

A) Hamza B) G‘.G‘ulom C) Mirtemir D) M Shayxzoda

39. Bug‘doy o‘rog‘ida Turkiston shahriga qarashli Iqon qishlog‘ida dunyoga kelgan ijodkorni aniqlang.

A) H.Olimjon B) Mertemir C) U.Nosir D) M.Shayzoda

40. Yurak yaralari hayotning boshqa voqealari tasirida malham topadi, ammo ittifoqo chiqib qolqan yorning surati Toshlon qalbidagi eski jarohatni tag‘in yangilab yuboradi. Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?

A) Surat B) Farg‘ona C) Suv qizi D) Qo‘zi

41. Mirtemir qaysi bilim yurtida tahsil olgan?

A) SamDU B) ToshDU C) O‘lka o‘zbek bilim yurti D) Turkiston bilim yurti

42. Mirtemirning ilk she’rini aniqlang.

A) Dilkusho B) Suv qizi C) Bong D) Tanburim tovushi

43. Mirtemir ijodiga mansub Toshlon va Oysuluv qaysi asar qahramonlari?

A) Farg‘ona B) Qoraqalpoq daftari C) Suv qizi D) Surat

44. Mirtemirning qaysi she’ri «Xotin-qizlar masalasi» jamiyatning og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lib turgan paytda yozilgan?

A) Pardalik B) Qaynashlar C) Zafar D) Suv qizi

45. Mirtemirni yoshlar orasida mashhur qilgan ilk she’riy to‘plami qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Bong B) Shu’lalar qo‘ynida C) Zafar D) Suv qizi

46. «Farg‘ona» lirik dostoni kimning qalamiga mansub?

A) M.Shayxzoda B) Mirtemir C) Hamza D) G‘.G‘ulom

47. Mirtemir 1929- yili bilim yurtini tugatib qayerga o‘qishga kiradi?

A) ToshDU B) Samarqand pedogogika akademiyasi C) Markaziy Osiyo Davlat Universiteti D) O‘zbek Milliy Universiteti

48. Mirtemirning she’riy to‘plamlari to’g’ri berilgan qatorni toping.

A) Tanburim tovushi, Ajdar B) Dikusho, Oysaraning to‘yida C) Kammuna, Bong D) Qo‘zi, Suv qizi

49. Mirtemirning Qo‘yliqdagi mehnat-tuzatuv lagerida ekanida onasi va jajji qizi vafot etadi. Shunda onaizoriga bag‘ishlab yozilgan she’rini aniqlang.

A) Onaizor B) Onaginam C) Dilkusho D) Toshbu

50. Mirtemir Rustavillining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlovon» dostonini kim bilan hamkorlikda tarjima qilgan?

A) Abdulla Qahhor B) G‘.G‘ulom C) A.Umariy D) M.Shayzoda

51. Qaysi ijodkor Pushkinning «Ruslan va Ludmila» asarini o‘zbekchaga tarjima qilgan?

A) Erkin Vohidov B) Mirtemir C) G‘.G‘ulom D) P.Qodirov

52. Mirtemir qaysi xalq eposini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Qozoq B) Hind C) Qirg‘iz D) Turk

53. Mirtemirning 1960- yilda yozilgan she’ri qaysi satrlar bilan boshlanadi?

A) Umidvorman ishonmay ne qilaman B) Dunyoga qaytib kelishimga ko‘zim yetsaydi C) Ey sochlari to‘lqin tun singari D) Men seni injitmayman va lekin tinchitmayman

54. «Ey sochlari to‘lqini tun singari sim – siyoh» Ushbu misrada t tovushi qanday ma’no anglatadi?

A) Lirik qahramoning bo‘zlayotgan holati B) Lirik qahramon jo‘rlik qiloyotgan holati C) Yot kishilar nazaridek, oraga suqulib kirishi bilan lirik qahramon bo‘zlashdan to‘xtaydi. D) Yot kishilar bo‘zlashdan to‘xtaydi ma’nosida

55. Seni izlab keldim… Sog‘inganman-da.

Esingdami bahor beg‘ubor kunduz… Mirtemirning qaysi she’ri yuqoridagi misralar bilan boshlanadi?

A) Go‘zal B) Pardalik C) Suv qizi D) Oysaraning to‘yida

56. Biror kishining yoki joyning nomi shoirga bir olam ilhom bag‘ishlab uni she’r yozishga undaydi. Mirtemirning shunday mazmun ifodalangan she’ri qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Go‘zal B) Pardalik C) Qarqaralik D) Qarqara

57. Mirtemirning «Qarqaralik» she’ri qaysi she’r bilan bir yilda yozilgan?

A) Suv qizi B) Betoblikda C) Onaginam D) Pardalik

58. Mirtemir she’rida uchraydigan qarqara so‘ziga berilgan to‘g‘ri izohni aniqlang.

A) Qozog‘istondagi qishloq nomi B) Qozog‘istondagi shahar nomi C) tog’da yashaydigan qush nomi D) Tojikistondagi viloyat nomi

59. Quyinlarda qolganimda, changga o‘ralganimda,

Ohangaron to‘zonidan zanji qoralganimda… Ushbu misralar Mirtemirning qaysi she’rida uchraydi?

A) Kipriklarim B) Betoblikda C) Pardalik D) Qarqaralik

60. «Shu kungacha o‘zini men cheklab bo‘ldim». Mirtemirning O‘z dilidagi dard-u alamlari, orzu havaslarini to‘la bayon eta olmagani kundek ravshan bo‘lgan ushbu misra uning qaysi she’ridan olingan?

A) Kipriklarim B) Betoblikda C) Ona tilim D) Pardalik

61. Mirtemirning bir necha lirik she’rlardan tashkil topgan lirik qissasini aniqlang.

A) Surat B) Qaraqalpoq dostoni C) Qirg‘iz she’rlari D) Betoblikda


6-DARS. MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI. (252-289-betlar)

Reja:

1. Istiqlol adabiyoti.

2. Odil Yoqubov.

3. Nazariy ma 'lumot. Badiiy asarda mistifikatsiya hodisasi.

4. Pirimqul Qodirov.

5. Nazariy ma'lumot. Roman.
Istiqlol adabiyoti

1. O‘zbekistonda istiqlol adabiyoti deb atalmish estetik hodisa qachon yuzaga keldi?

A) XX asrning 80- yillari B) XX asrning 90- yillardan boshlab C) 1991- yil D) XX asrning oxiri

2. Yangi estetik hodisa sifatida paydo bo‘lgan Mustaqillik adabiyoti nimaning mahsuli?

A) imon B) e’tiqod C) yangicha dunyoqarash D) barcha javoblar to‘g‘ri

3. Milliy poeziyamizda birgina qatordan iborat she’r muallifini aniqlang.

A) Faxriyor B) Bahrom Ro‘zimuhammad C) Ikrom Otamurod D) R.Parfi

4. Yerga botgan osmonlarni kuzatdim,

Chopilgan oyog‘im bilan chopdim men,

Kesilgan qo‘limni sizga uzatdim,

Bu dunyo gullarga to‘ldi, qotdim men. Ushbu she’r muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Ikrom Otamurod B) Faxriyor C) R.Parfi D) B va C

5. «Fotihi Muzaffar yoki bir parivash asiri» dramasi muallifini aniqlang.

A) To‘ra Mirzo B) O.Yoqubov C) Hayitmat Rasul D) Ibrohim Rahim

6. «Piri koinot» asarining janrini aniqlang.

A) drama B) doston C) mansura D) qissa

7. «Al-Farg‘oniy muhabbati» dramasining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Hayitmat Rasul B) Yo‘ldosh Sulaymon C) To‘ra Mirzo D) Ibrohim Rahim

8. Ibrohim Rahimning qaysi asari buyuk matematik ajdodlarimizga bag‘ishlangan?

A) Farg‘ona farzandi B) Al-Farg‘oniy muhabbati C) Buyuk Xorazmiy D) to‘g‘ri javob yo‘q.

9. Keyingi o‘n yillikda dunyoga kelgan 40 ga yaqin dramalarning qanchasi yubileylar munosabati bilan yozilgan?

A) uchdan biri B) 20 ga yaqini C) 30 ga yaqin D) barchasi

10. «Bir qadam yo‘l» dramasi qaysi ijodkor qalamiga mansub?

A) Azim Usmon B) Usmon Azim C) Erkin Samandar D) A.A’zam

11. «Yolg‘izlik» qissasi muallifini aniqlang.

A) U.Hamdam B) Sh.Bo‘tayev C) Sh.Xolmirzayev D) Tog‘ay Murod

12. Ma‘naviyatdan mahrum, shaxsligi sindirilgan, shu bois o‘zligi yuqolgan shaxslarning g‘aroyib qismati aks etgan asarni toping.

A) Sho‘rolardan qolgan odamlar B) Soqir C) Otchopar D) barcha javoblar to‘g‘ri

13. «Ozodlik» hikoyasi muallifini aniqlang.

A) Sh.Bo‘tayev B) N.Norqobul C) Sh.Xolmirzayev D) To‘g‘ri javob yo‘q

14. «Muvozanat», «Isyon va itoat» asarlarining janrini aniqlang.

A) qissa B) hikoya C) doston D) roman

15. «Qishloqdoshlari bahor kelishi bilan eski yaylovlarga ko‘chib chiqishar va yer shudgorlar, har kim o‘z tashvishiga berilib ketardi». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

A) Cho‘l havosi B) Shamolni tutib bo‘lmaydi C) Ufq D) Jajman

16. «Oromkursi» asarining janrini aniqlang.

A) qissa B) roman C) drama D) hikoya

17. Omon Muxtorning qaysi asari tamomila yangi usulda yaratilgan?

A) Ming bir qiyofa B) Tepalikdagi xaroba C) Ffu D) javoblarning barchasi to‘g‘ri

18. Ko‘zdan ichkariga yo‘l yo‘q,

So‘zdan ichkariga yo‘l yo‘q. Misralar muallifini aniqlang.

A) R.Musurmon B) Fahriyor C) B.Ro‘zimuhammad D) Aziz Said

19. N.Eshoqulning hikoyalari berilgan qatorni toping.

A) Bozor, Qorachiqdagi uy B) Tobut shahar, Quyun C) Ming bir qiyofa, Ffu D) Qora kitob, Maydon

20. «Jajman» asarining janrini aniqlang.

A) roman B) qissa C) hikoya D) doston

21. «Ayollar saltanati va mamlakati» romani kimning qalamiga mansub?

A) X.Do‘smuhamat B) N.Eshonqul C) N.Norqobil D) O.Muxtor

22. «Piri koinot» asarining muallifini aniqlang.

A) H. Rasul B) I.Rahim C) O.Yoqubov D) To‘ra Mirzo

23. U.Hamdamning romanlari berigan qatorni toping.

A) Muvozanat, Yolg‘izlik B) Qorachiqdagi uy, Yolg‘izlik C) Muvozanat, Isyon va itoat D) Qora kitob, Isyon va itoat

24. «Yolg‘izlik» asarining janrini aniqlang.

A) roman B) qissa C) hikoya D) doston

25. «Olabo‘ji», «Dinozavr» romanlari muallifini ko‘rsating.

A) Sh.Xolmirzayev B) N.Norqobil C) Sh.Bo‘tayev D) U.Hamdam

26. Sh.Xolmizayevning qalamiga mansub bo‘lgan qissani aniqlang.

A) Oriyat B) Ozodlik C) Yolg‘izlik D) to‘g‘ri javob yo‘q.

27. Sh.Xolmirzayevning hikoyalari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.

A) Oq bo‘yin, Olabo‘ji, B) O‘zbeklar, Ozodlik, «Navro‘z, navroz» C) Yolg‘izlik, Ozodlik D) Quvonchli kun, Darveshlar

28. N.Norqobilning qissalari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.

A) Qoyalar ham yig‘laydi, B) Otchopar, So‘qir C) Quvonchli kun, Oriyat D) Oqbo‘yin, Qoyalar ham yig‘laydi

29. «Oriyat», «Quvonchli kun» hikoyalari kimning qalamiga mansub?

A) N.Norqobil B) U.Hamdam C) Sh.Bo‘tayev D) Sh.Xolmirzayev

30. Sh.Bo‘tayev qalamiga mansub hikoyani aniqlang.

A) Bir qadam yo‘l B) Bir koshona sirlari C) Darvesh D) Bir kam dunyo

31. «Otchopar» asarining janrini aniqlang.

A) hikoya B) qissa C) doston D) roman

32. «So‘qir» asarining janrini aniqlang.

A) hikoya B) qissa C) doston D) roman

33. Usmon Azim asari berilgan qatorni aniqlang.

A) Bir koshona sirlari B) Bir qadam yo‘l C) Bir kam dunyo D) Dugohi Husayniy

34. «Dugohi Husayniy» asari kimning qalamiga mansub?

A) Usmon Azim B) E. Samandar C) Abdulla A’zam D) O.Yoqubov

35. Erkin Samandar qalamiga mansub asarni belgilang.

A) Arabmuhammad Bahodirxon B) Sho‘rodan qolgan odamlar C) Qoyalar ham yig‘laydi D) Quvonchli kun

36. Ilhom Hasanning qalamiga mansub asar berilgan qatorni toping.

A) Quvonchli kun B) Qoyalar ham yig‘laydi C) Bir kam dunyo D) Dugohi Husayniy

37. Quyidagi asarlardan qaysi biri To‘ra Mirzo qalamiga mansub?

A) Amir Temur B) Sohibqiron C) Piri koinot D) Al Farg‘oniy muhabbati

38. Odil Yoqubovning «Fotihi muzaffar yoki bir parivash asiri» dramasi kimga bag‘ishlangan?

A) Farg‘oniy B) Jaloliddin Manguberdi C) Bobur D) A.Temur


Odil Yoqubov

1. O‘zbek adabiyoti taraqqiyotining XX asr 50- yillaridan boshlangan yangi bosqichida yetishgan navqiron adabiy avlod karvonboshisini toping.

A) O.Yoqubov B) P.Qodirov C) Abdulla Oripov D) E.Vohidov

2. Qaysi adibimizning otasi jamoat ishlariga hayotini tikkan va shu yo‘lda qurbon bo‘lgan?

A) Mirtemir B) Hamza C) O.Yoqubov D) P.Qodirov

3. Qaysi ijodkor talabalik yillarida «Literaturnaya gazeta» ro‘znomasida muxbirlik qilgan?

A) Erkin Vohidov B) O.Sharafiddinov C) O.Yoqubov D) N.Eshonqul

4. «Gulnoza hamda Darvishali o‘n yildirki tirnoqqa zor. Gulnoza eri, ustozi Darvishalini qancha hurmat qilmasin, baribir o‘zini undan qandaydir begona his qiladi». Parcha qaysi asardan olingan?

A) Bir koshona sirlari B) Diyonat C) Adolat manzili D) Er boshiga ish tushsa

5. Mustaqillik davri adabiyotida o‘z davrining o‘tkir ijtimoiy, ma’naviy masalalarini ko‘targan ijodkorni ko‘rsating.

A) O.Yoqubov B) Fitrat C) Cho‘lpon D) P.Qodirov

6. O.Yoqubovning «Muqaddas» asari qaysi janrda yozilgan?

A) qissa B) hikoya C) roman D) drama

7. O.Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romonida Ibn Sino 20 yillik judolikdan keyin Beruniy bilan qayerda uchrashadi?

A) Hirotda B) Damashqda C) G‘aznada D) Samarqandda

8. 70- yillar hayotida keng ildiz otgan turg‘unlik hayoti va mafkurasining zararli oqibatlari jasorat bilan ochib berilgan asarni ko‘rsating.

A) Qanot juft bo‘ladi B) Adolat manzili C) Diyonat D) Matluba

9. «Yurak yonmog‘i kerak» asarining janrini aniqlang.

A) qissa B) feleton C) drama D) hikoya

10. O.Yoqubovning qaysi dramasi 2000- yilda «Ofarin» mukofoti bilan taqdirlandi?

A) Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim B) Bir koshona sirlari C) Olma gullaganda D) Yurak yonmog‘i kerak

11. O.Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan romanlari qaysi javobda berilgan?

A) Ulug‘bek xazinasi, Adolat manzili B) Ko‘hna dunyo, Oq qushlar oppoq qushlar C) Adolat manzili, Er boshiga ish tushsa D) Ulug‘bek xazinasi, Ko‘hna dunyo

12. Ikkinchi jahon urushi yillarida yoshiga bir yosh qo‘shib o‘z arizasiga ko‘ra harbiy xizmatga ketgan adib qaysi qatorda berilgan?

A) O.Yoqubov B) Mirtemir C) P.Qodirov D) E.Vohidov

13. Hayotda yonib yashash, yonib ijod qilish qaysi adibning bosh shiori?

A) Mirtemir B) O.Yoqubov C) P.Qodirov D) E.Vohidov

14. O.Yoqubovning romanlari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.

A) Er boshiga ish tushsa, Muqaddas B) Diyonat, Tengdoshlar C) Diyonat, Ko‘hna dunyo D) Izlayman, Tengdoshlar

15. O.Yoqubovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asarini aniqlang.

A) Muqaddas B) Tengdoshlar C) Adolat manzili D) Izlayman

16. Sharifjon Odil Yoqubovning qaysi asari qahramoni?

A) Tengdoshlar B) Diyonat C) Muqaddas D) Izlayman

17. O.Yoqubov qaysi asarida «Katta ishlar qabilida» jumlalarini uchratish mumkin?

A) Matluba B) Muqaddas C) Adolat manzili D) Diyonat

18. Otaqo‘zi O.Yoqubovning qaysi asari qahramoni?

A) Diyonat B) Oqqushlar oppoq qushlar C) Ko‘hna dunyo D) Er boshiga ish tushsa

19. Normurod Shomurodov qaysi asar qahramoni?

A) Oqqushlar oppoq qushlar B) Bir koshona sirlari C) Adolat manzili D) Diyonat

20. O.Yoqubovning 50- yillarda yaratgan dramasini toping.

A) Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim B) Adolat manzili C) Yurak yonmog‘i kerak, Olma gullaganda D) A, C

21. Sarvar va Diloro qaysi asar qahramonlari?

A) Ko‘hna dunyo B) Ulug‘bek xazinasi C) Er boshiga ish tushsa D) Bir koshona sirlari

22 «Diyonat» romanining mantiqiy davomi bo‘lgan asarlarini aniqlang.

A) Adolat manzili, Olma gullaganda B) Oqqushlar oppoq qushlar, Adolat manzili C) Olma gullaganda, Oqqushlar oppoq qushlar D) Yurak yonmog‘i kerak, Olma gullaganda
Nazariy ma’lumot. Badiiy asarda mistifikatsiya hodisasi

1. «Mistifikatsiya» so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) lotincha, go`zallik B) yunoncha, sirli, sehrli C) fransuzcha, mis, temir D) inglizcha, xato qilmoq
Pirimqul Qodirov

1. «Qismat» romani kimning qalamiga mansub?

A) K. Fedin B) Tolstoy C) X. Deryayev D) P.Qodirov

2. K. Fedinning «Ilk sevinchlar» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) P.Qodirov D) R.Parfi

3. «Kayf» hikoyasi muallifini ko‘rsating.

A) P.Qodirov B) A.Qahhor C) Sh.Xolmirzayev D) O.Yoqubov

4. P.Qodirovning «Avlodlar davoni» romani avvalida 15 yoshida deb ko‘rsatilgan Hamidabonu asar yakunida necha yoshda ko’rsatiladi?

A) 30 yoshda B) 60 yoshda C) 80 yoshda D) 27 yoshda

5. E.Vohidovning «Kelajakka maktub» asari qaysi tarixiy shaxsga bag‘ishlangan?

A) Bobur B) A.Temur C) Akbarshohga D) Shohjahonga

6. P.Qodirov aspirantura kursini qaysi shaharda tamomlagan?

A) Toshkentda B) Ostonada C) Kievda D) Moskvada

7. P.Qodirovning erk va qadr-qimmat, shu bilan birga oila, muhabbat masalalari yoritilgan qissasini belgilang.

A) Erk B) Meros C) Qadrim D) Jon shirin

8. «Ona lochin vidosi» asarida kimning obrazi keng va atroflicha gavdalantiriladi?

A) Gavharshodbegim B) Zuhrobegim C) Gulbadanbegim D) Gulchehrabegim

9. P.Qodirovning qaysi asarida oddiy qishloq hayoti tasvirlangan?

A) Qora ko‘zlar B) Olmos kamar C) Jon shirin D) Uch ildiz

10. «Qora ko‘zlar» romani qaysi soha muammolariga bag‘ishlangan?

A) sholichilik B) paxtachilik C) chorvachilik D) to‘g‘ri javob yo‘q

11. P.Qodirovning shaxsga sig‘inish illatlarini fosh etgan asarini ko‘rsating.

A) Qora ko‘zlar B) Olmos kamar C) Uch ildiz D) Oromkursi

12. P.Qodirov qaysi asarida Yolqin Otajonov timsolida paxtachilikning butun mashaqqatini tasvirlaydi?

A) Meros B) Erk C) Qadrim D) Qalbmdagi quyosh

13. P.Qodirov kimni o‘ziga ustoz deb bilgan?

A) A.Avloniy B) A.Qahhor C) Abdulla Qodiriy D) G‘.G‘ulom

14. Tolstoyning «Kazaklar», K.Fedenning «Ilk sevinchlar» asarini kim o‘zbekchaga o‘girgan?

A) R.Farfi B) Mirtemir C) P.Qodirov D) O.Yoqubov

15. P.Qodirov X.Deryayevning qaysi romanini o‘zbek tiliga o‘girgan?

A) Qismat B) Ilk sevinchlar C) Kazaklar D) Kayf

16. P.Qodirov kimning ijodi yuzasidan dissertatsiya yoqlagan va fan nomzodi bo‘lgan?

A) Muqimiy B) Abdulla Qodiriy C) A.Avloniy D) A.Qahhor

17. P.Qodirov adabiyotimizni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun qanday unvonga sazovor bo‘ldi?

A) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yozuvchi B) O‘zbekiston xalq yozuvchisi C) Buyuk xizmatlari uchun D) Ofarin mukofoti

18. P.Qodirovning hikoyalari berilgan qatorni belgilang.

A), Jon shirin, Qalbdagi quyosh B) Kayf, Ilk sevinchlar C) Qismat, Jon shirin D) Kazaklar, Uch ildiz

19. P.Qodirovning qaysi hikoyasi 1967- yilda yozilib, uning boyitilgan, qayta ishlangan nusxasi 1973- yilda chop etilgan?

A) Kayf B) Jon shirin C) Qalbdagi quyosh D) Erk

20. P.Qodirovning qaysi hikoyasi asosida 1997- yilda videofilm ishlangan?

A) Qadrim B) Meros C) Jon shirin D) Erk

21. P.Qodirovning «Qadrim» asari qaysi janrda yozilgan?

A) hikoya B) roman C) qissa D) doston

22. P.Qodirovning qissalari berilgan qatorni aniqlang.

A) Jon shirin, Erk B) Kayf, Qadrim C) Meros, Erk, Qadrim D) Meros, Kayf, Qalbdagi quyosh

23. Iskandar va Zulayho P.Qodirovning qaysi asari qahramonlari?

A) Qadrim B) Erk C) Meros D) Kayf

24. «Erk» qissasidagi yetakchi obrazlarni aniqlang.

A) Sharif va Jamila B) Iskandar va Zulayho C) Oysha, Sattor va Roziya D) Sharifjon va Muqaddas

25. P.Qodirovning Yolqin Otajonov timsolida paxtachilik mashaqqatlarining butun tafsilotlari haqqoniy tasvirlangan asarini aniqlang.

A) Jon shirin B) Qismat C) Qadrim D) Meros
Nazariy ma’lumot. Roman

1. Uch kitobdan iborat roman qanday nomlanadi?

A) trilogiya B) dilogiya C) roman epopiya D) pentologiya

2. Tolstoyning «Urush va tinchlik» va Sadriddin Ayniyning «Qullar» nomli asarlari romanning qaysi turiga mansub?

A) tetrologiya B) pentologiya C) roman epopiya D) dilogiya

7-DARS. MUSTAQILLIK DAVRI O'ZBEK ADABIYOTI. (davomi). (290-335 betlar.)

Reja:

1. Erkin Vohidov.

2. Shukur Xolmirzayev.

3. Nazariy ma'lumot. Xarakter.

4. Abdulla Oripov.

5. Nazariy ma 'lumot. Doston va uning turlari.
Erkin Vohidov

1. «Mumtoz g‘azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasida birinchilardan bo‘lib aruzning tabarruk ostonasida posbon yanglig‘ paydo bo‘ldi». Yuqoridagi fikrlar kim tomonidan va kimga nisbatan aytilgan?

A) Abdulla Oripov Sh.Rahmonga B) Erkin Vohidov Iqbol Mirzoga C) Abdulla Oripov E.Vohidovga D) Abdulla Oripov S.Sayyidga

2. 70-80- yillarda o‘zbek she’riyatida «hayot kuychisi» nomini olgan shoirni ko‘rsating.

A) Muhhammad Yusuf B) Mirmuhsin C) Rauf Parfi D) E.Vohidov

3. Erkin Vohidov ijodida o‘rinsiz faxr-iftixor tuyg‘usi bilan boyitilgan ba’zi she’rlarini uchratishimiz mumkin. Shunday she’rlar berilgan qatorni toping.

A) O‘zbekiston faxriyasi, Iftixor tuyg‘usi, O‘zbekiston kommunistlari B) Inson qasidasi, Iftixor tuyg‘usi, Hozirgi yoshlar С) O‘zbekiston kommunistlari, O‘zbekiston faxriyasi, Inson qasidasi D) A va C

4. «Bas, yetar, yolg‘on saodat,

Yolg‘on erk, yolg‘on vatan!» Yuqoridagi misralar E.Vohidovning qaysi she’ridan olingan?

A) Yolg‘on saodat B) Vatan istagi C) Sirdaryo o‘lani D) Hozirgi yoshlar

5. «Minding ilm narvoniga

Chiqding funun osmoniga

Bu jahon ayvoniga

Arkon o‘zing, vayron o‘zing» Ushbu she’riy parchadagi «arkon» so‘zining ma’nosini izohlang.

A) obod B) ostona C) ustun D) davlat

6. «Oqib turgin, qurib qolma, onajon» degan o‘ta samimiy, cheksiz mehrga yo‘g‘rilgan misralar E.Vohidovning qaysi she’ridan olingan?

A) Sirdaryo o‘lani B) Ruhlar isyoni C) Vatan istagi D) Yoshlik devoni

7. E.Vohidovning «Nega bu kun bemadorsan, haloksan?...» misrasi uning qaysi she’ridan olingan?

A) Yaxshidir achchiq haqiqat B) Tush C) Sirdaryo o‘lani D) Ruhlar isyoni

8. «O‘zni ozod qush kabi ko‘rmoqni istar bu ko‘ngil…» Ushbu misra muallifini aniqlang.

A) U.Nosir B) Abdulla Oripov C) H.Olimjon D) E.Vohidov

9. «U hali tug‘ilmasdan burun o‘z yurtidan judo etilgan edi…» Yuqoridagi mulohazalar kim haqida?

A) H.Olimjon B) R. Hamzatov C) Nazrul Islom D) U.Nosir

10. «Zamon uning yonib turgan yuragini so‘rardi». Mazkur jumla qaysi asar qahramoniga nisbatan aytilgan?

A) Jannatga yo‘l, Yigit B) Ruhlar isyoni, Nazrul Islom C) Qiyomat, Pochamir D) Jannatga yo‘l, do‘st

11. «XX asrning 70- yillari oxirida yozilgan bu dostondagi isyonkorona kurashchan ruh Qodiriy, Fitrat, Cho‘lponlarga xos el-yurt g‘ami, erki, ozodligi yo‘lida kuyib-yonishlar bu davrda ham davom etayotganini tasdiqlaydi…»Yuqorida qaysi doston haqida gap bormoqda?

A) Jannatga yo‘l B) Ko‘k dengiz C) Hakim va ajal D) Ruhlar isyoni

12. Uning ayniqsa «Eron taronalari», «Faust» tarjimalari adabiyotimiz va ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo‘ldi. Yuqorida qaysi atoqli adibimiz haqida gap bormoqda?

A) E.Vohidov. B) Abdulla Oripov. C) U.Nosir. D) P.Qodirov.

13. E.Vohidovning birinchi she’riy to‘plami qanday nomlanadi?

A) Mitti yulduz B) Sabr daraxti C) Tong nafasi D) Xiyobon
Shukur Xolmirzayev

1. «U dastlab «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, «Guliston» va «Sharq yulduzi» jurnallarida bo‘lim mudiri, ma’lum muddat Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi». Gap qaysi o‘zbek adibi haqida bormoqda?

A) M.Shayxzoda B) Sh.Xolmirzayev C) U.Nosir D) Cho‘lpon

2. «U ustoz – men shogird» nomli hujjatli qissa qaysi adiblarimizning o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mevasi hisoblanadi?

A) M.Qo‘shjonov va Sh.Xolmirzayev B) Sh.Burxonov va Sh.Xolmirzayev C) Abdulla Oripov va S.Sayyid D) Erkin Vohidov va Oybek

3. «Bodom qishda gulladi», «Hayot abadiy» kabi kitoblar muallifini aniqlang.

A) R.Parfi B) Erkin Vohidov C) Sh.Xolmirzayev D) H.Olimjon

4. «Ko‘k dengiz» hikoyasining muallifini aniqlang.

A) F.Kafka B) R.Tagor C) A.Qahhor D) Sh.Xolmirzayev

5. «Bulut to‘sgan oy» qissasi kimning qalamiga mansub?

A) Sh.Xolmirzayev B) Oybek C) Muhammad Hodiy D) F.Kafka

6. Sh.Xolmirzayevning «Dinazavr» romani qahramoni Mahkam qanday kasb egasi bo‘lgan?

A) zootexnik va yozuvchi B) haydovchi va shifokor C) rassom va rejissor D) yozuvchi va rejissor

7. «Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa bo‘lmas ekan». Adabiyotimizdagi ushbu iqroromuz jumlalar kimga tegishli?

A) Abdulla Oripov B) Sh.Xolmirzayev C) P.Qodirov D) O.Yoqubov

8. «Tabassum», «Navro‘z», «Ko‘k dengiz» kabi hikoyalari bilan adabiyotimizga ulkan hissa qo‘shgan adibni aniqlang.

A) A.Qahhor B) O.Yoqubov C) Sh.Xolmirzayev D) P.Qodirov

9. Sh.Xolmirzayevning «Tabassum» hikoyasidagi asosiy qahramonlarni aniqlang.

A) Jalil ota, Nosirjon, Mo‘min chol B) Jalol ota, Umida, quyun qo‘rboshi C) Jalol ota, Mo‘min chol, quyun qo‘rboshi D) Jalil ota, Hubbijamol, Mo‘min chol

10. Sh.Xolmirzayevning yoshlar taqdiri, hayoti qalamga olingan hikoyasini aniqlang.

A) Xumor B) Tabassum C) Ko‘k dengiz D) Bodom qishda gulladi

11. Sh.Xolmirzayevning jiddiy muammolar talqiniga bag‘ishlangan hikoyasini toping.

A) Tukri tol B) Xumor C) Tabassum D) A va C

12. Sh.Xolmirzayevning «Bodom qishda gulladi» hikoyasida qanday g‘oya ilgari surilgan?

A) Sho‘ro tuzumini qoralash B) Yoshlar taqdiri C) «Paxta ishi» masalasi D) Tabiat ekologiya muammosi

13. Sh.Xolmirzayevning qaysi hikoyasi so‘nggi bosqich o‘zbek hikoyachiligidagi fars, kinoya, alamzada, quvnoqlik usuli qo‘llangan holda yaratilgan?

A) Quyoshku falakda kezib yuribdi B) Bodom qishda gulladi C) Xumor D) Tabussum

14. «Nosirjon Hubbijamolning o‘z sevgani borligini bilib qoladi-yu, qalbida ochilib kelayotgan gulchechaklar nobud bo‘ladi…» Yuqoridagi parcha kimning qaysi asardan olingan?

A) B. Boyqobilov «Kun va tun» B) Ch.Aytmatov «Jamila» C) Sh.Xolmirzayev «Bodom qishda gulladi» D) M.Hodiy «Ishqi muhtasham»

15. 1. Ko‘k dengiz; 2. Qora kamar; 3. Bukri tol; 4. Navro‘z; 5. Xumor; 6. O‘n sakkizga kirmagan kim bor. Yuqoridagi asarlarning qaysilari hikoya janriga mansub?

A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 4, 5, 6

16. «U dori mening tarjimayi holimga singib ketgan, axir!... Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi, vatan oldidagi burchim, ilk muhabbatim ham o‘sha bilan bog‘liq…» Ushbu otashin nutqiy parcha qaysi asardan keltirilgan?

A) S. Ahmad «Ufq» B) A.Qahhor «Tobutdan tovush» C) Sh.Xolmirzayev «Xumor» D) Sh.Boshbekov «Temir xotin»

17. «Bu hikoya ma’lum ma’noda bo‘lg‘usi «Dinozavr» romanida tasvirlanajak ayrim qahramonlarning eskizi ham edi…» Ushbu fikr kimning qaysi asari haqida?

A) A.Qahhor «Anor» B) R.Tagor «Nur va soyalar» C) Fitrat «Qiyomat» D) Sh.Xolmirzayev «Quyoshku falakda suzib yuribdi»

18. Sh. Xolmirzayening «Bulut to‘sgan oy» nomli asari qaysi janrga mansub?

A) hikoya B) roman C) qissa D) lirik qissa

19. Jamshid, Umida, Tilov obrazlari Sh.Xolmirzayevning qaysi asarida uchraydi?

A) Bukri tol B) Tog‘lar orasida C) Bulut to‘sgan oy D) O‘n sakkizga kirmagan kim bor

20. «Alloh Gulsarani go‘zal yaratdi. Dilbar ovoz berdi, bo‘y-bast berdi. Ko‘zi tushgan yigit hech bo‘lmaganda yuragi kaptardek pitirlab qolar edi …» Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan?

A) A.Qahhor, «Sarob» B) Sh.Xolmirzayev, «Bulut to‘sgan oy» C) Sh.Boshbekov, «Temir xotin» D) O.Yoqubov, «Diyonat»

21. Faqat Sh.Xolmirzayev qalamiga mansub romanlar keltirilgan qatorni aniqlang.

1. Qil ko‘prik; 2. Sho‘rodan qolgan odamlar; 3. So‘nggi bekat; 4. Tog‘lar orasida; 5. Olabo‘ji; 6. Tabassum; 7. Dinozavr; 8. Yo‘lovchi; 9. Bukri tol; 10. Qora kamar

A) 1, 3, 6, 8, 9 B) 2, 4, 7, 8, 9 C) 1, 3, 5, 7, 8 D) 4, 6, 7, 8, 9

22. Sh.Xolmirzayevning qaysi romani ko‘proq monolog va dialog asosida qurilgan.

A) Dinozavr B) Olabo‘ji C) Qil ko‘prik D) Yo‘lovchi

23. «Qil ko‘prik» romani qahramonlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang.

A) Bekdavlat, Qurbon, Eshoni sudur, Oyparcha B) Eshoni sudur, Ibrohimbek, Said Olimxon C) Abzal, Oyparcha, Toirov, Qurbon D) B va C
Nazariy ma’lumot. Xarakter

1. Adabiy qahramonga hos ichki fe‘l-atvor, fazilatlar, xususiyatlar birligi adabiyot ilmida umumlashgan holda qanday yuritiladi?

A) xarakter B) konflekt C) kompozitsiya D) pafos
Abdulla Oripov

1. Men kuyladim bu olam aro

Sobit turgan xalqimni faqat! Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan?

A) Abdulla Oripov «Sozim» B) Erkin Vohidov «Vatan istagi» C) Sh.Rahmon «Turkiylar» D) Muhammad Yusuf «O‘zbekiston»

2. U – realistik, haqiqatparast shoir, murakkab va ziddiyatli hayotning shabadalari haqida gapirganda haqiqatdan chekinmaydi. Ushbu fikrlar kim haqida?

A) R.Parfi B) Abdulla Oripov C) Erkin Vohidov D) Sh.Rahmon

3. Bu dostonda Spartak, haqqi-yu, Zevs siymosi, Sezar nayzasi-yu Chingiz cho‘qmori, Freyd falsafasigacha bo‘lgan moziy qatlamlariga nazar tashlanadi. Yuqoridagi mulohazalar kimning qaysi asariga taalluqli?

A) Abdulla Oripov «Yuzma -yuz» B) Erkin Vohidov «Ruhlar isyoni» C) Mirtemir «Surat» D) U.Nosir «Nil va rim»

4. Faqat Abdulla Oripov qalamiga mansub she’riy to‘plamlar berilgan qatorni aniqlang.

1. Shoir yuragi; 2. Suv qizi; 3. Bedorlik; 4. Mitti yulduz; 5. Vatan istagi; 6. Yillar armoni; 7. Onajon

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 4, 6, C) 2, 3, 5, 7 D) 4, 5, 6, 7

5. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» asari qaysi janrda yozilgan?

A) epik doston B) lirik doston C) she’riy drama D) dramatik doston

6. Abdulla Oripovning dostonlari qaysi qatorda berilgan?

1. Hakim va ajal; 2. Sohibqiron; 3. Ranjkom; 4. Malomat toshlari; 5. Jannatga yo‘l; 6. Yuzma-yuz; 7. Onajon; 8. Ginetika

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 7, 8 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 4, 6, 8

7. Abdulla Oripovning afsonaviy – mifologik va fantastik mavzu asosida yaratgan asarini aniqlang.

A) Yuzma-yuz B) Jannatga yo‘l C) Sarob D) Genetika
Nazariy ma’lumot. Doston va uning turlari

1. M. Shayxzodaning «Toshkentnoma» dostoni dostonning qaysi turiga mansub?

A) lirik B) epik C) dramatik D) tragik

2. Qaysi qatorda faqat epik dostonlar berilgan?

A) Jannatga yo‘l, Davrim jarohati, Istanbul fojeasi B) Shaytonning tangriga isyoni, Qiyomat, Istanbul fojeasi C) Davrim jarohati, Toshkentnoma, Istanbul fojeasi D) A va C

3. Qaysi qatorda lirik dostonlar berilgan?

A) Surat, Yuzma-yuz B) Qiyomat, Surat C) Yuzma-yuz, Toshkentnoma D) Jannatga yo‘l, Surat

4. Qaysi qatorda dramatik dostonlar berilgan?

A) Jannatga yo‘l, Ruhlar isyoni B) Ruhlar isyoni, Qiyomat C) Shaytonning tangriga isyoni, Jannatga yo‘l D) Ilohiy komediya, Ruhlar isyoni

8-DARS. MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi). JAHON ADABIYOTI.

(337-380-betlar)

Reja:

1. Rauf Parfi O'zturk.

2. Nazariy ma 'lumot. Modern adabiyot.

3. Muhammad Hodiy.

4. Frans Kafka.
Rauf Parfi O'zturk

1. R.Parfining inson ruhiyatining o‘ta chigal, murakkab holatlarini tasvirlagan she’rlaridan birini ko‘rsating.

A) «Xato qildim…» B) «Vahshiy dunyo…» C) «Fursat o‘tmakdadur…» D) «Oh, qanday yashayman sensiz…»

2. Og‘ushimda zangori sevgi

Kiprigimda suyuq hayajon

Ko‘zlarimda yumaloq sevgi… Ushbu misralar bilan boshlanuvchi she’r muallifini aniqlang.

A) Muhammad Yusuf B) Erkin Vohidov C) R.Parfi D) O.Matjon

3. R.Parfi tug‘ilgan joy to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

A) Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Sho‘ralisoy qishlog‘i B) Turkiston shahrida Iqon qishlog‘i C) Surxondaryo viloyati Boysun tumani D) Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘i

4. R.Parfi qanday oilada dunyoga kelgan?

A) temirchi B) dehqon C) ziyoli D) novvoy

5. R.Parfining ijodiy qiyofasini aks ettiradigan misralarini toping.

A) «Davrlar qa’rida ingraydi bashar

Aytadur: Shoir yo‘q, she’riyat yashar»

B) Ekilgan yolg‘onlar, gumonlar

Bergaylar, albatta mevasin -

C) Bilingiz bu - Turon diyori

Qonlari dunyoga sochilgan

D) Diydalar, tomchilar, qamchilar

Sabrning- insonning bolasi

6. R.Parfining onasi asli qayerlik bo‘lgan?

A) Chustlik B) Andijonlik C) Xivalik D) Farg‘onalik

7. R.Parfi dastlabki yetti yillik tahsilni qayerda olgan?

A) Sho‘ralisoyda B) Sirdaryoda C) Yangiyo‘lda D) Farg‘onada

8. R.Parfi dastlabki ish faoliyatini qayerda boshlagan?

A) Sho‘ralisoy shahar gazetasida B) Kengsoy qishlog‘idagi maktabda C) Yangiyo‘l tuman gazetasida D) Sirdaryo viloyatidagi maktabda

9. R.Parfining «Adashgan ruh» dostoni necha qismdan iborat?

A) 3 qism B) 7 qism C) 4 qism D) 6 qism

10. Quyoshning qora yog‘du taratishi, yulduzlarning to‘kilgan muzlar ekani, daryoning uzangan yaraligi, daraxtning tik emasligi haqidagi fikrlar qaysi dostonda uchraydi?

A) Nido B) Surat C) Mirzo Ulug‘bek D) Adashgan ruh

11. R.Parfi qalamiga mansub ilk marsiya kimga bag‘ishlangan?

A) Stalin B) otasi C) Cho‘lpon D) do‘sti

12. R.Parfining qaysi she’ri o‘z davrida yoshlarning eng sevimli qo‘shig‘i sifatida kuylangan?

A) Aks-sado B) Laylo C) Sukunat D) Ko‘zlar

13. R.Parfining dastlabki she’riy to‘plami qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Sukunat B) Tasvir C) Tavba D) Karvon yo‘li

14. Milliy modern she’riyatining yirik vakillaridan birini ko‘rsating.

A) R.Parfi B) Sh.Rahmon C) B.Ro‘zimuhammad D) Faxriyor

15. R.Parfi 1999- yilda qanday unvon bilan taqdirlangan?

A) Buyuk xizmatlari uchun B) O‘zbekiston xalq shoiri C) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shoir D) «Ofarin» mukofoti

16. 2000- yilda R.Parfining qaysi she’riy kitobi chop etilgan?

A) Sabr daraxti B) Qaytish C) Xotirot D) Tavba

17. Ko'nglim qorong'idir, tevarak tutun,

Yolg'iz boshim uzra uvullar shamol.

Ko'zlarimni g'ajir allaqanday tun,

Sen kimsan, nimasan, sen kimning boji?

Aqlimni g'ijimlar yalang'och savol… She’rning keyingi misrasini toping.

A) Yurtingni berding sen, qattol xiroji B) Assalomu alaykum, dorning og'ochi C) Non so'rab kelganga joningni berding D) Qon so'rab kelganga shoningni berding

18. «Aks-sado» va «Qaytish» kabi she’riy to‘plamlar muallifini aniqlang.

A) R.Parfi B) Mirtemir C) Erkin Vohidov D) Muhammad Yusuf

19. «Manfred» asarining muallifini aniqlang.

A) Shekspir B) Esxil C) Bayron D) Dyuma

20. Qaysi ijodkor Bayronning «Manfred» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Erkin Vohidov B) R.Parfi C) Abdulla Oripov D) O.Sharofiddinov

21. R.Parfi Nozim Hikmatning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Dengiz xayoli B) Inson manzaralari C) Ozodlik lavhalar D) Manfred

22. R.Parfi tomonidan tarjima qilingan «Dengiz xayoli» asari kimning qalamiga mansub?

A) Karlo Kaladzen B) A.Dyuma C) N.Hikmat D) Bayron

23. R.Parfi A.Dyumaning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Ozodlik lavhalari B) Alvohi intiboh C) Dengiz xayoli D) Uch sarboz

24. R.Parfi tomonidan tarjima qilingan «Ozodlik lavhalari» asari kimga tegishli?

A) Bayron B) Dyuma C) Karlo Kaladze D) M.Hodiy

25.R.Parfining «Assalomu alaykum, doring og'ochi» she’ridagi epigraf qaysi dostondan olingan?

A) Ravshan B) Go‘ro‘g‘li C) Malika ayyor D) Kuntug‘mish

26. «Sen qanot bag‘ishla menga, ey og‘riq.» misrasi R.Parfining qaysi she’riga epigraf qilib olingan?

A) Diloromning ko‘zlari B) Shoir C) Og‘riq D) Sensiz

27. Rub’i maskun ichra sayyod, o‘zim sayd,

Ortiq madorim yo‘q, voqifsan axir.

Manglayda yozilgan farmoningni ayt,

Da’vat qil, gunohkor bandangni chaqir. R.Parfi qalamiga mansub ushbu she’rdagi rub’i maskun so‘zining ma’nosini izohlang.

A) go‘zal maskan B) sokin daryo C) o‘n yetti ming olam D) yer yuzi

28. R.Parfining qaysi asari quyidagi misralar bilan yakunlanadi?

Egilgan yolg‘onlar, gumonlar,

Bergaydir, albatta, mevasin –

Bu tunlar, bu kunlar, bu tonglar,

Men va Sen, Men va Sen, Men va Sen

A) Tavba B) Adashgan ruh C) Xotirot D) Karvon yo‘li

29. R.Parfi tarjima qilgan «Uch sarboz» asarining muallifi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.

A) Nozim Hikmat B) Bayron C) A.Dyuma D) K.Kaladzen

30. «R.Parfi yaralari ochiq shoir. Unda hazinlik ko‘p, ora-chura shunchaki marsiya ham yozib tashlaydi. Men buni shoirning aybiga yo‘ymasdim. Shoir insoniy dardlardan xoli bo‘lolmaydi. Rauf Parfi shoir sifatida o‘zligini to‘laroq ifodalashga intiladi». R.Parfi haqidagi ushbu ta’rif qaysi ijodkor tomonidan aytilgan?

A) Erkin Vohidov B) Asqad Muxtor C) Shukrullo D) Sh.Xolmirzayev

31. «Yarim dunyo unga kerakmas faqat,

Butun Koinotni zabt etmog‘i shart…» misralarida R.Parfi kimlarni nazarda tutmoqda?

A) fazogir B) uchuvchi C) shoir D) yozuvchi

32. Ma’yus edi sening ko‘zlaring g‘oyat,

Go‘yo yo‘lsiz o‘rmon barglarin to‘kib,

Qora yorqinlikda shivirlar oyat,

Ko‘zlaringni tinglayapman entikib. Ushbu misralar R.Parfining qaysi she’ridan olingan?

A) Diloromning ko‘zlari B) Laylo C) Tavba D) Shoir

33. U – hayot haqiqatini ko‘rsatishdan oldin, ko‘ngil haqiqatlarini, ruhiyat chinliklarini ifodalashga moyil. Hech kim ko‘rmagan holatni hech kimga o‘xshamaydigan tarzda ko‘rsatish uning qismati. Ushbu ta’rif qaysi shoir ijodi haqida?

A) A.Muxtor B) Mirtemir C) R.Parfi D) Abdulla Oripov

34. «Har qalay oldinda bordir so‘nggi yo‘l

Toki yetkuningcha xotirot o‘lmas…» misralari R.Parfining qaysi she’ridan olingan?

A) Diloromning ko‘zlari B) Zangor fasl C) «Yoshlik zangori fasl» D) Laylo

35. Tugatib bo‘lmas hech bu dardni ichib,

Yorilgan yaradan chechaklar o‘sdi.

Yuragingning yirtiq ko‘ylagin yechib,

Bag‘ringga bosarsan: «Bormisan, do‘stim?». R.Parfining qalamiga mansub ushbu misralar uning qaysi she’ridan olingan?

A) Og‘riq B) Dard C) Tavba D) Turkiston

36. «Ayo so‘z jon chekib har lahza izlarsiz ilohiyni,

Ani izlashga hojat yo‘q, ilohiy-siz, ilohiy-siz». Ushbu misralar qaysi alloma ijodiga mansub?

A) Jaloliddin Rumiy B) Alisher Navoiy C) Rauf Parfi D) Mashrab

37. Imon ber ruhimga, jismimga jon ber,

Loyimga qorishtir, poklab ber menga.

Ojiz tomirimga pokiza qon ber,

Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga… Ushbu misralar R.Parfining qaysi she’ridan olingan?

A) Og‘riq B) Tavba C) Laylo D) Turkiston

38. R.Parfining qaysi lirik she’ri poeziyaga hos xususiyatlarni o‘zida yorqin aks ettirgan?

A) Tavba B) Laylo C) Sensiz D) Og‘riq

39. «Arzonga oldilar Majnunning boshin …» Ushbu misralar R.Parfining qaysi she’rida uchraydi?

A) Tavba B) Og‘riq C) Laylo D) Sensiz

40. Kimdir ul, ermak deb kuylarmi, nahot?

Soxta ehtiroslar chulg‘adi uni? Ushbu misralar qaysi shoir ijodiga mansub?

A) R.Parfi B) A.Muxtor C) Muhammad Yusuf D) O.Muxtor

41. R.Parfining ijtimoiy ohangi yaqqol sezilib turadigan asarlaridan birini aniqlang.

A) Tavba B) Sensiz C) Assalomu alaykum dorning og‘ochi D) Adashgan ruh

42. R.Parfining ijodiy yo‘nalishini anglatadigan asarini aniqlang.

A) Sensiz B) Shoir C) Tavba D) Laylo

43. R.Parfining lirikasida o‘zini tinimsiz izlayotgan, xatti-harakatlarini ayovsiz taftish qilayotgan shaxsning ruhiy holatlari aks etgan she’ri qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Sensiz B) Shoir C) Tavba D) Laylo

44. R.Parfining 1991- yilda yozilgan, lekin hali ham tugallanmagan asari qaysi javobda ko‘rsatilgan?

A) Laylo B) Karvon yo‘li C) Sabr daraxti D) Adashgan ruh
Nazariy ma’lumot. Modern adabiyot

1. Modern adabiyoti Yevropada qachon vujudga kelgan?

A) XX asr oxirlarida B) XIX asr o‘rtalarida C) XX asr boshlarida D) XIX asr oxirlarida

2. Modern so‘zining ma’nosini izohlang.

A) yangi B) zamonaviy C) estetik D) A va B

3. Modern ijodkorlari ko‘proq qaysi rangni tasvirlaydilar (ko‘ra oladilar)?

A) qizil B) qora C) oq D) sariq
JAHON ADABIYOTI

Muhammad Hodiy

1. M.Hodiyning badiiy merosini qancha she’r va maqola tashkil qiladi?

A) 300 dan ortiq she’r va 70 ga yaqin maqola B) 70 dan ortiq she’r va 300 ga yaqin maqola C) 80 dan ortiq she’r va 200 ga yaqin maqola D) 100 dan ortiq she’r va 70 ga yaqin maqola

2. M.Hodiy qaysi mamlakatda dunyoga kelgan?

A) Armaniston B) Ozarbayjon C) Hindiston D) Pokiston

3. «Alvohi intiboh» dostoni muqaddimasidanoq kishini qanday holat qamrab oladi?

A) g‘am B) shodlik C) og‘riq D) hayajon

4. «Burxoni taraqqiy» gazetasini ta’sis etgan shaxsni ko‘rsating.

A) A,C B) Hashtarxon C) M.Hodiy D) Mustafo Lutfiy Ismoilzoda

5. Men va moziydan iborat ikki obraz kimning qaysi asarida uchraydi?

A) M.Hodiy «Alvohi intiboh» B) F.Kafka «Jarayon» C) R.Parfi «Adashgan ruh» D) F.Kafka «Qo‘rg‘on»

6. 1902- yilgi zilziladan keyin Hodiy hamshaharlari bilan qayerga ko‘chib ketadi?

A) Kalkutta B) Damashq C) Kurdamir D) Baku

7. Hodiy Kurdamirda qanday kasb bilan shug‘ullangan?

A) savdogarlik B) muallimlik C) qassoblik D) pattachilik

8. Oktabr inqilobidan ruhlangan Hodiy qanday nomdagi tabrik she’rini yozgan?

A) Saboh B) Habil ul-matn C) Fuyuzat D) Nag‘mayi ahbobona

9. Hodiy jurnalistik faoliyatini qaysi gazetadan boshlagan?

A) Hayot B) Fuyuzat C) Saboh D) Tarjimon

10. Hodiy arab tilini kimdan o‘rgangan?

A) Namiq Kamoldan B) Abdulhaq Hamiddan C) Mustafo Lutfiydan D) Said Azimdan

11. Hodiyning qaysi mavzudagi she’rlari unchalik muvaffaqiyatli emas?

A) vatan haqidagi B) ishqiy mavzudagi C) tabiat manzaralari haqidagi D) siyosiy-ijtimoiy mavzudagi

12. Hodiy «Hayot» gazetasida boshlagan ishini qaysi jurnalda davom ettirdi?

A) Fuyuzat B) Tarjimon C) Saboh D) Hurriyat

13. Hodiyning 1914- yilda chop etilgan to‘plami qanday nomlangan?

A) Nag‘mayi ahboba B) Ishqi muhtasham C) Habil ul-matn D) Firdavsiy ilhomat

14. Hodiyning qaysi to‘plamida mavzu takrori, mazmun sayozligi, mazmundan chiqa olmaslik ko‘rinadi?

A) Nag‘moyi ahboba B) Firdavsi ilhomat C) Ishqi muhtasham D) Habil ul-matn

15. Hodiyning ilk she’riy majmuasini aniqlang.

A) Aflotun sevgisi B) Toza hayot C) Ittifoq D) Firdavsi ilhomat

16. Hodiyning qaysi she’ri tanqidchilarga javob tarzida yozilgan?

A) Sodda yoz deganlarga B) Aflotun sevgisi C) Firdavsi ilhomat D) Toza hayot

17. «Hayot qanchalik achchiq bo‘lsa, shunchalik shirin hamdur.» Ushbu falsafiy mulohazalar Hodiyning qaysi hikoyasida uchraydi?

A) Sodda yoz deganlarga B) Alvohi intiboh C) Shukufayi hikmat D) Saodati zoila

18. M.Hodiy botish adabiyotini kimlar vositasida o‘rgangan?

A) ozarbayjonlar B) turklar C) arablar D) forslar

19. Hodiyning shirin xayollar, go‘zal orzular ifodasi aks etgan dostonini ko‘rsating.

A) Davrlar qa’rida B) Shukufayi hikmat C) Alvohi intiboh D) Olami musovatdan maktublar

20. Hodiy shaxsiyatidagi romantiklikka mos holda qaysi timsollarni xush ko‘rib ishlatardi?

A) ruh va haqiqat B) muhabbat va ehtiros C) xayol va haqiqat D) ezgulik va yovuzlik

21. Hodiy Istanbulda qaysi gazetada ishlagan?

A) Tanin B) Rubob C) Shahbol D) Mohtob

22. Hodiy Istanbuldagi «Tanin» gazetasida qanday lavozimda ishlagan?

A) adabiy maslahatchi B) muxbir C) muharrir D) tarjimon

23. Hodiyning Istanbulda yozilgan asarlari qaysi gazetalarda chop etilgan?

A) Taraqqiy, Shahbol, Ittifoq B) Rubob, Shahbol, Mohtob C) Toza hayot, Rubob, Taraqqiy D) Haqiqat, Ittifoq, Mohtob

24. Hukmatga qarshi chiqishlari uchun Hodiy qayerga surgun qilindi?

A) Sibirga B) Kalkuttaga C) Solonikka D) Kurdomirga

25. Hodiy Bokuda qanday she’riy to‘plamlarini nashr ettirgan?

A) Alvohi intiboh B) Olami musovotdan maktublar C) Firdavsi ilhomat D) Ishqi muhtasham yoki Aflotun sevgisi

26. «Alvohi intiboh» asari kimning qalamiga mansub?

A) Bayron B) Hodiy C) Kafka D) Namiq Kamol

27. Hodiyning «Alvohi intiboh» asari nechta kitobcha holida chop etilgan?

A) 5 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta

28. Qaysi ijodkor Hodiyning «Alvohi intiboh» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) O.Matjon B) A.Muxtor C) Sh.Xolmirzayev D) R.Parfi

29. Hodiyning «Alvohi intiboh» asarining o‘zbekcha nomini ko‘rsating.

A) Ozodlik lavhalari B) Hayot saboqlari C) Erkinlik muammosi D) Ozodlik intihosi

30. R.Parfi Hodiyning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Aflotun sevgisi B) Shukufayi hikmat C) Alvohi intiboh D) Olami musovotdan maktublar

31. R.Parfi «Alvohi intiboh» asarini o‘zbek tiliga yana qanday nom ostida tarjima qilgan?

A) Hayot saboqlari B) Hayot sadolari C) Oqshom shabadalari D) Hayot chashmasi

32. Hodiyning «Alvohi intiboh» asari necha qismdan iborat?

A) 30 qismdan B) 55 qismdan C) 46 qismdan D) 34 qismdan

33. Hodiyning qaysi asari dunyoning qora bo‘yoqlaridagi tasviri bilan boshlanadi?

A) Ishqi muhtasham yoki Aflotun sevgisi B) Alvohi intiboh C) Shukufayi hikmat D) Olami musovatdan maktublar

34. Saodat bir amal, ammo shaqovatlar haqiqatdir. Ushbu misradagi shaqovat so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) baxtsizlik B) yomonlik C) zolimlik D) A va B

35. Masarrat oniy bir narsa, malolatlar haqiqatdir. Ushbu jumladagi «masarrat» so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) xursandchilik, sururlanish B) baxtsizlik, yomonlik C) qorong‘ilik, g‘ashlik D) chiroyli, muloyim

36. Demak, islohi mushkul odamlar tabiiydir,

Demak, pok bo‘lmagan bu kirli odamlar tabiiydir.

Demak, dunyoda mazlum ila azlamlar tabiiydir… Misralarda uchraydigan azlam so‘zining ma’nosini izohlang?

A) zolimlar B) boylar C) boylik D) yomonlik
Frans Kafka

1. F.Kafka qayerda tug‘ilgan?

A) Avstraliya B) Avstro-Vengriyadagi Praga shahrida C) Vena shahrida D) Vengriyada

2. «Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman» - deya aytilgan falsafiy mushohadalar kimga tegishli?

A) Hodiy B) Shekspir C) G.G.Markes D) Kafka

3. «Butun tuzumni yolg‘on zabt etajak…» Ushbu parcha Kafkaning qaysi romanidan olingan?

A) Qo‘rg‘on B) Jarayon C) Amerika D) Otamga xat

4. «Adolatli bo‘l! Boshlig‘ingni hurmat qil!» kabi shiorlar Kafkaning qaysi asrida aks etgan?

A) Jazo koloniyasida B) Ochlik ultasi C) Hukm D) Evrilish

5. Kafkaning «Evrilish» hikoyasining bosh qahramonini aniqlang.

A) Sayohatchi B) Yozef K. C) Karl Rossman D) Grigor Zamza

6. Kafkaning qaysi asari qahramoni qirqoyoqqa aylanib qoladi?

A) Evrilish, Zamza B) Jazo koloniyasida, Karl Rossman C) Hukm, sayohatchi D) Amerika, ofetser

7. F.Kafkaning ilk hikoyasi qanday nomlanadi?

A) Ochlik ustasi B) Bir kurash tarixi C) Amerika D) Ochlik

8. Evrilish hikoyasidagi qirqoyoqqa aylangan baxtsiz yigit hikoya so‘ngida qay tarzda vafot etadi?

A) qumursqalarga yem bo‘ladi B) aniq aytilmagan C) sirli tarzda vafot etdi D) odamlarning oqibatsizligi tufayli

9. F.Kafkaning dastlabki romani qanday nomlangan?

A) Jazo koloniyasidaB) Hukm C) Amerika D) Qo‘rg‘on

10. F.Kafkaning so‘nggi romanini ko‘rsating.

A) Qo‘rg‘on B) Otamga xat C) Ochlik ustasi D) Amerika

11. F.Kafkaning mashhur essesi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Otamga xat B) Qo‘rg‘on C) Jazo kaloniyasi D) Ochlik ustasi

12. Dunyodagi eng g‘aroyib va tushunarsiz taqdir egasi bo‘lgan F.Kafkaning millati, tug‘ilgan va yashash joyi tili va tayangan madaniy an’analari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A) millatiga ko‘ra nemis, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra pragalik, tiliga ko‘ra juhud, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra avstraliyalik B) millatiga ko‘ra juhud, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra pragalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra avstraliyalik C) millatiga ko‘ra juhud, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra avstraliyalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra pragalik D) millatiga ko‘ra avstraliyalik, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra pragalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra juhud

13. Savdo korxonasining tirishqoq xizmatchisi, yaqinlariga juda mehribon Grigor Zamza F.Kafkaning qaysi hikoyasi qahramoni?

A) Qo‘rg‘on B) Jarayon C) Hukm D) Evrilish

14. Ofetser – jallodlik va yovuzlikdan iborat jazo mashinasini qo‘llashning astoyidil tarafdori. Shunisi g‘alatiki, bu mashina o‘z qurbonlarining tanasiga «Adolatli bo‘l!», «Boshlig‘ingni hurmat qil» singari shiorlarni o‘yib yozishga mo‘ljallangan …» Ushbu jumlalar F.Kafkaning qaysi asaridan olingan?

A) Otamga xat B) Ochlik ustasi C) Jazo koloniyasidaD) Amerika

15. F.Kafkaning qaysi asarining qahramoni – 16 yoshli o‘spirin Karl Rossman hisoblanadi?

A ) Amerika B) Qo‘rg‘on C) Jarayon D) Hukm

16. F.Kafkaning qaysi asari qahramonining na ismi va na familiyasi bor?

A) Amerika B) Qo‘rg‘on C) Jarayon D) Hukm

17. F.Kafkaning 3 yil davomida yaratilgan va uni butun dunyoga tanitgan romanini ko`rsating.

A) Amerika B) Qo‘rg‘on C) Jarayon D) Hukm

18. F.Kafkaning «Jarayon» romani necha bobdan iborat?

A) 7 bob B) 13 bob C) 14 bob D) 9 bob

19. «Jarayon» romanining bosh qahramoni qaysi qatorda ko‘rsatilgan?

A) Yozef K. B) K C) Karl Rossman D) G. Zamza

20. F.Kafkaning ijodiy merosiga kim vasiy bo‘lib qolgan?

A) G.Zamza B) Yozef K. C) M.Brot D) Karl Rossman

21. Kafkaning tugallanmay qolgan romanini aniqlang.

A) Amerika B) Jarayon, Qo‘rg‘on C) Amerika, Jarayon D) Amerika, Jarayon, Qo‘rg‘on
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14


Учебный материал
© bib.convdocs.org
При копировании укажите ссылку.
обратиться к администрации